Mavzu: Davlat byudjeti ijrosi g’aznachilik tizimiga o’tishning zarurligi, mohiyati va vazifalari



Yüklə 13,59 Kb.
səhifə1/5
tarix13.12.2023
ölçüsü13,59 Kb.
#176400
  1   2   3   4   5
bugalteriya 7

Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari

  • Qurilish tashkilotlari iqtisodiyotning «Qurilish» deb atalgan tarmog‘i quyi bo‘g‘inini tashkil qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan belgilangan xalq xo‘jaligi tarmoqlari klasssifikatoriga muvofiq qurilish tashkilotlarining alohida turlariga quyidagi tarmoq kodlari ajratilgan:
  •  60000 -Qurilish;
  •  61000 -Pudrat va xo‘jalik usulida qurilish, montaj va boshqa ishlarni olib boruvchi umumqurilish va ixtisoslashgan tashkilotlar;
  •  62000 -Ishlab chiqarish maqsadidagi bino va inshoatlarni kapital ta’mirlashni bajaruvchi tashkilotlar;
  •  63000 - Noishlab chiqarish maqsadidagi bino va inshoatlarni ta’mirlash, aholi buyurtmasiga ko‘ra yashash joylarini ta’mirlash va qurish ishlarini bajaruvchi tashkilotlar;
  •  65000 - Burg‘ulash ishlarini bajaruvchi tashkilotlar;
  •  66000 - Loyiha, loyiha-qidiruv va qidiruv tashkilotlari;
  •  69000 - Qurilish xo‘jalik boshqarmalari Qurilish tashkilotlarini xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar sifatida turli belgilari bo‘yicha tasniflash mumkin. Mulkiy shakli va yuridik maqomiga ko‘ra qurilish tashkilotlari ochiq aksiyadorlik jamiyatlari (OAJ), mac’uliyati cheklangan jamiyatlar (MCHJ), xususiy korxonalar (firmalar) va davlat unitar korxonalari bo‘lishi mumkin.

Qurilish tashkilotlarida asosiy vositalar hisobining xususiyatlari

Qurilish ishlarini turli mehnat qurollari hamda vositalarisiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Chunonchi, yer osti va ustidagi, turli chuqurlik va balandliklardagi ishlarni bajarish uchun qurilish tashkilotlariga harakatlanuvchi kranlar, buldozerlar, ekskavatorlar, beton qorish mashinalari, bo‘yoq va ohak purkagich apparatlar, elektr randa va arralar hamda boshqa shu kabi maxsus texnika, mashina va uskunalar kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, qurilishga kerakli bo‘lgan ko‘p miqdordagi materiallarni tayyorlash, saqlash va ularni qurilish maydonchalariga o‘z vaqtida yetkazib berish turli ta’minot, ishlab chiqarish va boshqa jarayonlarning bajarilishini ta’minlovchi binolar, inshoatlar, transport va boshqa mehnat vositalariga ega bo‘lishni taqozo etadi. Bularning barchasi qurilish tashkilotlarida asosiy vositalarni muhim ahamiyatga ega ekanligidan darak beradi. Bu, o‘z navbatida, qurilish tashkilotlarida asosiy vositalar holati va harakati, eskirishi va yangilanishi, samarali ishlatilishi ustidan uzliksiz nazoratni o‘rnatish, shuningdek ular hisobini o‘z vaqtida va to‘g‘ri yuritish talabini qo‘yadi.


Yüklə 13,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin