Operating System Kernel(Yadro) - bu kompyuter operatsion tizimining yadrosidagi kompyuter dasturi va tizimdagi hamma narsani to'liq nazorat qiladi. Bu "operatsion tizim kodining har doim xotirada saqlanadigan qismi" bo'lib, apparat(hardware) va dasturiy komponentlar o'rtasidagi o'zaro aloqani osonlashtiradi.
Ushbu tuzilishning ya'ni Dasturlar faqatgina Operatsion tizim bilan aloqa qilishining yaxshi tomoni shundaki, biz dastur yozish vaqtida hardware qismlar bilan qanday qilib aloqa qilish haqida deyarli etiborga olinmaydi. Bu Operation sistemaning vazifasi , kompyuterning istalgan hardware qismi bilan shu qismning maxsus drayverlari orqali bog'lanadi.
Masalan, esingizda bo'lsa Yangi kompyuter sotib olganinigizda kompyuterga birinchi navbatda Operatsion sistema o'rnatiladi(masalan Windows 10). Operatsion tizim o'rnatilgandan keyin etibor bergan bo'lsangiz kompyuterning karnaylari, webkamerasi, mikrofoni va shu kabi qismlari ishlamaydi. Undan keyin esa biror Disk yoki Usb Flash karta orqali Drayverlar to'plami o'rnatiladi va kompyuterning qurilmalari ishlashni boshlaydi. Huddi manashu holat Operatsion tizim va kompyuterning qurilma qismlari orasidagi bog'liqlikning hayotiy misoli.
Tasavvur qiling, biz ekranga "Hi there computer (Salom Kompyuter)" so'zini chiqaradigan dastur yozmoqchimiz. Dastlab dasturimiz so'rovni Operatsion tizimga jo'natadi. Operatsion tizim buni qurilma monitor drayveriga uzatadi va natijada dasturimiz ichidagi yozuv monitorda ko'rinadi.
Kompyuterlarning dasturiy ta’minoti
Hozirgacha kompyuterlarning texnik tuzilishi va dasturlar haqida ma’lumotlar oldingiz. Dastur bilan ta’minlanmagan kompyuterlar quruq “temir”dan boshqa narsa emas. Chunki biror bir dastursiz kompyuter hech qanday “bilim”ga ega emas. Shuning uchun dasturlar kompyuterlarning texnik tuzilishining mantiqiy davomi hisoblanadi va biror kompyuterning qo‘llanish sohasi undagi dasturlar to‘plamiga uzviy bog‘liqdir. Kompyuterlar inson amaliy faoliyatining turli sohalarida qo‘llanilishi tufayli foydalanuvchi, ya’ni kompyuterni ishlatuvchi shaxs ham undan har xil imkoniyatlarni talab etadi. Talab etilgan imkoniyatlarning borligi ma’lum darajada dasturiy ta’minotga ham bog‘liqdir.
Informatikada kompyuter texnikasi quyidagi ikki qismning birligi sifatida qaraladi:
• texnik vositalar;
• dasturiy vositalar.
Texnik vositalar – kompyuter qurilmalaridir. Ingliz tilida bu
qismning hardware deb atalishi va “qattiq mahsulotlar” deb tarjima qilinishi sizga ma’lum (ing. hard – qattiq, ware – mahsulot). Bu qismga protsessor, vinchester, monitor, klaviatura, disk yurituvchi, printerlarni misol qilib ko‘rsatish mumkin.
Dasturiy vositalar – kompyuter tomonidan ishlatiladigan barcha dasturlar to‘plamidir. Ingliz tilida bu qism software deb ataladi va “yumshoq mahsulotlar” deb tarjima qilinadi (ing. soft – yumshoq). Bu so‘z dasturiy ta’minot bilan kompyuterlar mutanosibligini, dasturlarning takomillashishi, rivojlanishi va moslashuvchanligini ifodalaydi.
Bundan tashqari informatikada yana bir yo‘nalish Brainware (brain inglizchadan tarjimasi – intellekt, ong) – algoritmik yo‘nalish ajratiladi. Bu yo‘nalish algoritmlarni ishlab chiqish, ularni tuzish usul va uslublarini o‘rganish bilan bog‘liqdir.
Kompyuterlarda ishlatilayotgan dasturlarni shartli ravishda quyidagi uch turga ajratish mumkin:
• sistema dasturlari – turli yordamchi vazifalarni bajaruvchi dasturlar, masalan:
a)kompyuter resurslarini boshqarish (protsessor, xotira, kiritish-chiqarish qurilmalari);
b)foydalanilayotgan ma’lumot nusxalarini hosil qilish; c)kompyuterning ishlash imkoniyatlarini tekshirish; d)kompyuter haqida ma’lumotlar berish va hokazo.
•amaliy dasturlar – foydalanuvchiga aniq bir foydalanish
sohasida ma’lumotlarga ishlov berish va qayta ishlashni amalga oshiruvchi jami dasturlar;
•uskunaviy dasturlar – kompyuter uchun yangi dasturlar tayyorlash va tahrirlashni yengillashtiruvchi dasturlar.
Bu ajratishning shartli ravishda deyilishiga sabab shuki, dasturiy ta’minotning keskin rivojlanishi va kompyuterlarni qo‘llanish sohasining kengayib borishi ba’zi dasturlarning bir turdan boshqa turga o‘tib qolishiga sabab bo‘lmoqda. Masalan, ba’zi amaliy dasturlarning qo‘llanish sohasi chuqurlashib borganligi va alohida zaruriyatga egaligidan uskunaviy dasturga aylanib bormoqda. Ikkinchi tomondan, foydalanuvchi e’tiboriga shunday dasturlar tavsiya etilmoqdaki (masalan, “elektron suhbatdosh”), ularni yuqoridagi xususiyatlar bo‘yicha ajratish mushkul.
Hozirgi kunda dasturiy ta’minotni quyidagi o‘zaro bog‘langan guruhlar orqali ifodalash mumkin:
• operatsion sistemalar (MS DOS, Windows naqllari, Unix, Linux, Nova, Mandriva, Machintosh, Doppix) va qobiq- dasturlar (Norton Commander, Far manager, Windows Commander, Total Commander);
• dasturlash sistemalari (BASIC, Visual Basic, Paskal, Delphi, C, C++);
Dasturiy ta’minot
Sistema dasturlari
Amaliy dasturlar
Dostları ilə paylaş: |