FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI................................108-111
4
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Din kishilarni hamisha yaxshilikka va ezgu
ishlarga chorlagan. Jumladan Islom, Xristian, Buddaviylik va boshqa dinlar
ham ajdodlarimizning muqaddas e’tiqodlariga asoslanib, yuksak insoniy
fazilatlarni shakllanishiga xizmat qilgan. Aynan ular tufayli xalqlarning ming
yillar maboynida boy ma’naviyati va merosi, o’zligi omon saqlanib kelindi.
Afsuski aynan shu e’tiqodlardan diniy ekstremistlar va terrorchilar o’z g’arazli
maqsadlari yo’lida foydalanishga harakat qilmoqdalar. Bu esa butun kishilik
jamiyatiga, jumladan mustaqil O’zbekiston davlatiga nisbatan turli tahdidlarni
yuzaga kelishiga sabab bo’lmoqda. Manfur kimsalarning asl qiyofalari o’z
jinoyatlarida oshkor bo’lmoqda. Ayna paytda, bunday jarayonlar kishilarni
doimiy ogoh bo’lishga, haqiqiy diniy qadriyatlarni ularning sohta va g’arazli
talqinlaridan farqlashga yordam beradigan bilimlarni egallashga undaydi. Zero
yurtboshimiz Islom Karimov: ―Xalqimizning tabiatiga mutlaqo zid bo’lgan
siyosiy, diniy ekstremizm, aqidaparastlik va boshqa yovuz oqimlarning
mintiqamizga kirib kelishi va tarqalishi tinchlikka va osoyishtalikka,
farzandlarimizning kelajagiga katta xavf tug’dirishini odamlar ongiga chuqur
singdirib borish kerak. Halqimiz tafakkurida axloqiy-ma’naviy qadriyatlarni
qaror toptirish va mustahkamlash orqali yovuz kuchlarga qarshi kurashga
safarbar etish zarur‖,
1
-deb alohida qayd etgandi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining bir qator moddalarida ham
insonlar erkiga dahl qilmaslik, barchaning qonun oldida teng ekanligi ( 18-
modda ), barcha uchun vijdon erkinligining kafolatlanganligi ( 31 – modda ),
konstitutsiyaviy tuzumni zo’rlik bilan o’zgartirishni maq’sad qilib qo’yuvchi,
respublikaning
suverenitityeti,
yaxlitligi va xavfsizligiga fuq’arolarning
konstituttsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy,
1
Karimov I.A. Tinchlik va xavfsizligimiz o’z kuch-qudratimizga, hamjihatligimiz va qat’iy irodamizga bog’liq. 12-
jild.-Toshkent.: O’zbekiston, 2004.- 260 bet.
5
milliy, irqiy va diniy adovatni targ’ib qiluvchi, xalqning sog’ligiga va
ma'naviyatiga tajovuz qiluvchi, shuniningdеk harbiylashtirilgan birlashmalarning,
milliy va diniy ruhdagi siyosiy partiyalarning hamda jamoat birlashmalarining
tuzilishi va faoliyati ta'qiqlanadi, ( 57-modda ). Bularning teg zamirida millat
va davlat tinchligi-barqarorligini saqlash asosiy maqsad etib bеlgilangan.
Davlat va xalqlarning tinchligi, hamda barqarorligini saqlash maqsadida
turli vayronkor kuchlarga qarshi kurash olib borilish va ularning tizimli
bo’lishiga erishish lozim. Buning uchun insonlar ongini ezgu g’oyalar, obеktiv
ilmiy bilimlar va nazariyalarga ega ma'lumotlar bilan boyitib borish kеrak.
Yuqorida qayd etilgan mulohazalarga asoslanib, mavzuning dolzarbligini
quyidagicha tavsiflash mumkin:
Din va diniy qadriyatlarning mazmun-mohiyati, ularni gnoseologik
ontologik va akseologik o’rganish o’sib kelayotgan avlodlar oldidagi asosiy
vazifadir. Zero bu dinyoqarashning teran va to’g’ri shaklllanishiga olib keladi.
Diniy ekstremizmning yuzaga kelishi, ularning asl mohiyati va jamiyatga
salbiy ta’sirlarni mukammal va ob’yektiv o’rganish lozim, bu turli buzg’unchi
g’oyalarga qarshi kurashishning asosi sanaladi.
Diniy ekstremizmga qarshi kurashishning ma’naviy-siyosiy va huquqiy
asoslarini to’laqonli o’rganish shart. Bu aynan kishilik jamiyati tinchligiga
rahna soluvchi vayronkor kuchlarga qarshi kurashishning tayanchidir.
Butunjahon xalqlari o’rtasida turli shartnomalar tuzilgan bo’lib, ularning zamiri
adolat, tenglik va erkinlik tamoyillariga asoslangan. Ularni to’laqonli o’rganish
yoshlar mafkuraviy immunitetining barqarorligini ta’minlaydi. Mustaqil
O’zbekistonda ham vijdon erkinligi konstitutsiyaviy asosda ta’minlangan. Turli
diniy tashkilotlar faoliyati uchun ham zaruriy huquqiy sharoitlar mavjud.
Mazkur sohaga oid qonunlarni buzganlik uchush tegishli qonuniy choralarni ko’rish
esa, faqat ezgu maqsadlar yo’lida, ya’ni xalq tinchligi, mustaqillikning
barqarorligi va millat ravnaqi yo’lida amalga oshiriladi.
Diniy aqidaviy ta’limotlar haqida ma’lumotlarga ega bo’lish bugungi
jarayonlar mohiyatini, diniy ekstremizmning g’oyaviy ildizlarini chiqurroq
6
anglashga xizmat qiladi. Buyuk ajdodlarimizning turli diniy ilmlari, jumladan
Islom dini ilmlari va madaniyati rivojidagi yuksak o’rnini anglab yetish esa
bunday g’oya va harakatlarning xalqimizni bunyodkorlik va bag’rikenglik
an’analariga mutlaqo zid ekanini tushunishga ko’maklashadi. Demak, lmiy tahlil
etish bilimlarimizning kengayishi va boyishiga olib kelar ekan.
Shuningdek, diniy ekstremistik harakatlar hozirga kelib global muammolarga
aylangan, ularga qarshi esa barcha sog’lom kuchlar birgalikda harakat qilibgina
yenga olishi mumkin. Shundan kelib chiqib, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar
olib borayotgan faoliyatlar haqida batafsil habardor bo’lish zarur hisoblanadi.
Mintaqaviy, jumladan O’zbekiston davlatida diniy ekstremizmning namoyon
bo’lishini o’ziga xos xususiyatlari, yoshlar va xotin-qizlarni bunday kuchlarning
asosiy nishoniga aylanishi sabablari va ― jaholatga qarshi ma’rifat ‖ g’oyasining
mohiyatini teran anglash dolzarbdir.
Insoniyat taqdiriga dahldor bo’lgan diniy ekstremizmning oldini olish va unga
qarshi kurashda Mustaqil O’zbekiston davlatining o’ziga xos o’rni xalqaro
siyosatchilar va nufuzli mutahasislar tomonidan oshkora ijobiy e’tirof etilmoqda.
Bu yo’lda O’zbekistonning qat’iy siyosati mavjud bo’lib, u Markaziy Osiyda
xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashdir. Bu ta’limotlarni kelajak avlod ongiga
singdirish va ularda turli axloqiy tamoyillar; tinchlikparvarlik, insonparvarlik,
vatanparvarlik, millatparvarlik va bq. keng shakllantirish hozirgi davrning
muhim masalalaridan biridir.
Diniy ekstremizmga qarshi kurashishning turli ma’naviy-ma’rifiy usullari,
jumladan, xalqqa kuchli ijtimoiy himoyani ta’minlash, iqtisodiyotni rivojlantirish,
bunda erkin, sof raqobatga asoslangan ijodiy ishlab chiqarish sharoitlarini yaratish,
tinchlikka rahna soluvchi jinoiy harakatlarga qarshi tizimli huquqiy tadbirlar, zarur
bo’lganda keskin qonuniy choralarni ko’rish masalarini o’rganish. Bunda targ’ibot-
tashviqot usuli, ta’limda innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish,
milliy-diniy qadriyatlar aks etgan an’analarni boyitib borish, ularning nazariy
asoslarini bilish, yuksak ma’naviyatni shakllantirish lozim. Bunda ilmiy-nazariy
tadqiqotlar o’rni beqiyosdir.
7
―Sog’lom bola yili‖ davlat dasturlaridan kelib chiqib kelajak avlodning
jismonan baquvvat, ma’nan boy va mafkuraviy immuniteti barqaror bo’lgan
shaxslar etib tarbiyalash, bunda sog’lom oilaviy muhitning o’rni masalalarini
mukammal tadqiq etish eng asosiy vazifamizdir. Zero, shu yo’l bilan vayronkor
kuchlarga qarshi tizimli va samarali kurashish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |