Mavzu: Davlat budjetining asosiy vazifalari



Yüklə 8,28 Kb.
səhifə1/2
tarix07.01.2024
ölçüsü8,28 Kb.
#201230
  1   2
Slayd

Mavzu: Davlat budjetining asosiy vazifalari

1. Davlat byudjeti 2. Davlat byudjetining vazifalari 3. Davlat budjetining funksiyalari

Davlat byudjeti — davlatning muayyan vaqt (odatda bir yil) uchun moʻljallangan pul daromadlari va xarajatlari majmui. Davlat byudjeti davlat ixtiyoridagi pul fondlarining taqsimlanishini bildirib, u davlat moliyasining bosh boʻgʻini hisoblanadi. Davlat byudjeti tarkiban umumdavlat (yoki markaziy) byudjeti (mamlakat miqyosidagi umumiy daromadlar va xarajatlar yigʻindisi) va mahalliy (munitsipal) byudjet (hududiy tuzilmalar — oʻlka, viloyat, tuman va h.k. doirasidagi pul daromadlari va xarajatlari)ga boʻlinadi. Ikki turdagi byudjetlar nisbati mamlakatning ichki sharoitiga bogʻliq boʻladi. Davlat jamiyatga ijtimoiy xizmatlar (milliy xavfsizlikni taʼminlash, jamoat tartibini saqlash, atrof-muhitni himoya qilish, nochorlarga yordam berish, aholiga bepul ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish va b.) koʻrsatadi va bularning barchasi xarajat talab qiladi. Byudjet daromadlari soliqlar, solikdan tashqari yigʻimlar, davlat zayomlaridan tushgan pul, davlat mul-kini sotishdan yoki ijaraga berishdan kelgan mablagʻlardan shakllanadi. Byudjet daromadining aholi jon boshiga hisoblangan miqdori mamlakatning byudjet salohiyati (potensiali) deb yuritiladi va bu byudjet daromadining umumiy hajmiga hamda aholining soniga bogʻliq. Byudjet xarajatlari uning daromadidan ortib ketsa, byudjet taqchilligi, yaʼni kamo-madi yuzaga keladi. Kamomad miqdori mamlakat yalpi millim mahsulotning 3—3,5 % ga teng boʻlishi meʼyoriy hisoblanadi. Byudjet kamomadining gʻoyat oshib ketishi va uni daromad bilan taʼminlash mumkin boʻlmaganda byudjet xarajatlari qisqartiriladi. Markaziy, mahalliy davlat byudjetilari va davlat byudjetidan tashqari fondlar (davlatning muayyan maqsadli fondlari, maxsus maqsadli soliqlar, zayomlar, byudjetdan subsidiyalar hisobiga yaratiladigan maxsus fondlar) yigʻindisi davlatning yigma byudjetini tashkil etadi. Davlat byudjeti, odatda, joriy yilda kelgusi yil uchun tuziladi. Iqtisodiy beqarorlik sharoitida u chorak yoki yarim yilga tuzilishi ham mumkin. Davlat byudjetini huku-mat tuzadi va yuqori qonun chiqaruvchi organ (parlament) tomonidan tasdiqlanadi.


Davlat byudjeti daromadlarining turli ko'rinishlarini (qo'shilgan qiymat solig'i, aksizlar, daromad solig'i va boshqalar) byudjet kategoriyalarining navbatdagi ko'rinishlari sifatida taIqin qilish uchun asoslar yetarli emas. Chunki mazmuniga ko'ra iqtisodiy kategoriyalar ob'ektiv bo'lib, ular iqtisodiy qonunlarning harakatini ifodalasa, ularning namoyon bo'lish shakli esa, ma'lum darajada, sub'ektiv bo'lishi mumkin. Shuning uchun ham daromadlarning har bir ko'rinishiga tegishli bo'lgan xususiyatlar ob'ektiv harakatdagi iqtisodiy kategoriyaning - davlat byudjeti daromadlarining namoyon bo'lish, ifodalanish shaklidir. Bu xulosaning to'g'riligini ko'p yillik amaliyot ham tasdiqlaydi.
Davlat bor ekan, davlat byudjetiga to'lovlar ham mavjud bo'ladi. Lekin byudjetga to'lovlarning shakli ma'lum bir bosqichda jamiyatning oldiga qo'yilgan vazifalarga muvofiq ravishda o'zgarib boradi. Tarixiy taraqqiyotning ma'lum bir bosqichida byudjetga to'lovlarning u yoki bu turi hal qiluvchi rol o'ynashi, vaqt o'tishi bilan esa ular o'z ahamiyatini yo'qotib, boshqa to'lovlar bilan almashtirilishi mumkin. Bu esa, o'z navbatida, davlat byudjeti daromadlari kategoriyasining namoyon bo'lish shakllarining o'zgarib borganligiga qaramasdan, bu kategoriyaning saqlanib qolganligini anglatadi.
«Davlat byudjetining xarajatlari» va «byudjetdan moliyalashtirish» tushunchalari bir-biriga yaqin, lekin aynan bir-biriga teng tushunchalar emas. Agar davlat byudjetining xarajatlari byudjet kategoriyasini ifoda etsa, byudjetdan moliyalashtirish esa bu kategoriyaning amalda sub'ektlarga barcha aloqador tadbirlar bilan mablag'larni berish shaklidagi ifodalanishidir. Pul fondlarini shakllantirish jarayoni byudjetdan tegishli sub'ektlarga mablag'lar berilganidan so'ng ham davom etadi. Lekin u endilikda byudjetdan tashqarida davom etib, sub'ektlar (iqtisodiyot, ijtimoiy soha va ularning tarmoqlari, korxonalar va boshqalar) moliyasining elementlarini tashkil etadi. Biroq byudjetdan sub'ektlarga mablag' berish, yuqorida sanalgan usullarning istalgan birini mustaqil byudjet kategoriyasi sifatida talqin qilish mumkin emas. Chunki ularning har biri byudjet kategoriyasi hisoblangan davlat byudjeti xarajatlarining namoyon bo'lish shaklidir.

Yüklə 8,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin