Kombinatorikaning asosiy formulalarini aytib bering.
Ehtimollikning klassik ta’rifini aytib bering.
Klassik ehtimollikning asosiy хossalari qanday?
Biror hodisaning ma’lum ehtimolligi bo‘yicha qarama-qarshi hodisaning ehtimolligi qanday topiladi?
O‘yin kubigi ikki marta tashlanadi. Quyidagi hodisalarni aniqlang: A={tushgan raqamlar yig‘indisi 10 ga teng}; B={kamida bir marta 6 raqam tushdi}. A, B va AB hodisalarning ehtimolliklarini toping.
Javob: , ; ; ; ; .
Idishda 4 ta qora va 6 ta oq sharlar bor. Qaytarishsiz sхemada tavakkaliga 3 ta shar olinadi. Elementar hodisalar fazosini quring va har bitta elementar hodisa ehtimolligini toping.