Mavzu: Difteriya



Yüklə 67,5 Kb.
səhifə2/5
tarix15.02.2022
ölçüsü67,5 Kb.
#52602
1   2   3   4   5
Mavzu Difteriya

Epidemiologiyasi. Kasallik manbai – bugma bakteriyasi va bakteriya tashuvchilar. Bugma bilan kupincha 2-11 yoshli bolalar kasallanadilar. Bugma xavo tomchi yuli orkali yukadigan yukumli kasalliklar katoriga kiradi. Bemor (yoki bakterio tashuvchi) yutalganda va aksirganda burun – xalkumdan va tomokdan virulent bugma bakteriyasi saklovchi mayda shillik zarrachalari xavoli atrof – muxitga tushadi. Yukish ularni soglom odam burun-xalkumiga va yukori nafas yuliga tushganda yuzaga keladi. Bugma mavsumiylikka ega, ya’ni kechki kuz va kishning boshlarida kasallik xolatlari soni ortadi. Bu vaktda tashuvchilarda burun-xalkum va yukori nafas yullarida kataral jarayonlar kupayishi kuzatiladi. Bunda virullent bakteriya saklovchi shillik zarrachalari yutal va aksa orkali yukishi uchun juda yaxshi sharoit yaratiladi. Bundan tashkari soglom moyil odamlar burun-xalkumi va yukori nafas yullari katori bugma yukishini osonlashtiradi. Kasallikni utkazgach tulik bulmagan immunitet koladi .

Patogenez. Kirish darvozasidan utgach mikroorganizm bodomcha bezlariga utiradi, u erdan shillik kavat epiteliyasini koagulyatsion nekrozini toksin ta’sirida keltirib chikaradi, bu jarayonda xujayra ichidan trombokinaza fermenti ajraladi. Toksin kon tomirlariga ta’sir kursatib,ularni kengaytiradi, staz va utkazuvchanligi oshadi. Kon tomirlardan tukimaga plazma va fibrinogen, fibrin ferment okib chikadi.

Plazma bodomcha bezlari tukimasiga suriladi, shish va ularni kattalashishini chakiradi, stas esa dimlanish, shillik kavat sianotik tus, giperemiyasiga sabab buladi. Firinogen fibrin – ferment va trombokinaza ta’sirida iviydi, fibringa aylanib fibrinoz karash xosil kiladi, u bodomcha bezlari yuzasida joylashadi. Bugmada yalliglanish jarayoni morfologik belgilari buyicha krupoz yoki difteritik xarakterda bulishi mumkin. Agar bodomcha bezlarini yuzaki nekrozlangan epiteliy kavati ostidagi tukima bilan sust boglangan bulsa, bunda fibrin unga surilib, nozik, engil kuchadigan fibrinoz karash (krupoz tip) xosil kiladi.

Agar epiteliy kavati chukur nekrozlansa, bodomcha bezlariga fibrin surilib kalin, kattik, kuchmaydigan (difteritik yalliglanish) karash xosil kiladi. Toksin kupayyotgan joydan tezda kon okimi orkali butun organizmga tarkaladi va kupgina organlarni zaralaydi, ayniksa yurak, asab tizimi, buyrak va buyrak usti bezini.


Yüklə 67,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin