Мавзу: Диний экстремизмга қарши курашнинг маънавий- маърифий асослари ва усуллари


II.BOB.  Mafkuraviy immunitet - diniy ekstrеmizmga qarshi



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/32
tarix02.01.2022
ölçüsü1,07 Mb.
#47901
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   32
diniy ekstremizmga qarshi kurashning manaviy- marifiy asoslari va usullari

II.BOB.  Mafkuraviy immunitet - diniy ekstrеmizmga qarshi 
kurashning muhim omili 
 
2.1.Oila va oilaviy munosabatlarda sog’lom turmush tarzini qaror toptirisn 
diniy ekstrеmizmga qarshi kurashning ma'naviy asosi  sifatida 
 
          ―Hech    kimga    sir    emaski,    insonning    qalbi    va    ongini    egallash,    ayniqsa 
yoshlarning  ma’naviy  dunyosini  izdan  chiqarishga  qaratilgan  turli  xavf-xatarlar 
tobora  kuchayib  borayotgan  bugungi  o’ta  notinch  zamonda  o’zining  kimligini, 
qanday  buyuk  zotlarning  avlodi,  qanday  bebaho  meros  vorislari  ekanini  teran 
anglab, ona  yurtga  muhabbat  va  sadoqat  hissi bilan yashaydigan, imon-e’tiqodi 
mustahkam    yosh  avlodgina  muqaddas  zaminimizni  yot  va  begona  ta’sirlardan, 
balo-qazolardan    saqlashga,    Vatanimizni  har  tomonlama  ravnaq  toptirishga  qodir 
bo’ladi‖
72
.    Barcha    tahdidlarga    qarshi    kurashishning    vosita,    omil  va  usullari 
ishlab  chiqilgan.    Bularga    huquqiy,    siyosiy,  axloqiy,  ma’naviy,  ma’rifiy 
sohalardagi  faoliyatlarni  kiritish  mumkin.  ―O’zbek  modeli‖  ga  asosan  aholining 
barcha  qatlamlarini  turli  ijtimoiy  himoyalash  choralari,  jumladan  yosh  oilalarga 
so’nggi    vaqtlarda    tashkil    etilgan    iqtisodiy    yordamlarni  alohida  aytish  joiz. 
Buning  asosini  ―Islohot-  islohot  uchun  emas,  avvalo  inson  uchun‖  tamoyili 
dasturulamal bo’ldi. 
             Bundan    tashqari    2012  yil    dekabr    oyida  ―Obod  turmush  yili‖  davlat 
dasturi,  2014    yil    ―Sog’lom  bola  yili‖    davlat    dasturi    ishlab    chiqildi.  Bu 
dasturlarda  oila-mahalla-maktab    tizimida    turli    ishlar    belgilandi.  
Bulargamamlakatda    fuqarolar    o’rtasida    tinch-totuvlikni    saqlash,  barqaror    va 
xavfsizlikni  ta’minlash  choralari,    aholining    iqtisodiy    farovonligini    oshirish 
choralari, aholini  salomatligini  muhofaza  qilish  choralari,  jismoniy va ma’naviy 
sog’lom  avlodni  voyaga  yetkazish  va  bunda  oilalarning  o’rniga  alohida  e’tibor 
berish,  xalqni  turmush  darajasini  oshirish,  turli  suv,  elektr,  gaz,  uy-joy  bilan 
ta’minlanishini  yaxshilash  choralari,  o’z-o’zini  boshqarish  institutlari  i  shlarini 
                                                 
72
Amalga oshirayotgan islohatlarimizni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati qurish- yorug’ kelajagimizning 
asosiy  omilidir.  Prezident  Islom  Karimovning  O’zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  21  yilligiga 
bag’ishlangan  tantanali  marosimdagi  ma’ruzasini  o’rganish  bo’yicha  o’quv-uslubiy  qo’llanma  /  U.G’ofurov  va 
boshqalar.-T.: ―O’qituvchi‖ NMIU, 2014,-10 bet. 


85 
 
yaxshilashga  ko’maklashish,  oilalarni  mustahkamlash,  ayollar  va  bolalar 
muhofazasiga  e’tibor  qaratish,  mahalliy  ishlab  chiqarishni  keng  targ’ib  qilish, 
sog’lom  oilada  sog’lom  bolalar  tarbiyalanadilar.  Zero  :  ―  Biz  sog’lom  deganda, 
nafaqat  jismoniy,  balki  ma’naviy  jihatdan  ham  sog’lom  bolani  o’zimizga  tasavvur 
etamiz‖
73
 
           Prezidentimiz    o’z    asarlarida,    jumladan,    ―O’zbekiston  XXI  asr 
bo’sag’asida,  xavfsizlikga  tahdid,  barqarorlik  shartlari  va  tarraqiyot  kafolatlari‖ 
kitobidan    BMT  ning    48    va    50    sessiyasida  so’zlagan  nutqlarida  tinchlik 
borasidagi  siyosatni  batafsil  bayon  qilib  bergan.  Odamlar  bir-birlari  bilan 
uchrashganlarida  avvalambor  ―Assalomu  alaykum‖  deyishadi.  Ushbu  so’z 
arabchadan olingan ―Tinchlik‖ so’zi Qur’oni Karimda 40 marta uchraydi. Tinchlik 
inson uchun havo va suvdek zarur.Tinchlik insoniyat uchun eng qadriyat va buyuk 
ne’matdir. 
            Tinchlik  hukmdorlik  qilgan  jamiyat  barqaror  rivojlanadi,  oilalar  tinch, 
odamlar baxtiyor yashaydilar. 
            Shunday    ekan,    tinchligimiz    rahna    solayotgan,  jamiyatimiz  beqaror 
qilishga    urinayotgan    har  qanday  oqimlarga  qarshi  kurash  masalasi  ijtimoiy, 
siyosiy,  ma’naviy  hayotimizda  yechimini  kutayotgan  hozirgi  kunning  dolzarb 
muammolaridan biridir. 
             Mamlakatimizga    XX    asrning    80-yillarida    diniy  ekstremistlar  o’zlarini 
dinning  himoyachisi, dindosh, va xalq’imizga do’st deb kirib kela boshladilar, ular 
mahallarda,  masjidlarda  islom  dinining  sofligi  uchun  kurashga  da’vat  qildilar. 
Maqsadi  dushmanlik  bo’lgan  bunday  kishilar  o’zlarining  chiroyli  da’vatlari  bilan 
ba’zi bir hayotiy tajribasi, ko’nikma va malakasi yetarli bo’lmagan, ochiq ko’ngilli 
yoshlarimizning    ishonchiga    kirib    oldilar,    ularni    o’zlariga    ergashtirishga 
urindilar,  qaysidir  ma’noda  bunga  qisman  bo’lsada  erishdilar.  Afsuski  ularnitng 
bunday qabih niyatlarini ota-onalar va yoshlar o’z vaqtida sezmadilar. 
                                                 
73
 Amalga oshirayotgan islohatlarimizni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati qurish- yorug’ kelajagimizning 
asosiy  omilidir.  Prezident  Islom  Karimovning  O’zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  21  yilligiga 
bag’ishlangan  tantanali  marosimdagi  ma’ruzasini  o’rganish  bo’yicha  o’quv-uslubiy  qo’llanma  /  U.G’ofurov  va 
boshqalar.-T.: ―O’qituvchi‖ NMIU, 2014,-74 bet. 
 


86 
 
              Bunday  razil  kimsalar  ma’lum  yoshlarimizni  dinning  asl  mohiyatini 
bilmasliklaridan,  g’o’r  bo’lganliklaridan,  o’tish  davridagi  turli  muammolarni 
ro’kach  qilib,  hali  mukammal  shakllanmagan  dunyoqarashlarini  jaholat  bilan 
zaharlashga va jinoyat botqog’iga botirishga ulgurdilar ham. 
           Diniy  ekstremistik  harakatlar  O’zbekistonga  aslida  qachondan  boshlab  kirib 
kela boshladilar degan haqli savol tug’iladi: 
           Aslida    maqsadlari    yovuzlikdan    iborat    bo’lgan    diniy    ekstremistlar  va  
diniy    aqidaparastlar    xorijiy  davlatlarda  o’zlarining  faoliyatlarini  keng  tarmoqda 
olib  borgan  bo’lsalarda,  hozirgi  MDH  davlatlari  hududlariga  kirib  kelishlari  XX 
asrning  oxirlariga  borib  taqaladi.  Bunda  sobiq  Sho’ro  davlatining  parchalinishi, 
boshqa    mustaqillikka    erishgan    yosh  davlatlar  qatori  O’zbekistonda  o’tish 
davrining  vujudga  kelganligi  ularga  juda  katta  qulaylik yaratib bergan. Bunda 
biz  eski    kommunizm    dogmasiga      asoslangan  mafkurani  rad  etib, butunlay  yangi 
erkin  fikrlarni  va  har  tomonlama  demokratik  munosabatlarni  yoqlab  chiq’uvchi 
mafkurani  qabul  qilishimiz,  demak  eskini  o’rniga  yangini  qabul  qilishga  harakat 
etganimizdir.  Inson  ongi  eskicha  dunyoqarashni  birdan  rad  eta  olmaydi  va  yangi 
dunyoqarashni    birdan    qabul  eta  olmaydi.  Bu  juda  murakkab  jarayon.  Chunki 
barcha    bo’layotgan    jarayonlarni    to’laligicha    asl  mohiyatini  anglash  uchun  
insonda bilim  va  malakani  yetarli bo’lishi,  dunyoqarashi keng  shakllangan bo’lishi 
zarur.    Afsus    hammaning    dunyoqarashi    darajasi  bir  xil  bo’lmaydi.  Buning 
obyektiv    va    subyektiv    sabablari  ko’pdir.  Eskining  inkor  etilishi  va  yangining 
qabul  qilinishi  uchun  ma’lum  vaqt  kerak  bo’ladi.  Ana  shu  vaqt  davomida  inson 
ongida,    aniqroq    qilib    aytganda    ko’proq    yoshlar    ongida  g’oyaviy  bo’shliq 
bo’ladi.    Turli    zararli    oqimlar    mana    shu    bo’shliqni    yot    g’oyalar  bilan 
to’ldirishga harakat qiladilar. O’zbekistonga kirib kelgan yot va manfur mafkuralar 
ham ana shunday maqsadni oldilargiga qo’yganlar. 
             Inson    yer    yuzidagi  tartib    va  osoyishtalikka  mas’ul  shaxsdir.  Shunday 
ekan,  diniy    ekstremizm    va    terrorizmga  qarshi  kurash  odamzodning  birinchi 
galdagi  vazifasidir. Diniy    ekstremizm    va    terrorizmga    qarshi kurashda  ma’naviy 
va mafkuraviy tarbiyaning roli juda kattadir.  Ular quyidagilardan iborat


87 
 
           Ma’naviy tarbiya sistemasi: - ma’naviy sog’lom muhit yaratish; 
          - odamlar, xususan, yoshlarning diniy va dunyoviy bilimlarini oshirish: 
          -  milliy  qadriyatlarni  tiklash,  tariximizni  xolis  va  chuqur  o’rganish, 
ajdodlarimiz xotirasini yod etish
             Milliy    qadriyatlarning    asosini    komil    insnni    tarbiyalash    muammosi 
asosiy  o’rinda  turadi.    Jumladan:  Islom  dinida  falsafiy  tafakkur  va  hurfikrlilikka 
keng    yo’l    ochib    bergan    tasavvufning    irfon    falsafasi  o’rta  asrlarda  diniy-
mazhabiy    mutaassiblik    va  jaholatga  qarshi  kurashda  shakllangan  dunyoqarash 
sifatida    bugungi    kunda    ham  o’ziga  xos  ahamiyatga  ega.  Insonparvarlik, 
hurfikrlilik  va  diniy  bag’rikenglik  g’oyalariga  asoslangan  bu  qudratli  ma’naviy-
ma’rifiy  dunyoqarash,  ayniqsa,  xozirgi  islom  olamida  katta  siyosiy-ijtimoiy 
o’zgarishlar yuz  berayotgan bir davrda vujudga kelayotgan aqidaviy muammolarni 
ijobiy hal etish,  diniy fundamentalizm va ekstremizmning zararli g’oyalariga qarshi 
mafkuraviy    kurash  olib  borish  va  nihoyat,  islom  dinining  asl  mohiyati  ma’rifat 
ekanligini    ilmiy    nuqtai  nazardan  ko’rsatib  berish  masalasida  ham  ilmiy-nazariy 
asos sifatida xizmat qilishi mumkin. 
             Ikkinchi    tomondan,  tasavvuf  ko’p  hollarda  shariat  arkoniga  suyangan 
bulsa-da,    u  diniy    akidaparastlik  va  mutaassiblik  (fanatizm)ga  ziddir.  Shuning 
uchun ham bu ta’limot hozirgacha dunyodagi turli xalkdar ijtimoiy, falsafiy, badiiy 
tafakkurida  keng    o’rin    egallagan    va    chuqur  ildiz  otgay.  Shu  bois  hozirgi 
murakkab    sharoitda    turli    g’oyaviy  oqimlar,  siyosiy  yo’nalishlar  urtasidagi 
kurashda  Prezident  I.A.Karimovning:  "g’oyaga  qarshi  faqat  g’oya,  fikrga  qarshi 
faqat  fikr,  jaholatga  qarshi  faqat  ma’rifat  bilan  bahsga  kirishish,  olishish 
mumkin...‖
74
,—degan  ko’rsatmasidan  kelib  chiqqan  holda,  Markaziy  Osiyo 
mutafakkirlarining  irfoniy  va  axloqiy  qarashlarida  insonparvarlik,  diniy 
bag’rikenglik,  ado-latparvarlik  tuyg’ulari  bilan  yo’g’rilgan  g’oyalarning  diniy 
                                                 
74
  Milliy  istiqlol  g’oyasi:  asosiy  tushunchalar,  tamoyillar  va  atamalar    (qisqacha  izohli  tajribaviy  lug’at)  –
Toshkеnt.:―Yangi asr avlodi‖, 2002 y-37 bet. 
 
 


88 
 
adovat va mazxablararo nizolarga qarshi kurashdagi ahamiyatini falsafiy tahlil qilish 
ma’lum ilmiy va amaliy ahamiyatga egadir. 
              Mutasavviflar — Xoja Abdulholiq’ G’ijduvoniy (1103-1179), Xoja Ahmad 
Yassaviy, Aziziddin Nasafiy ( XIII—XIV asrlar, tug’ilgan va vafot etgan yili aniq, 
ma’lum emas), Najmiddin Kubro (1145-1221), Xoja Baxouddin Naqshband (1318-
1389), Abduraxmon Jomiy (1414— 1492)larning diniy mutaassiblik, mazxablararo 
adovat  va  nizolarni  ma’naviy  jixatdan  inkor  kiluvchi  g’oyalarining  tahlili  asosida 
dalillashga harakat qilamiz. 
           Hozirgi  davrda  diniy  ekstremizm  va  terrorizmga  karshi  kurashda  Markaziy 
Osiyo mutasavviflari ma’naviy merosining goyaviy va mafkuraviy axamiyati xakida 
kuyidagicha xulosa kilish mumkin: 
         -  tasavvuf  namoyondalari  o’zlarining  diniy  bag’rikenglik,  mazhablararo 
murosasozlik, turli dinlarga e’tiqod qiluvchi halqlar o’zaro hurmat-ehtirom g’oyalari 
bilan  bir  necha  asrlar  davomida  xalqimizni  insonparvarlik,  tinchliksevarlik, 
hamkorlik, hamjixatlik ruxda tarbiyalashga xizmat qildilar
         -  oila,  maktab,  mahalla  hamkorligini  ta’minlash  va  ularning  tarbiyaviy  rolini 
oshirish; 
        - ijtimoiy va siyosiy institutlar faoliyatini kengaytiritsh. 
           Mafkuraviy tarbiya sistemasi: 
        - jamiyatda mafkuraviy bo’shliqqa yo’l qo’ymaslik; 
         -  Vatanparvarlik,  xalqparvarlik  va  millatparvarlik  g’oyalarini  omma  ongiga 
singdirish;  Vatanparvarlik    tamoyili  Islom  dinida  alohida  tahlil  etiladi.  Sababi,  bu 
tamoyil  axloqiy    nuqtai  nazardan  olinganda,  ijobiy  bo’lib  har  bir  kamolot  sari 
intiluvchi shaxs uchun  alohida  ahamiyatga egadir. Ammo islom dini ekstremistik 
oqimlari buni boshqacha  tasniflaydilar. Masalan, ular Islomiy geografik bo’linishni 
tan olmaydilar. Shuning  uchun  ham  o’z  harakatlarida  asl  maqsad  etib  Islomiy 
davlatni  (Xalifalikni)  barpo    etishni  belgilaydilar.  Ular  nazarida  Vatan  uchun 
kurashish  makon, demak,  moddiylik  uchun  kurashish  bilan  tenglashtiriladi.  Ammo 
qizig’i  Islomiy    xalifalikni    tuzishni,    uning  dahlsizligiga  erishishni  talab  etadilar. 
Aniqroq  aytganda    ular    o’z    g’oyalarini    o’zlari    inkor  etadilar.  Keling 


89 
 
Vatanparvarlik    tamoyilini    mufassal  tahlil  etaylik.  Islomiy  ta’limotlarda  Vatan  – 
ona    yurt    deb  e’tirof  etiladi.  Bunda  keng  va  tor  ma’noda  ishlatish  kerakligi 
uqtiriladi.    Keng    ma’noda  Vatan  inson  yashab  turgan  makon,  tor  ma’noda,  bir 
insonning    oilasi,    yashash    makoni,    mahallasi,    diyori  tushuniladi.  Muqaddas 
manba ―Qur’on‖ da bir insonni o’z vatanidan badarg’a qilish, quvib yuborish og’ir 
gunoh ekanligi aytiladi (Baqara 84-oyat). 
           Bundan    tashqari    hazrati    Imom  Buxoriyning  ―al-Jomi’,  as-Sahih‖ 
to’plamida  Vatann i qo’msash,  uni sevish haq’ida keltirilgan bir hadisda  shunday 
deyiladi:  ―Oisha  onamiz  raziyallohu  anho  rivoyat  qiladilar:  ―Rasulliloh  sallallohu 
alayhi  vasallam  Madinaga  kelganlarida  Abu Bakr bilan Bilol isitmalab qolishdi. 
Men    ularning  huzuriga    kirib:‖Ey,  padari  buzrukvor(ya’ni  Abu  Bakr),  ey,  Bilol, 
o’zingizni nechuk his etmoqdasizlar?‖,-deb so’radim. Abu Bakr isitma zo’riqqanda: 
         ―Uyimda bo’lsaydim jon chiqar mahal,  
         Poyabzal  ipidan  yaqindir  ajal‖,-  der  edi.  Demak,  Vatanparvarlik  tamoyilini 
yoshlar ongida shakllantirish, kengroq mohiyatini anglatish zarurat ekan. 
             -  odamlar  ongiga istiqlol  mafkurasini singdirish, milliy  g’oya  tamoyillarini 
tushuntirish; 
            -  demokratik  munosabatlarni  yanada  chuqurlashtirish,  iqtisodiyotni 
erkinlashtirish, kuchli ijtimoiy siyosat yurgizish: 
            -    istiq’lol  qadriga  yetish,  mute’likdan  jirkanish  va  unga  qarshi  qobiliyatni 
har bir inson qalbida shakllantirish va rivojlantirish. 
               Diniy  ekstremizm  va  terrorizmga  qarshi  kurashda  g’oyaviy  tarbiya 
fuqarolik    mas’uliyati,    iymon,  e’tiqod,  ijtimoiy-siyosiy,  ma’naviy  va  ma’rifiy 
muhit,  sog’lom  g’oya,  siyosiy  ong  va  huquqiy  madaniyat,  an’anaviy,  yangicha 
ilg’or  fikrlar,  oilaviy  tarbiya,  muassasalarining  yetakchilik,  tarbiyachilik  rolini 
oshirib  borish  talab  etiladi,  shundagina  odamlarimiz  terrorizm  tuzog’iga  tushib 
qolmaydi, yo’lidan adashmaydi. 
             Jamiyatni  rivojlantirishdan  bosh  maqsad – yurt  tinchligi,  Vatan ravnaqi, 
xalq    farovonligi,    komil  insonni  tarbiyalash,  ijtimoiy  hamkorlik,  millatlararo 
totuvlik    va    diniy    bag’rikenglik  kabi  muhim  g’oyalarini  qaror  toptirishdan 


90 
 
iboratdir.    Buning  uchun  diniy  ekstremizm  va  diniy  aqidaparastlikka  qarshi 
kurashish kerak.    Bunda   turli   usullardan   oqilona   va  o’rinli    foydalanish   zarur. 
Ana shu usullarni ikki guruhga ajratib olamiz: 1.Ma’naviy. 2.Ma’rifiy. 
              Aslida  ikki  usullar  ham  bir-biriga  uzviy  bog’liq’  bo’lib,  bir-birini  taqozo 
etadi va to’ldiradi. 
              1.Ma’naviy usullarga: 
              Ma’naviy  sog’lom  muhit  yaratishda  tashviqot  va  targ’ibot  usulidan 
foydalanish.  Tashviqot  va  targ’iot  usuli  ham  o’z  holicha  ma’lum  shakllarga 
ajratiladi: 
               Ma’lum o’quv seminar-treninglar, davra suhbatlari tashkil etish.  
               Ommaviy  axborot  vositalari  yordamida  (Ilmiy-ommabop,  hujjatli 
kinofilmlar, badiiy kinofilmlar, multfilmlar,teatr, musiqa, qo’shiq’ va boshqa san’at 
tur va janrlari yordamida ko’rgazmali) tashviqotlar olib borish. 
               Milliy  qadriyatlarni  tiklash,  tariximizni  xolis  va  chuqur  o’rganish, 
ajdodlarimiz xotirasini yod etish; 
               Milliy qadriyatlardan- marosimlar, an’analar, urf-odatlar, axloqiy-madaniy 
munosabat  me’yorlari.  Bunga,  milliy  bayramimiz    Navro’zni  nishonlashda-  yurt 
tinchligi,  Vatan  ravnaqi,  xalq  farovonligi,  komil  insonni  tarbiyalash,  ijtimoiy 
hamkorlik,  millatlararo  totuvlik  va  diniy  bag’rikenglik  kabi  muhim  g’oyalarni 
targ’ib etadigan marosimlar, an’analar, urf-odatlarning  o’rganilishi, qo’llanilishi va 
vorisiyligini ta’minlash yot g’oyalarga qarshi kurashda qo’l keladi. 
             Milliy  merosimizni  holis  va  to’g’ri  o’rganish.  Bunda  axloqiy  tamoyillar 
uchun  zahmat  chekkan  ajdodlarimiz  nomlarini  doimo  yodda  tutishimiz,  ularning 
ta’limotlarini to’g’ri va mukammal o’rganishimiz kerak. 
             Barcha  ma’naviy  usullar  bevosita  ma’rifiy  usullar  yordamida  olib  boriladi, 
shunda ma’lum natijalarga erishish mumkin. 
           2. Ma’rifiy usullarga: 
           Ta’lim-tarbiya  sohasidagi  faoliyat  kiradi.  Shundan  ta’lim  sohasi  quyidagi 
bosqichlarga bo’linadi va o’ziga xos ma’rifiy usullar qo’llaniladi: 


91 
 
          Oilada,  mahallada,  davlat  va  jamiyatda  pand  va  nasihat,  ibrat  usullaridan 
foydalaniladi.Bunda  tushuntirishda  qisman  ilmiy  asoslar  bo’ladi,  ko’proq  hayotiy 
misollar keltiriladi. 
 
 Maktab,o’rta-maxsus 
va  oliy  ta’lim  sohasidagi  qo’llaniladigan 
usullar.Bular  ilmiy  bilimlar,  turli  ta’limotlardan  iborat  bo’lib,  ularni  yangi 
innovatsion  pedagogik  texnalogiyalar  yordamida  amalga  oshirish  mumkin.  Bunda 
o’quvchi  va  talabalar    erkin  mushohada  yuritishlari,  har  bir  masalaga  ijodkorona 
yondashuvlar zarur. 
    
 Barcha  ma’rifiy  usullarni  qo’llayotganda  yoshlarga  rag’bat  berish, 
ilhomlantirish  asosiy  o’rin  tutadi.  Yoshlar  biror  xato  fikrlarni  aytganlarida, 
shoshilmasdan  ularning  mulohazalarini  to’g’rilash,  ularga  har  qanday  holatda 
jaholatga  qarshi  ma’rifat  bilan,  g’oyaga  qarshi  g’oya  bilan  javob  berishga  harakat 
qilmoq lozim. 
           Pedagogikaning  an’anaviy  va  zamonaviy  innovatsion  usullaridan  ham 
ratsional foydalanish juda zarur, noto’g’ri qo’llash aks natijani berishi mumkin. 
           Oila  –  maktab  -  mahalla  hamkorligini  ta’minlash  va  ularning  tizimli 
aloqalaridan foydalanish, yaxshi samara beradigan usuldir. 
Ijtimoiy  va  siyosiy  institutlar  faoliyatini  kengaytirish, ularning  harakatlarida  davlat 
tinchligiga  xavf  tug’diruvchi  yot  kuchlarga  qarshi  doimo  kurashib  borish  rejasini 
dasturlariga  albatta  kiritish  kerak.  Zero,  barcha  diniy  ekstremizm  va  aqidaparastlik 
kuchlarining  asosiy  maqsadlari  siyosiy  institutlar  faoliyatlari  bilan  bog’liq.  Ular 
asosan davlatni egallash maq’sadini qo’yadilar. 
           O’zbekiston  davlatining  kelajagi  va  tinch-osuda  hayoti  haqida  mulohaza 
yuritar  ekanmiz,  prezidentimiz  Islom  Abdug’aniyevich  Karimov  tomonidan  ishlab 
chiqilgan ―O’zbek modeli‖ ga asoslanishimiz, unda ta’kidlangan bosh g’oyalar biz 
uchun nazariy asos bo’lmog’i zarur. ―O’zbek modeli‖ dan kelib chiqib, O’zbekiston 
taraqqiyoti nimalardan oziqlanadi? 
          1.Avvalo dunyoda rivojlangan davlatlarning erishgan yutuqlaridan. 
          2.Milliy qadriyatlardan. 
          Modeldan ko’zlangan asosiy maqsad kelajakda vatan ravnaqi uchun: 


92 
 
          1. Erkin fikrlovchi shaxsni tarbiyalash. 
          2. Vatanparvarlik tamoyilini shakllantirish. 
         Zero,  faqat  Vatanparvar  shaxslargina  yot  kimsalarning  manfur  g’oyalariga 
qarshi  qaqshatqich  zarba  bera  oladilar.  Erkin  shaxslargina  har  qanday  yovuz 
g’oyalarga qarshi ezgu g’oyalarni, jaholatga qarshi ma’rifatni qo’rq’may, xalq’ining 
g’ururi, millatining nomusi, yurt tinchligi uchun hur fikrlarini dadil ayta oladilar va 
sadoqatli  bo’ladilar.  Diniy  ekstremizmga  qarshi  kurashishda  milliy  g’oyani,  milliy 
mafkurani,  axloqiy  tamoyillarni,  diniy  bag’rikenglik,  Vatanparvarlik,  xalq 
farovonligi,  yurt  tinchligini  asrash,  boyitish,  ajdodlarga  vorisiylik  bilan  xolisona 
yetkazish  har  birimizning  burchimizdir.  Bundan  san’at  va  sport,  ulardagi  turli 
nazariy va amaliy usullar ham yordam beradi. San’at va sport hammani birlashtira 
oladi. Xalqni, millatni bir ezgu g’oya oldida birlashtiradi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
             


93 
 

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin