Mavzu: Sportchilar tayyorlashda yuklamaga umumiy tasnif
Reja:
•
Yuklamaning turlari va xususiyatlari.
•
2.Mashq yuklamaning hajmi va shiddati
•
3. Yuklamalar orasidagi dam olishning ahamiyati
Har qanday jismoniy mashqni bajarish tanani ancha yuqori darajadagi funktsional faollikka
o'tkazish bilan bog'liq. Shunday qilib «mashg'ulot yuklamasi» tananing
qo'shimcha
faolligini
anglatadi.
Tananing ortiqcha faolligi ma'lum miqdorda kuch sarfini talab etadi (bu kuchning kattaligi yuk
kattaligiga bog'liq), bu ma'lum bir vaqtdan keyin charchashga olib keladi va tiklanishga
zarurat seziladi.
Mashg'ulot yuklama kuch sarfi va charchashga olib kelish bilan birga tiklanish jarayonlarini
qo'llaydi, ular faqat to'la tiklanish bilangina emas, balki ish qobiliyatini submaksimal va maksimal
yuklamalarda to'la tiklanishini (superkompensatsiya)
ta'minlaydi.
Quyidagi
yuklamalar
farqlanadi:
-
mashq (o'stiruvchi) - bu sportchi tanasida tarkibiy xarakterdagi an-chagina ijobiy
o'zgarishlarni ta'minlaydi.
-
barqarorlashtiruvchi - bu erishilgan moslashish holatini mustah-kamlaydi.
Shu bilan birga «mashg'ulot yuklamasi» tushunchasi mashqni sportchi tanasiga ta'siri darajasi
sifatida, birinchi navbatda bu ta'sirning miqdoriy darajasini belgilaydi. Kam, o'rtacha, ma'lum darajadagi
va yuqori yuklamalarni farqlash zarur.
Yuklamaning turlari va xususiyatlari. Sport amaliyoti qo'llanilayotgan yuklamalar o'z xususiyati
xarakteriga ko'ra mashq va musobaqa, odatiy (ma'lum sport ixtisosligi uchun) va noodatiy turlarga
bo'linadi, o'stiruvchi ta'sir yo'nalishi bo'yicha kuch, tezlik, chidamlilik, chaqqonlik, egiluvchanlik va
ularning aralashmasini rivojlantirishga xizmat qiladi, ruhiy tanglik bo'yicha ko'p yoki kam ruhiy
taranglikni talab qiluvchi, sportchi tanasiga ta'sir dara-jasi bo'yicha kichik, o'rta, sezilarli,
katta yuklarga taqsimlanadi.
22-jadval
Yuklama
lar
Yuklama
kattalik
mezonlari
Hal
etilishi
lozim
bo'lgan vazifalar
Kichik
Muhim ish
qobiliyati
davrining 1-fazasi (haqiqiy charchash boshlanguncha
bajarilgan ishning 15-20%). Mashq bilan chiniq-qanlikning erishilgan
darajasini saqlab qolish. Avvalgi yuklardan keyin tiklanish
jarayonlarini tezlatish
O'rta Muhim ish
qobiliyati
davrining 2-fazasi (haqiqiy charchash boshlanguncha
bajarilgan ishning 40-60%)
Mashq bilan chiniqqanlikning erishilgan
darajasini saqlab qolish, mashqning xususiy
vazifalarini hal etish
Sezilarli
Yashirin
(kompensatsiyalangan)
Charchash
fazasi
(haqiqiy
charchash boshlanguncha
bajarilgan
ishning 60-70%)
Mashq bilan chiniqishni ortishi
Katta Haqiqiy
charchashning vujudga kelishi Mashq bilan chiniqishni ortishi
Yuklamaning tashqi va ichki tomonlariga tegishli ko'rsatkichlarni shartli ravishda
farqlash
qabul qilingan.
Yuklamaning tashqi tomoni - bu mashqlar bajarish davomiyligi, mashg'ulot mashqlarini
takrorlash miqdori, harakat tezligi, tempi, tashilayotgan og'irlik kattaligi va
h.k.
Yuklamaning tashqi ko'rsatkichlari - murabbiy va sportchini yo'naltiradi, mashq jarayoni ayrim
mashg'ulotlar va mashq vazifalarini miqdoriy o'lchamlarini belgilaydi. Mashq ishlarini rejalashtirish va
hisobga olishda ulardan foydalaniladi.
Yuklamaning ichki tomoni - bu tananing vazifaviy imkoniyatlarini jalb etish darajasi (ChSS,
nafas olish hajmi, qon bosimi va boshqa ko'rsatkichlar).
Yuklamaning ichki ko'rsatkichlari - (tananing vazifaviy siljishlari ko'rsatkichlari) mashqi
yuklarinng maqsadga muvofiq hajmini, mashq yuki ta'siri ostida sportchi tanasidagi siljishlar
dinamikasini haqqoniy baholashga
imkon beradi.
Mashq yuklamaning kattaligi - uning jadalligi (tangligi) va hajmi (miqdori) natijasi
sifatida
belgilanadi.
Yuklamaning bu kattaliklarini bir paytdagi ko'payishi ma'lum bir darajaga yetguncha davom
etishi mumkin, bundan keyin jadallikning o'sishi hajmini pasayishiga
olib
keladi yoki
aksincha.
Mashq
yuklamaning
hajmi va
shiddati
Hajm - yuklama ta'sirining davomiyligi va ayrim yoki ko'pgina mashq, mashg'ulot, davr,
bosqich, davra kabilar vaqtida bajarilgan ishlarning umumiy miqdori.
Shiddati - mashqning har bir holatiga (tezlik, takrorlash miq-dori va h.k.) yuk ta'sirining
kuchlanishi
va
kuchining
katta-ligi.
Yuklama sportchi tanasiga ta'sir etishi faqat tashqi omillarga (hajmi va jadallik) tanadagi
vegetativ (hayotiylikni ta'minlovchi tizim) siljishlargagina emas, balki bajarilayotgan mashqlarning ruhiy
(xususan sezgi) tarangligi va muqobillashti-ruvchi murakkabligiga ham bog'liqdir.
Amaliyotda yukning murakkabligini baholovchi bir necha usullardan foydalaniladi.
Sport gimnastikasi - akrobatika va snaryaddagi elementlar muqobillashtiruvchi murakkabligiga
ko'ra (“A”,“B”,“S”,“D”) guruh-larga bo'linadi.
Kurash - kurash usullari ularni o'tkazish murakkabligiga ko'ra turli miqdor ballari
bilan
baholanadi.
Yuklamalar orasidagi
dam
olishning
ahamiyati
Ma'lumki, mashq jarayoni dam olishni o'z ichiga oladi. Dam olish o'z qonuniyatlariga ko'ra
amalga oshirilsagina mashqning tashkiliy tarkibiy qismi bo'lib qoladi. O'ta qisqa yoki uzoq muddatli dam
olish mashq tarkibiga putur yetkazadi, uning asosiy tarkibidan ortiqcha mashq qilganlik yoki yetarli
mashq qilmaslik sababiga aylanib qoladi. Mana shundan sport mashqidagi dam olishini tartiblash (yuk va
dam olishni nihoyatda muvofiq-lashtirish) muammosi yuzaga keladi.
Mashq jarayonidagi dam olish quyidagi ikki asosiy vazifani bajaradi: 1-mashq yuklaridan
keyin ish qobiliyatini ta'minlashga yordam beradi.
2-yuklama samarasini yaxshilash (eng ma'qul varianti) vositalaridan biri bo'lib xizmat qiladi.
Mashqlar orasidagi dam olish vaqtini kamaytirib yoki ko'paytirib yuk umumiy (kumulyativ)
samarasini ko'paytirish yoki kamaytirish mumkin.
Dam olishning tiklanish fazasi oralig'i mashg'ulotlar orasi-dagi dam olish har doim ertaroq
tugashi lozim, ya'ni superkompensatsiya fazasidan keyin boshlanadigan qayta (reduktsiya)
fazasi boshlanmay turib.
Tiklanish jarayonlarining davomiyligi ko'pincha mashg'u-lotlar yo'nalishiga bog'liq
bo'ladi.
Sportchi tezlik yo'nalishidagi, shuningdek muqobillash-tiruvchi qobiliyat, tezlik-kuch sifati,
texnik, mahoratni oshiruvchi mashg'ulotlardan keyin tezroq tiklanadi.
Odatda bunday yo'nalishdagi katta yuklamali mashg'ulotlardan keyin tiklanish 2-3
kunda
yakunlanadi.
Mashg'ulotlar chidamlilikka yo'naltirilgan bo'lsa, sportchi tanasida muhim siljishlarni yuzaga
keltiradi va shuning uchun tiklanish jarayoni sekinroq 5-7 kunda
ro'y
beradi.
Tiklanish jaryonlari tezligi mashg'ulotning ko'pligi va sportchi mahorati darajasiga ham bog'liq.
Yuqori ixtisosligi sportchida tiklanish II va III razryaddagiga qaraganda 1,5-3 marta
tezroq yakunlanadi.
Tiklanish jarayonlarining davomiyligiga sportchi tanasi-ning shaxsiy xususiyatlari va
yuklamaning umumiy kattaligi ham ta'sir qiladi.
Sportda jahon miqyosida erishilayotgan yutuqlar mashq jarayoni uslubi va
mazmunini o'zgartirish zaruratini vazifa qilib qo'ymoqda va birinchi navbatda mashq yukining
ham hajmini, ham jadalligini oshirish ko'zda tutiladi.
Mashq yuklamaning o'sishi, tiklanishining zamonaviy vositalarini tadbiq etilishi sportchilarning
moslashish imkoniyatlarini oshishiga, ular yanada yuqori sport yutuqlariga erishishga yordam beradi. 20-
25 yil ilgari yosh sportchilar imkoniyatiga to'g'ri kelmaydigan holat hozirgi paytda me'yor bo'lib qoldi.
Turli asosiy yo'nalishdagi yuklarni to'g'ri muvofiq-lashtirib va ketma- ket qo'llab, tiklanishning kattaligi
va vaqtini o'zaro kelishtirib kuniga ikki va uch marta mashq qilish imkoniyati tug'iladi.
Dostları ilə paylaş: |