Ta\'lim prinsiplari Ta\'lim jarayonini tashkil etishning metodik asoslari
Mavzu:Davlat ta’lim standartlarining maqsad va vazifalari. Ta'lim prinsiplari. Ta'lim jarayonini tashkil etishning metodik asoslari Reja:
Ta’lim-tarbiya jarayoni mohiyati.
Ta’lim-tarbiya jarayonining yagona tizim sifatida tasnifi.
Ta’lim qonuniyatlari va tamoyillari(prinsiplari).
Ijodiy kayfiyatni boshqarish—o’qituvchi mehnatining eng muhim kasbiy jihatdan talabi bo’lib, u o’qituvchining sinfda, bolalar bilan muomalada erkin bo’lishini, xulq-atvorining samarali bo’lishini ta’minlaydi. Pedagogik ijodkorlikning asosiy boskichlariga nisbatan o’qituvchining ijodiy kayfiyatiga muomala ta’sirining quyidagi jihatlarini ajratib ko’rsatish mumkin: 1) O’qituvchining sinf jamoasi bilan bo’ladigan muomalani. oldindan payqashi, uning ijodiy kayfiyatini saqlovchi omil. ekanligi. 2) Sinf jamoasi bilan dastlabki aloqa bevosita muomala paytida. o’qituvchi ijodiy kayfiyatining rag’batlantiruvchi omil. sifatida. 3) O’qituvchining sinf jamoasi bilan muloqot tizimi, faoliyat. jarayonida o’qituvchining ijodiy kayfiyatini rivojlantirishni. qo’llab-quvvatlaydi va rag’batlantiradi.Ta’lim jarayoni yaxlit tizim sifatida. Ta’lim tushunchasi va mohiyati. Ta’lim tizimli bilim olishning eng muhim va ishonchli usulidir. Ta’limga ikki tomonlama aloqa (ta’lim olish va ta’lim berish), shaxsni har tomonlama rivojlantirish va boshqa xususiyatlar xosdir. Ta’lim, shuningdek, o’ziga xos xususiyatlar ham ega. Ta’lim o’qituvchi tomonidan boshqariluvchi o’ziga xos anglash jarayonidir. O’qituvchining yo’naltiruvchi sifatidagi roli o’quvchilarning aqliy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishni ta’minlovchi bilim, ko’nikma va malakalarni to’liq o’zlashtira olishlarida ko’rinadi.
Ta’lim o’qituvchining o’quvchilar bilan muloqoti jarayoni ham sanaladi.Uo’quvchilarga o’quv materiali mazmunini tushuntirib beradi, savol va topshiriqlar beradi, ularning faoliyatini nazorat qiladi, xato va kamchiliklarini aniqlaydi, yo’l qo’yilgan xatolarni to’g’rilaydi, qanday ishlash lozimligini qayta ko’rsatadi. Har qanday ta’lim o’zida o’qituvchi va o’quvchining faoliyati, ya’ni, o’qituvchining o’rgatish hamda o’quvchining o’rganishga yo’naltirilgan faoliyati, boshqachai aytganda to’g’ridan to’g’ri, bevosita va nisbiy munosabat aks etadi.
Ta’lim va ta’lim jarayoni (didaktik jarayon) sinonim tushunchalar emas. Jarayon bu yaxlit pedagogik hodisa, pedagogik faoliyatning tarkibiy qismi sifatida ta’lim tizimining muayyan holatini o’zgartirish hisoblanadi. Jarayon mohiyatini V.P.Bespalko tomonidan taklif etilgan quyidagi formula asosida to’laqonli anglash mumkin:
Bu erda; DJ – didaktik jarayon;
M – o’quvchilarning o’qish (ta’lim olish) motivatsiyasi;
O’f –o’quvchilarning o’zlashtirish faoliyati;
B –o’quvchilarning bilish faoliyatlarini boshqarish.
Ta’lim jarayonining yaxlit tizim sifatidagi tavsifi. Ta’lim jarayonining “yaxlitligi” “tizimliligi” va “majmuaviyligi”ni bir xilda talqin etish mumkin emas. Biroq, ta’lim jarayonining yaxlitligi uning tizimliligi bilan uzviy bog’liq.
Tizim (mustaqil tushuncha sifatida) o’zaro bog’langan ko’plab elementlar (tarkibiy qismlar) o’rtasidagi mustahkam birlik va o’zaro yaxlitlikdir. Demak, ta’lim yaxlit tizim sifatida ko’plab o’zaro bog’liq quyidagi elementlarni o’z ichiga oladi: ta’lim maqsadi, o’quv axborotlari, o’qituvchi va o’quvchilarning ta’limiy faoliyatlari, uning shakllari, pedagogik muloqot vositalari, shuningdek, ta’lim jarayonini boshqarish usullari.
Ta’lim jarayoni yaxlit tizim sifatida quyidagicha namoyon bo’ladi (4-chizma):
Barcha tarkibiy qismlarning o’zaro birligi va yaxlitligi sifatida namoyon bo’luvchi ta’lim jarayonining negizini o’qituvchi va o’quvchilarning ta’limiy faoliyatlari tashkil etadi.
Ta’lim funktsiyalari. “G’unktsiya” tushunchasi “ta’lim vazifalari” tushunchasiga yaqindir. Ta’lim funktsiyasi ta’lim jarayoni mohiyatini ifoda etadi, vazifasi esa ta’limning komponentlaridan biri hisoblanadi.
Didaktika ta’lim jarayonining quyidagi uchta funktsiyasini ajratib ko’rsatadi: ta’lim berish, rivojlantirish va tarbiyalash. Ta’lim berish funktsiyasi ta’lim jarayonining o’quvchilarda bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat. Ta’lim natijasi sifatida bilimlarining to’laligi, chuqurligi, tizimliligi, anglanganligi, mustahkamligi va amaliy xususiyat kasb etishi muhimdir. Bu kabi holatlar ta’lim jarayonining metodik jihatdan to’g’ri tashkil etilganligini ifodalaydi.
Ta’lim jarayonida o’quvchilarda ular tomonidan o’zlashtirilgan nazariy bilimlar asosida hosil qilingan amaliy ko’nikma va malakalarning shakllanishi ham alohida ahamiyatga ega.
Ko’nikma – shaxsning muayyan harakat yoki faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati.
Malaka deganda muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashgan shakli tushuniladi. Umumiy ko’nikma va malakalarga og’zaki va yozma nutqni bilish, axborot materiallaridan foydalana olish, o’qish, manbalar bilan ishlash, referat yozish, mustaqil ishini tashkil etish kabilar kiradi.
Ta’limning rivojlantiruvchi funktsiyasi ta’lim jarayonida bilimlarni o’zlashtirish jarayonida o’quvchining rivojlanishi sodir bo’lishini ko’rsatadi. Rivojlanish quyidagi yo’nalishlarda sodir bo’ladi: nutqi rivojlanishi, fikrlashi, shaxsning sensorli va harakatlanish sohalari, emotsional-irodaviy va ehtiyoj-sababli sohalari rivojlanadi. To’g’ri tashkil etilgan ta’lim shaxsni har doim rivojlantiradi, lekin o’qituvchi va o’quvchining shaxsiy har tomonlama rivojlanishiga qaratilgan maxsus o’zaro munosabatlarida rivojlantirish funktsiyasi yanada samaraliroqdir.
Ta’limning o’quvchi shaxsini rivojlantirishga yo’naltirilganligi “rivojlantiruvchi ta’lim” tushunchasi bilan ifoladanali. XX asr 60-yillaridan boshlab rivojlantiruvchi ta’limni tashkil etishga nisbatan turli yondoshuvlar yuzaga keldi.
Bularning hammasi ta’limni tashkil etish faqat bilimlarni shakllantirishga emas, o’quvchini har tomonlama rivojlantirish (birinchi navbatda, aqliy rivojlantirish, aqliy faoliyat usullari, analiz qilish, taqqoslash, turlarga ajratish va boshqalarni kuzatish, xulosa chiqarish, obhektlarning muhim belgilarini ajrata bilish, faoliyat maqsadi va usullarini aniqlashni bilishga o’rgatish, uning natijalarini tekshirishni bilish malakasini rivojlantirish)ga xizmat qilishini anglatadi.
Ta’lim jarayoni tarbiyalovchi xususiyatga ham ega. Tarbiya va ta’lim o’rtasidagi bog’liqlik ob’ektiv va qonuniy hisoblanadi. Biroq shaxsni ta’lim jarayonida tarbiyalash tashqi omillar (oila, mikromuhit va boshqalar)ning ta’siri tufayli qiyin kechadi.
Tarbiyalash funktsiyasi. Ta’limning tarbiyalovchilik xususiyati turli ijtimoiy tuzum hamda sharoitda ham yaqqol namoyon bo’ladi. Tarbiyalash funktsiyasi ta’lim mazmuni, shakli va metodlarining mohiyati bilan belgilanadi va o’qituvchi hamda o’quvchilar o’rtasidagi munosabatlarni tashkil etish jarayonida etakchi o’rin tutadi.
Ta’lim jarayonida shaxsning ma’naviy-axloqiy va estetik tasavvurlari, xulq-atvori va dunyoqarashi shakllantiriladi.
Ta’limning tarbiyalovchilik xususiyati, eng avvalo, ta’lim mazmunida aks etadi. Biroq, shuni ham e’tiborda tutish kerak-ki, barcha o’quv fanlari ham birdek tarbiyalovchilik imkoniyatiga ega emas. Gumanitar va estetik fanlarning bu boradagi imkoniyatlari yuqori.
Ta’lim jarayonida tarbiyaning ikkinchi omili o’qituvchi va o’quvchilarning munosabatlari, sinfdagi psixologik muhit, o’qish jarayoni ishtirokchilarining o’zaro munosabatlari, o’quvchilarning idrok etish faoliyatlariga o’qituvchining rahbarligi hisoblanadi. Zamonaviy pedagogika o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasidagi munosabatning eng qulay usuli sifatida demokratik usulini ehtirof etadi. Bu usul ta’lim jarayonida o’quvchilar shaxsini hurmat qilish, ularning xohish-istaklari, qiziqishlarini inobatga olinishini anglatadi.
O’qituvchi va o’quvchilarning ta’lim jarayonidagi faoliyatlari. O’qituvchi faoliyatining vazifasi va tuzilishi. Ta’lim muassasasi (umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar, oliy ta’lim muassasalari)da tashkil etiluvchi ta’lim jarayonida o’quvchining faoliyati o’qituvchi rahbarligi ostida kechadi. O’qituvchi faoliyatining vazifasi o’quvchilarning ijtimoiy borliqni ongli va faol idrok etishga yo’naltirilgan faoliyatlarini boshqarishdan iboratdir.
Ta’lim jarayonini boshqarish quyidagi bosqichlardan iborat:
rejalashtirish;
tashkil etish;
boshqarish (rag’batlantirish);
nazorat;
natijalarni baholash va tahlil qilish.
O’qituvchi faoliyatini rejalashtirish bosqichi kalendar-tematik yoki darslar rejalarini tuzish bilan yakunlanadi. Rejalar, reja-konspektlar yoki konspektlarni tuzish uchun uzoq, jiddiy ishlash kerak bo’ladi. O’qituvchi o’quvchilarning tayyorliklari darajasi, ularning o’quv imkoniyatlari, moddiy baza holati, shaxsiy (kasbiy) imkoniyatlarini o’rganib chiqishi, o’quv materiali mazmunini tanlab olishi, dars olib borish shakli va metodini o’ylab chiqishi kerak bo’ladi.
O’quvchilar faoliyatini tashkil etish o’quvchilar oldiga o’quv masalalarini qo’yishni va uni bajarish uchun imkoniyatlar yaratishdan iborat bo’ladi.
Ta’lim jarayonida o’quvchilarning faoliyati. Bilim olish faoliyatning o’ziga xos ko’rinishi sifatida muayyan tuzilish, rivojlanish va faoliyat qonuniyatlariga ega. Bilim olish borliqni idrok etish, o’rganish, mashq qilish va muayyan tajriba asosida xulq-atvor hamda faoliyat ko’nikma, malakalarining mustahkamlanib, mavjud bilimlarning takomillashib, boyib borish jarayoni hisoblanadi. Bilim olishning muhim komponenti motiv, ya’ni, ta’limiy xarakterdagi harakat yoki faoliyatni tashkil etishga nisbatan rag’batni his etish, ehtiyojning yuzaga kelishidir.
O’qishning keyingi komponenti o’quv harakatlari (operatsiyalari) sanalaib, ular anglangan maqsadga binoan amalga oshiradi. O’quv harakatlari o’quv jarayonini tashkil etishning barcha bosqichlarida namoyon bo’ladi. Harakatlar tashqi (kuzatiladigan) va ichki (kuzatilmaydigan) ko’rinida bo’lishi mumkin. Tashqi o’quv harakatlariga predmetli harakatlar (yozish, rasm chizish, tajribalar o’tkazish); pertseptiv harakatlar (tinglash, fikrlash, kuzatish, sezish) hamda nutqdan foydalanish kiradi.
Ichki (mnemonik, yunonchadan «mnemonikon» - eslab qolish madaniyati) harakatlarga materialni eslab qolish, uni tartibga solish va tashkil etish, shuningdek, tasavvur va fikrlash harakatlari (intellektual) kiradi.
Har qanday bilimni o’zlashtirishda o’quvchilardan idrok etish madaniyatiga ega bo’lish va o’quv materialini anglab etish talab etadi. Pedagogik jarayonda o’quvchilar tomonidan ilmiy bilimlarning mahnosini etarli darajada tushunmay, faqat tovushlar birligi sifatida qabul qilinishi va yodlab olinishi xavfilidir.
O’quvchilarni ilmiy bilimlarni ularning mohiyatini to’la tushungan holda o’zlashtirish shartlari bilan tanishtirib, ularga o’zini o’zi nazorat qilishning mohiyati va ahamiyatini tushuntirish maqsadga muvofiqdir. O’zini o’zi nazorat qilishda o’quvchilar ular qo’llayotgan aqliy mehnat vositalarining samaradorligi, shuningdek, o’z mehnati natijalarini baholashi kerak.
Natijalarni baholash, nazorat qilish va tahlil etish o’quv harakatlarining ajralmas qismlari hisoblanadi. Ta’lim jarayonida o’quvchi tomonidan o’zini nazorat qilish, o’zini baholash va o’zini analiz qilish amalga oshirish o’qituvchining shunga o’xshash o’rgatuvchi harakatlarini kuzatish asosida shakllanadi. Bu harakatlarni shakllantirish o’quvchilarni o’z tengdoshlari faoliyatini kuzatishga jalb etish, o’zaro nazoratni tashkil etish, o’rnatilgan mezonlar asosida o’z faoliyati natijalarini o’zaro baholash va tahlil qilishga yordam beradi.
Bilimlarni o’zlashtirish jarayonining tuzilishi. O’quvchilar o’quv idrok etish faoliyatlarini boshqarishga o’rganib olish uchun bilimlarni o’zlashtirish jarayoni tuzilishini yaxshi tasavvur etish, o’quvchilar tomonidan bilimlarning egallash bosqichlarini bilishi zarur: idrok etish, o’quv materialini anglab etish, mustahkamlash, amaliy faoliyatida bilimlarini qo’llash. Birinchi bosqich idrok etish hisoblanadi. Psixologiyadan ma’lumki, idrok etish aniq maqsadga yo’naltirilgan anglash jarayoni bo’lib, u tanlash xususiyatiga ega. Shuning uchun birinchi navbatda o’quvchilarga mavzuni, ya’ni, ularning nimani o’rganishlari (masalani qo’yish)ni tushuntirib berish kerak. Shu asosida o’quv materiali bilan dastlabki tanishish amalga oshiriladi. U haqiqiy mavjud yoki hayoliy predmet, hodisa, vaziyatlarni kuzatish, mumkin bo’lgan tajribalarni o’tkazishdan iborat bo’ladi. Birinchi bosqich o’quvchi qaysi hodisa va voqealarni, predmetlarni o’rganish haqida etarlicha tasavvurga ega bo’lganida va o’quv masalasini tushunib etganda yakunlanadi.
Ikkinchi bosqich – o’quv materialini anglab etish. U ma’lumotlarning nazariy jihatlarini ajratib olish va analiz qilishdan iborat. Bunda asosiy mazmunni topish, tushunchani ajratib olish, ularning belgilarini asoslab berish, tushuntirish materialini xususiyatini aniqlab olish, misollar va tushuntiruvchi dalillar to’plamini o’rganib chiqish kerak. Bu vaziyatda bilimlar o’rtasidagi tizimlilik muhim ahamiyatga ega. Unda o’quvchi eng asosiy, ikkinchi darajali hamda qo’shimcha, tushuntiruvchi elementlarni ajratib ko’rsatsin. O’quvchi o’quv masalasini echish usulini tushunsa, bilimlar o’rtasidagi tizimni anglab etsa ushbu bosqich yakunlangan sanaladi.
Uchinchi bosqich – eslab qolish va mustahkamlash. Bu bosqich o’zlashtirilgan bilimlarini uzoq vaqt davomida saqlab qolishdan iborat. Unda idrok etish faoliyati ko’proq mashqlar, mustaqil reproduktiv va ijodiy masalalar xususiyatiga ega bo’ladi. Nazariy material, tushuncha, qoida, isbotlar turli xil mashqlarda takrorlanadi. O’qituvchi o’quvchilar topshiriqlarni tushunib bajarishlarini kuzatib borishi kerak. Ular matnlarni mexanik ko’chirib olishlari, topshiriqlarni bajarishlari, qoida va tushunchalarni chuqur anglab etmay bajarishlari mumkin. Bosqich yakunida o’quvchilar nazariy materiallarni biladilar va ulardan mashqlarni bajarish, masalani echish, teoremani isbotlashda foydalanishni biladilar. Ularda o’quv malakalari va ko’nikmalari shakllantirilgan bo’ladi.
Ta’limning gnoseologik asoslari. O’quv jarayonini mantiqiy qurilishi ta’lim mazmunining xususiyatlari va gnoseologik jihatlariga bog’liq.
Gnoseologiya (yunoncha – «gnosis» («gnoseos»)- bilim, ong, o’rganish, logiya –fan, ta’limot) – bilish, ilmiy bilimlarning shakllanishi, xususiyatlari, qonuniyatlari, uslublari, ilmiy tafakkur shakllari, shuningdek, insonga xos bo’lgan borliqni anglash qobiliyati haqidagi nazariya, ta’limot.
Ijtimoiy taraqqiyot tarixida insonning atrof-muhitni bilishi umumiy tuzilishiga va bosqichlariga turlicha yondoshishlar ma’lum. Ana shu yondoshishlar o’quv jarayonini qurish va ta’lim mazmunini tushunish mantiqini belgilab beradi.
Muhammad al-Xorazmiy (IX asr) bilish nazariyasi rivojlanishiga katta hissasini qo’shgan. U birinchi bo’lib koinot obhektlarining harakatlari hamda erdagi nuqtalarining joylashishini jadval ko’rinishida aks ettirib, tajriba-kuzatish va tadqiqotlar metodlarini ilmiy jihatdan asoslab berdi, yagonalikning birligi tamoyili, shuningdek, alohida va umumiy, induktsiya va deduktsiyalarning mohiyatini aniqlashtirdi; matematik masalalarni echishning algoritmik metodini ishlab chiqdi. Bu metoddan bugungi kunda ham foydalanib kelinmoqda.
Al-Kindiy (IX asr) ilmiy bilishning uch bosqichli kontseptsiyasini ilgari suradi. Alloma insonning bilishini: sezgiga oid va ratsional bilish tarzida ikkiga ajratadi. Sezib bilishning predmeti va obhekti barcha jism va moddiy narsalar hisoblanadi. Kindiyning fikricha, sezib bilish aql uchun muhim materialni beradi.
Faqatgina aql tashqi dunyo haqida haqiqiy bilim va tushunchani ishlab chiqishga qodir, - deb hisoblaydi Kindiy.
Abu Nasr orobiy (X asr) Kindiy g’oyalarining mohiyatini aniqlashtiradi. Biror narsani bilishga intilgan inson avvalo uning ma’lum holatini o’rganadi, o’zlashtirganlarini o’zlashtirilishi zarur bo’lgan bilimlarga yo’naltiradi. Alloma fanlar klassifikatsiyasi, shuningdek, bilish faoliyatini tashkil etishga oid tavsiyalarni ishlab chiqadi. Yaxshi nazariyotchi bo’lish uchun deydi, - Abu Nasr orobiy, - qaysi fan bilan shug’ullanishidan qathiy nazar quyidagi uchta shartga amal qilish kerak:
fan asosida yotuvchi barcha tamoyillarni yaxshi bilishi;
ushbu tamoyil va ma’lumotlar asosida zarur xulosani chiqarishi, ya’ni, mulohaza yuritish qoidalarini bilishi kerak;
xato nazariyalarni isbotlab berish va boshqa mualliflar fikrlarini tahlil qilishni, shuningdek, haqiqatni yolondan ajratish va xatoni tuzatishni bilishi zarur.
Abu Rayhon Beruniy Beruniy (XI asr) bilishni uzluksiz, to’xtovsiz davom etadigan jarayon sifatida tushunadi. Allomaning fikricha, insoniyat borliqning haqiqiy mohiyati, hozircha noma’lum bo’lgan jihatlarini kelajakda bilib oladi.
Abu Ali ibn Sinoning (XI asr) bilish nazariyasida sabab haqidagi ta’limot alohida o’rin oladi. U sabablarni aniq, sezish asosida anglanadigan va yashirin, tashqi holatlarini tahlil etish asosida tushuniladigan sabablarga ajratadi va hodisaning mohiyati uning yuzaga kelish sabablarini aniqlash yo’li bilan anglanishi mumkin deb hisoblaydi. Alloma ushbu gnoseologik qoidani o’zining tabiblik amaliyoti, kasalliklarni ularning simptomlari bo’yicha va dorilar ta’sirini kuzatish asosida aniqlagan.
Chex pedagogi Ya.A.Komenskiy XVII asrda ta’lim jarayonining mohiyatini ilmiy asoslashga urindi. Alloma tomonidan ilgari surilgan ta’limning tabiiyligi g’oyasi ta’lim jarayoni, uning tuzilishi, tamoyil va metodlari tabiat qonunlariga muvofiq belgilanishini tahkidlaydi.
Ya.A.Komenskiyninng tabiatga bog’liqligi haqidagi g’oyasi – arb olimlarining ta’lim jarayonining gnoseologik asoslarini ochib berish, moddiy dunyo qonunlarining o’quv jarayoniga ta’sirini ko’rsatib berishga urinishlaridan biridir.
XVIII asrda frantsuz olimi Jan Jak Russo ham insonning tabiat va jamiyatdagi o’rni haqidagi falsafiy dunyoqarashlar asosida ta’lim mohiyatini ochib berishga urinib ko’rgan. Olimning fikricha, ta’lim jarayonining mohiyati bolaning atrof-muhitni bilishi tabiatidan kelib chiqadi. Bola tabiat qo’ynida, qishloq joylarda rivojlanishi kerak.
Bolaning atrof-muhit mohiyatini tez anglashini xususiyatini hisobga olib ekzistentsiolizm (yunoncha «existetia» - mavjudlik) vakillari ta’lim mohiyatini quyidagicha ifoda etadilar: maktabning asosiy maqsadi intellektini rivojlantirish emas, balki bolani emotsional tarbiyalashdir.
Ekzistentsializm ratsional bilishni rad etadi, ta’lim fandan ko’ra sanhatga yaqinroq deb hisoblaydi, shuningdek, borliqni bevosita bilish metodini ilgari suradi.
Ta’lim mazmuni masalalariga boshqa bir yondoshish “Pragmatizm pedagogikasi” yoki progressivizm AQShda alohida rivojlandi. Uning etakchisi Djon Dyui mazkur ta’limotni ifodalashda pragmatizmning falsafiy g’oyalarini asos qilib oldi. Pragmatizm (yunoncha ragma – ish, harakat, falsafiy amal) zamonaviy Amerika falsafasida idealistik oqim. Bu oqim haqiqatning ob’ektivligini rad etadi, haqiqat bu ob’ektiv borliqqa mos kelmaydi, balki amaliy foydali natijalar beradi.
D.Dyui fikricha, bilish va bilim inson o’z hayotida duch keladigan turli muammo yoki qiyinchiliklarni engish vositasi hisoblanadi. Bilim yashash uchun kurash vositasi va shaxsning rivojlanish darajasini ko’rsatuvchi omil hisoblanadi. Biz faqatgina muammoni hal etayotganimizda fikrlaymiz, buning boshlanish yo’li har doim qiyinchilikni his etish hisoblanadi.
“Harakatlar pedagogikasi” kontseptsiyasi ko’p jihatdan Dj.Dyuining falsafiy (pragmatizm) va psixologik qarashlarining oqibati hisoblanadi. Uning muallifi, reformatorlardan biri nemis pedagogi Vilgelm Avgust Lay (1862-1926 yillar) bilim olish jarayonida ko’zga tashlanuvchi quyidagi uch bosqichni ko’rsatadi: idrok etish, qayta ishlab chiqish, ifoda etish. Bugungi kunda ham ta’lim mohiyatini tushunishga nisbatan turlicha yondoshishlar mavjud. Xususan:
1. Sotsiologik yondoshish. Unga ko’ra ta’limning mohiyati ijtimoiy tajribalarni yoshlarga etkazishdan iborat. O’quvchilar insoniyatning ijtimoiy-tarixiy tajribasi natijalari bo’lgan bilimlarni o’rganadilar. Ta’limning mazmuni o’quvchilaring ajdodlar tajribasini o’zlashtirishga xizmat qiluvchi jarayonini tashkil etishdan iborat. Bu falsafiy qoida ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning muhim omili - shaxs kamolotini tushunishga ilmiy yondashishni anglatadi. Ta’limga bunday yondashish ijtimoiy jarayon hisoblanadi.
Boshqa bir yondashishni xususiy pedagogik yoki didaktikyondashish deb atash mumkin.Bu yondashish yaxlit ta’lim jarayonining borishini belgilab beruvchi bilim olish bosqichlari (o’quv materialini o’rganishni, uni anglab etish, mustahkamlash, amaliy faoliyatda bilimlarini qo’llash)ni ifodalaydi. Mazkur yondashuvga ko’ra ta’lim mazmuni o’quvchilar tomonidan bilim egallash bosqichlarining ketma-ketligiga amal qilish asosida faoliyatni tashkil etishdan iborat.
Kontseptsiya tarafdorlari bilish yo’lini quyidagicha formula asosida ifodalaydilar: jonli mushohadadan abstrakt fikrlashga va abstrakt fikrlashdan amaliyotga.
Ta’lim mazmunini tushunishga nisbatan psixologik yondashish bilimlarni o’zlashtirish va inson rivojlanishi borasidagi psixologik nazariyada ilgari surilgan g’oyalarga tayanadi.
Bu kontseptsiyaning kelib chiqishi L.S.Vo’gotskiyning (1896-1934 yillar) ta’limning shaxs rivojlanishida asosiy omil bo’lishi haqidagi “yaqin rivojlanish zonasi” deb yuritiluvchi qarashining yaratilishi bilan bog’liq. Unga ko’ra, ta’lim faqat yaqin zonada qurilganda, hali to’la shakllanmagan, lekin o’quv jarayonini qurishga asos bo’la oladigan mexanik harakatlar asoslangandagina mazmunga ega bo’ladi.
Psixologik tadqiqotlar pedagogik nazariyani so’zsiz boyitadi. Bilim olish jarayonida shaxs rivojlanishining kechish jarayoni mohiyatini ochib beradi. Ammo faqat psixologik g’oyalar asosida ta’lim mohiyatini yoritish pedagogik jarayonni bir tomonlama talqin etishga olib keladi.
XIX asrning 40-yillarida dialektik materializm nazariyasi asoslandi. Dialektik materializm tabiat, jamiyat va fikrlashning harakatlanishi hamda rivojlanishi borasidagi umumiy qonunlarni yorituvchi falsafiy ta’limotdir. Bu ta’limotda Feerbaxning materializmi va Gegelning dialektikasi uzviy ravishda birlashadi. Bu ta’limot ta’lim jarayoni inson ongining borliqni aks ettira olishiga imkon berishi zarur degan g’oyani ilgari suradi. Haqiqatni bilish murakkab jarayon. Dialektik nazariya g’oyasiga ko’ra rivojlanishning asosi qarama-qarshilik hisoblanadi. Rivojlanish qarama-qarshi kuchlar kurashidir.
Dialektik yondoshishga binoan ta’lim jarayonining asosiy qarama-qarshiliklarini quyidagilar sanaladi:
1. Ijtimoiy-tarixiy (ilmiy) bilimlar hajmi va o’quvchi o’zlashtirgan bilimlar hajmi o’rtasidagi qarama-qarshilik. Bu qarama-qarshilik ta’lim jarayonini harakatlantiruvchi kuch hisoblanadi. U ta’lim mazmunini doimiy takomillashtirishga olib keladi. Umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limini ijtimoiy-texnik taraqqiyot darajasiga yaqinlashtirish zaruriyati ta’lim mazmunini tubdan yangilash, uni yangi tamoyil, shakl, metod va vositalarini izlashni muhim ijtimoiy vazifa qilib qo’ymoqda.
2. O’quvchi tomonidan o’zlashtirilgan o’rganishning amaliy jihatlari (shakl, metod va vositalari)ning darajasi bilan ijtimoiy-tarixiy bilish (o’rganishning o’quvchi egallab olishi kerak bo’lgan shakl, metod va vositalari) darajasi o’rtasidagi qarama-qarshilik. Bu qarama-qarshilikni hal etish o’quvchining intellektual rivojlanishi surhati va darajasiga bog’liq. Bir xil mazmun va hajmdagi o’quv materiali aqliy rivojlanishning turli ko’rsatkichlariga namoyon etishi mumkin.
3. O’quvchining mavjud rivojlanish darajasi bilan ijtimoiy buyurtmada ko’zda tutiluvchi rivojlanish darajasi o’rtasidagi qarama-qarshilik. Agarda ijtimoiy talab bolaning idrok etish imkoniyatidan yuqori bo’lsa, unda jiddiy qiyinchilik yuzaga keladi.
XX asrning 80-90-yillarida pedagogik hodisalar, shu jumladan, ta’lim muammolarini ham o’rganishda MDH davlatlarida aksiologik yondashuv ko’zga tashlana boshladi. Aksiologiya (yunoncha «axios» – qimmatli, logiya - fan) – qadriyatlar haqidagi falsafiy ta’limot bo’lib, u XIX asrning oxiri XX asr boshlarida shakllangan.
Rossiyalik ba’zi olimlar (V.A.Slastenin, I..Isaev, E.N.Shiyanov) mazkur yondashuvni ta’limning yangi falsafasi asosi hamda zamonaviy pedagogikaning metodologiyasi sifatida tushunishni taklif etadilar1.
Hayot, sog’liq, muhabbat, oila, ta’lim, mehnat, tinchlik, ishonch, go’zallik, ijod va shu kabi qadriyatlar hamma davrlarda ham inson hayoti uchun o’ziga xos ahamiyat kasb etgan. Insonparvarlik g’oyasi asosini tashkil etuvchi ushbu qadriyatlar tarixiy taraqqiyot jarayonida vaqt sinovidan o’tgan. O’zbekiston Respublikasida kechayotgan demokratik o’zgarishlar mazkur qadriyatlarni qayta tiklash va baholash zaruriyatini kun tartibiga olib chiqmoqda.
Insonparvarlik g’oyasi markazida shaxsni har tomonlama kamol toptirish masalasi yotadi. Shaxsni rivojlantiruvchi ta’lim nazariyasi asoschilari ushbu masalani nazariya uchun qilib olganlar. Rivojlantiruvchi ta’lim nazariyasining g’oyalari XX asrning 80-yillarida pedagogikaga muqobil sifatida yuzaga kelgan hamkorlik pedagogikasida o’z aksini topdi.
Hamkorlik pedagogikasini novator-pedagoglar (Sh.A.Amonashvili, S.N.Lisenko, I.P.Volkov, V..Shatalov, E.N.Ilin va boshqalar) pedagogik jarayon ishtirokchilari (o’qituvchi va o’quvchilar) o’rtasida insonparvarlik tamoyiliga asoslangan o’zaro munosabatlari tashkil etishini tahkidlab o’tadilar. Hamkorlik pedagogikasi uchun kontseptual ahamiyatga ega qoidalari - A.Avloniy, G’.G’ulom, K.D.Ushinskiy, A.S.Makarenko, V.A.Suxomlinskiy, J.J.Russo, Ya.Korchak, K.Rodjers va boshqalarning pedagogik qarashlarida o’z ifodasini topgan. Pedagogik hamkorlik g’oyalari bugungi kunda pedagogik texnologiyalar mazmuniga singdirilgan va “XXI asr ta’limi Kontseptsiyasi” asosini tashkil etadi.
Pedagogik hamkorlik mazmuni va metodikasi xususiyatlari quyidagilardan iborat:
Bolaga insonparvarlik asosida shaxsiy yondashuv maktab ta’limi tizimida bola shaxsi, uning hali rivojlanmagan qobiliyatlari, «men»ligi ustuvor o’rin tutadi. Maktabning maqsadi mavjud qobiliyatlarni rivojlantirish, shaxsni ijtimoiy faoliyatga jalb etish, uni erkin rivojlantirishdan iborat.
Shaxsga yo’naltirilgan (rivojlantiruvchi) texnologiyalar asosida quyidagi g’oyalar muhim o’rin tutadi:
1. Shaxsga ta’limning maqsadi sifatida yangicha qarash: bola maktabda – to’la huquqli shaxs, pedagogik jarayonda subhekt; shaxsning rivojlanishi – ta’lim tizimining maqsadi; har bir erkin, o’z fikrini mustaqil ifodalovchi, barkamol shaxsni tarbiyalash ta’lim maqsadining asosi kabi g’oyalarlarni aks ettiradi.
2. Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish bolalarga nisbatan muhabbatli bo’lish, ularning taqdiri bilan qiziqish; bolaga o’z kuchi va iqtidoriga ishontirish; pedagogik munosabatlar jarayonida u bilan hamkorlikka erishish, o’qituvchi va o’quvchining huquq jihatldan tengligi; bolaning erkin tanlash huquqi; xato qilish huquqi; o’z shaxsiy nuqtai nazariga ega bo’lish kabi holatlarni ifodalaydi. Aksincha, to’g’ridan-to’g’ri majburlash inkor etiladi.
3. Individual yondoshishning yangi talqini. Uning mazmuni o’quv fanini o’quvchiga emas, balki bolani o’quv faniga yo’naltirishdan iborat. Individual yondashish quyidagilarni o’z ichiga oladi: materialni o’rtacha o’zlashtiruvchi o’quvchilarga mo’ljallashdan chetlanish, shaxsning ijobiy sifatlarini ko’ra bilish, shaxsni psixologik-pedagogik diagnostika qilish.
4. Shaxsning ijobiy «Men-kontseptsiyasi»ni shakllantirish. Men-kontseptsiyasi – bu shaxsning o’zi haqidagi tasavvurlari asosida shaxsiy hulqini shakllantiruvchi tizim bo’lib, ijobiy Men-kontseptsiyasi (Men o’zimga yoqaman, Men har ishga qodirman, Men hamma narsani bilaman) shaxsni muvaffaqiyatlarga rag’batlantirib, shaxsninng ijobiy namoyon bo’lishiga yordam beradi. Salbiy Men-kontseptsiyasi (Men o’zimga yoqmayman, Men hech narsani bajara olmayman, Men hech kimga kerak emasman) uning turli faoliyat yo’nalishlarida muvaffaqiyatga erishishiga halaqit beradi, o’qish natijalarini yomonlashtiradi, shaxsda salbiy sifatlarning shakllanishiga olib keladi. O’qituvchining vazifasi har bir o’quvchi timsolida komil shaxsni ko’rish, uni tushunish, qabul qilish va unga ishonishdan iborat («Hamma bolalar istehdodli» tarzida).
5. “Nimaga?” va “qanday ta’lim?” masalasini hal etishga yangicha yondashish. Uning mohiyati ta’lim mazmunini shaxs rivojlanishining vositasi sifatida tushunishdan iborat.
6. Zamonaviy maktabda tarbiyalash kontseptsiyasi. Hamkorlik pedagogikasi quyidagi muhim g’oyalarni aks ettiradi: bilimlar maktabini tarbiya maktabiga aylantirish, o’quvchi shaxsini yaxlit tarbiya tizimining markaziga qo’yish, tarbiyaning insonparvarlik xususiyatiga egaligi, umuminsoniy va milliy qadriyatlarning shakllanishi, bolaning ijodiy qobiliyati hamda uning individualligini rivojlantirish, individual va jamoaviy tarbiyani uyg’unlikda olib borish.
Pedagogik hamkorlik yuqorida qayd etilgan g’oyalar asosida shaxsga yo’naltiriluvchi (rivojlantiruvchi) texnologiya yaratiladi. Ta’lim texnologiyasining mohiyati shaxsni rivojlantirish, ta’lim nazariyasini asoslash uchun nazariy shart-sharoit yaratish, falsafasi esa insonni shakllantirishdan emas, balki unga o’zi o’zini tarbiyalashga yordam berishdan iborat.