Mаvzu: Davriy qonun va elementlarning davriy sistemasi. D. I. Mendeleyevning kimyoviy elementlar davriy jadvali va davriy qonunning kashf qilinishi. Eritmalar va ularning turlari Reja



Yüklə 10,75 Kb.
səhifə2/4
tarix22.12.2023
ölçüsü10,75 Kb.
#190319
1   2   3   4
4487 78 DAVRIY QONUN

. 1875 yil Parij Fanlar akademiyasida katta voqea yuz berdi. Bu yerda frantsuz olimi Lekok De—Buabodran tomonidan topilgan noma’lum element ta’riflandi. Unga Galliy (Frantsiya sharafiga) deb nom qo‘yishdi. Mendeleev darhol bu yangilikdan xabar topgach, Parijga xat jo‘natib, Lekok De-Buabodran tomonidan topilgan element o‘zi ta’riflagan «ekaalyuminiy» ekanligini va uning solishtirma og‘irligi Buabodran aniqlaganidek 4,7 emas, balki 5,96 ga teng ekanligini aytadi. Lekok De-Buabodran Mendeleevning xati bilan tanishgach, o‘z tadqiqotlarini takrorlaydi va haqiqatdan ham yangi elementning solishtirma og‘irligi 4,7 emas, balki 5,96 ga teng ekanligini aniqlaydi. Tez orada Shved ximigi Nilson ta’rifidan «Ekabor» — skandiy va nemis ximigi Vinkler tomonidan germaniy, Mendeleev tomonidan, ayniqsa, xossalari batafsil bashorat qilingan — «ekasilitsiy» topildi.

  • . 1875 yil Parij Fanlar akademiyasida katta voqea yuz berdi. Bu yerda frantsuz olimi Lekok De—Buabodran tomonidan topilgan noma’lum element ta’riflandi. Unga Galliy (Frantsiya sharafiga) deb nom qo‘yishdi. Mendeleev darhol bu yangilikdan xabar topgach, Parijga xat jo‘natib, Lekok De-Buabodran tomonidan topilgan element o‘zi ta’riflagan «ekaalyuminiy» ekanligini va uning solishtirma og‘irligi Buabodran aniqlaganidek 4,7 emas, balki 5,96 ga teng ekanligini aytadi. Lekok De-Buabodran Mendeleevning xati bilan tanishgach, o‘z tadqiqotlarini takrorlaydi va haqiqatdan ham yangi elementning solishtirma og‘irligi 4,7 emas, balki 5,96 ga teng ekanligini aniqlaydi. Tez orada Shved ximigi Nilson ta’rifidan «Ekabor» — skandiy va nemis ximigi Vinkler tomonidan germaniy, Mendeleev tomonidan, ayniqsa, xossalari batafsil bashorat qilingan — «ekasilitsiy» topildi.

Mendeleyevning yuqoridagi ilmiy bashoratlari ro‘yobga chiqishi u yaratgan davriy sistema va davriy qonunning ob’ektivligi, haqqoniyligining yorqin isboti bo‘ldi. Shundan keyin 1894 yilda Reley va Ramzay tomonidan i’nert gazlarning (argon va boshqalar) ochilishi natijasida davriy sistemaga bir qator o‘zgartirishlar kiritilib, yanada takomillashib bordi. Mendeleyev davriy qonun va davriy sistemani yaratish borasidagi ishlarining oxirida shunday degan edi: «Mening hamma xulosalarim shunga olib kelyaptiki, elementlarning atom massalari, ayni element va u hosil qilgan birikmalarning xossalarini belgilab beradi. Atom massalari oshib borishi tartibida joylashtirilgan elementlar xossalari davriy ravishda takrorlanadi».

  • Mendeleyevning yuqoridagi ilmiy bashoratlari ro‘yobga chiqishi u yaratgan davriy sistema va davriy qonunning ob’ektivligi, haqqoniyligining yorqin isboti bo‘ldi. Shundan keyin 1894 yilda Reley va Ramzay tomonidan i’nert gazlarning (argon va boshqalar) ochilishi natijasida davriy sistemaga bir qator o‘zgartirishlar kiritilib, yanada takomillashib bordi. Mendeleyev davriy qonun va davriy sistemani yaratish borasidagi ishlarining oxirida shunday degan edi: «Mening hamma xulosalarim shunga olib kelyaptiki, elementlarning atom massalari, ayni element va u hosil qilgan birikmalarning xossalarini belgilab beradi. Atom massalari oshib borishi tartibida joylashtirilgan elementlar xossalari davriy ravishda takrorlanadi».

Yüklə 10,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin