5. Rezba jilvirlash stanoklari
Boshqa stanoklarda qirqib tayyorlangan yuqori aniqlikka ega bo'lgan rezbalarga tozalab (pardozlab) ishlov berish maqsadida rezbajilvirlash stanoklaridan foydalaniladi.
Rezbaning qadami 2 mm dan ortiq bo'lmagan hollarda uni jilvirlash oldindan ishlov o'tmasdan bajarilishi mumkin.Rezbani jilvirlash qiyin ishlanuvchan qotishmalardan tayyorlangan hamda termik ishlov o'tgan detallarda bajarilishi mumkin. Bunda rezbaning aniqligi ГОСТ 3675-81 bo'yicha 4-darajagacha yetadi.
Metchik, rezbali kalibr, aniq vintlar, rezba frezalari, chervyak va shunga o'xshash asbob va detallardagi rezbalar jilvirlanadi.
Rezbalarni jilvirlashda kesuvchi asbob sifatida kesimi rezba profiliga mos bo'lgan jilvirlash doiralari olinadi. Doiralar bir va ko'p yo'lli, yo'llari vintsimon yoki halqasimon ko'rinishga ega bo'lishi mumkin. Bir yo'lli jilvirlash doirasi bilan jilvirlash rezbaning yuqori aniqlikka ega bo'lishini ta'minlasa, ko'p yo'lli doiralar ish unumdorligining 15-20% ga yuqori bo'lishi, ammo aniqlikning pastroq bolishi bilan ajralib turadilar.
Eng ko'p bir yo'lli jilvirlash doiralari bilan ishlaydigan stanoklar va halqasimon ariqchalari bo'lgan ko'p yo'lli jilvirlash doiralari bilan ishlaydigan rezba jilvirlash stanoklari uchraydi.
5K822B modelli universal rezba jilvirlash stanogi yuqori aniqlikka ega, tashqi va ichki, silindrik va konussimon, o'ng va chap, bir va ko'p kirimli turli profildagi rezbalarni jilvirlash uchun mo'ljallangan. Bu stanokda tish va rezba kesish asboblari, shakldor frezalar, yassi rezba nakatka qilish plashkalari, tishli reykalar, kalta silindrik shakldor yuzalar, shuningdek yassi shakldor yuzalarni jilvirlash mumkin.
Zagotovka o'rnatilgan shpindel o'zgarmas tokda ishlaydigan M1 elektr dvigatelidan harakat oladi.
Shpidelgacha bo'lgan uzatmalarning oxirgi elementi sifatida lyuftni kompensatsiya qilish mexanizmi mavjud bo'lib, u shpindelning aylanishi va stol surilishining bir vaqtda boshlanishini ta'minlaydi. Bu esa rezbani ikki tomondanjilvirlashdajuda muhimdir. Shpindeldan qad-am gitarasi orqali harakat yurgizish vintiga uzatiladi. Vint gayka bilan bog'lanib, mahsulot bilan birga stolga bo'ylama surishni uzatadi.
Jilvirlash doirasi alohida elektr dvigatel M2 dan almashinuvchi shkivlarga ega bo'lgan tasmali uzatma orqali aylanma harakat oladi. Jilvirlash doirasi o'rnatilishdan avval balansirovka qilingan bo'lishi lozim. Uning massa nomuvozanatligi 3...5 g • sm dan ortiq bo'lmasligi kerak.
Jilvirlash babkasi salazkalar va buriluvchi barabandan iborat.
Jilvirlash doirasi olmos donachalari, qalamlari yoki roliklar yordamida to'g'rilanib o'tkirlanib turadi. To'g'rilash qurilmasi alohida elektr dvigateli M5 dan harakat oladi yoki qo'lda harakatlantiriladi. Stanokda rezbani jilvirlash bir va ko'p yo'lli doiralar yordamida bo'ylama jilvirlash usuli bo'yicha bajariladi. Ishlanayotgan detal old va orqa babkalar markazlariga o'rnatiladi. Rezba jilvirlash stanoklari (modellari 5820, 5821, 5K821B, 5K822B, 5822M, 5K823B vaboshqalar)da diametri 125....320 mm gacha va uzunligi 190....950 mm gacha bo'lgan detallarning rezba yuzalari jilvirlanadi.
Jilvirlash sxemasi 15.11-rasmda keltirilgan.
Xulosa
Yirik seriyali va ommaviy ishlab chiqarishlarda gaykalarga ichki rezbalarni kesish maxsus avtomatlarida to‘g‘ri yoki egilgan quyruq qismli metchiklar yordamida bajariladi.
Bunda rezbalarni kesish gaykalarning kanal bo‘ylab metchikga bo‘ylama yo‘nalishda egilgan quyruqda harakatlanishi orqali amalga oshiriladi. Rezba kesish avtomati staninalar va shpindelli uzellar va larga ta‘sir ko‘rsatuvchi yuritma mexanizm lardan tashkil topgan bo‘lib, zagotovkalar uchun bunker bilan jihozlangan. Shpindelli uzellarni ishga tushirish qo‘ltutqich bilan amalga oshiriladi. Har bir shpindelli uzellaridagi metchikga patron bilan birgalikda elektr dvigateldan tishli uzatma orqali aylanma harakat uzatiladi.
Gaykaning zagotovkasi bunkerdan egilgan nov bo‘ylab aylanuvchi metchikka o‘tadi va turtqich tomonidan unga qisiladi. Turtqich chervyakli uzatma tomonidan aylantirilayotgan kulachokdan o‘q bo‘ylama surish harakatini oladi. Ishlov berish jaryonida gaykalar metchik tomonga yo‘naltiruvchi bo‘ylab harakatlanadi va egilgan quyruq tomonidan novga tushadi. Ushbu avtomatlarda faqat bir o‘lchamdagi rezbalarni kesish imkoni mavjud xolos.
http://fayllar.org
Dostları ilə paylaş: |