“Devonu lug`otit turk”dagi etnonimlar. Reja 1. «DEVONU LUG‘OTIT TURK» ASARIDA TOPONIMLAR 2. Geografik atamalar, o‘simlik hamda hayvon nomlari to‘g‘risida. 3. «Devon»da qayd qilib o'tilgan toponimlar haqida. «DEVONU LUG‘OTIT TURK» ASARIDA TOPONIMLAR Mahmud Koshg‘ariyning bu nodir asari bebaho bir qomuski, undan har bir mutaxassis o'ziga kerakli material topa oladi. «Devon»ni ayni vaqtda qimmatli toponimik asar ham deyish mumkin. Chunki
bundan uch yuz-to‘rt yuz yil oldin yozib olingan' nomlar ham hozirgi talaffuzdan ko‘ra qadimgi toponimiyaning dastlabki shakliga ancha yaqin bo‘ladi. «Devonu lug‘otit turk» esa bundan qariyib 10 asr
oldin yozib qotdirilgan. Shuni aytish kerakki, toponim qanchalik ilgari yozib olingan bo‘lsa, shunchalik qimmatli sanaladi. Chunki ana shu davrda joy nomlarining fonetik hamda grammatik xususiyatlarida qanday o‘zgarishlar ro‘y berganini aniqlash mumkin bo‘ladi. Mahud Koshg'ariy asarining toponimika uchun ahamiyati undagi joy nomlari bilangina tugamaydi. Toponimlarning etimologiyasi, seman-
tikasini aniqlash hamda grammatik xususiyatlarini hisobga olishda qadimgi etnonimlar, antroponimlar, o'simlik, hayvonlarning o‘sha davrdagi nomlari, toponimlarning grammatik tuzilishiga doir mulo-
hazalar g‘oyat zo‘r ahamiyatga egadir. Bu jihatdan «Devon» niho yatda boy material beradi.
«Devon»dagi toponimik ma’lumotlami bir necha turga bo'lish mumkin:
1. «Devon»da tilga olingan joy nomlari.
2. Etnonimlar, ya’ni turli xalq, elat, qabila, urug1 nomlari.
3. Antroponimlar, ya’ni kishi ismlari.
4. Geografik atamalar, o'simlik hamda hayvon nomlari.
5. So'zlaming fonetik va grammatik tuzilishiga doir fikrlar.
«Devon»da qayd qilib o'tilgan toponimlar haqida.Ma’lumki, «Devon»ga doira deb atalgan xarita ilova qilingan. Bundan tashqari, matnda ham bir qancha joy nomlari izohlab o'tilgan. Bizning hiso-
bimizga ko‘ra «Devonu lug'otit turk»da jami 160 dan ortiq toponim tilga olingan. Shu o‘rinda aytish joizki, asarda ayrim joy, ba’zi o‘simliklar, hayvonlar nomlari atamalar takroran berilgan. Bunday
qaytariqlar hisobga kirmaydi, albatta.Mahmud Koshg‘ariyning «Devon»idagi xaritada tilga olingan nomlar to‘g‘risida LI. Umnyakov, S. Umurzoqov, H. Hasanov kabi olimlar qator asarlar yozganlar.300
«Devon»dagi nomlaming asosiy qismi O ita Osiyoga oid lurkiy
nomlardir. Bu toponimlarning bir qanchalari hamma uchun tushu-
narlidir. Chunonchi, Oqsoy, Oqterakkabi nomlarni hozir ham
uchratish mumkin. Buxoro, Farg‘ona, Samarqand, Xo‘jand, Xo