«Tashqi belgilari»
bo‘limida butun,
qirqilgan, kukun (poro- shok) holidagi
mahsulotga hos bo‘lgan morfologik belgilar ham- da mahsulotning rangi, hidi va
mazasi (zaharli bo‘lmagan mah- sulotlar uchun) beriladi.
«Mikroskopiya»
bo‘limida mahsulotning anatomik tuzilishidagi o‘ziga xos
diagnostik belgilar keltiriladi hamda mikroskopik tahlil
vaqtida bajariladigan
mikrokimyoviy reaksiyalar beriladi.
«Sifat reaksiyalar»
bo‘limida mahsulotning biologik faol mod- dalariga xos
va mahsulotning chinligini aniqlashda ahamiyatli reaksiyalar, xromatografik tahlil
hamda ulami bajarish usullari beriladi.
«Sonli ko‘rsatkichlar»
bo'limida mahsulotda bo‘lishi kerak bo‘lgan biologik
faol moddalar va ruxsat etiladigan namlik, umumiy kul, 10 foizli xlorid kislotada
erimaydigan kul hamda aralashmalar (shu o’simlikni
boshqa qismlari, nuqsonli
mah- sulot, organik va mineral aralashmalar va boshqalar) miqdorlari keltiriladi.
«Miqdoriy aniqlash»
bo‘limida mahsulotning asosiy ta’sir etuvchi biologik
faol moddasining miqdori (yoki biologik faolligi), aniqlash usullari to‘liq
keltiriladi yoki shu usullar Davlat farmakopeyasining
qayerida berilganligi
ko‘rsatiladi.
«Joylash»
(qadoqlash) bo‘limida GOST 6077-80 talablariga binoan qanday
idishda (qop, yashik, quti, xaltacha va boshqalar)
mahsulotni qanchadan
joylashtirilgani keltiriladi.
«Markalash» (belgi qo‘yish), «Transportda jo‘natish*
va
«Saqlash»
(bu
boMimlar FS da keltirilmaydi) bo'limlarida GOST 6077-80 talablariga ko‘ra
dorivor o‘simlik mahsulotlarining transport vositalarida jo'natish vaqtida,
markalashda ishlatiladigan bo‘yoqlarga hamda mahslotni omborlarda va
dorixonalarda saqlash vaqtida bajariladigan talablar keltiriladi.
«Yaroqlilik muddati»
bo‘limida keltirilgan tegishli
sharoitda saqlanganda
me’yoriy-texnik hujjatlar talablariga to‘g‘ri keladigan va kerakli joyida ishlatilish
xususiyatini yo‘qotmaydigan muddati ko‘rsatiladi.
Dorivor o‘simliklar mahsulotiga tuzilgan me’yoriy-texnik hujjatlar har besh yilda, VFS esa
ko‘rsatilgan muhlat (1-3 yil ichida) tamom bo‘lganida qayta ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi.