2. Rezba frezalash stanoklari
Bunday stanoklar ikki turga bo'linadi: kalta va uzun rezbalarni frezalovchi stanoklar. Kalta rezbalar taroqsimon freza, uzun rezbalar esa disk frezasi yoki keskichli kallaklar yordamida ishlov o'tadi.
5Б63 modelli rezba frezalash avtomati yirik seriyali va keng ko'lamli ishlab chiqarish sharoitida tashqi va ichki rezbalarni taroqsimon frezalar yordamida frezalash uchun mo'ljallangan (15.5-rasm). Staninaning chap qismida old babkajoylashgan bo'lib, uning shpindeliga zagotovka o'rnatib mahkamlanadigan patron (J) kiygizilgan. Freza frezer babkasining shpindeliga o'natilib, karetka (6) ga nisbatan surish harakati oladi. Zagotovkaga M2 elektr dvigateli (N=l,5kW; «=1400 min'), dan sekin aylanish-doiraviy surish harakati uzatiladi (n=0,315-16 mhr').
Freza bosh harakat - katta chastotali (n=160...2500 min') aylanma harakatni M1 elektr dvigateli (N=3kW; n=1425min')dan ola-di. Freza babkasi gorizontal yo'nalishda zagotovka o'qiga parallel ravishda awal tez, keyin sekinroq harakatlanib kopirga yaqinlashadi.
Shu payt frezaga kesilayotgan rezba qadamiga mos surish harakati va ko'ndalang yo'nalishda kesib kirish harakati uzatiladi. Zagotovka to'la bir marta aylanadi – rezba frezalanadi. So'ngra freza zagotovkadan uzoqlashib boshlang'ich holatiga qaytariladi. Stanok to'xtatilib, ishchi tayyor detalni bo'shatib oladi, yangi zagotovkani o'rnatib, stanokni ishga tushiradi. Sikl takrorlanadi. Taroqsimon frezalar bilan ishlaydigan rezba frezalash stanoklari diametri 200 mm gacha va uzunligi 15...75 mm li rezbalarga ishlov bera oladi.
Taroqsimon frezalar dastali va boshqa dastaga o'rnatiladigan turlarda ishlab chiqariladi. Ichki rezbalarni kesishda frezaning diametri kesilayotgan zagotovka ichki diametridan taxminan ikki barobar kam miqdorida tanlab olinadi.Taroqsimon frezalar yordamida konussimon zagotovkalarda ham rezba frezalab hosil qilinadi. Frezaning uzunligi detalda kesilayotgan rezba uzunligidan 2...3 yo'l chamasida uzunroq bo'lishi kerak. Taroqsimon frezalar tishlarining orqa yuzasi kertilgan bo'ladi.
Dostları ilə paylaş: |