Mavzu: Dorivor o’simlik mahsulotlarini qabul qilish va me'yoriy hujjatlar asosida tahlil qilish. Mahsulotni qabul qilish qoidalari, ularning chinlik va sifat mezonlarini amaldagi me’yoriy hujjat asosida aniqlash



Yüklə 394,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix06.07.2023
ölçüsü394,72 Kb.
#135891
1   2   3
4 nazariy

STANDARTLARNING KATEGORIYASI 
Standartlar ta’sir qilish sohasi, mazmuni va tasdiqlanish 
darajasiga qarab quyidagi kategoriyalarga va turlarga bo‘linadi:
1.
Davlat standartlari — GOST
GOST ko‘p miqdorda ishlab chiqariladigan hamda xalq 
ho‘jaligining hamma sohasida ishlatiladigan o‘simlik mahsulotlari 
uchun Gosstandartni qarori bo‘yicha tuziladi va tasdiqlanadi 
(kuchga kiritiladi, o‘zgartiriladi yoki bekor qilinadi). Tasdiqlangan 
GOST ga tegishli belgi beriladi. Bu belgi GOST indeksi, ro‘yxat 
nomeri va GOST ni tasdiqlangan yilidan tashkil topadi. Masalan: 
GOST 13.309.79. Bu belgida 13 — GOST indeksi, 309 — shu 
standart ro‘yxat nomeri, 79 — esa GOST ning tasdiqlangan yili.
Davlat standartlarini talablariga rioya qilish respublika miq- 
yosidagi hamma idoralarga, korxonalarga va muassasalarga 
majburiydir.
2.
Soha standartlari — OST.
OST biror sohaga tegishli korxonalarda, muassasalarda, 
idoralarda ishlatiladigan hamda ularga tegishli bo‘lgan namu- nali 
texnologik jarayon, normalar, talablar, qoidalar, usullar va 
boshqalarga ishlab chiqiladi va shu sohaning Vazirligi


(boshqarmasi) 
tomonidan 
tasdiqlanadi 
(kuchga 
kiritiladi, 
o'zgartiriladi yoki bekor qilinadi). OST talablariga itoat etish 
sohaning hamma korxonalari, idoralari hamda shu soha mah- 
sulotini ishlatadigan boshqa soha idoralari va korxonalari uchun 
majburiydir.
3.
Korxona standard — STP.
STP biror korxona uchun qabul qilingan norma, talablar, 
qoidalar, usullar va boshqalar uchun ishlab chiqiladi, korxona 
boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi (kuchga kiritiladi, o‘zgartiriladi 
yoki bekor qilinadi) va uning talablariga itoat etish shu korxona 
uchun majburiydir.
Dorivor vositalar va dorivor o'simlik mahsulotlari uchun 
me’yoriy-texnik hujjatlar SogMiqni saqlash Vazirligi tomonidan 
tasdiqlangan soha standard OST 42-1-71 «Dorivor vositalar va 
dorivor o‘simliklar mahsulotlariga me’yoriy-texnik hujjatlarni 
ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartiblari» ga binoan tuziladi. 
Me’yoriy-texnik hujjatlar dorivor vositalar sifatini doimiy ravishda 
yaxshilanishini ta’minlashi kerak hamda o‘z talablarini fan va 
texnika yutuqlari asosida doimo mukam- mallashtirishi lozim.
Dorivor vositalar va dorivor o‘simliklar mahsulotlariga 
ishlanadigan me’yoriy-texnik hujjatlar quyidagilar: Davlat 
standartlari — GOST, farmakopeya maqolasi — FS, vaqtincha 
farmakopeya maqolasi — VFS va soha standard — OST.
OST — ilmiy-texnik atamalar, umumiy texnik hujjatlar, 
texnologik normalar, qabul qilish qoidalari, belgilash — mar- 
kalash, saqlash, transportlarda jo’natish qoidalari va boshqalarga 
tuziladi.
GOST — ko‘p miqdorda ishlab chiqariladigan hamda xalq 
ho'jaligining hamma tarmoqlarida ishlatiladigan o‘simlik mah-
sulotlari uchun tuziladi va Gosstandart tomonidan tasdiqlanadi.
FS — Sogiiqni saqlash Vazirligi tomonidan tibbiyot sohasida 
ishlatishga ruxsat etilgan, ko‘plab, seriyalab ishlab chiqariladigan 
dorivor vositalar va dorivor o‘simliklar mahsulotlariga tuziladi, 
hamda Sog‘liqni saqlash Vazirligining Dori vositalari va tibbiy 
texnika sifatini nazorat qilish Bosh boshqarmasining boshlig'i 
tomonidan tasdiqlanadi.


VFS — Sog‘liqni saqlash Vazirligining Farmakologik qo‘mitasi 
tomonidan tibbiyot sohasida ishlatishga tavsiya etilgan, keyincha- 
lik ko'plab chiqarishga mo‘ljallangan yangi dorivor vositalaming 
sanoatda birinchi chiqarilgan nushalari va dorivor o‘simliklami 
yangi turlariga tasdiqlanadi.
VFS qisqa, lekin 3 yildan ziyod bo‘lmagan muddatga tas-
diqlanadi.
FS va VFS lar davlat standartlariga (GOST ga) tenglashtir- 
ilgan. Shuning uchun barcha dorivor vositalar va dorivor 
o‘simliklar mahsulotlarini ishlab chiqaradigan, nazorat qiladigan va 
ishlatadigan hamma korxona, muassasalar va idoralar FS va VFS 
talablariga itoat etishlari majburiydir.
Qadimdan keng miqyosda ishlatib kelinayotgan, kasalliklarni 
davolashda katta ahamiyatga ega bo‘lgan, o‘z qimmatini 
yo‘qotmaydigan dorivor vositalar va dorivor o‘simliklar mah- 
sulotlariga 
tuzilgan 
farmokopeya 
maqolasi 
Davlat 
farmakopeyasidan o‘rin oladi. Davlat farmakopeyasida bulardan 
tashqari yana turli maqolalar (fizik, fizik-kimyoviy, kimyoviy va 
biologik tahlil usul- lari, dorilarni tahlilida ishlatiladigan reaktivlar, 
indikatorlar, as- boblar, idishlar va boshqalar to‘g‘risida) bo‘lib, 
ular qonuniy kuchga ega. Shuning uchun Davlat farmakopeyasining 
dorivor vositalar va dorivor mahsulotiga bo'lgan talablarini bajarish 
ul- ami ishlab chiqaruvchi, nazorat qiluvchi, saqlovchi va ishlatuv- 
chi korxona, muassasa va idoralarga majburiydir.
Davlat farmakopeyasi va farmakopeya maqolasi vaqti-vaqti 
bilan qaytadan ko‘rib chiqiladi va yangidan tasdiqlanadi, eskilari 
esa o‘z kuchini yo‘qotadi. 
.
Dorivor o'simliklar mahsulotlariga tuzilgan hamma me’yoriy- 
texnik hujjatlar (FS, VFS, GOST va boshqalar) bir xil tuzi- lishga 
ega hamda ularda keltirilgan ma’lumot ham bir xil tartibda bayon 
etilgan.
Maqolaning sarlavhasida dorivor o‘simlik mahsulotining lo- tin, 
o‘zbek va rus tilida nomi beriladi.
Kirish qismida mahsulotni qanday o‘simlikdan (yowoyi holda 
o‘sadigan yoki o‘stiriladigan) va qachon tayyorlanganligi (yig‘ish 
davri yoki o'simlikning o‘sish fazasi), o'simlik va oilasining 
o‘zbekcha, ruscha hamda lotincha nomlari keltiriladi.


So‘ngra FS ning bo ‘limlari boshlanadi: 

Yüklə 394,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin