Mavzu: Detallarni ishlash. Ma’lumki odam qiyofasini ishlash tasviriy san’at sohasining eng murakkab qismidir. Bu vazifani uddalash juda ko‘p nazariy va amaliy ishlarni jo‘yali, qonun-qoidali qilib ado etishni talab etadi. Portretga, ayniqsa ijodiy portretga odam boshini yaxshi tasvirlashni o‘rganib olingach, kirishiladi. Chunki portretda odamning nafaqat boshi, yuz qismi, balki uning bo‘yni, gavdasi, ba’zida esa butun gavdasi aks ettiriladi. Portret ishlashda kompozitsiya yaratishning barcha muhim qonun-qoidalarini ham mukammal, atroflicha bilish talab etiladi.
Portret oddiy, murakkab keng ma’no tashuvchi, voqeani aks ettiruvchi bo‘lishi bilan bir-biridan ajralib turadi. Respublikamizda ijod qilayotgan ko‘plab rassomlar orasida portret ustalari ham bor. Ular qatorida A.Abdullaev, R.Ahmedov, N.qo‘ziboev, V.Burmakin, B.Boboev, R.Choriev, A.Ikromjonov, M.Nuriddinov, S.Rahmetov va boshqa ko‘plarni sanab o‘tishimiz mumkin. Mamlakatimizning eng taniqli, mahoratli portretchi rassomi esa, albatta Abdulhaq Abdullaev deb e’tirof etsak o‘rinli bo‘ladi. Chunki bu musavvir o‘zbek portretchiligi san’atiga ulkan muvaffaqiyatlar keltirgan insondir. Ma’lumki M.Nabiev ham portret san’ati namunalarini juda ko‘pini yaratgan rassomdir. Musavvirning «Amir Temur» portret asari va «Bobur portreti», «Abu Rayhon Beruniy portreti» ko‘pchilikka ma’lum ajoyib asarlardir desak yanglishmaymiz.
Akademik yo‘nalishdagi portretni ishlashning o‘z qonun-qoidalari bor. Ular o‘quv-mashq ishi ekanligi, qat’iy me’zonlar doirasida, metodik izchillik asosida bajarilishini bilamiz. Ammo uning barcha talablariga muvofiq ish olib borish ancha murakkabdir. Buning uchun talaba ko‘p mashq qilishi hamda nazariy bilimlar bilan qurollanishi kerak.
Portret mashq vazifa sifatida ishlanayotgan bo‘lsada, unga alohida talabchanlik bilan yondoshish zarur. Chizilayotgan kishining qiyofasini o‘xshatish eng muhim ishdir. Bu masalani ijobiy hal etish kompozitsiya, tasvir rang xususiyatlari, o‘ziga xos xususiyatli shaxsga aloqador belgilarni topa va aks ettira bilish bilan bogliqdir. O‘quv-mashq uchun ko‘rinishi qiziqarli, yuz tuzilishlari ifodali, rangi ham chiroyli ko‘rinishga ega bo‘lgan kishi tanlanishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Odatda portretning qo‘l tasviri bilan birga ishlanadigan xili (tors), butun gavda to‘liq aks ettiriladigan, hamda xonadagi boshqa uy jihozlari bilan bogliq holda voqeabandlik kasb etuvchi kompozitsiyaviy turlari mavjud. Ular qanday sharoitda, qanday atrof-muhitda ishlanishi tasvir ma’no-mohiyatini belgilaydi. Akademik portret albatta bosqichma-bosqich, barcha qo‘yilgan talablarga amal qilingan tarzda bajariladi. Uni ishlashdan avval qo‘yilma yaxshilab tahlil*qilinadi. Ranglavha, kichik qalamchizgilar qilinadi. Ular yordamida bo‘lajak asosiy portret rangtasvirining tarxlari kompozitsiya qonun-umumiidan xususiiga, sung esa yana umumlashtirishga asoslangan holda tartibli qilib olib boriladi.
Ishni sifatli olib borishda rangtasvir texnologiyasiga to‘liq amal qidinsa tasvir mazmundorligiga erishish yengil kechadi. Shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, portretga qo‘yiladigan eng asosiy talablardan biri uning tasvir etilayotgan shaxsga o‘xshashi kerakligi masalasidir. Bu jihatni "amalga oshirishda aks ettirilayotgan kishi-qiyofachining o‘ziga xos fe’l-atvorini sezib uni ifoda etish muhimdir. qiyofachining shu sifatlari uning bosh shakl tuzilishida, ko‘z, qosh, burun, oriz, yonoq, iyak, peshona, sochlaridan sezilib turishi ma’lum. Ularni shakllari, ranglarini tabiiy ko‘rinishiga yaqin qilib olish ancha sinchkovlikni talab etadi.
Poraretda chizilayotgan kishi kayfiyati, ruhiy holatiga alohida ahamiyat berilishi kerak. Chunki portretda bu juda katta rol o‘ynaydi. Kompozitsiya mazmunining nechogli yechim topishi shunga bog‘liq. Ma’lumki qiyofachi qanday holatda (o‘tirgan yoki tik), qanday muhitda (xona ichida yoki tashqarida) tasvir etilayotganiga alohida e’tiborni qaratish lozim. Chunki shunga muvofiq uning rang yechimi hal etiladi. Ta’sirchanligi, ko‘rimliligi shunga yarasha aks etadi. Portret ishlashni o‘rganishning eng zarur sharti talabalarning uy vazifasi sifatida ko‘proq mashqlar bajarishi bilan belgilanadi. Iloji boricha qiyofachilarning yoshlari, ko‘rinishlari, jinslari turlicha bo‘lishi, ular xona ichida, tashqarida ochiq havo sharoitida turli tuman fonlar bilan ishlanishi zarur. Portretda chizilayotgan odamlarning kiyim-kechaklari, bosh kiyimlari, qo‘lidagi yoki yonidagi buyumlar ham ma’lum darajada axdmiyatlidir. Ular kompozitsiyani boyitib, ish mazmuniga mazmun, voqeabandlik barishlashi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar
Abduraxmonov G.M. Kompozitsiya. - Toshkent, 2003.
Abdirasilov S., Tolipov N., Oripova N. Rangtasvir. T.: O‘zbekiston, 2006.
Abdirasilov S.F. Tasviriy sanъash atamapari. 'G., 2003.
Boymetov B., Abdirasilov S. CHishatasvirLG‘.G‘ulom nashriyot - matbaa ijodiy uyi, 2004.
Abdirasilov S, Tolipov N. Dastgohpi rangtasvirda toshkent - 2008