Мавзу: Диний экстремизмга қарши курашнинг маънавий- маърифий асослари ва усуллари


Mavzuning  o’rganilganlik  darajasi



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/32
tarix02.01.2022
ölçüsü1,07 Mb.
#47901
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   32
diniy ekstremizmga qarshi kurashning manaviy- marifiy asoslari va usullari

               Mavzuning  o’rganilganlik  darajasi:  Mavzuga  oid  adabiyotlar  bilan 
tanishish  jarayonida  xalqaro  tashkilotlar  va O’zbekiston  Respublikasida  ishlab 
chiqilgan  qonun  va  farmoyishlar,  prezident  tomonidan  e’tirof  etilgan  siyosiy  va 
huquqiy  manbalar,  shuningdek  dinlarning   asosiy  manbalari  mavzuni  yoritishda 
nazariy  metodologik  asoso  vazifasini  o’tadi.  Diniy  ekstremizm va aqidaparastlik  
kabi  muammolarni  o’rganilganligi  bilan   qiziqqanimda   bunga  oid  juda  ko’p  
ilmiy    tadqiqot    ishlari    olib  borilganligini  bildim.  Jumladan;    BMTining    diniy   
ekstremizm  va  terrorizmga  qarshi  kurashish   ifoda etilgan turli  rasmiy  hujjatlari: 
masalan,  1972  yil  18  dekabr  kungi  3034-rezolyutsiya,  2001  yilgi  1373-sonli 
rezolyutsiya,  1997  yil  Toshkent  Dekloratsiyasi,  bundan  tashqari,  O’zbekiston 
Respublikasi  Konstitutsiyasining    18,  31,  57-  moddalari  va  ―Vijdon    erkinligi    va  
diniy  tashkilotlar  to’g’risidagi  O’zbekiston Respublikasining  qonuni,  shuningdek  
ularda    vijdon    erkinligining  alohida  e’tirof  etilganligi,  davlatda    zo’rovonlikka  
asoslangan  har  qanday faoliyat millat va davlat erkiga rahna  soluvchi  harakatlar  
bo’lib,  ular  qat’iyan  man  etilishi  ta’kidlangan.  
              Prezidentimiz  Islom  Abdug’aniyevich  Karimovning  bir  qator  asarlari 
masalan,    ―O’zbekiston  XXI  asr  bo’sag’asida:    xavfsizlikka    tahdid,    barqarorlik 
shartlari  va  taraqqiyot  kafolatlari‖, ―O’zbekistonning  o’z   istiqlol va taraqqiyot 
yo’li‖, ‖Xavfsizlik  va  tinchlik  uchun  kurashmoq  kerak‖,  ―O’zbek xalqi  hyech  
qachon,    hyech    kimga    qaram    bo’lmaydi‖,    ―Yuksak    ma’naviyat  –  yengilmas 
kuch‖, ―Qadr-qimmatim,  tayanchim  va  iftixorimsan,  mustaqil  O’zbekiston‖  va  
h.k.  nazariy- metodologik  asos  bo’ldi.  Bu  asarlarda  jamiyat taraqqiyotiga  rahna  
soluvchi  turli  g’oya va harakatlar qatorida diniy ekstremizm  ham  e’tirof   etiladi.  
Unga  qarshi  kurashishda  mafkuraviy  immunitetni  barqarorlashtirish,  ma’naviyatni 
yuksaltirish,  yoshlarni  turli  hurujlardan    saqlashda    ularning    ma’rifiy    faoliyatini 



 
samaradorligini    oshirish,  g’oviy    bo’shliq      mavjud      bo’lsa    ularni    faq’at    ezgu  
mafkura  bilan  to’ldirish,  milliy    va    diniy    qadriyatlarni    chuqur    o’rganish,  
yoshlarni  sport  va  asl  san’atga  oshno  etish,  bu  jarayonda miilliy qadriyatlardan 
oqilona  foydalanish.  Barchamiz  bir  inson  bo’lib,  terrorizm  va  ekstremizm  xavfiga 
qarshi  kurash  olib  borishimiz,    ―O’z    uyingni    o’zing  asra‖    degan    shiorning 
ma’nosini  keng  va  chuqur    anglab,  vatanimizning    tinchligini,    xalqimizning  
osoyishtaligini  ko’z qorachig’idek   saqlashimiz   zarurligi  e’tirof  etiladi, doimiy 
ogohlikka chorlanadi. 

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin