KIRISH Farzandlarimizni mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilimlar va kasb – hunarlarni chuqur egallaydigan, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega, chinakam vatanparvar insonlar sifatida tarbiyalash biz uchun hamisha dolzarb masala hisoblanadi.
Bizning havas qilsa arziydigan buyuk tariximiz bor. Havas qilsa arziydigan ulug` ajdodlarimiz bor. Havas qilsa arziydigan beqiyos boyliklarimiz bor. Va men ishonaman, Xudo xohlasa havas qilsa arziydigan buyuk kelajagimiz ham albatta bo`ladi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev
Spektral analiz usuli tekshiriladigan moddaning atomi yoki molekulasi elektromagnit nurni chiqarish hodisasidan foydalanishga yoki bu nurning ular bilan o‘zaro ta’sirlanishiga (ko‘proq nurning yutilishiga) asoslangan.
Analizning spektral usullari guruhiga quyidagilar kiradi: emission spektral analiz – tekshiriluvchi modda nurlarining emission spektrlarini (nur tarqatish yoki nurlanish spektrlarini) o‘rganishga asoslangan fizikaviy usullar. Bu nurlar kuchli qo‘zg‘atuvchi manbalar (elektr yoyi, yuqori voltli uchqun) ta’sirida hosil bo‘lali. Bu usul moddaning element tarkibini – ayni modda tar kibiga qanday elementlar kirganligini aniqlashga imkon beradi.
Alanga spektrofotometriyasi yoki alanga fotometriyasi emission spektral analizning bir turi bo‘lib, tekshirilayotgan modda elementlarining zaifroq qo‘zg‘atish manbalari ta’sirida hosil bo‘luvchi emission spektrlarini tekshirishga asoslangan. Bu usul tekshiriluvchi namunada, asosan, ishqoriy va ishqoriy – yer metallar, shuningdek, galliy, indiy, talliy, qo‘rg‘oshin, marganes, mis singari metallarning miqdori haqida fikr yuritishga imkon beradi.
Atom-adsorbsion spektrofotometrik analiz usuli alanga gazlarida metall erkin atomlarining shu elementga xos to‘lqin uzunligidagi yorug‘lik energiyasini yutishiga asoslangan. Bu usulda emission alanga fotometriyasi usulida aniqlab bo‘lmaydigan surma, vismut, selen, rux, simob kabi elementlarni aniqlash mumkin.