I bob. Xalqaro amaliyotda dori vositalari turkumlanishining asosiy prinsiplari va dorixona sharoitida dori turlari texnologiyasida ishlatiladigan asboblar
1.1. Xalqaro amaliyotda dori vositalari turkumlanishining asosiy prinsiplari
Dori vositalari turli oMchovlar bo‘yicha turkumlanishi mumkin. Masalan, farmakoterapevtik xususiyati bo‘yicha, ta’sir etish mexanizmi, dorixonalardan muomalaga chiqarish xususiyatlari, ishlab chiqaruvchi firmalar, dori shakllari bo’yicha va hokazo. Klassifikatsiyalash xili, qo’yilgan maqsad va ma’lumotlar iste’mol xususiyatlariga ham bogMiq.
Ilmiy izlanish jarayonida olimlar dori vositalarini turkumlashda ta’sir
mexanizmi, qo’shimcha reaktsiyalar, ta’sir etuvchi vositaning kimyoviy
tuzilishi va boshqalar bo’yicha foydalanishadi. Bunday turkumlashlar
amaliy sog'liqni saqlashda foydalaniladigan uslublarga qaraganda ko'proq
ahamiyatga ega. Farmatsevt marketologlar, vrachlar farmakoterapevtik
ko‘rsatkichlar bo'yicha (yurak-qon tomirlar, yalligManishga qarshi, qandli
diabet va boshqalar) hamda dorixonadan dorilarning retsept bo’yicha yoki
retseptsiz sotilishi bo'yicha turkumlashdan foydalanishadi.
0 ‘zbekiston Respublikasi va boshqa hamdo’stlik mamlakatlarida uzoq vaqt akademik M.D.Mashkovskiy tomonidan tavsiya etilgan dori vositalarini turkumlashdan foydalanilgan. U o‘z dolzarbligini hozirgi kunda ham yo'qotmagan. Bu turkumlashda vositalar farmakoterapevtik guruhlarga boMinadi .
Quyida klinik-farmakologik ko‘rsatkichlar bo’yicha va ta’sir mexanizmi bo‘yicha dori vositalarini turkumlashga misol keltirilgan (1 - rasm). Bu turkumlashda dori vositasini patentlanmagan xalqaro nomi hamda ma’lum Firmaga tegishli savdo nomi ko’rsatilgan.
Qator Yevropa davlatlarida dori vositalari dorixonadan beriladigan dorilar tartibiga muvofiq - retsept bilan va retseptsiz beriladigan dori vositalariga boMinadi. Bu “Odam uchun dori vositalari kategoriyasini aniqlash haqida”gi Yevropa Ittifoqi tomonidan 1992-yil 31-martda qabul qilingan Kengash dasturida aniqlangan. Dasturda dorixonalardan faqat maxsus retsept bo’yicha berilishi kerak boMgan vositalar ham ajratib ko’rsatilgan.
Jahon sogMiqni saqlash tashkiloti (JSST) turli davlatlar vrachlariga va farmatsevtlarga amaliy faoliyat uchun dori vositalarining ATS turkumlanish tizimini tavsiya etadi.
Ushbu tizim bozoming marketingli izlanishida, dori vositalari ehtiyoji va iste’moli tahlilida, reklama va boshqa jarayonlarda qoMlanilishi mumkin. ATS turkumlanish tizimini JSST tomonidan 1996-yilda tavsiya qilingan xalqaro standart deb qarash mumkin .
ATS turkumlanish tizimi - bu dori vositalarini ma’lum anatomic organ yoki sistemaga hamda ularning kimyoviy, farmakologik va terapevtik xususiyatlariga qarab guruhlarga bo'lishga asoslangan. Shunday qilib, ushbu turkumlanish bir nechta darajaga ega bo‘lib, har bir dori vositasiga ATS ning ma’lum guruhiga mansublik kodi beriladi.
Vositalar 5 ta turli darajali guruhlarga turkumlanadi.
Dostları ilə paylaş: |