Mavzu: Davlat budjetining asosiy vazifalari



Yüklə 8,28 Kb.
səhifə2/2
tarix07.01.2024
ölçüsü8,28 Kb.
#201230
1   2
Slayd

Nazorat bu- Davlat budjetining taqsimlash funksiyasi orqali uning mohiyati namoyon bo‘ladi. Bu narsa davlat budjeti tomonidan amalga oshirilayotgan taqsimlash munosabatlarining mazmunidan yaqqol ko‘rinadi. Davlat budjeti orqali amalga oshiriladigan taqsimlash bu jarayonning ikkinchi (oraliq) bosqichidir. Shuning uchun ham Davlat budjetining taqsimlash funksiyasi o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatga ega bo‘lib, u taqsimlangan yalpi ichki (milliy) mahsulotni qayta taqsimlash uchun foydalaniladi.
Davlat budjetining funksiyalari-uning iqtisodiy mazmun-mohiyatini ifoda etib, budjetni rejalashtirish jarayoni va uni ijro etishda o‘zini namoyon etadi. Budjetning taqsimlash va nazorat funksiyalari o‘z harakatlari davomida miqdoriy va sifat jihatlariga egadir. Taqsimlash funksiyasining miqdoriy tomoni u yoki bu fondning o‘lchamiga (hajmiga) tegishli hisoblanadi. Bunda turli fondlarning nisbatlari, ular o‘rtasidagi proporsiyalar, ularning miqdoriy parametrlarini to‘g‘ri aniqlash nazarda tutilayapti. Bu yerda har ikki funksiyaning harakati bir xilda muhimdir. Agar budjetning taqsimlash funksiyasi u yoki bu fondni oshirish yoki kamaytirish yo‘li bilan uni ko‘zlangan darajaga yetkazishga sharoit yaratar ekan, uning nazorat funksiyasi esa ana shunday taqsimlashning natijasini, uning ijobiy va salbiy tomonlarini ko‘rishga (aniqlashga) imkon beradi.
Budjet kodeksi 2-modda. Budjet to‘g‘risidagi qonunchilik
Budjet to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Kodeks va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Budjet to‘g‘risidagi qonunchilikning boshqa qonunchilik hujjatlarida ko‘rsatilgan normalari ushbu Kodeksga muvofiq bo‘lishi kerak.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining budjet to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi

E’tiboringiz uchun raxmat


Yüklə 8,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin