Mavzu: Dehqonobod tumanida sanoat tarmoqlarini rivojlantirish masalalari


Sanoat tarmoqlari va ularning rivojlanishi



Yüklə 85,05 Kb.
səhifə3/5
tarix07.06.2020
ölçüsü85,05 Kb.
#31826
1   2   3   4   5
dehqonobod tumanida sanoat tarmoqlarini rivojlantirish masalalari 2

Sanoat tarmoqlari va ularning rivojlanishi.


Sanoat ishlab chiqarishining tarixiy rivojlanishi va uning asosiy yakunlari to’g’risida so’z yuritilganda shuni ta’kidlash kerakki, hozirgi Uzbekiston hududida ,,uy sanoati`` ning rivoji bundan 12-15 ming yil muqaddam-meozolit davrida boshlangan. Bu davrda juda oddiy mehnat qurollari va buyumlari tayyorlangan.

Yangi tosh asri (neolit, miloddan avvalgi 5-ming yillikning boshi) davrida kemachilik, tukimachilik vujudga kelgan. Neolit davrining oxirida metalldan kurol yasash boshlangan.

Arxeologik topilmalardan ma’lum bulishicha,miloddan avvalgi 3- ming yillikning oxiridayok Hozirgi Uzbekiston hududida yashagan aholi misdan kurol yasashni bilgan.

Quldorlik tizimi (miloddan avvalgi 1-ming yillik urtalari, V asr) davrida mehnat qurollari yasash jarayonining tarakkiy etishi, metallga ishlov berishning takomillashuvi hunarmandchilik yuksalishiga, ayirboshlash va savdo-sotiq kuchayishiga olib keladi.

Feodalizm tuzumining boshlarida (VII-VIII asrlarda) Farg’ona bilan Sug’da oltin, mis, temir, Iloqda ko’rg’oshin, kumush, oltin, Shaxrisabzda toshtuz qazib chiqarilgan.


  1. asrda Samarqand sifatli qog’ozi va lampa shishasi bilan mashxur bo’lgan, shosh viloyati konchilik mahsulotlari bilan dong taratgan. Usha davirda o’rta Osiyodan sharqiy Yevropa, Xitoy va boshqa yurtlarga Buyuk Ipak yo’li orqali charm, mato, ipak, jun, kiyem-kechak chiqarilgan.

  2. – XIII asrlarda yuz bergan feodal tarqoqlik, qabila va elatlar o’rtasidagi nizolarning avjiga chiqishi tufayli hunarmandchilikda yirik o’zgarishlar ro’y bermagan.

XIV asirning 2- yarmida Amit Temur Samarqandda hokimiyatni qo’lga kiritib, markazlashgan davlatga asos soldi. Natijada davlatning iqtisodiy va ijtimoiy ravnaqiga yo’l ochildi. 15- asrning oxiriga kelib Movaraunnaxrda yuzaga kelgan ziddiyatlar tufayli Temuriylar davlatining iqtisodiy negiziga putr yetadi va rivojlanish tuxtab qoldi.

XVI-XVIII asrlarda Buxoro, Xiva, Qo’qon xonliklarning vujudga kelishi iqtisodiyotning, shu jumladan, sanoat ishlab chiqarishining rivojlanishiga ijobiy tax’sir kursatdi. XIX-asrga kelib Turkistonda xunarmandchilikda yogoch va metall uymakorligi, idishga naksh solish, matolarga gul bosish, kurollarni badiiiy bezash rivojlandi. Bu asrning ikkinchi yarmida Uzbekiston hududiga tarakkiyot tezlashdi sanoat, ayniksa ip gazlama sanoati rivoj topdi.

XX asr boshlarida kuplab paxta tozalash, yog-moy zavodlar kurilib ishga tushirildi. 1925-1926 yillarda elektro stansiyalar kurila boshladi. Birinchi

bo’lib Toshkent yakinida kurilgan Buzsuv gidroelektrstansiyasi 1926 yil 1- mayda ishga tushirildi.

Samarqand, Buxoro, Qo’qon, Termiz va Asaka shaxarlarida issiqlik sitansiyalari va kurila boshlandi. Bunday elektirastansiyalar soni 1930 yilda 30 ga yetdi. Usib borayotgan energitka bazasi bir kancha yangi sanoat korxonalari kurishga imkoniyat yaratd.

Ikkinchi jaxon urushigacha Bu yerda: 500 dan ortik sanoat korxonalari, jumladan, « Tashselmash», Toshkent tukimachilek kombenati, Chirchik elektrokimyo kombenati, Kattakurgon yog zavodi, Bekobod va Kuvasoy sement korxonalari kurildi. Neft va rangli nodir metallar kazib chiqarish, kurilish sanoat mahsulotlarini tayorlash rivoj topdi.

Urush boshlanishi bilan Respublika xalk xujaligi, jumladan, sanoat ishlab chiqarishi xarbiy maqsadlarga karatildi. Buerda nemis fashistlari egallb olgan hududlardan 100 ga yakin sanoat korxonalari kuchirib keltirildi va ular kiska vakt ichida tula kuvvat bilan ishlay boshladi. 1941- 1945 yillar davomida Respublikang industrial tarakkiyoti GIS lar kurush bilan energitika bazasini kuchaytirish, qishloq xujaligi, aholii va front extiyojlarini kondiradigan zavod va fabrikalarni kurish yulidan bordi. Bu davirda 280ta yirik, urta va kichik korxonalar kurilib, ishga tushirildi. Natijada Uzbekiston armiyaning sanoat asloxaxonalaridan biriga aylandi.

Urushdan keyingi yillarda ham sanoat tarakiyotiga e’tibor karatilgani sababli uning bir kancha yangi tarmoqlari va korxonalar vujudga keldi. Traktorsozlik, leftsozlik, elektrotexnika sanoati, gaz ishlab chiqarish, uy-ruzgor buyumlari tayyorlash, yigma temir-beton va keramika sanoati vujudga keldi. Engil sanoatning trikataj, chini ishlab chiqarish soxalari shakllandi. Ozik-ovkat sanoatining tarkibiy kisimlarida

anchagina uzgarishlar ruy berdi. Utgan asrning 90-yillariga kelib, bu tarmoqdagi yirik va urta korxonalari 300 dan ortdi.

Sanoat tarakkiyotida yokilgi-energetika majmuasining urni alohida.

Ular tarkibiga energetika, neft va neftni qayta kazib olish va bosh


1.3. Ayrim sanoat tarmoqlarini joylashtirishdagi o`ziga xos xususiyatlari va iqtisodiy samaradorligi.


Ayrim sanoat tarmoqlarining o`ziga xos iqtisodiy xususiyatlari ishlab chiqarishni joylashtirishga aloqadordir. Shuning uchun ayrim tarmoqlarni joylashtirishni rejalashtirish va iqtisodiy asoslashda ularning o`ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olish zarur.

Elektr stansiyalarini joylashtirishda mineral yoqilg`ilarni tashish mumkin bo`lgan holda, suv resurslarini ko`cherish mumkin emasligini hisobga olinadi.

Qora metallurgiya sanoati korxonalarini joylashtirishda uning xomashyo bozasi, ishlab chiqariladigan mahsulot nomenklaturasi, korxona turi, tarmoqning suvga talabi hamda yirik metallurgiya kombinatlarining boshqa tarmoqlar joylashishini va yirik shaharlar paydo bo`lishini e’tiborga olish zarur.

Kimyo sanoatining turli tarmoqlari joylashtirishda zamonaviy kimyo texnologiyasining o`ziga xos xususiyatlari, ya’ni kimyo sanoatiga tegishli xomashyo ko`pligi, energetika resurslari hamda ko`p tarmoqlarning chiqindilarini majmuali tarzda qayta ishlash, bir turdagi xomashyodan turli va bir turdagi mahsulotlarni har xilxonashyodan olish, sintetik materiallarni barcha iqtisodiy hududlarda ishlab chiqarish mumkinligi hisobga olinadi.

Mashinasozlik sanoatini joylashtirishda ishlab chiqariladigan mahsulot xususiyatlari, tarmoqning metallga bo`lgan talabi, ularning tashish masalalari, ayrim iqtisodiy rayonlar sanoatining ixtisoslashuvi, iqtisodiy hududlarning industrial rivojlanish darajasi, mashinasozlik korxonalarida ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va kooperativlashtirish, mashinasozlik sanoati mahsulotlariga barcha hududlarda talabning doimiyligini e’tiborga olish zarur.

Yengil sanoat, oziq-ovqat sanoatining ko`pgina tarmoqlari mamlakatning barcha iqtisodiy rayonlari, bir qator tarmoqlar esa muayyan hududlarda joylashadi. Bular-tikuvchilik, trikotaj, poyabzal, qandolat, un- yorma, makaron mahsulotlaridir. Non va alkogolsiz ichimliklar sanoati esa har bir aholi punktida joylashtirilishi kerak.

Yuqorida ko`rsatilgan tarmoqlar va to`qimachlik sanoati is’temol bozori doirasi keng hududlarda joylashadi. Bunga sabab xomashyoni tayyor mahsulotga nisbatan tashish osonroq, tayyor mahsulotga assotimenti is’temol qiluvchi ma’lum hudud aholisining jinsiy va yosh jihatdan tarkibiga, milliy mentalitetiga bog`liq bo`lishidir. Xomashyo bazasiga yaqin joyda esa shakar, yog`-moy, konserva, spirt, vinochilik, paxta tozalash va shu kabi tarmoqlar joylashadi. Shunday qilib, korxonalarni joylashtirishni rejalashtirish va iqtisodiy asoslash paytida har bir tarmoqning o`ziga xos xususiyatlarini tog`ri hisobga olish, ishlab chiqarishni joylashtirishning umumiy tamoillariga tayanish butun sanoatni joylashtirishning yuqori samaradorligini ta’minlash imkonini beradi. Natijada ijtimoiy mehnat unumdorligi oshadi bu esa, milliy iqtisodiyotning rivojiga katta ta’sir ko`rsatadi.

Sanoat korxonasini joylashtirish hududi va joyini tanlash yangi quriladigan korxona hajmi va ixtisoslashishini, ularning ishlab turgan, loyihalanayotgan korxonalar bilan aloqalarini aniqlash sanoat korxonalarini faqat geografik jihatdan to`g`ri joylashtirish uchungina emas, balki yangi va ishlab turgan korxonalarni rekonstruksiya qilishni loyihalash uchun ham muhimdir. Loyihaning yuqorilash uchun ham muhimdir. Loyihaning yuqoridagi masalalariga bag`ishlangan qismi qolgan barcha masalalariga bagi`shlangan qismi qolgan barcha qismlarning ishlashi uchun manba bo`lib xizmat qiladi. Bu qismda korxonani mazkur joyda qurishning maqsadga muvofiqligi, xomashyo, yoqilg`I, energiya va suv manbalari, loyihalanayotgan korxonaning qiymati va texnik-iqtisodiy ko`rsatkichlari aniqlanadi:



  1. korxonalarni joylashtirish hududini tanlash;

Sanoat korxonasini qurish uchun tanlangan hudud (iqtisodiy hudud) quyidagi talablarga javob bermog`i lozim: hududda xomashyo, yo`qilg`isi, asosiy va yordamchi mahsulotlar mavjud bo`lmog`I hamda loyihalashtirilayotgan korxona mahsulotiga yetarli talab bo`lishi zarur. Bundan tashqari, qurilayotgan korxona uchun tanlangan hudud ishlab chiqarish kuchlari majmuasi rivojlanishini va mahalliy xomashyo, energetika resurslaridan to`la foydalanishni, tanlangan hududda quriladigan korxonalar ular mansub bo`lgan tarmoqlarning mamlakat hududida bir tekis joylashishini ta’minlamog`I kerak.

  1. korxonani joylashtirish punktini asoslash; tomonlama iqtisodiy asoslanib bo`lgach, shu hudud ichda korxona qurilish o`rni (punkti) belgilanadi. Korxonani joylashtirish punkti to`g`ri tanlanganligi

qurilishning qancha davom etishiga, uning qiymatiga va korxonaning istiqbolida iqtisodiy samaradorligiga ta’sir ko`rsatadi.

Korxona joylashtirish punktini asoslashda yirik shaharlarda sanoatning haddan tashqari, mujassamlashib ketishiga yo`l qo`yib bo`lmasligiga, korxonalarni yogona energetika va Umumiy kommunikasiyalarga ega bo`lgan ishlab chiqarish shaklida maqsadligiga muvofiqligiga, aholi joylarining rivojlanishi hamda qabul qilingan sanitariya-gigiyena talablari va normalariga rioya qilinishi zarur.

Tanlangan qurilish punkti transport zarajatlari kam bo`lishi uchun xomashyo manbaiga va iste`mol joylariga maksimal yaqin bo`lmog`i lozim. Punktni tanlashda korxonani qurish uchun maydonni tanlash va uni iqtisodiy baholash alohida ahamiyat kasb etadi. Maydon gorizantal yuzaga ega bo`lmog`i lozim. Barcha binolar, inshootlar, korxona, transport xo`jaligini maydonda rasional joylashtirish, kelajakda kengaytirish, temir yo`l magistraliga oson qo`shilish, suv bilan oson ta`minlash va ortiqcha suvlarini oqizib yuborish, yaqin oraliqda joylashgan aholi punktiga ega bo`lgan sanitariya-gigiyena talablariga javob berishi zarur.

Mustaqillik yillarida sanoat ishlab chiqarishini joylashtirishda yirik o`zgarishlar ro`y berdi. Ayrim hududlar o`rtasida yangidan-yangi aloqalar o`rnatiladi, ularning o`zgarishlar davrigacha bo`lgan ixtisoslanishi tubdan o`zgardi. Sanoatda qayta ishlash uchun yangi hududlarda joylashgan bir qator foydali qazilma konlari ishga tushirildi. U yerlarda kuchli sanoat majmualari tashkil topdi. Bu o`zgarishlar yuqorida aytib o`tilgan sanoatni joylashtirish tamoillari O`zbekiston davlatning iqtisodiy strategiyasi va taktikasi asosida ro`y berdi va bir ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligining oshirilishiga olib keladi.

Sanoatni joylashtirishda ro`y beradigan tub o`zgarishlarning iqtisodiy samaradorligini ko`pgina ko`rsangichlar yordamida hisobga olinadi. Lekin, bu o`zgarishlarning bir qismini miqdor jihatdan o`lchash mumkin emas, chunki ular siljishlarning sifat jihatidan natijasini ko`rsatadi. Bular qatorida yangi hududlarning juda katta foydali qazilma resurslarini sanoatda foydalanish uchun ishga tushirish, ilgari nisbatan qoloq hududlarning industrial va agrar hududlarga bo`linishini yo`qotish va shu kabilar kiradi.

Sanoat joylashishiga siljishlarning iqtisodiy samaradorligini miqdor jihatdan hisoblashda birinchi navbatda xalq xo`jaligiga sarflangan capital mablag`lar samaradorligini oshirish ko`zda tutiladi.

Sanoatni joylashtirishdagi siljishning iqtisodiy samaradorliginining aniqlashning muhim ko`rsatkichlaridan yana biri mehnat unumdorligining oshishidir. Respublikaning markaziy hududlarida joylashgan bir qator tarmoq korxonalari boshqa hududlardagi korxonalarga nisbatan yuqoriroq mehnat unumdorligiga ega. Lekin boshqa hududlarda qurilayotgan korxonalar nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy muommolarni ham hal etadilar.

Sanoatni joylashtirishning iqtisodiy samaradorligini aniqlaydigan yana bir ko`rsatkich-mahsulot tannarxidir. Boshqa hududlarda joylashgan korxonalar mahsulotning tannarxi rivojlangan hududlaridagi korxonalarnikidan birmuncha past bo`lishi mumkin. Lekin bunday yo`qotish mamlakat miqiyosida amalga oshirilayotgan iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyot tufayli barham topadi.

Bozor iqtisodiyotiga o`tish munosabati bilan amalga oshirilgan anchagina siljishlar bilan birga, mustaqillikka erishilguncha mamlakat sanoatini joylashtirilishida yo`l qo`yilgan qator kamchiliklar hali ham to`la barham

topgani yo`q. hududlar ichra va hududlararo kooperativlashtirishda ham bir qator muammolar mavjud. Bularning barchasi sanoat mahsulotlarining asosiy turlarini, xomashyo va yoqilg`ini nixoyatda uzoq va qarama-qarshi taraflarga tashish zaruriyatini tug`dirishi natijasida ijtimoiy mahnat unumdorligi ko`tarilishi salbiy ta`sir ko`rsatmoqda. Shu bois bozor iqtisodiyotining keying bosqichiga o`tish davrida sanoatni oqilona joylashtirish masalasiga katta e`tabor berish kerak.

Sanoatni joylashtirish borasidagi muammolarni hal etish uchun quyidagi masalalarga alohida e`tiborni qaratish zarur:


  • Respublikada ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish bozor sharoitiga mos ravishda olib borilishi, uning tabiiy boyliklaridan oqilona va samarali foydalanish hamda kooperativlashtirish afzalliklaridan to`la- to`kis foydalanish;

  • kichik va o`rta biznesga tegishli sanoat korxonalarini qishloqlarda yaratish, ayniqsa, qishloq xo`jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi sanoat tarmoqlarini olib kirish maqsadga muofiq bo`lar edi;

  • sanoat obyektlarining qurilish muddatini qisqartirish va ulardan foydalanish xarajatlarini keskin kamaytirish;

  • tabiat va atrof-muhitni muhofaza qilish sharoitlarini yaratish va h.k.lar.

Sanoat obyektlarini joylashtirish samaradorligini aniqlashda capital qo`yilmaning iqtisodiy samaradorligini aniqlashning rasmiy usulidan foydalanish mumkin. Bu usulda binolar sanoat korxonasini joylashtirishning iqtisodiy jihatdanb eng qulay loyiha-mahsulot birligiga sarflanadigan ijtimoiy mehnat kamayishini ta`minlovchi variant tanlab olinadi.

U quyidagi formula bilan ifodalanadi:

X=T+EK·K,
Bu yerda:

T-konkret hudud sharoitida tayyorlanadigan mahsulotning to`la tannarxi;

EK- capital qo`yilmaning normative qiyosiy samaradorlik koeffisenti;

K- ishlab chiqarish quvvatini yaratish uchun lozim bo`lgan capital quyilma miqdori;

Sanoat obyektlarini joylashtirishning qiyosiy samaradorligini aniqlash capital quyilma va mahsulot tannarxini hisoblashni va boshqa sharoitlarni ham batafsil aniqlash hamda har tomonlama taqqoslkashni va barcha imkoniyatlarni nazarda tutishnu taqozo etadi.

ga bir qator kichik sohalar kiradi. Bu majmuaning hissasi sanoat ishlab chiqarishda 23,8 % ni tashkil etadi.

O`zbekiston Respublikasi jahonda gaz ishlab chiqaruvchi 10 ta mamalakatdan biridir. Bu yerda qudratli issiqlik elektrostansiyalari va gidroelektrostansiyalar mavjud.

Energetika tarmog`I Respublika xalq xo`jaligining negizi, iqtisodiyot va fat-texnika taraqqiyotining mustahkam poydevori hisoblanadi. O`zbekiston energetika tizimi umumiy quvvati 11,7 mln kvt bo`lgan 37 issiqlik va gidravlik elektrostansiyalarni o`z ichiga oladi. Ular yiliga 55 mlrddan ortiq elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. O`zbekiston energetika tizimining barcha kuchlanishlardagi elektr tarmoqlari umumiy uzunligi qariyib 228 ming km.ni tashkil etadi. Tarmoq

trasformatorlarining umumiy quvvati 42,6 MVAga teng. Hozir respublika energetika tizimida 50 minga yaqin xodim ishlaydi.

“O`zbekenergo” davlat kompaniyasi tarkibidagi, qurilish-montaj, sozlash, ta’mirlash va boshqa bir qator tashkilotlarning to`la majmui O`zbekiston energetika tizi ishonchli ishlashini, izchil rivojlanishini ta’minlamoqda.

Hozirgi paytda o`zbekiston kuniga 131 mln kilovattsoat elektr energeyasi ishlab chiqarilmoqda. Bu 1940 yilda hosil etilgan elektr energiyasiga nisbatan 100 marta ko`pdir.

Respublika yoqilg`I sanoati yer qa`rida topilgan va qazib olinayotgan ko`mir, neft, gaz konlari negizida shakllangan va rivojlanib bormoqda. Respublikada 160 ga yaqin neft va gaz konlari ochilgan, ularning 115 tasi Buxoro va Xiva geologic provinsiyasida, 27 tasi Farg`ona vadiysi, 10 tasi Surxondaryo, 7 tasi Ustyurtda joylashgan. Hozir 71 ta neft, gaz va gaz kondensati, 2 ta ko`mir konidan foydalanilmoqda. 50 dan ortiq neft, gaz va gaz kondensat koni esa kelajakda ishga tushirish uchun tayyorlab qo`yilgan.

Yoqilg`I sanoati respublika yoqilg`i-energetika majmuasining asosiy tarmog`ini tashkil etadi va barcha turdagi yoqilg`I qazib olish tabiiy gazni tozalash va yetkazib berish, neft mahsulotlarini qayta ishlash korxonalaridan iborat. Ular xalq xo`jaligining barcha bo`g`inlarida xizmat ko`rsatadi. Yoqilg`I sanoatining yirik korxonalari Toshkent, Farg`ona, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida joylashgan.

Neft sanoati yo`qilg`I sanoatining eng muhim tarmoqlaridan biri hisoblanadi va neftni qayta ishlash korxonalaridan tashkil topadi. Hozirgi davrda sanoatning bu tarmog`I mamalakat xalq xo`jaligi va aholining

neftga bo`lgan talabini to`la qondirish imkoniyatlariga ega bo`ldi. Shu sababdan ham bu tarmoqning ahamiyati beqiyos.

Neftni qayta ishlash sanoati sohasida Oltiariq, Farg`ona, Buxoro neftni qayta ishlash zavodlari ishlab turibdi. Farg`ona zavodi surkov moylar va yoqilg`I ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, ishlab chiqarish bo`yicha 30 dan ortiq texnologik qurilmaga ega. Oltiariq neft zavodi esa yonilg`I yo`nalishida: Ko`kdumaloq neft-gaz koni ochilgandan keyin 1993 yildan Fransiyaning TEKNEP firmasi bilan hamkorlikda Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumanida Buxoro neftni qayta ishlash zavodi qurilishi boshlandi. Uning yiliga 2,5 mln tonna gaz kondensatini qayta ishlash quvvatiga ega bo`lgan 1-navbatda 1997 yil avgustda ishga tushurildi. Neftni qayta ishlash zavodlarida yuqori oktanli benzin, dizel yoqilg`isi, koks, paraffin, motor moylariga qo`shilmalar, yengil mashinalar uchun motor va surkov moylari (compressor, turbine, urchuq moylari), kerosin, bitum, suyultirilgan neft gazlari (butan, texnik propan va b.), mazut kabi 50 dan ortiq turdagi neft mahsulotlari ishlab chiqariladi. Yangi mahsulot turlari ishlab chiqariladi. Yangi mahsulot turlari ishlab chiqarish dasturiga muofiq yangi texnologiyalar o`zlashtirilmoqda.

Hozirgi davrda respublika neft sanoati korxonalarining quvvati bir yilda 11 mln. tonna neftni qayta ishlash imkonini beradi.

Keyingi yillarda amalga oshirilgan tadbirlar natijasida neft (gaz kondensati bilan birga) qazib olish hajmi yuqori suratlarda o`sib bormoqda.

Gaz sanoati. Bu tarmog`I yoqilg`i-energetika majmuasining eng yosh, juda rivojlangan sohasi hisoblanadi. Gaz yoqilg`ining juda arzon turi, xalq xo`jaligining barcha sohalarida keng foydalanish mumkinligi hamda

ekologik jihatdan ustunlik tufayli unga bo`lgan talab kundan kunga o`sib bormoqda. Agar 1940 yilda atigi 0,7 mln m3 tabiiy gaz qazib olingan bo`lsa, hozirgi paytda u 55 mlrd m3 ni tashkil etadi. Gazning respublikada qazib olinayotgan yoqilg`I bilansidagi hissasi 87,2 foizga teng.

Respublika neft va gaz sanoatini rivojlantirishning uzoq davrga mo`ljallangan konsepsiyasi ishlab chiqilgan va u izchillik bilan amalga oshirilmoqda.

Ko`mir sanoati. O`zbekiston Respublikasi qidirib topilgan 2 milliard tonna ko`mir zahiralariga ega. Ko`mir qazib olish va yetqazib berish ishlari bilan “Ko`mir” aksiyadorlik birlashmasi shug`ullanadi. Angren konida qo`ng`irk o`mir, Sharg`un va Boysun konlarida toshko`mir qazib olinadi. Ko`mir konlari korxonalar tomonidan turli usullarda o`zlashtirilayotir: ochiq usulda, yer osti va yer ostini gazlashtirish usuli bilan (Nou - Xou). Ko`mir energetika maqsadlarida va maishiy yo`qilg`I sifatida ishlatiladi. Ko`mirni qayta ishlashdan chiqqan chiqindi organic va mineral o`gitlarga aylantiriladi.

O`zbekiston hududining geologic xususiyatlari qo`shimcha foydali qazilmalarni o`zlashtirish va ularni qayta ishlash uchun imkoniyatlar yaratadi. Ayniqsa, yonuvchi slanes, ohak, berakli tosh konlarini o`zlashtirish ko`pchilikni qiziqtirdi. Keramzit, absorbent, o`g`it va g`isht ishlab chiqarish uchun yuqori sifatli loylar tayyorlash mumkin. Ularni ishlab chiqarishga joriy etish oddiy hisob-kitoblarga ko`ra, energetika, kimyo, metallurgiya sanoati, qurilish va qishloq xo`jaligi uchun yiliga 1 milliard 400 million AQSH dollari miqdorida tayyor mahsulot olish imkoniyatini beradi.

Bundan tashqari, Angren kaolinidan, Boysun ko`miri va ohagidan foydalanib turib loytabroq zavodlarini bunyod etish mumkin. Bu kabi qulay omillar va barqaror vaziyat xorijiy sheriklar bilan hamkorlik o`rnatish imkoniyatini kengaytiradi.

Metallurgiya sanoati. Hozirgi O`zbekiston hududida rudadan metal olish 4-5 ming yildan ziyod tarixga ega. Qadimda misdan turli buyumlar tayyorlangan. Keying rudadagi metallardan qalay, kumush, oltin va boshqalarni eritish, quyish va qizdirib ishlash o`zlashtirilgan, dastlabki tanga pullar zarb qilingan. Ilk o`rta asrlarda Farg`onada, Zarafshon, Chirchiq, Ohangaron vodiylaridagi bir qancha hududlarda zargarlik, misgarlik, temirchilik, deguzlik, rixtagarlik rivojlangan. Ruh, surma, margumush, vismut, kobalt, kabi rangli metallar ma’lum bo`lmasada, ularning qotishmalaridan keng foydalangan.

Qora metallurgiya sohasida faoliyat ko`rsatadigan yagona korxona Bekobod shahridagi O`zbekiston metallurgiya zavodidir. Zavodda qora metallurgiya mahsulotlarining eng muhim turlari (po`lat va po`lat prokatlar) ishlab chiqariladi. Ular temir-tersak, metal chiqindilaridan olinadi.

O`rta Osiyoning birinchi zamonaviymetallurgiya zavodi qurilishi umumxalq hashari yo`li bilan 1942 yilda boshlanadi va 1944 yilning 5 martida dastlabki metal eritmasi olinadi.

Rangli metallurgiya-respublika metallurgiyasining eng muhim, yetakchi tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Sanoatning bu turi O`zbekistonda XX asrning 25-yillaridan rivojlana boshladi. Asta-sekin rangli, nodir va qimmatbaho metal (mis, qo`g`oshin, rux, volfram, molibden, kumush, oltin, simob) konlari topildi.

Rangli metallar sifatini yaxshilash, ishlab chiqarish jarayonlarini intensivlashtirish, turli foydali qazilmalarning yangi konlarini o`zlashtirish hisobiga rangli metallurgiya ishlab chiqarishini rivojlantirish mo`ljallanmoqda, shu bilan birga, yangi fabrika va konlar barpo etiladi. Jizzax viloyatida O`zqoloq qo`rg`oshin-ruh koni, Surxondaryo viloyatida Xonrizm kon boyitish korxonasi quriladi. Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida mis, ruh, sulfat kislotasi va yo`ldosh elementlarni ishlab chiqarish ko`paytiriladi. O`zbekiston kombinatida yirik gobaritli molibden va volfram prokati hamda boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish mo`ljallanmoqda.

Oltin qazib olish sanoati. Markaziy Osiyoda, xususan, hozirgi O`zbekiston yerlarida miloddan avvalgi VI-V asrlardayoq oltin qazib olingan va undan turli taqinchoqlar, zargarlik buyumlari, bezaklar yasalgani mavjud arxealogik topilmalardan ma’lum. Tug`ma (erkin uchraydigan) oltin konlarini o`zlashtirishga qadar oltin asosan sochma konlarda juda ibtidoiy usullarda oltin zarralari aralash qumni qo`y terisi qorejagan yog`och to`goralarda yuvib, ajralib olingan. Sochma oltin olish X-XI asrlarda Chotqol, Chirchiq, Norin, Koson, So`x, Zarafshon, Darvoz daryolari vodiylarida olib borilganligi haqida ma’lumotlar bor.

O`rta asrlarda oltinli qumlarni yuvish bilan birga mo`g`ullar bosqiniga qadarkovlangan Chotqol-Qurama, Nurota tog`larida, markaziy qizilqumdagi konlarda tug`ma oltin kon lahimlari hozirgacha saqlanib qolgan. O`zbekistonda ma’lum bo`lgan konlarning ko`pchiligidan qadimgi konchilar qisman foydalanganlar.

Markaziy Osiyoning mineral xomashyo resurslarini o`rganishda jonlanishda XIX asrning 80-yillarida -Rossiya imperiyasi Turkiston

o`lkasini bosib olgan davrda yuz berdi; o`lkaning barcha joylarida tadqiqotlar o`tkazildi, geologik kartalar tuzildi, ayrim konlar tavsiflandi. Oktyabr to`ntarishigacha Chirchiq, Piskom va Chotqol daryolari vodiylarida kichik-kichik oltin izlovchi korxonalar oltin olish bilan shug`ullanganlar, 1913-17 yillarda Obirahmat darasi (Toshkent viloyati) dagi oltin konidan foydalanilgan.

O`zbekiston mineral xomashyo boyliklarini aniqlash, uni qazib olish va aksari qismini markazga tashib ketish oktyabr to`ntarishidan keyin ham davom etgan. Noyob metal konlarini qidirib toppish va ulardan foydalanish muammolarini hal qilish ishlarida markaziy ilmiy muassasalar faol ishtirok etdilar. 30-yillar boshida “O`zbekoltinnoyobmet” tresti tashkil etildi. O`sha yillari Ohangaron, Chirchiq daryolarivodiylarida, Qurama tog`larida oltin izlovchilar oltinni qumni yuvish usulida ajratib olganlar, lekin yillik oltin olish bir necha o`n km.dan oshmagan. Keyinchalik o`sha joylarda rudali oltin konlari topildi va ishga solindi.

1941-1945 yillarda oltin izlovchilik (artel) yo`li bilan oltin ajratib olish jadal olib borildi, dinga yillik oltin miqdori qariyb 50 kg ga yetdi. 1950 yilda sochma oltin izlash ishlari to`xtatildi. Rudali oltin izlash va qidiruv bo`yicha olib borilgan tadqiqotlar natijasida Qoraqo`ton, Bichanzor, Pirmurod, G`o`vaksoy, so`ngra Ko`chbuloq, Muruntov, Chormiton, Marjonbuloq, Kauldi, Qizilolmalisoy, Sarmich va boshqa rudali oltin konlari topildi. 1965 yilda Metallurgiya vazirligiga bo`ysinuvchi “O`zbekoltin” birlashmasi va boshqa oltin qazib olish korxonalari tashkil etildi. Birlashma qazib olgan flyus rudalaridan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining kimyo eritish zavodida oltin ajratib olish yo`lga qo`yiladi. 1970 yili Chodak oltin koni ishga tushirildi. O`sha vaqtdan respublikada

oltin qazib olish sanoati shakllandi, oltin olish oldingi yillardagiga nisbatan uch marta ko`paydi. 1972 yilda Ko`chbuloq koni va Angren oltin ajratish fabrikasi loyiha quvvatlarida ishlay boshladi. 1977 yili Kauldi, 1980 yil Marjonbuloq oltin qazib olish majmui, 1989 yil Zarafshon va Qizilolmalisoy konlari foydalanishga topshirildi.

Respublika mustaqillikka erishishi bilan O`zbekiston hukumati uzoq yillar davomida sobiq ittifoq ixtiyorida bo`lgan oltin qazib olish sanoatini respublika mustaqilligini mustahkamlash yo`lida, rivojlanish bo`yicha bir qancha tashkiliy choralar ko`rdi. “O`zbekoltin” birlashmasi negizida O`zbekiston Respublikasining Qimmatbaho metallar Davlat Qo`mitasi tashkil etidi (1992 yil). Bu qo`mita 1994 yil o`zbekiston oltin qazib olish va olmosga ishlov berish korxonalari uyushmasi (“O`zolmosoltin”) ga aylantirildi. “O`zolmosoltin” uyushmasi (Toshkent shahrida) va boshqaruvi Navoiy shahrida bo`lgan “Qizilqum-kamyobmetaloltin” koserni (1991) faoliyat ko`rsatmoqda. “O`zolmosoltin” uyushmasi tarkibida Angren, Marjonbuloq (Jizzax), Chodak (Namangan), Kauldi (Toshkent), Zarmiton (Samarqand) oltin konlari, olmos qirralash fabrikasi (Toshkent viloyati) va boshqa tashkilotlar bor.

Respublika oltin qazib olish sanoatining ikkinchi yirik markazi “Qizilqumkamyobmetaloltin” konserning bosh korxonasi – Navoiy konmetallurgiya kombinatidir. Kombinat Muruntov va boshqa oltin konlarini ishga tushurish maqsadida 1958 yildan boshlab qurila boshlagan. Uning asosiy ishlab chiqarish quvvatlari Zafarobod, Nurobod, Zarafshon, Uchquduq shaharlarida joylashgan. Yangi quvvatlarni ishga tushurish jadal olib borilmoqda. Kambinatda zargarlik buyumlari zavodi ishlab turibdi. Zarafshonda 1993 yilda tashkil etilgan oltin qazib olish bo`yicha

O`zbekiston – AQSH “Zarafshon - Nyumont” qo`shma korxonasi 1995 yilning may oyidan mahsulot bera boshladi.

Buyuk Britaniyaning “honro” firmasi bilan birgalikda Markaziy Qizilqumda oltin rudalari koni ishga tushurildi va oltin ajratib olish bo`yicha katta korxona – “Amatayti goldfildz” qo`shma korxonasi loyihasi amalga oshirildi.

Respublikada 40 oltin koni aniqlangan bo`lib, hozir bu konlarning faqat 12 tasi qazilmoqda. Oltinning asosiy zahiralari markaziy Qizilqumdagi oltin konlarida mujassam. O`zbek oltini jahonning eng yuqori sifat standartlariga mos bo`lib, to`rtta to`qqiz raqami bilan baholanadi va u oxirgi 20 yilda e’tibor (reklamasiga) olgani yo`q. so`nggi yillarda u sifati uchun bir necha bor xalqaro sovrinlar bilan taqdirlanadi.

Yevroosiyo kontinentida eng katta hisoblanadigan, rudasi tarkibida oltin ko`p bo`lgan Muruntov koni dunyodagi gigant konlari jumlasiga kiradi. Ushbu konning topilishi xalqaro geologiya jamoatchiligi tomonidan oltin qazib chiqarish bo`yicha XX asr ikkinchi yarmining eng katta kashfiyoti deb etirof etildi.

Muruntovdagi affinity korxonasida zamonaviy oltin tozalash texnologiyasi joriy etilgan bo`lib, u bir qancha nou-xauni o`z ichiga oladi. Bu esa, juda yaxshi Tovar ko`rinishiga ega bo`lgan yuqori probali oltin olish imkoniyatini beradi.

Mamlakat mustaqilligining dastlabki yillarida infratuzilmasi yuqori darajada rivojlangan Samarqand va Toshkent viloyatlarida oltin rudali konlar aniqlandi va razvedka qilindi. Dunyoning eng yirik oltin rudali orovinsiyasi bo`lgan Qizilqumdagi Muruntov koni bilan bir qatorda

Ajibugut, Bulutkon, Balpantov, Aritontov, Turbay va boshqa yangi konlar aniqlandi va o`rganildi.

Hozirgi O`zbekiston oltin zahiralari dunyoning eng mashhur va ishonchli banklarida saqlanmoqda. Ular orasida nemis “Doyche bank”I va Shveysariyaning “YuBS” banki bor. Respublika hukumati katta daromad olish uchun bu oltinni ma’lum vaqtga valyutaga aylantirmoqda. Oltin zahiralarini garovga olib, o`zbekistonga strategic iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish uchun kreditlar ajratilmoqda.

Kimyo sanoati. Ushbu sanoatning shakllanishi 1932 yilda Sho`rsuv oltingugurt koni (Farg`ona) ishga tushirilishi bilan boshlangan. Bu korxona sobiq ittifoqda ishlab chiqariladigan oltingugurtning 57 foizini bergan. Kimyo sanoatining eng yirik korxonalariga Chirchiq elektr kimyo kombinati, Navoiy kimyo birlashmasi va Qo`qon superfosfat zavodi kiradi. Kimyo sanoatining asosiy tarmoqlaridan biri mineral o`gitlar ishlab chiqarish sohasidir. Unda qishloq xo`jaligi uchun zarur bo`lgan ammafos, ammiak selitrasi, ammoniy sulfat, superfosfat, karbonit, suyultirilgan ammiak, azotli va fosforli o`gitlar ishlab chiqariladi. Chirchiq kimyo kombinati, Farg`ona azotli o`g`itlar, Navoiy kimyo birlashmasida asosiy turdagi azotli o`g`itlar, Qo`qon superfosfat zavodi, Samarqand kimyo zavodi, Olmaliq “Ammafos” birlashmasida ammofos, oddiy va ammoniylashgan, superfosfat, qumoq ammoniy kabi fosforli o`g`itlar

ishlab chiqariladi.

O`zbekiston kimyo sanoati korxonalari bir yilda 717 ming tonna azotli, 117 ming tonna fosforli o`g`itlar ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. 2000 yilda O`zbekistonda 834 ming tonna mineral o`g`itlar, 300 ming tonna

oltingugurt, 823,3 ming tonna sulfat kislotasi, 986 ming tonna suyultirilgan ammiak ishlab chiqarildi.

Kimyo sanoatida mineral o`g`itlar ishlab chiqarish hajmi respublika qishloq xo`jaligi ehtiyojlarini to`la ta’minlaydi, ularning bir qismi chetga chiqariladi. O`zbekiston qishloq xo`jaligida kaliy o`g`itlarga bo`lgan yillik ehtiyoj asoslangan meyorlar bo`yicha (100 % oziq modda hisobida) 800 ming tonnadan iborat. Qashqadaryo viloyatidagi kaliy tuzlari konlarini o`rganish va uning negizida kaliyli o`g`itlar ishlab chiqaradigan Tubagaton kaliy zavodi qurilishi rejalashtirilgan.

Sulfat kislotasi kimyo sanoati tarmoqlari uchun muhim xomashyodir. Respublikamizda sulfat kislota ishlab chiqaradigan yirik quvvatlarga ega. Olmaliq “Ammafos” birlashmasi, Samarqand kimyo zavodi, Navoiy kon- metallurgiya kombinati, Muborak gazni qayta ishlash majmuasida barpo etilgan.

Soda sanoatining Markaziy Osiyo mamlakatlarida yagona bo`lgan korxonasi-Qo`ng`irot soda zavodi qurilishi 1995 yildan boshlandi (yillik loyiha quvvati 210 ming tonna).

O`simliklarni himoya qilishningkimyoviy vositalari (defoliant, desikat, gerbisiy, insektisid, fungisidlar) “Farg`onaazot” birlashmasida (1965 yildan; magniy xlorid difolianti), Navoiy kimyo zavodida (1960 yildan; gerbisitlar, insektisidlar) ishlab chiqariladi. Bu korxonalarning yillik quvvati magniy xlorid defolianti bo`yicha 60 ming tonna, gerbisit va insektisitlar bo`yicha 5 ming tonnadan ortiq.

Respublika qishloq xo`jaligida o`simliklarni kasallik va zararkunandalardan kimyoviy himoya qilishda qo`llaniladigan oltingugurt kukuni sho`rsuv kon-kimyo korxonasida hamda Muborak gaz majmuasida

ishlab chiqariladi. Mahalliy resurslardan oltingugurt ishlab chiqarishni yiliga 50 ming tonnage yetkazish rejalashtirilgan.

Kimyoviy tolalar va iplar xilma-xil xalq iste’moli tovarlari ishlab chiqarishda keng qo`llaniladi. “Elektrokimyosanoat” ishlab chiqarish birlashmasida kaprolaktam (yillik quvvati 80 ming tonna), Farg`onakimyoviy tolalar zavodida asitat iplar “Navoiyazot” birlashmasida nitron akril tolalar (yiliga 40 ming tonnadan ko`proq), “Farg`onaazot ” birlashmasida sellyulaza asetati (yillik quvvati 42 ming tonna) ishlab chiqariladi. Farg`ona furan birikmalari zavodida sellyulaza mustaqilligini ta’minlash bo`yicha paxta lintidan yiliga 30 ming tonna sellyuloza ishlab chiqarishga ixtisoslashgan quvvatlar barpo etilmoqda.

Respublika kimyo sanoatida ishlab chiqarilgan 32,6 ming tonna kimyoviy tola va iplarning 27,4 ming tonnasini nitron tola iplari, 5,2 ming tonnasini asetat iplari tashkil etadi. Kaprolaktamning yuz foizi (yiliga 65-70 ming tonna), asetat va nitron tolalarining deyarli uchdan ikki qismi respublikadan tashqariga jo`natiladi. Farg`ona kimyoviy tolalar zavodida 23 ming tonna kaprolaktamni qayta ishlab 20 ming tonna kapron va iplar tayyorlashga imkon beradigan quvvatlar qurilmoqda.

Kimyo sanoatida gidroliz korxonalari ikkinchi jahon urushidan keying yillardan qurila boshladi. Farg`ona furon birikmalari, Yangiyo`l biokimyo, Andijon gidroliz zavodlarida asosiy xomashyo-chigit shulxasi, sholi qobig`idan texnik etil spirit, furfural, ozuqa achitqilari (hamir turishlar), furil spirit, ksilit, lapral, katalizatorlar va boshqa mahsulot ishlab chiqarilgan. O`tgan asrning 90-yillari boshida ushbu zavodlarda g`alladan oziq-ovqat (etil) spirit ishlab chiqarish o`zlashtirildi: Andijon biokimyo zavodida yiliga 915 ming dal, Qo`qon ishlab chiqarish birlashmasida 1800

ming dal etil spirit ishlab chiqaradigan yangi quvvatlar ishga tushirildi. Natijada oziq-ovqat, tibbiyot, atir-upa va boshqa sanoat tarmoqlarini respublikamizning o`zida ishlab chiqarilgan spirt bilan ta’minlash imkoniyati yaratildi. Bu korxonalarda yiliga 4 ming tonnage yaqin karbon kislotalari ham ishlab chiqariladi. Andijon biokimyo zavodida quruq xlorella bromassasini tayyorlash yo`lga qo`yilgan.

Rezina mahsulotlari Angren “O`zbekrezinatexnika” birlashmasi va Toshkent rezinatexnika mahsulotlari zavodida ishlab chiqariladi. Ilgari asosan maxsus rezina mollari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “O`zbekrezinatexnika” birlasjmasi 1987 yildan boshlab xalq iste’moli mollari ishlab chiqarishga o`tdi. 1992 yildan birlashmada yengil avtomobillarning shinalari tayyorlash o`zlashtirildi. 1996 yildan yiliga yengil avtomobillar uchun 1,5 mln. dona, yuk avtomobillari uchun 200 ming dona shina ishlab chiqaradigan quvvatlar ishga tushirildi. Bundan tashqari, “O`zbekrezinatexnika” birlashmasi va kimyo sanoatining boshqa korxonalarida (Samarqand kimyo) kalishlar ishlab chiqarish yiliga 10 mln. juftga yetdi. Shuningdek, bu tarmoq korxonalari respublika avtomobil sanoati uchun rezina-texnika mahsulotlari ishlab chiqaradi.

Respublika plastmassa va propolen mahsulotlarini qayta ishlovchi (Ohangaron “Santexlit”, Jizzax plastmassa quvurlari zavodi), markadagi lak-bo`yoq mahsulotlari (Toshkent “Rangli lak” firmasi-lak bo`yoq zavodi), mebel, sanoati uchun sintetik smolalar (Farg`ona furan birikmalari zavodi), ro`zg`or kimyosi mahsulotlari (O`zro`zg`orkimyo birlashmasi, Olmaliq ro`zg`or kimyosi zavodi, Namangan kimyo zavodi), Toshkent yog`-moy kombinati tarkibida sintetik yuvish vositalari ishlab chiqaradigan yirik korxonalar ushlab turibdi.

Yiliga 135 ming tonna politilen plyonkasi va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradigan sho`rtan gaz-kimyo majmuasi qurilmoqda.

Atir-upa mahsulotlari “Lola” firmasi (Toshkent), dori-darmonlar “o`zkimyofarm” birlashmasi (Toshkent kimyo-farmasevtika zavodi) va “O`zfarmsanoat” davlat aksiyadorlik konserni korxonalarida ishlab chiqarilmoqda.

Tarmoqdagi bir necha korxonalarda g`o`zapoyadan mebel va qurilishi sanoatida keng qo`llaniladigan yog`och tolali taxtalar (orgalet) ishlab chiqarish o`zlashtirildi.

Istiqbolda kimyo sanoatini rivojlantirish fosforit, sellyuloza, kaustik va kalsiy sodasi, kaliy o`g`itlari, o`simliklarni kimyoviy himoyalash vositalari, toluol, polimerlar kabi eng muhim xomashyo turlari bo`yicha respublikamizning mustaqillikka erishishini ta’minlash, mahalliy xomashyodan mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish, chet mamlakatlardan olinayotgan kimyo mahsulotlarining ko`p qismini, ya’ni asosiy turlarini respublikada ishlab chiqarishni tashkil etish, ishlab chiqarish chiqindilarini qayta ishlashm ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, xorijiy texnologiyalardan foydalanish, ekologik muommolarini hal etish, kimyosanoatining eksport imkoniyatlarinii kengaytirish yo`nalishlarida ish olib borilmoqda. Kimyo sanoati korxonalarida Xitoy, AQSH, Yaponiya, Germaniya, Italiya korxonalari bilan fan-texnika, savdo-sotiq sohalarida o`zaro hamkorlik yo`lga qo`yilgan, xorijiy sheriklar ishtirokida qo`shma korxonalar tashkil etilmoqda. Kimyo sanoati korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va ularni asosan hissadorlik jamiyatlariga aylantirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Respublika mustaqillikka erishgunga qadar kimyo sanoati korxonalari ham bevosita sobiq ittifoq kimyo sanoati vazirligi tomonidan boshqarilgan. O`zbekistonda kimyo korxonalari negizida 1991 yilda davlat konserni tashkil etildi. 1994 yildan konsern “O`zkimyosanoat” uyushmasiga aylantirildi.

Uyushma tarkibida 22 ta ishlab chiqarish korxonasi va birlashma, 8 qo`shma, 3 ilmiy-tadqiqot, 1 loyiha institute, tashqi savdo firmasi va qator tashkilotlar bor.

Navoiy shahridagi “Navoiyazot” ishlab chiqarish birlashmasi mamlakatimiz kimyo sanoatidagi yirik korxonalardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda jamoatda 260 xil mahsulot ishlab chiqarilmoqda. 2000 yilda korxona 6300 tonna nitron tolasi, (tonna ammiak silitrasi ishlab chiqarish) 470 tonna metalon, 1000 tonna uksus kislotasi va 900 ming tonna ammiak silitrasi ishlab chiqargan. Korxona mahsulotlari 20 dan ortiq mamlakatlarga, jumladan, Bergriya, Pokiston, roq, Turkiya, Hindiston, Afg`oniston, Rossiya, Belorus, Qozog`iston va Turkmanistonga jo`natilmoqda.

“Navoiyelektrkimyo” zavodi hissadorlik jamiyati mamalakatimizdagi eng yirik korxonalardan biri hisoblanadi. Bu korxona o`simliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Unda “Bilan”, “Fazalon”, “Kotoran” qatoriga “Go`zal”, “Sipermatin”, “Ustine”, “Bug`dordir”, “Neoron”, “Danibol”, “Sumnalfs” singari chet el preparatlaridan qolishmaydigan o`ndan ortiq mahsulotlar ishlab chiqarish yo`lga qo`yilgan.

Mashinasozlik sanoati – xalq xo`jaligi uchun mashina va mexanizmlar, jihozlar, agregat va apparatlar, asbob-uskunalar, madaniy-

maishiy molar, shuningdek, mudofaa ahamiyatiga ega bo`lgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi og`ir sanoat tarmoqlari majmuidir. Mashinasozlik sanoat butun xalq xo`jaligini texnika bilan ta’minlashda moddiy hisoblanadi. Fan-texnika taraqqiyoti, xalqning moddiy-madaniy faravonligi va mamlakat quvvati mashinasozlik sanoati taraqqiyotiga bog`liq. Uning ahamiyati, eng avvalo, fan-texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga va insonlar hayotining barcha sohalariga joriy etish asosida qo`l mehnatini mashina mehnatiga aylantirish, yengillashtirish, mashinani mashina bilan yaratish, tejamkorlikni ta’minlash va mehnatning mazmuni va xarakterini o`zgartirishdan iborat. Mashinasozlik sanoati mahsuloti sifatini yaxshilash, ishlab chiqarishning samaradorligini yuqori darajaga ko`tarishga imkoniyat yaratadi. Mashinasozlik sanoatining asosiy vazifasi milliy iqtisodning barcha sohalarini yuqori unum bilan ishlaydigan mehnat qurollari bilan ta’minlashdan iborat. Ular turli tarmoqlar va korxonalarda tayyorlanadi. Ular turli tarmoqlar va korxonalarda tayyorlanadi. Hozirgi kunda mashinasozlik sanoatining 15 tarmog`I mavjud bo`lib, ular tasarrufida 100 dan ortiq yirik korxonalar faoliyat ko`rsatdi.

Avtomobil sanoati-mashinasozlikning muhim tarmoqlaridan biri bo`lib, uning korxonalarida (tarmoqlar) avtomobillar, tirkama (prisep) va yarim tirkama yuk tashish moslamalari, avtomobillarga ehtiyot qismlar, agregatlar va boshqa ehtiyot qismlar ishlab chiqariladi. Shuningdek, motosikllar, motorollerlar, mopedlar, velosiped ishlab chiqarish korxonalari ham avtomobil sanoati tarkibiga kiradi.

Qishloq xo`jaligi mashinasozligi 1931 yil “Toshqishloqmash” zavodining birinchi navbati ishga tushirildi. Zavod paxtachilik uchun

xilma-xil texnikalar ishlab chiqara boshladi. Hozirgi paytda bu tarmoq korxonalari qishloq xo`jaligi uchun mashinalar tizimiga tegishli barcha mashina-mexanizmlarni yetarli darajada ishlab chiqarmoqda.

Paxta tozalash sanoati mashinasozligi “O`zbekpaxtamash” Birlashmasida jamlangan. Uning tarkibida Toshkent mashinasozlik zavodi (Bosh korxona) Andijon “Tojmetall” zavodi va Kattaqo`rg`on “Paxtamash”, Chustdagi “Olmospaxtamash” zavodlari, Toshkent davlat maxsus paxta tozalash uskunalari konstruktorlik byurolari bor. Bu sohaning asosiy mahsulotlari-paxta tozalash punktlari, paxta tozalash zavodlari uchun texnologik qurilmalar, arrali va javali (valikli) paxta tolasi ajratish (jun) mashinalari, linterlar, tola tozalagichlar, chigit saralash va tozalash mashinalari, transportyorlar, garam buzgichlar, paxta uzatkichlar, tunnel ochish mashinalari, paxta garamlarini shamollatish va chang tutish mashinalari, shuningdek, kanopni qayta ishlash mashina va qurilmalar- jami 50 xildan ortiq mahsulot turlarini o`z ichiga oladi.

Qurilish materillari sanoati. Respublika qurilish materillari ishlab chiqaradigan ko`p tarmoqli sanoatga ega. Sement, asbest-sement, devorbop materillar, yumshoq yopqish va gidroizolyatsiya materillari, tabiiy toshlardan qoplama material (plita)lar, noruda qurilish materiallari, qurilish keramikasi, issiqlik izolyatsiyasi materiallari, ohak, gips, bog`lovchi materillari va ulardan buyumlar, sanitariya-gigiena jihozlari, polimer xomashyodan qurilish materiallari va buyumlari, temirbeton konstruksiyalari va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlari mavjud.

O`zbekistonda tabiiy xomashyodan qurilish materillari sifatida foydalanish tarixi uzoq o`tmishga borib taqaladi. Ayniqsa, binolar qurilishida xom g`isht, guvala, yog`och sinch, oddiy tuproq (-loy) dan

tiklanadigan paxsa asrlar davomida asosiy qurilish materiali bo`lib kelgan. Xumdonlarda pishirilgan g`isht, spool, chinni koshin ganch yo`nilgan granit, marmar toshlar saroy, madrasa, masjid, marmar toshlar saroy, madrasa, masjid, rabotlar qurilishida keng qo`llanilgan.

Hozirgi davrda ushbu tarmoq korxonalarida 100 dan ortiq nomdagi asosiy mahsulot turlari tayyorlanadi. Jumladan, 2000 yilda 3,3 mln.tonna sement, 235 mln. shartli taxta asbest-sement shiferlari, 1,7 mln.m2 deraza oynalari, 1,2 mln.m2 lenolium ishlab chiqarildi.

Yengil sanoat. Hozirgi davrda O`zbekiston yengil sanoat ko`p tarmoqli industrial kompleks bo`lib, uning tarkibida paxta tozalash zavodlaridan tashqari, to`qimachilik, trikotaj, shoyi to`qish, tikuvchilik, konpoyabzal, gilamchilik, chinni-fayans buyumlari va attorlik mollari ishlab chiqarish sohalarida 142 ta yirik va o`rta korxonalar bor. Respublika sanoat mahsulotlari umumiy hajmida yengil sanoat hissasi 20,5 % ni tashkil etadi. Bu tarmoqda 200 mingdan ortiq xodim ish bilan band. Yengil sanoat tarmog`ining eng muhim sohasidan biri bo`lgan paxta sanoati korxonalarida har yili 1,2 mln. tonnadan ortiq paxta tolasi, 100 ming tonnadan ortiq lint, 22,5 ming tonna chigit, 200 ming tonna urug`lik chigit tayyorlanadi. To`qimachilik sanoatini rivojlantirish maqsadida AQSH, Italiya, Turkiya, Pokiston, Hindiston, Koreya va boshqa mamlakatlar firmalari bilan ip gazlamalar ishlab chiqaradigan yangi qo`shma korxonalar tashkil etilmaoqda. Tikuvchilik korxonalarida 36 kompleks mexanizatsiyalashgan liniya va potoklar joriy etilgan.

XX asr boshlarida O`zbekistonda yengil sanoat sohasi asosan paxtani qayta ishlash korxonalaridan iborat bo`lib, yapli sanoat mahsulotining qariyib beshdan to`rt qismi shu sohaga to`g`ri kelgan. 1920 yillardan paxta

tozalash zavodlari, pillakashlik, yigiruv-to`quv, tikuvchilik, poyabzal fabrikalari qurila boshladi. 2000 yilda respublika yengil sanoati tarmoqlarida 474,4 mln.m2 gazlama, shu jumladan, 424,9 mln.m2 ip gazlama ishlab chiqarilgan.

Oziq ovqat sanoati. O`zbekiston Respublikasi xalq xo`jaligida oziq- ovqat sanoati eng muhim mavqeini egallaydi. Sanoatning bu tarmog`i asosan xomashyoni qayta ishlashga asoslangan. Respublika umumiy sanoati mahsuloti hajmida oziq-ovqat sanoatining ulushi 1994 yilda 9,7 1995 yilda 9,8 va 1998 yilda 12,43 2002 yilda kelib esa 13,3 ni tashkil etgan. Oziq-ovqat sanoati tarmog`ida go`sht-sut, yog`-moy baliq mahsulotlari, un-yorma, non, makaron, meva-sabzavot konservalari, qandolat, choy qadoqlash, uzum va shampan vinosi, spirt, aroq, tamaki, piva, chanqoqbosar ichimliklar, sovun va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradigan ko`plab sanoat korxonalari faoliyat ko`rsatmoqda.

Respublika mustaqilikka erishgandan so`ng oziq-ovqat sanoatida chuqur tashkiliy va iqtisodiy o`zgarishlar amalga oshirildi. Ko`pgina korxonalar davlat tasarrufidan chiqarilib, ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirildi, ilgari ilgari tarmoq korxonalariga rahbarlik qilgan vazirliklar tugatilib, “Oziqovqatsanoat” davlat-aksiyadorlik konserni, “Oziqovqatsanoat-xolding” kompaniyasi “O`zgo`shsanoat” davlat-aksiyadorlik uyushmasi, “O`zdonmahsulot”, “O`zbaliq” davlat- aksiyadorlik korparatsiyalari tashkil etildi.

Sanoat milliy iqtisodiyotining yetakchi tarmog`I hisoblanadi. Ijtimoiy ishlab chiqarishni rivojlantirishda, aholining turmush-darajasini oshirishda uning ahamiyati beqiyosdir.O`zbekiston sanoati juda katta tarixiy yo`lni bosib o`tgan va istiqlol yillarida, XXX asrning oxirgi 10 yilida tubdan

o`zgarib, bozor iqtisodiyoti talablariga mos ravishda rivojlana boshladi. 80- yillarning o`ztalaridan boshlangan sanoat inqirozi tugatilib, 1995 yildan boshlab uning o`sishi surati kuchaya boshladi. 2001 yildagi o`sish 1991 yildagiga nisbatan 300 foizni tashkil etadi.

Sanoatning eng muhim sohasi og`ir sanoat bo`lib, u boshqa tarmoqlarga nisbatan juda tez o`smoqda. Ayniqsa, uning yoqilg`i- energetika, mashinasozlik, metallurgiya va qurilish materillari tarmoqlari rivojlandi.

O`zbekiston sanoati fan-texnika taraqqiyoti boshqaruvi va tashkil etilishining takomillashuvi, kadrlar salohiyatining yuqori darajaga ko`tarilishi hamda xorijiy investisiyalarning ko`plab jalb etilishi tufayli izchil rivojlana boshladi. Mustaqillik yillarida uning tarmoq strukturasi tubdan o`zgardi va natijada yangidan-yangi tarmoqlar yuzaga keldi.


    1. Yüklə 85,05 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin