4. Bozor iqtisodiyotini davlat tomonidan tartibga solish vazifalari va dastaklari Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning har bir bosqichida o'zaro bog'liq maqsadlarni ishlab chiqish va asoslash hukumatning mamlakatni boshqarish san'ati hisoblanadi.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish maqsadlarining murakkabligi va o'zaro bog'liqligining qarama-qarshiligi, ularning ijobiy yoki salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligi tartibga soluvchi davlat organlarining o'z maqsadlarini alohida holda emas, balki birgalikda, ularning o'zaro bog'liqligini inobatga olgan holda ishlab chiqishga majbur qiladi.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning yuqo-rida bayon qilingan umumiy vazifalaridan tashqari hokimiyat organlari zimmasiga yuklatilgan aniq vazifalar ham mavjud
iqtisodiy o'sish va iqtisodiy rivojlanish to'liq va samarali bandlik iqtisodiy samaradorlikka erishishni ko'zlash narxning barqaror darajasi iqtisodiy erkinlik daromadlarning odilona taqsimlanishi mamlakat tashqi savdo balansining mutanosibligi Davlat ta'sir etadigan va tartiblaydigan obyektlarga ular-ning darajalari nuqtayi nazaridan quyidagilar kiradi:
- umumxo'jalik jarayonlari, ya'ni iqtisodiy sikl, pul muomalasi, ish bilan bandlik, investitsiyalar, ilmiy-tadqiqot, tajriba, konstruktorlik ishlari (ITTKI), narxlar;
- iqtisodiyotning yirik sohalari, ya'ni sanoat, qishloq xo'jaligi, qurilish, infrastrukturalar, moliya sohasi;
- tarmoqlar va korporatsiyalar;
- yirik xo'jalik komplekslari sifatidagi hududlar.
5. O'zbekistonda davlatning iqtisodiy vazifalari Xalq manfaatlariga javob beruvchi mustaqil iqtisodiy siyosat O'zbekistonni mustaqil rivojlantirishning ajralmas shartidir. Tarixiy tajriba shuni ko'rsatadiki, ayrim mamla-katlarda iqtisodiy rivojlanish va aholining turmush darajalari o'rtasidagi tafovutlarga qaramay, jahon hamjamiyati rivoj-lanishining hozirgi bosqichiga bozor iqtisodiyoti juda mos keladi va samara kasb etadi.
Bozor xo'jaligining asosiy talablari va shartlaridan biri erkin narxlardir. Ammo dunyo bo'yicha narx siyosati, ayniqsa, bozor tarmoqlarini qaror toptirish davrida tartibga solib turilmaydigan bironta ham davlat mavjud emas. Bozor munosabatlari yo'liga kirgan ko'pgina mamlakatlarning tajribasi davlat doimo aholini ham, ishbilarmonlarni ham islohotlarga tayyorlab kelganligidan dalolat beradi.
Iqtisodiyotni barqarorlashtirish — bozorni shakllantirish yo'lidagi zaruriy va muqarrar bosqich bo'lib, uni ta'minlash uchun respublika budjeti taqchiiligini cheklashga va uni izchil ravishda eng kam darajaga keltirishga qaratilgan kuchli moliyaviy siyosat olib borilishi taqozo etiladi. Bu jarayonda budjet mablag'lari kechiktirib bo'lmaydigan eng zarur davlat va ijtimoiy ehtiyojlargagina berilishi kerak.