O’ktamov Og’abek.
1-amaliy mashg’ulot
Mavzu: Dasturlash tillarida ma’lumotlarning standart turlari. Funksiyalarni
amalga oshirish.
Ishdan maqsad: Ma‟lumotlarning standart turlari, statik ma‟lumotlar tuzilmasini
va tuzilmalar bilan ishlovchi funksiyalarni amalga oshirishni o„rganish va ularni
tadqiq qilish.
Qo‘yilgan masala: Ma‟lumotlarning oddiy sozlangan toifalar, statik ma‟lumotlar
tuzilmasini e‟lon qilish va ularga doir misollarning dasturini ishlab chiqish.
Ishni vazifasi:
Dasturlash tillarida ma‟lumotlarning standart turlari
Funksiyalarni amalga oshirish mavzularini o‟rganish;
Ish tartibi:
Amaliy mashg‟ulot nazariy ma‟lumotlarini o„rganish;
Berilgan topshiriqning algoritmini ishlab chiqish;
C++ dasturlash muhitida dasturni yaratish;
Natijalarni tekshirish;
Hisobotni tayyorlash va topshirish.
Nazariy qism.
Ma‟lumot toifalarini shartli ravishda ikki xil turga ajratish mumkin:
1.Sozlangan toifalar: butun, haqiqiy, belgili, mantiqiy, ko‟rsatkichli. Ushbu oddiy
sozlangan toifalardan tuzilmaviy, nostandart toifalar yaratilishi mumkin.
2. Xosil qilinadigan toifalar. Bu turdagi toifalarni foydalanuvchilar sozlangan
toifalarda foydalanib o‟zlari yaratishlari mumkin. Ularga yozuvlar,massivlar,
vektorlar,to‟plam, jadvallar, ro‟yxatlar, navbat, stek, dek, daraxtlar, binar daraxtlar,
graflar misol bo‟la oladi. Bu turdagi toifalarni yaratish va ustida amal bajarish
uchun standart funksiyalar kutubxonasida tayyor funksiyalar mavjud, ammo bu
toifalarni foydalanuvchilar 0 dan boshlab o‟zlari xam istalgan tuzilishda yarata
oladilar.