Mavzu: Dezadapta tsiya vauningo ' smir xulqida namoyon bo'lishi


O’smirlik davrida mobbing



Yüklə 28,4 Kb.
səhifə5/7
tarix11.04.2022
ölçüsü28,4 Kb.
#55113
1   2   3   4   5   6   7
Mavzu Dezadapta tsiya vauningo \' smir xulqida namoyon bo\'lishi

3. O’smirlik davrida mobbing.

Mobbing - jamoada (ish, o‘qish joyida) ruhiy bosim o‘tkazish shaklidir. Surunkali davom etganda kasallikka aylanadi. Turli qo‘rqitishlar, mazah qilishlar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.

🎬 Nafaqat kattalar, balki bolalar xam ta'qib qurbonlariga aylanishlari mumkin. Sinfdoshlar davrasidagi mobbing keng tarqalgan hodisadir. Bolalar ko‘pincha boshqalardan ajralib turadiganlarga («oyisining erkasi», a'lochi yoki ikkichilar, jismoniy zaif bolalar, tashqi ko‘rinishi boshqacharoq bo‘lganlar) tegajog‘lik qiladilar.

Ⓜ️ Mobbing turlari:

1⃣ Og‘zaki tahqirlash - qurbon doimo haqoratlar, masxara-mazaxlar va xo‘rlanishga uchraydi.

2⃣ Jismoniy ta'sir - tepish, turtish va urishish orqali namoyon bo‘ladi. Bu kabi xo‘rlanishga uchraganlar jismoniy tayyorgarlikka ega bo‘lmagani uchun qarshi zarba berolmaydi.

3⃣ Gaplashmaslik, aloqani uzish (boykot) - bu ayollar jamoasida ko‘proq uchraydi. Qizlar mushtlashishga moyil bo‘lmaganliklari sababli ular o‘z qurbonlarini e'tiborsiz qoldirishni, jamoaga qo‘shmaslikni, orqasidan g‘iybat qilishni, o‘zlariga yoqmaydigan qiz davraga kelishi bilan shivirlashdan to‘xtashni ma'qul ko‘radilar.

4⃣ Tahdidlar - o‘g‘il bolalar orasida xam, qizlar orasida xam keng tarqalgan. Qurbonga jismoniy jazo yoki boykot bilan tahdid qilishlari mumkin.

⛔️ Ijtimoiy ta'qib qurboniga aylangan o‘smirlar ko‘pincha o‘z joniga qasd qilishga urinadilar.
❗️Epidemiologiyasi:

❇️ O‘tkazilgan tadqiqot va so‘rovnomalarning natijalariga ko‘ra, kasallikni tarqalganligi 1-10% ni tashkil etadi.

❇️ Ijtimoiy va sog‘liqni saqlash sohalarida yaqqol ifodalangan.

❇️ Etiopatogenezida premorbid xarakter qirralari, ya'ni shaxsning o‘ta sezuvchanligi, stressga bo‘lgan chidamliligi va frustratsion tolerantlikning pasayishi kabilar ahamiyatga ega.

❇️ Mobingning asosiy simtomlari - uyqu buzilishlari, nevroz, ta'sirchanlik, depressivlik, suitsid xayollar.

🚑 Davolash - mobbing bilan uning ilk bosqichlaridanoq kurashish, davolash lozim. Bola sinfdoshlari tomonidan qanchalar uzoq vaqt haqoratlansa, keyinchalik biron jamoga moslashishi va jamiyatda o‘zini xolis baholashi shunchalik qiyin bo‘ladi.

▶️ Hodisa joyini ob'yektiv analiz qilish

▶️ O‘ziga ishonch treningi

▶️ Relaksatsiya texnikalari

▶️ Stressni yengish texnikalari

▶️ Zaruriy sport turi

▶️ Stress natijasida yuzaga kelgan ruxiy buzilishlarni (depressiya, qo‘rquv) davolash.




  1. Yüklə 28,4 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin