- maktab dezaptatsiya – bolaning yosh xususiyatida ta’lim olishidagi qiyinchiliklar bilan bir qatorda xulqiy buzilish holatlari o’qituvchilar, sinfdoshlari bilan janjalli vaziyatlar ko’rinishida o’ringa chiqadi. Dars qoldirish odatlari paydo bo’ladi.
- ijtimoiy dezadaptatsiya – bolaning o’qishga bo’lgan qiziqishi, maktab jamoasining talablariga javob berishdan qochish holatlari, turli asotsial jamoalarga kirib ketish, spirtli ichimliklarga, giyohvandlik moddalariga qiziqishining ortishi bilan namoyon bo’ladi.
2. O'zganing mol-mulkini yashirin talon-toroj qilish o'g'rilik hisoblanadi.
Bolalarning boshqalarga tegishli bo‘lgan narsalarni so‘roqsiz olishi uchrab turadigan holat va, albatta, bunday holat har bir ota-onani xavotirga soladi.
Keling, avvalo, o‘g‘rilikning ba'zi bir sabablari haqda fikrlashamiz.
1. Bolalarda meniki, uniki degan tushuncha yo‘qligi uchun. Bunga sabab, bolaning yoshi kichkina ekanligi yoki ota-ona tarafidan bu tushuncha unga yoshlikdan singdirilmagan bo‘lishi mumkin.
2. Boshqalarda bor narsalar ularda ham bo‘lishini juda ham qattiq xohlash. Bunga sabab ota-onaning pul masalasida juda qattiq qo‘lligi yoki bolalarning do‘stlari o‘rtasida iqtisodiy ahvol ko‘p farq qilishida bo‘lishi mumkin.
3. Do‘stlari oldida o‘zini ko‘rsatish. Ba'zida bolalar do‘stlariga narsalar olib berib, o‘zlarining hurmatlarini oshirmoqchi bo‘lishadi.
4. Kimningdir e'tiborini tortish. Qandaydir bayramlarda o‘zi yoqtirib qolgan qiz yoki bola uchun sovg‘a olmoqchi bo‘lishlari mumkin.
5. Ota-onalaridan xafaligini ko‘rsatish uchun. Ba'zida o‘smir yoshli bolalar shu yo‘l bilan “namoyish” ko‘tarmoqchi bo‘lishadi.
Agar shunday holat yuz bersa nima qilish kerak?
1. Bu muammoni hamma oldida muhokama qilmasdan, bolaning o‘zi bilan gaplashib, unga tushuntirish kerak. Yashirin gunohlarni oshkor qilmaslik haqidagi qoidaning hikmati ham aynan shunda. Gunohkor o‘zini faqat bir marta adashgan his qiladi. Agar e'lon qilinsa, o‘zini shu turdagi odamlardan his qila boshlaydi.
2. Bola keltirgan zararni unga his qildirish. Agar pulni boshqa odamdan o‘g‘irlagan bo‘lsa, unga qarzini to‘lab, evaziga butun oila nimadandir voz kechib turadi. Masalan, oilaviy parkka borish yoki muzqaymoq yeyish yoki ovqatlanishda vaqtincha voz kechib turish mumkin (qaymoq, shakar,go‘sht). Bolaning o‘ziga odatda uning vazifasi bo‘lmagan ishlarni qildirish ham natija beradi.
3. Albatta, boshqalarning mulkini olish gunohi haqida, harom-halol haqida yaxshiroq tushuntirish.
Bundan tashqari, bunday muammoning oldini olish ham mumkin. Buning uchun halollikka juda qattiq e'tibor berish va, albatta, buni bolalarga ham o‘rgatish kerak. Ba'zida bolalar o‘rtoqlarining iqtisodiy sharoiti, moddiy ahvollari o‘ta balandligi tufayli noshukurlik qilib qo‘yishi mumkin.
Bolalarga yoshligidan pulga munosabatni o‘rgatishimiz, xaridlarni to‘g‘ri va oqilona qilishga odatlantirishimiz ham yaxshi natija beradi. Bolaga yoshligidan pul bermaslik emas, pul berib uni to‘g‘ri sarflashga o‘rgatganimiz ma'qul.
Dostları ilə paylaş: |