Mavzu: diqqat va xotira fan: umumiy psixologiya bajardi: D. Dadajonova


O’rganilayotgan mavzuning maqsad va vazifalari



Yüklə 267 Kb.
səhifə3/16
tarix05.05.2023
ölçüsü267 Kb.
#107768
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Mavzu diqqat va xotira fan umumiy psixologiya bajardi D. Dada

O’rganilayotgan mavzuning maqsad va vazifalari. O’rganilayotgan mavzuning maqsadi diqqat va xotira jarayonlarining mohiyatini anglash, hamda ularning neyro-fiziologik asoslarini o’rganish, shuningdek, diqqat haqidagi psixologik nazariyalarni chuqur o’rganishdir. Shu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni

  • Diqqat va xotira tushunchasi anglash;

  • Diqqat va xotiraning neyrofiziologik asoslarini o’rganish;

  • Diqqat va xotira haqida psixologik nazariyalar bilan tanishish;

  • Ularning turlari, xossalari, hamda vazifalarini tahlil qilish;

  • Shaxs rivojlanishida diqqat va xotira jarayonlarini ahamiyatini tahlil qilishdan iborat.

O’rganilayotgan mavzuning ob`ektlari va predmeti. O’rganilayotgan mavzuning ob’ekti va predmeti psixik hodisalar, jarayonlarning hamda diqqat va xotirani o’rganishdagi psixologik va fiziologik nazariyalardan unumli fodalanish. Neyrofiziologik nazariyalar diqqat va xotira jarayonlarini fiziologik asoslarga, tamoyillarga asoslanib o’rganilsa, psixologik nazariyalar esa psixik hodisalar mohiyatini ochib berishga yordam beradi va shu orqali o’rganilayotgan kurs ishini predmetini ham o’zida aks ettiradi.
O’rganilayotgan mavzuning metodologiyasi. Mavzuning metodolgiyasi esa bevosita diqqat va xotira jarayonlarini, ularning neyrofiziologik tomonlarini hamda psixologik tomonlarini o’rganish maqsadida quyidagi metodlardan foydalanildi: kuzatish metodi, analiz-sintez metodi, intervyu metodi, suhbat metodi, eksperiment metodi, rasmlarni o’rganish metodi, tajriba-psixologik tadqiqot metodi, kichik guruhlarda ishlash metodi, test metodlaridan foydalanildi.
O’rganilayotgan mavzuning yangiligi. Mavzuning yangiligi shundan iboratki, diqqat va xotira jarayonlari avvaldan har bir psixologni o’ylantirib kelgan va ular turlicha qarashlarni taklif etishgan, biroq bu yondashuvlar, tortishuvlar hamon bir to’xtamga kelganlikni anglatmasa ham Diqqat va Xotira jarayonlari bo’yicha qimmatli nazariyalar va qimmatli ma’lumotlar yaratilishiga to’sqinlik qilgani yo’q. Mavzuning yangiligi, Diqqat va Xotira jarayonlari haqidagi neyrofiziologik hamda psixologik nazariyalar haqida chuqurroq o’rganilayotganligi hamda shu nazariyalar bilan yaqindan tanishish bo’ldi. Xorij psixologlari tomonidan taklif etilgan nazariyalar o’zining har tomonlama amaliy ahamiyatga ega ekanligi bilan ajralib turadi.

Yüklə 267 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin