Mavzu: Davlatning iqtisodiyotda xususiy tarmoq va tadbirkorlikni qo’llab quvvatlash siyosati


Xususiy tarmoq va tadbirkorlikning milliy iqtisodiyotda tutgan o’rni hamda ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati



Yüklə 48,25 Kb.
səhifə2/4
tarix14.12.2023
ölçüsü48,25 Kb.
#179120
1   2   3   4
Davlatning iqtisodiyotda xususiy tarmoq va tadbirkorlikni qo’llab quvvatlash siyosati

Xususiy tarmoq va tadbirkorlikning milliy iqtisodiyotda tutgan o’rni hamda ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati
Bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy omillaridan biri kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishdir. Tadbirkorlik shaxsiy daromad, foyda olishga qaratilgan fuqarolarning mustaqil faoliyati. Bu faoliyat o'z nomidan, o'z mulkiy ma’suliyati va yuridik shaxsning yuridik mas’uliyati evaziga amalga oshiriladi. Tadbirkor qonun tomonidan ta’qiqlanmagan barcha xo'jalik faoliyati, shu jumladan, vositachilik, sotish, sotib olish, maslahat berish, qimmatbaho qog'ozlar bilan ish olib borish bilan shug'ullanishi mumkin. Tadbirkorlik shaxsiy va ijtimoiy foydalarni ko'zlagan holda daromad olish uchun sarflanayotgan mablag' bilan bog'liq faoliyatdir .
Jumladan Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek:
“...«O‘ztadbirkoreksport» va «O‘zsanoateksport» aktsiyadorlik jamiyatlari, shuningdek, Milliy bank huzuridagi Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi yo‘nalishi bo‘yicha kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari eksporti bilan bog‘liq. Bu borada kamida 1 milliard 500 million dollarlik eksportni ta’minlash kerak.”Davlat moliyasini barqarorligini ta’minlashda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini amalga oshirishning tutgan o'rni jamiyat taraqqiyotida, siyosiy va ijtimoiy o’zgarishlarning eng muhim omili bo’lib xizmat qiladi. Ayniqsa o’tish davrida bozor islohotlari turlicha namoyon bo’layotgan mamlakatlar, xususan, MDH davlatlarida bu tendentsiya yaqqol ko’zga tashlanmoqda. Bunday sharoitda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini amalga oshirishda qator funksiyalarni bajaradi. Uning siyosiy funksiyasi jamiyat iqtisodiyotining asosiy bo’g’ini — o’rta mulkdorlar sinfining shakllanish manbai sifatida namoyon bo’lishidadir. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari – foyda olish maqsadida resurslardan yanada samarali foydalanishga qaratilgan xo’jalik faoliyatining muhim turidir. Ushbu jarayon quyidagilar orqali izohlanadi: - tadbirkorlik kishilarning tavakkalchilik va mas’uliyat bilan bog’liq tashabbuskorlik faoliyati demakdir; - tadbirkorlik cheklangan va innovatsion yondashuvni talab qiladigan resurslardan yanada oqilona foydalanishga qaratiladi; - tadbirkorlik faoliyati qo’shimcha daromad va foyda keltirgan taqdirdagina o’zini oqlagan hisoblanadi. Tadbirkorlik faoliyati davomida, bozor iqtisodiyotining nimani, qanday, kim uchun ishlab chiqarish kerak, degan muhim masalalari o’z yechimini topadi.
Iqtisodiy erkinlik (mustaqillik), to’liq moddiy javobgarlik, maksimal darajada foyda olishga qaratilgan tijorat faoliyati tadbirkorlikning eng muhim iqtisodiy tamoyillari hisoblanadi. Tadbirkorlikning ikkita muhim turi – savdosotiqqa asoslangan, narxlardagi farqlar hisobidan foyda olishni nazarda tutadigan hamda aniq iste’molchining ehtiyojlariga mos holda mahsulot ishlab chiqarish va sotishga asoslangan faoliyatni ajratib ko’rsatish mumkin. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkchilikning barcha shakli – davlat, xususiy (rivojlanishda ustunlikka ega),
jamoa, shaxsiy hamda aralash shakllari teng huquqli tarzda taraqqiy etadi .
Bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik fuqarolar bandligini ta’minlashning muhim sharti hamda aholi daromadining barqaror manbai bo’lib bormoqda. Mustaqillikning dastlabki yillarida O’zbekistonda kichik biznesning ulushi yalpi ijtimoiy mahsulotning bor-yo’g’i 1,5 foizini tashkil etgan bo’lsa, 2011 yilda ushbu raqam 31, 2012 yil yakunida esa 52,5 foizga ko’tarildi. 2013 yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi evaziga 500 mingga yaqin yangi ish joylari tashkil etildi. 2013 yilda yalpi ichki mahsulotda kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikning ulushi 55,8 foizga yetkaziladi va 2014 yilda yalpi ichki mahsulot tarkibida kichik biznes ulushi 31,1 foizdan 52,5 foizga o'sdi, ushbu sohada bandlike darajasi iqtisodiyot tarmoqlarida ish bilan band aholi umumiy sonining 49,7 foizidan 74,5 foizigacha oshdi. 2015 yilda bu ko’rsatkich 77,9 foiz, 2016 yilda 78,1 foizga oshgan bo’lsa, 2017 yilning birinchi choragida 77,7 foizga yetganini kuzatishimiz mumkin.8 Aholi daromadlarining 47 foizdan ziyodi tadbirkorlik faoliyatidan tushgan daromadlar hissasiga to'g'ri keladi. Rivojlangan mamlakatlarda ushbu ko’rsatkich 70 foizga yaqinligini hisobga olsak, bizda ushbu yo’nalishning kelajagi porloqligini e’tirof etish mumkin. Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlar jarayonida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada qo’llab-quvvatlash, ayniqsa qishloq joylarida uni ravnaq toptirish uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilash jarayonlari eksportga yo’naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish hamda yurtdoshlarimizning turmush farovonligini oshirishda muhim o’rin tutmoqda .


Yüklə 48,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin