biz atrofimizda koʼrgan har qanday narsa boʼlishi mumkin.
Obьektga yoʼnaltirilgan tillarga quydagilar kiradi:
Pascal, Delphi. C# dasturlash tili, Java, C++, Visual Basic,
ActionScript, Python, Ruby va boshqalar.
Pascal tili –
XVII asrda yashagan va dunyoda birinchi hisoblash
mashinasini yaratgan fransuz olimi Blez Paskal sharafiga shunday deb
nomlangan.
Oʼzining soddaligi, mantiqiyligi va samaraligi tufayli bu til butun
dunyoga tez tarqaldi. Hozirgi paytda barcha hisoblash mashinalari,
xususan, mikro EHMlar ham shu tilda ishlash imkoniyatiga ega.
Dasturlar matnining toʼgʼriligini osonlik bilan tekshirish mumkinligini,
ularning maʼnosi yaqqol koʼzga tashlanishi va oddiyligi bilan ajralib
turadi.
Pascal
dasturlash tilining alifbosi deb, shu tilda maʼlumotlarni
ifodalash va dasturlar yozish jarayonida kompilyator tomonidan qabul
qilishga ruxsat berilgan belgilar yoki maxsus belgilardan iborat boʼlgan
zanjirlar toʼplamiga aytiladi
.
Pascal tili
Delphi -
dasturlash tillaridan biri. Borland firmasi tomonidan
ishlab chiqarilgan.
Delphi
dasturlash tili avvaldan Borland Delphi
paketi tarkibiga kiritilgan. Shu bilan bir qatorda 2003-yildan
hozirgacha qoʼllanilayotgan shu nomga ega bulgan. Delphi — Object
Pascal
tilining bir qancha kengaytirishlar va toʼldirishlar orqali kelib
chiqqan boʼlib, u obʼyektga yoʼnaltirilgan dasturlash tili hisoblanadi.
C# dasturlash tili
(Si Sharp - deb talaffuz qilinadi) leksik jihatdan
kengaytirilgan, imperativ, deklarativ, funktsional, umumiy, obʼektga
yoʼnaltirilgan (sinfga asoslangan) va komponentlarga yoʼnaltirilgan
dasturlash fanlarini oʼz ichiga olgan umumiy maqsadli, koʼp
paradigmali dasturlash tili. U 2000 yilda Maykrosoft tomonidan .NET
tashabbusi doirasida ishlab chiqilgan
.
|