O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI PEDOGOGIKA-PSIXOLOGIYA FAKULTETI PSIXOLOGIYA YO’NALISHI 17.15-GURUH TALABASI DADAJONOVA DAVLATOYNING KURS ISHI MAVZU: DIQQAT VA XOTIRA FAN: UMUMIY PSIXOLOGIYA BAJARDI: D.DADAJONOVA TEKSHIRDI: F.SOLIYEV
FARG’ONA-2020 MUNDARIJA: KIRISH…………………………………………………………………………3-6
I BOB. PSIXIK HODISALAR, HOLATLAR, JARAYONLAR HAQIDA TUSHUNCHA. 1.1 Psixik hodisalar, holatlar, jarayonlar haqida tushuncha……………………7-11
1.2 Sеzgilarning umumiy qonuniyatlari………………………………………11-16
1.3 Bilish jarayonlari haqida tushuncha …………………………………....…16-17
1.4 Bilish jarayonlari va professional faoliyat……………………………...…18-19
II BOB. DIQQAT VA XOTIRA JARAYONLARINING UMUMIY QONUNIYATLARI 2.1 Diqqatning mohiyati, diqqatning fiziologik asoslari va psixologik nazariyalari……………………………………………………………….…....20-26
2.2 Diqqatning vazifalari va turlari, diqqatning xossalari, diqqatning xossalari………………………………………………………………….….…26-35
2.3 Xotira haqida tushuncha va uning nerv fiziologik asoslari va xotiraning psixologik nazariyalari.………………………………………….…36-42
2.4 Xotira jarayonlari va turlari. va xotirani o`rganish metodlari va amaliy tavsiyalar…………………………………………………………..………..…42-60
XULOSA……………………………………….………………………….….61-62
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………...…...........................63
KIRISH Ma’lumki, odamlar bir-birlaridan ko`p jihatlari bilan farq qiladilar. Masalan, ayrimlar ko`rgan-kechirganlarini juda yaxshi esda olib qolib, kerak vaqtda aniq esga tushira oladilar. Ba’zilar ko`zi bilan ko`rgan har qanday ob’ektni mayda detallarigacha bayon etish qobiliyatiga ega. Yana birlari eshitgan narsalari xususida aniqroq fikrlaydi, kimdir sodda, ravon tilga o`z his-kechinmalarini ayta olsa, boshqalar — har bir hikoyaga albatta, fantaziya elementlarini qo`shishga moyil bo`ladilar. Demak, odamlarning tashqi olamdan oladigan taasurotlari va ularni ongda tartiblashtirish qobiliyatlari har xil bo`larkan. Ikkinchi tomondan, shunday kasb-korlar borki, u shaxsdagi u yoki bu sifatlarning mukammalashib borishiga imkon beradi. Masalan, yirik avtomatik boshqaruv tizimlarida ishlaydigan operator o`z diqqatini har qanday mayda o`zgarishlarga ham qaratishga o`rgansa, konstruktor mavhum matematik hisob-kitoblarga usta bo`lib boradi. Iqtisodchi-moliyachi pulning har bir tiyinidan foyda olishga o`rgansa, shoir tabiatan barcha xodisa va voqealarni badiiy bo`yoqlarda, o`ziga xos idrok qilishga moyilligi oshadi. Demak, odamning tashqi olam xossa va xususiyatlarini ongida aks ettirishi uning iqtidori o`sishi va professional malakalari rivojlanganligiga bog`liq tarzda kechadi. Shuning uchun har ongning muhim aks ettirish shakllari bo`lmish bilish jarayonlari — idrok, sezgilar, xotira, diqqat, tafakkur, iroda va hissiyotlarning inson hayoti va professional o`sishidagi roliga to`xtab o`tamiz.
Bu jarayonlar insonga juda yaqin va tanish. Chunki har birimiz ongimiz borligini, atrofdagi narsalar va xodisalarning ayrim alohida hamda yaxlit xususiyatlarini bilamiz. Bu narsa va xodisalar bizda har bir alohida sharoitda o`ziga xos hissiy-kechinmalarni keltirib chiqarishini ham bilamiz. Masalan, qorningiz och qolganda, yemishga bo`lgan talabingizni haqiqatan bor yoki yo`qligini birovlardan so`ramaysiz-ku? Yoki kitob mutoala qilayotgan shaxs shu kitobni rost bilan ham o`zi o`qiyotganligini boshqalardan so`ramaydi. Bunday ishlar o`z-o`zidan tabiiy jarayonlarday kechaveradi. Faqat imtihon paytida kecha kechasi bilan mutoaala qilib, o`rganib chiqqan materialni nega hozir domla oldida eslay olmayotganligingiz sizni ko`proq qiziqtiradi va siz «Xotiram ustida ishlashim kerak» degan xulosaga kelasiz.