Mavzu: “Devonu lugʻotit turk”dagi etnonimlar .
Reja:
Kirish
“Devonun lug’otit turk” etnonim va toponimik ma’lumotlar
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
Kirish
Mahmud Koshg‘ariyning bu nodir asari bebaho bir qomuski, undan har bir mutaxassis o'ziga kerakli material topa oladi. «Devon»ni ayni vaqtda qimmatli toponimik asar ham deyish mumkin. Chunki bundan uch yuz to‘rt yuz yil oldin yozib olingan' nomlar ham hozirgi talaffuzdan ko‘ra qadimgi toponimiyaning dastlabki shakliga ancha yaqin bo‘ladi. «Devonu lug‘otit turk» esa bundan qariyib 10 asr oldin yozib qotdirilgan. Shuni aytish kerakki, toponim qanchalik ilgari yozib olingan bo‘lsa, shunchalik qimmatli sanaladi. Chunki ana shu davrda joy nomlarining fonetik hamda grammatik xususiyatlarida qanday o‘zgarishlar ro‘y berganini aniqlash mumkin bo‘ladi. Mah mud Koshg'ariy asarining toponimika uchun ahamiyati undagi joy nomlari bilangina tugamaydi. Toponimlarning etimologiyasi, semantikasini aniqlash hamda grammatik xususiyatlarini hisobga olishda qadimgi etnonimlar, antroponimlar, o'simlik, hayvonlarning o‘sha davrdagi nomlari, toponimlarning grammatik tuzilishiga doir mulo- hazalar g‘oyat zo‘r ahamiyatga egadir. Bu jihatdan «Devon» niho-yatda boy material beradi.
“Devonun lug’otit turk” etnonim va toponimik ma’lumotlari bir necha turga bo'lish mumkin:
1. «Devon»da tilga olingan joy nomlari.
2. Etnonimlar, ya’ni turli xalq, elat, qabila, urug1 nomlari.
3. Antroponimlar, ya’ni kishi ismlari.
4. Geografik atamalar, o'simlik hamda hayvon nomlari.
5. So'zlaming fonetik va grammatik tuzilishiga doir fikrlar.«Devon»da qayd qilib o'tilgan toponimlar haqida. Ma’lumki, «Devon»ga doira deb atalgan xarita ilova qilingan. Bundan tashqari, matnda ham bir qancha joy nomlari izohlab o'tilgan. Bizning hisobimizga ko‘ra «Devonu lug'otit turk»da jami 16 dan ortiq toponim tilga olingan. Shu o‘rinda aytish joizki, asarda ayrim joy, ba’zi o‘simliklar, hayvonlar nomlari atamalar takroran berilgan. Bunday
qaytariqlar hisobga kirmaydi, albatta.Mahmud Koshg‘ariyning «Devon»idagi xaritada tilga olingan nomlar to‘g‘risida LI. Umnyakov, S. Umurzoqov, H. Hasanov kabi olimlar qator asarlar yozganlar.
«Devon»dagi nomlaming asosiy qismi O’rta Osiyoga oid turkey nomlardir. Bu toponimlarning bir qanchalari hamma uchun tushunarlidir. Chunonchi, Oqsoy, Oqterak kabi nomlarni hozir ham uchratish mumkin. Buxoro, Farg‘ona, Samarqand, Xo‘jand, Xorazm, Talas, Tarim, Sayram, Manqishloq, Issiqko‘l kabi toponimlar
deyarli o ‘zgarishsiz yetib kelgan. Ila, Qorayalg‘a, Ala, Ertish kabi nomlar fonetik jihatdan biroz o ‘zgarib ketgan va hozir Hi, Qorajilg‘a, Olay, Irtish shaklida yoziladi. Beshbaliq, Yangibaliq, Tunkand, Yankand, 0‘zkand kabi shahar nomlari, Badalart, Buqachart, Zanbiat, Qavaqart, Yafg‘uart kabi dovonlar, Ikkio‘kuz, Qoraqosh o‘kuz, o’rungqosho‘kuz kabi daryolar etimologiyasiga «Devon»ning o‘zidan javob topish mumkin. Bulg‘or, Qifchoq, Uyg‘ur, Tavg‘ach, Yag‘mo
kabilar etnotoponim , Barsg‘on, Barman, Qazvin singarilar esa antrotoponimlardir. Ba’zi bir toponimlarning etimologiyasini taxminan aniqlash mumkin. Chunonchi, ayiq o‘sha zamonlarda azig‘ deb atalgan. Mahmud Koshg‘ariy Azig ‘ degan joyni tilga oladi, bu nom «ayiq» degan ma’rioni anglatgan boiishi mumkin.
M a’lumki, toponimikada turli afsonalar ham inobatga olinadi va o‘rganiladi. Lekin joy nomlari etimologiyasi to ‘g‘risida Mahmud Koshg'ariy keltirgan ma’lumotlami sinchiklab o‘rganish zarur.«Devonu lug'otit turk»dagi toponimlarning biz uchun yana bir qimmatli tomoni ulaming grammatik xususiyatlaridir. Ma’lumki, joy nomlarining etimologiyasidan tashqari grammatik tuzilishiga qarab ham ulaming qaysi tilga, qaysi davrga oid ekanligini m a’lum darajada aniqlash mumkin. Hozirgi turkiy toponimlarning asosiy qismi ikki va uch kompo- nentdan, ya’ni tarkibiy qismdan iborat. «Devon»dagi joy nomlarining yarmidan ko‘pi bir komponentli nomlar. Masalan, Yamak, Yofinj, Alush, Azig4, Abul, Etil, Udun, Yamar, Ala, Urang, Qo‘ju, Bukur, Talas, Qabus, Quya, Toman, Koson, Xuzar, Chogla, Barxan, Sabran, Sitg‘un, Tovg‘ach, Baijug‘, Tartuq, Tayiz, Ko‘rung, Qazvin kabilar ana shular jumlasidan. Ikki komponentlilar u qadar ko‘p emas: Ikkiko‘z, Oqsoy, Oqterak, ayig‘och, Beshbaliq, Yangibaliq, Qorayig‘och, Badalart, Buqachart, Boyyig‘och, Yulduzko’l kabilar.Bu toponimlarning birinchi komponenti sifat, ikkinchi komponenti esa ot (geografik atama). Ikki komponentlilar grammatik tuzilishi jihatidan hozirgi toponimlardan farq qilmaydi. Uch komponentlilar esa
atigi bir nechta: 0’rungqosho‘kuz, Qoraqosho‘kuz, To‘rig‘arttayiz. Yana shu narsa xarakterliki, «Devon»da qayd qilingan joy nom larining yarmidan ko‘pi ikki bo’g‘indan iborat. Demak, ilgarilari joy nomlari ixcham, sodda bo‘lgan. Ko‘p komponentli, butun bir iboradan tuzilgan Yo‘ldoshning oti uchgan
(Zom in tumani),
Amin Mulla
pichan chopgan
(Boshqirdiston),
Hasan toshtergan
(Baxmal tuma
ni),
Chuqursoyning tangisi
(Zom in tumani) kabi mikrotoponimlar
esa keyingi davrlarda vujudga kelgan.
Etnonimlar haqida.
«Devon»da juda ko‘p xalq, qabila, toifa nom
lari — etnonimlar tilga olingan. Mahmud Koshg‘ariy «Devon»ning
bosh qismida turk qabilalari haqida so ‘z yuritib:
bajanak, qipchoq,
o‘g‘uz, yamak, bashg‘irt, basmil, qay, yabaku, tatar, qirg‘iz, chigil,
tuxsi, yag‘ma, ig‘roq, jaruq, jumul, uyg‘ur, tangut, xtoy;
kitobning
lug‘at qismida esa
kenjak, arg‘u, qayig‘, bayot, chig‘ay (chig‘an),
sug‘doq, uch, qorluq, o‘groq, kucha, bulaq, xalach, aramut, turk-
man, qiniq, salg‘ur
kabi etnonimlarni ham tilga olgan.
Bizning flkrimizcha, toponimika uchun yana bir ahamiyatli manba «Devon»da anchagina uchraydigan etnotoponimlardir.
Aramut
(joy
nom i),
Arg‘u
(shahar),
Bulg‘or
dengizi,
Bulg‘or
shahri,
Kenjak
sangir
(shahar),
Turk
(shahar),
Tavg‘ach
(mamlakat),
Uyg‘ur
(vilo
yat),
Yabaqu
(suv nom i),
Yag‘ma
(qishloq nom i),
Yamak
(ch o‘1
nom i) kabilar aslida etnotoponimlardir. Bundan tashqari, doira xaritada ham
G‘uziya, Qipchoq yurti, Basmil cho‘li singari bir qancha o ‘lkalar tilga olingan. Demak, «Devonu lug‘otit turk»dan ayni vaqtda etnonimlar va etnotoponimlar to‘g‘risida ham juda boy material topish mumkin.
Xulosa
Biroq etnonimlarning etimologiyasi to ‘g ‘risida Mahmud Koshg‘ariy keltirgan rivoyatlarning hammasini ham to ‘g ‘ri deb bo‘lmaydi. Masal'an, u turkman — «turkmonand», ya’ni «turkka o ‘xshash», chigil — «chi gil», ya’ni «bu qanday loy», uyg'ur «xud xo‘r», ya’ni «o‘zi topib yeydigan» degan so ‘z b o‘lib, bu turk qabilalarining nomlari forscha degan xulosani bildirgan. Tanqidiy foydalanilsa, bu m a’lumotlar etnografiya, shuningdek, toponimika uchun ishonchli va boy material bo'lib xizmat qiladi. Kishi ismlari haqida. Ismlar va toponimlar qadimdan bir-biri bilan bog‘liq. Qanchadan qancha toponimlar kishi ismlari bilan atalgan bo'lsa, bir qancha ismlar toponimlardan kelib chiqqan.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
Маҳмуд Қошғарий. Туркий сўзлар девони (Девону луғат ат-турк) / Таржимон ва нашрга тайёрловчи С.М.Муталлибов. 1-3 жилдлар. – Т., 1960-1963.
Маллаев Н. Ўзбек адабиёти тарихи. 1-китоб. – Т.: Ўқитувчи, 1965.
“Devonu lugʻatit turk”, III tom, 116-bet
Elektiron darslig sayt https://fayllar.org/mavzu-mahmud-koshgariyning-devonu-lugat-at-turk-asari.html?page=3
Dostları ilə paylaş: |