MAVZU:
Davolovchi jismoniy tarbiya mashg'ulotlarining shakllari :
REJA:
1. Umumiy jismoniy tayyorgarlik bo’yicha amaliy mashg’ulot
2. Salomatlikni yaxshilashning ratsional usullari
3. Salomatlikni mustahkamlashning noan`anaviy vositalari
Organizmning jismoniy ish bajarish qobiliyatini aniqlash usullarini, mustaqil ravishda somatoskopiya va antropometriyani o‘tkazishni, mustaqil funksional sinamalarni o‘tkazishi va olingan natijalar asosida yurak-qon tomir, nafas va vegetativ nerv tizimlarni funksional holatlarini baholashni, yurak-qon tomir, nafas va vegetativ nerv tizimlarning berilayotgan jismoniy yuklamalarga javob reaksiyalarini aniqlash va baholashni, sport inshoatlarga bo‘lgan sanitar-gigienik talablarni, vrach-jismoniy tarbiya dispanserlarining turlari va tashkil etilishini, jismoniy mashqlarning ta'sir mexanizmini, DJTni qo‘llash uchun ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalarni, davolash jismoniy tarbiya vositalari va uning turlarini, davolovchi jismoniy tarbiyaning davolash usullarini, davolash jismoniy tarbiya shakllarini, davolovchi jismoniy tarbiyaning harakat tartibotlarini va davolovchi jismoniy tarbiyaning samaradorligini baholashni. Asosiy va yondosh kasalliklarni hisobga olgan holda davolash gimnastik mashqlar kompleksini tuzishni, DJT harakat tartiboti vazifalarini aniq belgilashni, DJTning vositalarini to‘g‘ri tanlashni, DJT xonasini jihozlashni, birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatishni, turli kasalliklarda fizioterapevtik muolajalarini to‘g‘ri tavsiya etishni, fizik muolajalarni optimal ta'sirini aniqlashni, bemorlarni shifomaskani kurortlarga tanlash va davolash masalalarini xal etishni, sanator-kurort kartalarni to‘ldirishni, fiziodavolashda va elektrojarohat holatidagi patologik reaksiya paytida birinchi yordam ko‘rsatishni, fizioterapevtik muolajalarni o‘tkazish tartibini, umumiy davolash tadbirlari bilan bir qatorda (dori-darmon, parhez, jarrohlik operatsiyalari va h.z.) maxsus fizioterapektik usullarini belgilash va dozalashni aniqlashni bilishi kerak;
- Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchilarning jismoniy va funksional holatini baholash usullari, despansirizatsiya o‘tkazishda vrach nazoratining asosiy usullari, nafas va yurak-qon tomir tizimlarining organizmga ta'sir etayotgan jismoniy yuklamaga nisbatan bo‘ladigan javob reaksiyalari, jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchilarni tibbiy guruhlarga saralashlar, jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarida jismoniy mashqlarning samaradorligini baholash usullari, asosiy, tayyorlov va maxsus tibbiy guruhlarida shug‘ullanish uchun ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar, sport inshoatlariga qo‘yilgan sanitar-gigienik talablarning bajarilishi va davolovchi jismoniy tarbiyaning umumiy asoslari, jismoniy mashqlarning ta'sir mexanizimi, DJTni qo‘llash uchun ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar, davolovchi jismoniy tarbiya vositalari va uning turlari, davolovchi jismoniy tarbiyasi davolash usullari, davolash jismoniy tarbiya shakllari, davolovchi jismoniy tarbiyaning harakat tartibotlari va davolovchi jismoniy tarbiyaning qo‘llanilish effektivligini baholash, turli kasalliklarni davolashda fizioterapevtik muolajalarni tanlashda umumiy va maxsus ko‘rsatma va mon’eliklarga rioya qilish, davolash muolajalar majmuasini tuzishda asosiy va yondosh kasalliklarni xisobga olish, normal va patologik holatlarda fizik omillarning xususiyatlarini va ularning organizmga ta'sir qilish mexanizmi, fizioapparatlarning ishlash prinsiplarini va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, sog‘lomlashtirish maqsadida fizioprofilaktik muolajalarni qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
- Mustaqil tibbiy xulosa berish va vrach nazorti kartasini to‘ldirish, asosiy, tayyorlov va maxsus tibbiy guruhlari mashg‘ulotlarida shug‘ullanishga ruxsat berish uchun tibbiy ko‘rik turlarini va o‘tkazilish tartiblari, akademik guruhlarda va davolovchi jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida vrach - pedagogik nazoratini o‘tkazish va shifokor nazorati xonasini jihozlash, organizmning jismoniy ish bajarish qobiliyatini aniqlash va usullarini o‘tkazish, somatoskopiya va antropometriyani o‘tkazish, funksional sinamalarni o‘tkazish va olingan natijalar asosida yurak-qon tomir, nafas va vegetativ nerv tizimlarini funksional holatlarini baholash, yurak-qon tomir, nafas va vegetativ nerv tizimlarni berilayotgan jismoniy yuklamalarga javob reaksiyalarini aniqlash va baholash, sport inshoatlarini sanitar-gigienik baholash va sport inventar normativlar, vrach-pedagogik nazoratini o‘tkazish va mashg‘ulotlarda (sportchilarda) qo‘llanilayotgan jismoniy yuklamalarning adekvatligini va effektiligini baholash, bemorlarga DJTni rejalash va to‘g‘ri tavsiya qilish, bemorlar bilan individual mashg‘ulotlar oborish, vrach-pedagogik nazoratini o‘tkazish, mashg‘ulotda qo‘llanilayotgan jismoniy yuklamalarning adekvatligini va effektivligini baholash, reabilitatsiya bosqichida poliklinika va shifoxonada DJT vazifalarini va harakat tartibotlarini aniqlash, fizik muolaja usullarini mustaqil bajarish, fizioterapevtik muolajalarga retseptlarni aniq va to‘g‘ri yozish, fizik apparatlarni muolajalarga tayyorlash, birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish malakalariga ega bo‘lishi kerak.
Davolovchi jismoniy tarbiya shakllari
DJT shakllari ikki guruhga bo‘linib o‘rganiladi :
1.Shifoxonada qo‘llaniladigan DJT shakllari :
-ertalabki badan tarbiya
15 – 20 minut davomida bajariladi, qo‘llashdan maqsad organizmning umumiy tonusini ko‘tarish, tetiklashtirish. Shakl yakka, kichik guruh, guruh holida o‘tkaziladi;
-davolovchi gimnastika muolajasi
shifoxonada o‘tkziladigan shakllarning asosiysi bo‘lib hisoblanadi. Muolaja 3 qismdan iboratdir, ya'ni - kirish qismi, bunda organizm asosiy yuklamani bajarishga tayyorlanadi. Birinchi qismda yengil mashqlar berilib, umumiy vaqtning 15-25 %ni tashkil etadi;
- asosiy qismi,bunda organizmga aso-siy mashqlar beriladi va uning jismoniy yuklamaga moslashishi amalga oshiriladi. Mashqlar, yuklamalar asta-sekin o‘sib boradi, avvaliga umumiy vaqtning 50 %, keyinchalik 70 % ajratiladi;
-tugallanish qismi – bunda organizmga yengil, bo‘shashtiruvchi mashqlar beriladi, organizmning dastlabki holatiga qaytishi ta'minlanadi. Avvaliga umumiy vaqtning 25 %, keyinchalik 15 % ajratiladi.
Davolovchi gimnastika muolajasini amalga oshirish uchun har bir sistema kasalligiga, har bir kasallikka alohida gimnastik mashqlar kompleksi tuziladi va yakka, kichik guruh, guruh holida o‘tkaziladi;
-bemorlarga beriladigan individual topshiriqlar
bemorlarga kasalligini bilgan holda shifokor yoki metodist tomonidan individul bajarishi uchun mashqlar beriladi. Masalan : nafas organlari kasalligida – drenajlovchi dastlabki holatlarda mashqlar baja-rish, maxsus tovushli nafas mashqlari va h.z.;
-me'yorli yurish
bu shakl yurak-qon tomir sistemasi, nafas organlari, tayanch-harakat apparati kasalliklarida, modda almashinuvi buzilishlarida qo‘llaniladi. Shakl davolovchi shifokor yoki metodist tomonidan nazorat qilinadi. Masalan : miokardning o‘tkir infarkti – bemorlar me'yorli yurishni palatada, so‘ngra koridorda ma'lum masofalarni o‘tish bilan amalga oshiradilar.
2.Shifoxonadan tashqarida qo‘llaniladigan DJT shakllari :
-terrenkur
Har xil ko‘tarilib tushish burchagiga, masofa uzunligiga ega bo‘lgan maxsus tayyorlangan yo‘lka. Bu shakl asosan sanatoriya-kurortlarda, dispanserlarda qo‘llaniladi. Yurak-qon tomir kasalliklarida, nafas organlari, oshqozon-ichak yo‘li, tayanch-harakat apparati kasalliklari va modda almashinuvi buzilishi bor bemorlarga tavsiya etiladi. Davolash maqsadida buyurilishi uchun terrenkurning 4 ta mashruti tavsiya etiladi, ular :
-1-marshrut – ko‘tarilish burchagi 4 gradusdan oshmaydi, masofa uzun-ligi 500 metr;
-2-marshrut – ko‘tarilish burchagi 5-10 gradus, masofa 1000 metrgacha;
-3-marshrut – ko‘tarilish burchagi 11-15 gradus, masofa 2000 metrgacha;
-4-marshrut – ko‘tarilish burchagi 16-20 gradus, masofa 3000-5000 metrgacha.
-sog‘lomlashtiruvchi yugurish
me'yorli sur'atda yugurish uchun oyoqlar ma'lum balandlikka ko‘trilib yuguriladi;
-sayr qilish, ekskursiya
sog‘lomlashtirish, organizmni mustahkamlash, chiniqtirish, emotsional tonusni tiklash maqsadida foydalaniladi;
-yaqin turizm
asosan sanatoriya-kurortlarda, tog‘li sharoitda qo‘llanilib, bemorlarga kuniga ko‘p emas, kam emas o‘rta hisobda 15 kmgacha yurish tavsiya etiladi;
-o‘yinli darslar
shifoxonadan tashqarida o‘yin vositalaridan foydalangan holda o‘yinli darslar amalga oshiriladi. Bu bilan bemorlar organizmini o‘sib boruvchi jismoniy yuklamalarga moslashtirib boriladi.
-ommaviy jismoniy tarbiyaviy chiqishlar.
Davolovchi jismoniy tarbiyada harakat tartibotlari
DJTda quyidagi harakat tartibotlari va ularning vazifalari farqlanadi:
1.Tushak harakat tartiboti
A) qat'iy
B) kengaytirilgan
Muolajaning davomiyligi 5-7 minut, ishlash – dam olish nisbati 1:1, o‘rta hisobda 8-10 ta mashq beriladi, har bir mashq 3-4 marta sekin sur'atda qaytariladi.
Umumiy vazifalari :
1.Bemorga ta'sir etayotgan ruhiy va jismoniy ta'sirlarni kamaytirish yoki yo‘qotish.
2.Qon aylanishning ekstrakardial omillarini faollashtirish yoki yaxshilash.
3.Qat'iy tushak tartiboti asoratlarining oldini olish (yotoq yara, qon dimlanishi, ichak parezi, mushak atrofiyasi, kontraktura va h.z.).
2.Yarim tushak yoki palata harakat trtiboti
Muolajaning davomiyligi 15-20 minut, ishlash – dam olish nisbati 3:1, o‘rta hisobda 20-25 ta mashq beriladi, mashqlarning qaytarilish soni 6-8 marta, sekin sur'atda.
Umumiy vazifalari :
1.Qon aylanishning ekstrakardial omillarini asta – sekin chiniqtirish;
2.yengil jismoniy yuklamalarga organizmni asta-sekin moslashtirish.
3.Dimlanish holatlari bilan kurashish.
3.Erkin harakat tartiboti
A) erkin avaylovchi
B) erkin avaylovchi-chiniqtiruvchi
V) erkin chiniqtiruvchi
Muolajaning davomiyligi 30-45 minut, ishlash – dam olish nisbati 5 : 1, o‘rta hisobda 25-35 ta mashq beriladi, mashqlarning qaytarilish soni 10-12 marta, sekin, o‘rta sur'atlarda.
Umumiy vazifalari :
1.O‘sib boruvchi jismoniy yuklamalarga organizmni moslashtirib borish.
2.Organ va sistemalar orasidagi o‘zaro aloqalarning korrelyativligini yaxshilash.
3.Bemorlarni kasb va yashash faoliyatlariga tayyorlash.
Davolovchi gimnastika muolajasini tuzish prinsiplari:
1.Dastlabki holatni tanlash.
2.Patogenetik belgisi bo‘yicha maxsus mashqlarni tanlash.
3.Muolajaning davomiyligi.
4.Beriladigan mashqlarning soni.
5.Har bir mashqning qaytarilish soni.
6.Bir mashqning davomiyligi (tushak tartiboti – 10-15 sekund, yarim tushak tartiboti – 15-20 sekund, erkin tartiboti – 30-40 sekund).
7.Qo‘llaniladigan mashqlarning tarqoqligi, ya'ni muolajaga har xil mashqlar kiritilishi kerak.
8.Berilayotgan yuklamaning asta-sekinlik prinsipi, ya'ni muolaja shunday tuzilishi kerakki, avval bemor organizmi yengil mashqlar yordamida asosiy yuklamaga tayyorlanadi, so‘ngra muolaja oxirida bo‘shashtiruvchi mashqlar yordamida bemor organizmi dastlabki holatga qaytarilishi lozim.
9.Qo‘llaniladigan mashqlar sur'ati (sekin, o‘rta, tez, tezlashadigan).
10.Muolaja vaqtida ishlash-dam olish nisbati.
11.Muolaja vaqtida bajariladigan harakatning ritmi va amplitudasi.
12.Muolajaga emotsional omillarni qo‘shish (musiqa, raqslarga xos mashq).
DJT bo‘yicha vrachning majburiyatlari
1.Bemorlarni qabul qilish va tekshirish.
2.Davolovchi shifokorlar bilan DJTga ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar haqida suhbat o‘tkazish.
3.Mashg‘ulotlarning samaradorligini aniqlash.
4.Shifokor-pedagogik nazoratini o‘tkazish.
5.Metodistning malakasini oshirishni muntazam nazorat qilish.
6.DJT mashg‘uloti sxemasini tuzish va davolovchi gimnastika muolajasini tuzishda DJTning vazifalarini tavsiya etish.
Davolovchi gimnastika muolajasini o‘tkazishga qarshi ko‘rsatmalar:
1.Nisbiy qarshi ko‘rsatmalar :
-bemorlarning umumiy og‘ir holati;
-kasallikning o‘tkir davri;
-tana haroratining 37,5 gradusdan ortishi;
-jismoniy mashqlar bajarishda og‘riqning zo‘rayishi;
-yiringli jarayonning bo‘lishi;
-shikastlangan suyak bo‘laklarining yetarli bo‘lmagan immobilizatsiyasi;
-yirik qon tomir va nerv yaqinida yod tanalarning bo‘lishi;
-qon ketish va qon ketishga moyillik.
Bu qarshi ko‘rsatmalarning nisbiy deyilishiga sabab shuki, ular bartaraf etilganidan so‘ng davolovchi jismoniy tarbiya muolajasini bemorga tavsiya etish mumkin.
2.Absolyut qarshi ko‘rsatma :
-yomon sifatli shishlar yoki onkologik kasalliklar.
Stomatologiyada DJTning vositalarini qo‘llashga asosiy ko‘rsatmalar – mahalliy va umumiy ko‘rinishdagi buzilishlar.
Umumiy buzilishlar :burun halqum va og‘iz bo‘shlig‘i to‘qimalaridagi patologik o‘zgarishlar natijasida nafas funksiyasining buzilishi. Yallig‘lanish jarayonlari, og‘riq sezgisi, jaoroxatlar o‘pka ventilyasiyasining yetishmovchiligini chaqiradi.har xil guruh mushaklarining ( yonoq, til, yumshoq tanglay va halqum) koordinatsion ta'sirining buzilishi natijasida yutish aktining buzilishi ham ma'lum ahamiyat kasb etadi. Og‘iz oldi va bo‘shlig‘ining buzilishlari bemorlarning har xil tovush chiqarish imkoniyatini yo‘qotadi, ularning gaplari tushunarsiz chiqadi.
Mahalliy buzilishlar – to‘g‘ri ovqatlanishning buzilishi: chaynash, til bilan ovqatni aylantirish, tilni tufuk bilan namlash va h.z.
Bu buzilishlarda DJT nafasni, harakatlar koordinatsiyasini, muvozanat hisini tiklanishini ta'minlaydi, bemorning ruhiy emotsional tonusini ya'shilaydi. Maxsus mashqlar yutish, chaynash va gapirishda ishtirok etuvchi mushaklarning koordinatsion harakatini tiklaydi.
Yuz chag‘ sohasi kasalliklari va jaroxatlarini davolashda DJTning asosiy vositalari:jismoniy mashqlar (maxsus), amaliy sport, o‘yinlar. Maxsus mashqlar anatomik belgisi bo‘yicha mimik va chaynov mashqlari uchun mashqlarga bo‘linadi. Shuningdek faol, faol-passiv, passiv, hamda mexanoterapiya.
Maxsus gimnastik mashqlar
Chaynov mushaklari uchun:
-birlashgan jag‘lar dastlabki holatida og‘izni ochish va yopish;
-tishlarni birlashtirish dastlabki holatida og‘izni ochish va yopish;
-pastki jag‘ni oldingi yo‘naltirish;
-jag‘larni yon tomonlarga harakati;
-pastki jag‘ni oldinga harakat qilish bilan birga og‘izni ochish;
-pastki jag‘ni oldiniga harakat qilish bilan birga yon tomonlarga harakat qildirish;
-mimik mushaklar bilan pastki jag‘ni aylanma harakati.
Mimik mushaklar uchun:
-lablarni trubochkaga yig‘ish;
-yuqori labna pastga harakati;
-pastki labni yuqoriga ko‘tarish;
-o‘ng va chap tomonga galma-gal og‘iz bo‘shlig‘ini maksimal harakatlantirish;
-lablarning aylanma harakati;
-peshanani tirishtirish va qoshlarni ko‘tarib tushurish.
Harakat koordinatsiyasiga mashqlar:
-pastki jag‘ning o‘ng va chap tomonga galma-gal harakati bilan bir vaqtda boshni shu taraflarga burish bilan;
-pastki jag‘ni oldinga va orqaga harakati bilan bir vaqtda boshning oldinga va orqaga harakati;
-daxan bilan galma-gal o‘ng va chap yelkaga va ko‘krakka yetish;
-qo‘llarni yong tomonga harakat qilish, bir vaqtda og‘izni ochish bilan boshning orqaga harakati;
Yumshoq tanglay mushagiga mashq:
-tomoqni iliq suv bilan chayish (bosh orqaga egilib, “gr.gr.gr” tovushini chiqarish);
-“xr.xr,xr” tovushini chiqarish bilan og‘iz orqali nafas olish – tanglay vibratsiyasi;
-suvni yutish (20-30 ta kichik yutish);
-Sekin, chuqur nafas olish, avval o‘ng keyin chap burun bo‘shlig‘i orqali (burun bo‘shliqlari galma-gal yopiladi, og‘iz yopiq);
-yumshoq tanglayni ko‘tarish va tushurish (oyna oldida mashqni bajarish, 10-15 marta);
-rezinali o‘yinchoqni shishirish (nafas chiqarish sonini sanash);
-ochiq og‘iz bilan yo‘talish (oyna oldida bajarish, tanglay harakatini kuzatish);
-qisqa nafas chiqarish bilan “a-a-a” harfini chiqarish;
-nafas olishda “i-o”, “e-o” tovushini chiqarish.
Yuqori lab mushagi uchun mashq:
-og‘iz burchagini yuqoriga va yon tomonlarga tortish (aktiv va qo‘llar yordamida);
-lablarni cho‘zish (burun bilan nafas olish vaqtida burungacha yetkazishga harakat qilish) ;
-og‘izning aylanma mushagini til bilan massaji;
-yonoqlarni shishirish va qo‘llar yordamida qattiq birlashgan lablar orqali havoni sekin chiqarish;
-tilni lablar bilan qisish va havoda harflar yoki har xil shakllarni chizish (kvadrat, aylanma va x.z);
-lablarni trubochka shaklida yig‘ish va “fu” tovushini chiqarish;
-lablar orasidagi yupqa plastinani ritmik siqish, 20-30 sekund davomida;
-lablarni trubochka holida kuchli jipslashtirish va qo‘llar yordamida og‘iz burchagini sekin cho‘zish;
-“p,b,m,v,f,” tovushlarini chiqarish.
Til mushagi uchun mashq:
-tilni chiqarish va yarim ochilgan va ochilgan og‘izda lablarni yalash;
-tilni tez bukish va yozish (qattiq tanglayning oldingi bo‘lagiga tegiz bian) bir vaqtning o‘zida tilni chiqarish;
-tish qatorining chiki va tashqi tomoni bo‘yicha tilning aylanma harakati (o‘ngdan chapga va chapdan o‘ngga);
-til bilan tlunjlarga tegish;
-til bilan tishning yuqori qatori bo‘yicha sekin harakat qildirish (tishlar sonini sanash).
Chakka pastki jag‘ bo‘g‘imi kontrakturalarida davolash kompleksiga stomatologiya klinikasi uchun ishlangan maxsus apparatlarni qo‘llash bilan mexanoterapiya qo‘llaniladi.Mexanoterapiya qo‘llashdan olin mushaklarni, chadiqlarni yumshatish uchush massaj. Issiq kompresslar yoki parafin applikatsiyasi tavsiya etiladi.
Stomatologiyada DJTning shakllari
Asosiy kasallikning davolash jarayonida mushak va bo‘g‘imlarning fnuksiyalarining buzilishini olidini olish, ish qobiliyatini saqlash uchun bemorlarga umummustaxkamlovchi ta'sir maqsadida stomatologiyada gigienik va davolovchi gimnastika qo‘llaniladi.
Davolovchi gimnastika mashg‘ulotini o‘tkazishda uslubiy tavsiyalarga asoslanish lozim.
Bo‘yin va yelka kamariga yuklama berish bilan har xil mushak guruhlariga mashqlarni DJT mashg‘ulotlariga qo‘shish. Yuz jag‘ sohasining yallig‘lanish jarayoni yoki jaroxatidan keyin bemorlarga tanani bukish va keskin harakatli mashqlar tavsiya etilmaydi.
Mimik va chaynov mushaklari bir qatorda joylashganligi uchun kasallanish vaqtida bir vaqtda ikkala mushak uchn mashqlar berish tavsiya etiladi.
Mimik mushaklar bir nuqta bilan suyak to‘qimasiga yopishadi, shuning uchun katta bo‘lmagan kuchga ega; ularning jaroxatida chaynov mushaklariga nisbatan uzoq tiklanish vaqti talab etiladi.
Yuklamani ratsional taqsimlash uchun mashqlarni chaynov va mimik mushaklarga galma-gal berish kerak, boshqa mushaklarni qamrab olish bilan (umumrivojlantiruvchi mashqlar). Yaqqol yuklamadan so‘ng (chaynov mushaklari uchun mashq) ularni kamaytirish tavsiya etiladi (mimik mushaklar uchun mashq).
Og‘iz oldi sohasidagi mimik mushaklari faqat asosiy funksiyani bajaribgina qolmay balki yutish, nafas olish, gapirish, ovqat qabul qilish aktlarida ham ishtirok etadi.Shuning uchun bu mushaklar jaroxatlanmasa ham mashg‘ulotlarga ular uchun mashqlar kiritilishi kerak.
Chag‘ suyaklari bo‘laklarining immobilizatsiyasida chag‘larning vertikal harakatiga impulslar yuborish mashqlari tavsiya etiladi (ideomotr mashq) va mushaklarni izometrik kuchlantirish shuningdek mimik va chaynov mushaklar uchun mashqlar tavsiya etiladi.
DJT mashg‘ulotida mushaklar kuchini tiklash uchun qarshilikda mashqlar bajariladi, pastki jag‘ga yuklama berish bilan avval metodist qo‘li bilan keyinchalik bemorning qo‘li bilan amalga oshiriladi.
Chakka pastki jag‘ bo‘g‘imida aylanma va yon tomonga harakatlarni bajarish ancha murakkab hisoblanadi, shuning uchun birinchi mashg‘ulotlarda bemorlarga pastki jag‘ga yo‘naltirilgan harakatlar bilan yordam berish kerak.
Jag‘larning mushak kontrakturalarida bemorlarda pastki jag‘ning harakati vaqtida tez charchashni kuzatiladi, shuning uchun mashqlar o‘rtasida pauzalar berilishi lozim (ekspozitsiya 2-3 minut).
Jismoniy yuklamani ratsional taqsimlash uchun chaynov mushaklariga beriladigan mashqlarni mimik va boshqa mushak guruhlariga beriladigan mashqlar bilan galma-gal berilishi lozim.
O‘tirgan va turgan dastlabki holatlarida yuz mushaklarining ko‘proq bo‘shashishi kuzatiladi.
Mashg‘ulot vaqtida bemorlarni oyna oldiga shunday o‘tkazish kerakki, ular o‘z harakatlarini nazorat qila olishlari lozim.
Davolanish boshida bemorlar DJT bilan kuniga 2-3 marta metodist nazorati ostida yoki mustaqil shug‘ullanadilar. Keyinchalik mustaqil mashg‘ulotlar soni kuniga 5-8 martagacha olib boriladi.
Maxsus mashqlar simmetrik bajariladi, ya'ni jaroxatlangan va sog‘ yuzda.Jaroxatlardagi drenaj va sistemalarning dializi mashqlarni bajarish uchun qarshi ko‘rsatma bo‘lib hisoblanmaydi.
Bemor mashg‘ulotlarni mustaqil bajarishda maxsus mashqlardan foydalaniladilar.Pastki jag‘ning harakatini tiklash uchun DJT mashg‘ulot vaqtida va ovqat qabul qilish vaqtida rezinali bog‘lamni (ikki jag‘ fiksatsiyalanganda) yechishga ruxsat etiladi.
Agar sport tibbiyoti o’z taraqqiyotining birinchi o’n yilliklarida tibbiy nazoratda o’z
e`tiborini sportchilarning harakat organlarining shikastlanishiga qaratgan bo’lsa, hozirgi kunda
yangi, valeologik yo’nalish paydo bo’lmoqda. Ushbu yo’nalish hayotda sodir bo’layotgan
o’zgarishlarning natijasida qator kasalliklarning kelib chiqishi va o’sishi asosida tug’ilmoqda.
Hozirgi kunda eng yomon kasalliklar sifatida yurak-qon kasalliklari, onkologik va oshqozon-
ichak kasalliklari tilga olinmoqda. Yurak-qon kasalliklari asosida ateroskleroz va uning
rivojlanishiga sabab bo’luvchi patologik holatlar yotadi. Bular- semizlik, qand kasalligi, arterial
gipertoniya, harakatning cheklanganligi, ruhiy stresslar va ovqatlanishning buzilishi va boshqalar.
Jismoniy mashqlar bilan muntazam shug’ullanish valeologiyaning asosi bo’lgan
salomatlikka, talaba organizmining harakat va funktsional imkoniyatlariga ijobiy ta`sir ko’rsatadi.
Sog’lomlashtiruvchi jismoniy mashqlar organizmning tashqi muhitning salbiy ta`sirlariga
qarshiligini oshiradi va shu sababli salomatlikni mustahkamlash va kasalliklarning oldini olishda
samarali vosita hisoblanadi.
Shuning uchun sog’lomlashtiruvchi jismoniy mashqlar valeologiya pedagogik jarayonning
asosi bo’lishi kerak. Shu munosabat bilan yoshlarni valeologik tarbiya qilish mazmuni yoshlarni
har tomonlama komil inson qilib tarbiyalashga yordam beruvchi, o’zaro bog’liq aniq vazifalarni
bajarishga yo’naltirilgan bo’lishi lozim. Bular:
talabalar salomatligini mustahkamlash, jismoniy rivojlantirish, chiniqtirish, ish qobiliyatini
oshirish;
muntazam jismoniy mashg’ulotlarga ehtiyojni, jismoniy etuklikka, yaratuvchanlik va
mustaqil davlatimizni himoya qilishga intilishni tarbiyalash;
mustaqil davlat quruvchilarining yuqori axloqiy sifatlarini tarbiyalash, o’z salomatligi
haqida qayg’urish nafaqat shaxsiy balki jamiyat oldidagi burch ekanligi haqidagi tushunchani
shakllantirish;
sog’lom hayot tarzi ko’nikmalarini hosil qilish;
sog’lomlashtirishning, kasalliklarni oldini olishning turli shakl, usul va vositalaridan
foydalanishni o’rgatish;
bo’sh vaqtdan unumli foydalanish, o’z-o’zini baholash, o’z-o’zini nazorat qilish, kundalik
harakat rejimini tashkil etish ko’nikmalarini shakllantirishga o’rgatish;
harakat xususiyatlarini rivojlantirish.
O’quvchi yoshlar salomatligini asrash va mustahkamlash masalalarini hal etish yosh avlodni
jismonan va ma`nan voyaga etkazish, rivojlanib kelayotgan davlatning faol quruvchilarini har
tomonlama tarbiyalashning asosi hisoblanadi.
Yoshlar salomatligi muammosi qator sabablarga ko’ra dolzarb hisoblanadi. Talaba yoshlar
mustaqil davlat rahbar xodimlarining asosiy rezervi hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasining
iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyoti yosh mutaxassislarning bilimi, mohirligi va ularni o’qitish
tizimiga bog’liq. Yoshlar ma`lum bilimlarni salomatlikni mustahkamlovchi, o’quv va mehnat
faoliyatining unumdorligini oshiruvchi sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya vositalari va usullari
bo’yicha egallashlari kerak.
Shuning uchun sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya yoshlar salomatligini asrash va
mustahkamlash, kasalliklarning oldini oluvchi valeologik jarayon hisoblanadi. Profilaktika ikki
turga bo’linadi: ijtimoiy va shaxsiy profilaktika.
Ijtimoiy profilaktika o’zbekiston Respublikasi asholisi salomatligining
omili sifatida
Tibbiyotda profilaktika inson salomatligini mustahkamlash, turli kasalliklarning oldini olish
va ularni keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf qilishni anglatadi.
Ijtimoiy profilaktikaning zamonaviy tushunchasi inson salomatligiga salbiy ta`sir etuvchi
omillarni bartaraf etish, uni jismoniy va ruhiy quvvatini har taraflama rivojlantirishni o’ziga
maqsad qilib olgan davlat, jamoat va tibbiy tadbirlarning kompleks tizimini o’z ichiga oladi.
Tibbiyot sohasida kasalliklarning oldini olish, inson salomatligini mustahkamlash, uning umrini
uzaytirish bo’yicha etarlicha tadbirlar ishlab chiqilgan.
Aholi salomatligini asrash va mustahkamlash rivojlanayotgan davlat sharoitida alohida
ijtimoiy mazmun kasb etadi va quyidagi vazifalarni hal etishni talab etadi:
Aholi madaniyati va hayot darajasini muntazam oshirish;
tabiiy muhitning inson hayoti uchun qulay parametrlarini asrash;
ishlab chiqarish va turmush uchun optimal sharoitlarni yaratish;
har bir insonni, uning ilk bolalik chog’idan boshlab, jismoniy va ruhiy rivojlantirish;
sog’lom hayot tarzi, mehnat va dam olishning ratsional rejimini shakllantirish;
aholining turli qatlamlari xususiyatlarini e`tiborga olib har tomonlama gigienik tarbiyalash;
aholi salomatligini umumdispanserizatsiya asosida dinamik kuzatish tizimini tadbiq etish.
Inson salomatligi ahvolini kuzatish quyidagilarni ko’rsatdi:
aholining 16-20 % salomatligi darajasi qoniqarli;
aholining 32-44 % salomatligi darajasi qoniqarsiz;
aholining 10-34% turli kasalliklarga chalingan yoki kasallik oldi holatida.
Salomatlik darajasi qoniqarsiz holatda fiziologik tizimning elementlari o’rtasida
kelishmovchiliklar ro’y beradi, organlar o’z vazifalarini yaxshi bajarmaydilar, natijada, charchash
va holdan toyish kuzatiladi.
Shuning uchun tibbiyotning zamonaviy bosqichida asosiy e`tibor profilaktikaga qaratilgan.
Tibbiyotda profilaktika vositalari etarlicha, lekin o’sib kelayotgan avlod, asosan, davolovchi
jismoniy tarbiya, medikamentlar va x.z. vositalar asosida sog’lomlashtiriladi. Ya`ni,
kasalliklarning oldini olish emas, ularni davolash usullaridan foydalaniladi. Axir, salomatlikni
asrovchi, kasalliklarning oldini oluvchi, umrni uzaytiruvchi tadbirlar tibbiyot uchun ham muhim.
Ko’p mamlakatlarda davolovchi tibbiyot profilaktik tibbiyotdan ajratib qo’yilgan.
Xulosa qilib aytganda, ijtimoiy profilaktika tibbiyotda keng ishlab chiqilgan, har bir shaxs
salomatligining garovi bo’lgan individual profilaktikaga esa etarlicha e`tibor berilmayapti.
Ijtimoiy profilaktika individual profilaktik tadbirlar uchun sharoit yaratib berishi kerak.
Individual profilaktika shaxs salomatligining asosidir
Kasalliklar - insoniyat uchun ofatdir. qanchadan-qancha insonlar ular tufayli bevaqt
hayotdan ko’z yumadilar, mehnat qilish quvonchidan mahrum bo’ladilar.
Kasalliklar bilan insonparvar fanlardan biri tibbiyot shug’ullanadi. Tibbiyot umumbashar
madaniyatining ilk davrida paydo bo’lgan va ulkan yutuqlarga erishgan. Ammo kasalliklarning
barchasi ham tibbiyot tomondan engilmagan. Ko’p asrlar davomida shifokorlarning asosiy va
yagona vazifasi bemorlarni davolash hisoblangan. Ko’pgina chet davlatlarida hozirgi kunga qadar
davolovchi tibbiyot profilaktik tibbiyotdan keskin ajratib qo’yilgan.
Tibbiyotda profilaktika - inson salomatligini mustahkamlash, kasalliklarni keltirib
chiqaruvchi omillarni bartaraf etish, ularning oldini olish bo’yicha usul va vositalarning birligidir.
Individual profilaktika turmushda va ishlab chiqarishda shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilishni
ko’zda tutadi. Ijtimoiy profilaktika esa kollektiv salomatligini himoya qilish bo’yicha tadbirlar
tizimini o’z ichiga oladi. Profilaktika tushunchasi va uni amalga oshirishning aniq shakllari
jamiyatning va fan taraqqiyotining turli tarixiy bosqichlarida o’zgarib turgan.
Ilk tibbiy va gigienik bilimlar inson hayotiy faoliyatining boshlang’ich bosqichlarida
kuzatishlar va tajribalar asosida tug’ilgan va xalq tibbiyotining asosi bo’lishi udumlar, usul va
vositalar orqali mustahkamlangan. Kasalliklarning oldini olish va ularni davolashda tabiat
kuchlari (quyosh, suv, havo) dan, o’simlik va hayvonot dunyosining davolovchi vositalari katta
ahamiyatga ega bo’lgan.
Zardushtiylikning muqaddasi kitobi «Avesto»da (e. av. IX asr - e. III asri) o’rta Osiyo,
Eron, Ozarbayjon va Afg’oniston hududida eramizdan avvalgi ming yillikda yashagan xalqlar
tibbiyoti haqida ko’plab ma`lumotlar berilgan. O’sha davrda inson anatomiyasi va fiziologiyasi
haqida ilk tushunchalar paydo bo’lgan. Kasalliklarning oldini olishga katta e`tibor qaratilgan
(G’Kasallikning ildizini senga tegmasidan oldin quritG’), uning asosida gigienik xarakterdagi -
ovqatlanish tartibi, oilaviy hayot, homi-lador va emizuvchi ayollarga munosabat, mast qiluvchi
ichimliklar ichishni taqiqlovchi ko’rsatmalar berilgan.
Profilaktik tibbiyot g’oyalari o’rta asrlarning buyuk olimi Abu Ali ibn Sino risolalarida ham
o’z aksini topgan. U inson salomatligini asrash va mustahkamlashda, kasalliklar profilaktikasi va
ularni davolashda jismoniy mashg’ulotlarni universal vosita deb hisoblagan, jismoniy mashqlarni
inson hayotining turli bosqichlarida uning salomatligi, yoshi, jismoniy tayyorgarligi, jismoniy
yuklamaga chidamliligini, shuningdek, iqlim sharoitlari va boshqa omillarni e`tiborga olib
kundalik rejimga kiritishni tavsiya etgan.
Abu Ali ibn Sino sog’liqni saqlash uchun etti omilga e`tibor qaratgan:
bosiqlik;
ovqatlanish tartibi;
gavdani tik tutish;
toza havo;
qulay kiyim;
jismoniy va ruhiy harakatlar (uyqu va uyg’oqlik holati) ning ravonligi.
Gippokrat tibbiyotga falsafa sifatida qaragan olim bo’lib, kasalliklarning kelib chiqishida
turmush tarzi va atrof-muhitning roliga ahamiyat bergan, insonlarning gavda tuzilishi va
temperamentiga qarab bemorga tashxis qo’ygan va uni davolagan.
Tibbiyot fanining ilg’or arboblari va shifokorlari ijtimoiy profilaktika taraqqiyoti,
davolovchi va profilaktik tibbiyotning o’zaro birligi tibbiyotning kelajagini belgilaydi, deb
hisoblashgan.
Profilaktika to’g’risida zamonaviy tushuncha davlat, jamoat va tibbiy tadbirlarning
kompleks tizimini o’z ichiga oladi. Inson salomatligiga salbiy ta`sir qiluvchi omillarni bartaraf
etish, shuningdek insonning jismoniy va ruhiy quvvatini har tomonlama rivojlantirish ushbu
tizimning maqsadidir.
Profilaktika, keng ma`noda, insonlarning salomatligini mustahkamlash, mehnat faolligini
oshirish, umrini uzaytirish, mehnat, turmush, dam olish sharoitlarini yaxshilash, hamda jismoniy
madaniyatini rivojlantirish uchun barcha sharoitlarni yaratishga yo’naltirilgan tadbirlarni
anglatadi.
Shunday qilib, sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya individual profilaktikaning asosi
hisoblanadi va yoshlar salomatligini yaxshilash va asrashning samarali vositasi hisoblanadi. Ayni
paytda u tanani sog’lomlashtirish, o’quv jarayoni va mehnat camaradorligini oshirishning
samarali usuli hamdir.
Individual profilaktika yoshlar salomatligini yaxshilaydi va jamiyatning demografik
tuzilishi ijobiy tomonga o’zgarishiga yordam beradi. Jamiyatda qari insonlar soni ko’payayotgan
bir davrda sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya mashg’ulotlari faol ijodiy faoliyatni davom
ettirishga yordam beradi va jamiyat mehnatga qobiliyatli aholining qo’shimcha zahiralariga ega
bo’ladi.
Jismoniy etuklik, talabalarni sog’lomlashtirish pedagogik jarayoni maqsadi va natijalari
kabi, salomatlik darajasi va talabaning har tomonlama tayyorligini integral baholash bilan
xarakterlanadi.
Sog’lomlashtirish vazifalari valeologik tarbiya jarayonida amaliy mashg’ulotlarning
samarali shakllari (sog’lomlashtirish, nazorat, umumiy jismoniy tayyorlanishi, sog’lom hayot
tarzi ko’nikmalarini shakllantirish), usullari (musobaqa, o’yinlar, reglamentlashtirilgan mashqlar)
va vositalari (yugurish, atletik gimnastika, sport va milliy o’yinlar, havo-quyosh vannalarida, suv
muolajalari yordamida chiniqish, sheyping, sharq yakka kurashlari va h.z) yordamida bajariladi.
Ma`ruza - oliy o’quv yurtida ta`lim berishning an`anaviy etakchi shaklidir. Uning asosiy
didaktik maqsadi - o’quv materialini talabalar tomondan egallanishi uchun orientirli asosini
shakllantirish.
Valeologiya bo’yicha amaliy mashg’ulotlar
Jismoniy tarbiya bo’yicha o’quv mashg’ulotlar oliy o’quv yurtlarida valeologiyaning asosiy
va majburiy shakli hisoblanadi. Mashg’ulotlarda talabalar sog’lom hayot tarzi haqida bilim
oladilar, malakalarini oshiradilar, jismonan rivojlanadilar. Jismoniy tarbiya mashg’ulotlari o’z
xususiyatlariga ega bo’lib, ular harakat sezgilari, holatning tez-tez o’zgarishi, yuqori
emotsionallik, kollektiv harakatlar bilan xarakterlanadi. Pedagogik eksperiment o’tkazish
jarayonida jismoniy sog’lomlashtirish va profilaktik mashg’ulotlarning samarali formalari ishlab
chiqildi.
Jismoniy sog’lomlashtirish mashg’uloti jismoniy tarbiyaning pedagogik va metodik
tamoyillariga binoan o’tkaziladi. Mashg’ulotni o’tkazish tamoyillari quyidagi talablar asosida
konkretlashtirildi:
- mashg’ulot ta`lim, tarbiyaviy va sog’lomlashtirish vazifalarini bajarish, talabalarda
jismoniy mashg’ulotlarga qiziqishni shakllantirish, ularni aktiv faoliyatga undashi kerak;
- mashg’ulot vazifalari kontingentning boshlang’ich ahvoli haqidagi ma`lumotlar (jismoniy
rivojlanishi, jismoniy va funktsional tayyorligi) asosida tuzilgan bo’lishi lozim;
- mashg’ulot mazmuni, uni tashkil etish va o’tkazish metodikasi har bir talabaning
psixologik tadqiqotlar natijasida aniqlangan individual tipologik xususiyatlari va shaxsiy
xarakteriga asoslangan bo’lishi kerak;
- mashg’ulot mazmuni va yuklamasi o’quv jadvaldagi boshqa umumta`lim darslariga mos
kelishi kerak.
Bundan tashqari, mashg’ulot tuzilayotganda asosiy didaktik tamoyillar (onglilik, faollik,
muntazamlilik, ketma-ketlik, ko’rgazmalilik, amaliy yo’naltirilish) e`tiborga olinishi kerak,
chunki bularsiz mashg’ulot istalgan natijani bermaydi.
Yuqorida qayd etilgan tamoyillardan tashqari o’quv mashg’uloti tuzilayotganda bir qator
umumiy metodik talablarga ham e-tibor berish lozim. Masalan, har bir mashg’ulot
shug’ullanuvchilarning faol faoliyatini ta`minlab beruvchi, tananing umumiy mehnat qobiliyatini
o’sishiga, qo’yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli echishga yordam beruvchi ratsional zichlik
tamoyillari asosida tuzilgan bo’lishi kerak. Bunday mashg’ulot shug’ullanuvchilar organizmiga
ijobiy ta`sir etadi, tanani optimal fiziologik yuklama bilan ta`minlash talablariga javob beradi.
Bunda shug’ullanuvchilarning mustahkam intizomi, harakatlarining uyushqoqligi asosiy
talablardan biri bo’lib, ularsiz tarbiyaviy vazifalarni hal qilib bo’lmaydi. Bunday talablarga,
shuningdek, shug’ullanuvchilar harakatining emotsionalligi, kollektivligi, ularning qiziqishlari,
individual qobiliyatlari ham kiradi, bunda jismoniy sog’lomlashtirish mashg’ulotlarini tuzishda
bir xillilik inkor etiladi.
Tadqiqotlar natijasiga ko’ra turli testlar musobaqa usulini qo’llash hamkorlik muhitini
yaratish uchun zarurdir. Talabaning o’qituvchi bilan bevosita muloqotda bo’lishi ularning
o’qishiga, rivojlanishiga ijobiy ta`sir etadi. Mashg’ulotlarning samaradorligi o’qituvchi va talaba
o’rtasida aloqa naqadar aniq o’rnatilganligiga, bu aloqaning jismoniy rivojlanish ko’rsatkichlari
va shaxsning tipologik xususiyatlariga naqadar to’liq mos kelishiga ham bog’liq.
Bu ma`noda valeologik tarbiya talabaning jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishiga
ehtiyojni mustahkamlashga yo’naltirilgan o’quv va jismoniy sog’lomlashtirish faoliyatini tashkil
etishning ko’p qirrali jarayoni sifatida ko’rib chiqiladi.
Dostları ilə paylaş: |