Mavzu; Dorixona sharoitida dori turlari texnologiyasida ishlatiladigan asbob-uskunalar Mundarija Kirish Reja; I bob. Xalqaro amaliyotda dori vositalari turkumlanishining asosiy prinsiplari va dorixona sharoitida dori turlari texnologiyasida ishlatiladigan



Yüklə 220,8 Kb.
səhifə5/11
tarix02.01.2022
ölçüsü220,8 Kb.
#38850
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Dorixona sharoitida dori turlari texnologiyasida ishlatiladigan asbob-uskunalar

3 - daraja - kichik terapevtik (farmakologik) guruh. kodda bitta lotin harfi bilan belgilanadi.
A - Ovqat hazm qilish sistemasiga va metabolizmga ta’sir qiluvchi vositalar.
A02 - Antatsidli. me’da yarasiga qarshi va vetrogen vositalar.
A02A - Antatsidlar.
4 - daraja - terapevtik (farmakologik) kimyoviy kichik guruhni ifodalaydi. Kodda bitta lotin harfi bilan belgilanadi.
A - Ovqat hazm qilish sistemasiga va metabolizmga ta’sir qiluvchi
vositalar.
A02 - Antatsidli, me'da yarasiga qarshi va vetrogen vositalar.
A02A - Antatsidlar.
A02AV - Alyuminiy birikmalari.
5 - daraia - kimyoviy substantsiva (terapevtik faol vositaning xalqaro patentlanmagan nomi). Kodda 01 dan boshlangan ikkita arab sonlari bilan belgilanadi.
A - Ovqat hazm qilish sistemasiga va metabolizmga ta’sir qiluvchi vositalar.
A02 - Antatsidli, me’da yarasiga qarshi va vetrogen vositalar.
A02A - Antatsidlar.
A02AV - Alyuminiy birikmalari.
A02AV02 - Algeldratum .
RIVO Alyuminiy gidroksid - 500
’’Rivopharm” .
A02AV04 - Carbaldratum .
Alyugastrin “Polfa” va bosbqalar

- kombinatsiyalashtirilgan vositalarga (belgilangan kombinatsiyali faol moddalar; turli davlatlarda keng qoilaniladiganlari bundan istisno; masalan, diuretiklar va ß - adrenoretseptorli bloqatorlar);


- litsenziyalashga so’rov berilgunga qadar (rasmiy ro‘yxatga olinmagan) yangi substantsiyalarga;
- yordamchi vositalarga va xalq tabobati vositalariga.
ATS turkumlanish tizimida, agar vosita turli dori shakllarida chiqarilmasa va turli ta’sir kuchiga ega bo‘lmasa hamda turli tarkibli va iste’mol qilish uchun ko‘rsatmalar har xil bo'lmasa bitta koddan ortiq kodga ega boiishi mumkin. Masalan, bir joyga yoki tizimga bir dori vositasi ATS ning bir nechta kodiga ega.
ATS tizimi JSST tomonidan dori vositalarining milliy reestrlarini tuzish uchun tavsiya etiladi. ATS ning xalqaro kodlari yilda 2 marta qayta ko'rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Ulami: www whocc. umd. mo. Saytida topish mumkin. Bundan tashqari, ular “Who Drug”, “Information” va “Who Pharmacrutical News letter” ham nashr qilinadi.
ATS kodlarining to'liq turkumlanish indeksi dori vositalarini Statistik izlanish metodologiyasida hamkorlik bo’yicha JSST markazi tomonidan har yili qayta nashr qilinadi.

Ko‘p yillar davomida turli davlatlarda aholi sog‘lig‘ini saqlash harajatlarining asosiy qismi majburiy tibbiy sug‘urta tizimi orqali moliyalashtirilgan. Oltgan asrning 90-yillariga kelib bir qator davlatlarda tibbiy sug’urtani milliy tizimlari resurslarning jiddiy yetishmasligini boshdan kechira boshladi.


Bunga, asosan, quyidagi omillar sabab boigan:
- inson o‘rtacha umrining uzayishi natijasida aholi orasida yoshi ulug‘ odamlaming ko‘payishi (ularda surunkali kasalliklar ko‘p uchraydi va tibbiy yordam xarajatlari katta hajmda ishlatiladi);
- tibbiyot va texnika sohasidagi katta muvaffaqiyatlar natijasida amaliy tibbiyotda tibbiy xizmatlar spektri kengaydi;
- insonlarning hayot tarzi yaxshilanishi va ularning umumta’lim darajasi oshganligi natijasida iste’molchilar o‘z sog‘lig‘iga faol ta’sir ko‘rsata boshladilar, profilaktik tadbirlar va vositalarga qiziqish oshib bordi;
- dori vositalari bozorining jadal rivojlanishi.
SogMiqni saqlash resursini ikki yo‘l bilan ko'paytirish mumkin: sotsial ta’minot byudjetini kengaytirish va o‘z - o‘zini davolashni rag‘batlantirish. Birinchi holatda, fuqaro harajatlari, soliqlarni ko'payishi egiluvchan tizim yo‘li bilan kompensatsiya qilinishi mumkin. Ikkinchisida, fuqarolar sog'liqni saqlash bo‘yicha harajatlaming aksariyat qismini to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘z hisobidan toiaydi va bunda sog‘liqning ozgina buzilishini, davolash mas’uliyati va javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi.
Yevropa Ittifoqiga kirgan davlatlarda muammoning birinchi holati, odatda, kuzatilmaydi, chunki bu davlatlar byudjet harajati normalari muvofiqlashtirilgan (Yevropa Ittifoqi haqidagi Bitim, Maastrixt bitimi).
Aksariyat davlatlar sog‘liqni saqlash resurslar muomalasi ikkinchi holatga
bo‘ysunadi. Javobgar mustaqil davolanish konseptsiyani qabul qilinishi Sog‘liqni saqlash harajatlarini ijtimoiy muhofaza darajasida ushlab turishga va insonlami o‘z sog‘lig‘i haqida o‘zlari qayg‘urishi imkonini beradi.
Javobgar mustaqil o‘z-o‘zini davolashda - oson aniqlanadigan simptom va o‘zgarishlarni davolash uchun iste’molchi arzon dori vositalarini ishlatadi. Masalan, shamollash, bosh yoki mushak og"rig‘i, ovqat hazm qilishning buzilishi, yengil holsizlanish va boshqalar. Amalda o‘z-o‘zini davolashni oila a’zolariga, tanishlariga keng tarqatishi mumkin. 0 ‘z-o‘zini davolash vrach davolashiga alternativ bo‘la olmaydi, u o‘z chegaralariga ega.
Erkin sotuvda boMmagan dori vositalarini malakali maslahat va nazoratsiz iste’mol qilishda shaxsiv javobgarlikni olish o‘z-o‘zini davolashga kirmavdi.
Javobgar o‘z-o‘zini davolashni o‘tkazishda quyidagilarga rioya
qilishi kerak:
- retseptsiz sotiladigan dori vositalarini amaliyotga joriy etib tasdiqlangan buyruq va Davlat reestrida mavjudligi;
- retseptsiz sotiladigan dorilar bozori yuqori darajada rivojlangan bo‘lishi: assortimentning xilma-xilligi, vositalar to‘g‘risidagi obyektiv ma’lumotlardan erkin foydalanish;
- o‘ziga diagnoz qo‘yish qobiliyatiga ega boMish;
- aholi katta qismining yuqori to‘lovga qobiliyatliligi.
Javobgar o‘z-o‘zini davolash konseptsiyasi asoslari “Mustaqil davolanish uchun tibbiy mahsulotlar bahosi qo‘llanmasi”da to‘liq yoritilgan.
Bu konseptsiyada xususan quyidagilar aytilgan:
- Insonlar individual yoki kollektiv holda o‘z sog‘lig‘ini saqlash huquqiga ega va bunda shaxsiy sog‘liqni saqlash qoidalariga rioya qilib qatnashishga majburdirlar;
- tibbiy konsultatsiyalar talab qilinmaydigan kasalliklar simptomlarini tez va samarali bartaraf etish uchun iste’molchiga barcha sharoitlar yaratib berilishi zarur;
- malakali tibbiy yordam olish qiyin boMgan qishloq joylarda va ma’lum regionlarda aholiga javobgar o‘z-o‘zini davolashda amaliy davolanish yordamini kuchaytirishi kerak.

1.2. Dorixona sharoitida dori turlari texnologiyasida ishlatiladigan asbob-uskunalar va ruxsatnoma tizimi



Aseptik sharoitda dori vositalari tayyorlash uchun, asosan, katta dorixonalarda alohida izolyatsiyalangan xonalar ajratiladi.
Aseptik sharoitda dori vositalari tayyorlanadigan xonada optimal sanitariya-gigiena sharoiti yaratish uchun dorilami sterilizatsiya qiladigan avtoklavlar va boshqa apparatlar qo‘shni xonaga (koktoriyga) joylashtiriladi.
Koktoriy - dorixona xonalaridan biri bo‘lib, unda suv xaydaladi va assistent ishiga bog‘liq bo‘lgan har xil farmatsevtik jarayonlar: damlama va qaynatmalar tayyorlash, dorilami sterillash, qaynatish, bugiatish ishlari ham bajariladi.
Ba’zi dorixonalarda aseptik sharoitda dori tayyorlash uchun maxsus
blok-xonalar quriladi. Bloklar 3 ta seksiyadan iborat bo‘ladi:
a) aseptik xona
b) sterilizitsiya xonasi
g) tambur
Aseptik xonada dori vositalari tayyorlanadi. Sterilizatsiya xonasiga avtoklav, 200°S gacha isitadigan quritgich shkaf va boshqa sterilizatsiya shkaflari o‘matiladi. Tambur (boksdan oldingi xona)da farmatsevt sterillangan xalat qalpoqcha, tapochka (baxilla) lami kiyib, so‘ngra aseptik xonaga kiradi.
Bazi dorixonalarda aseptik sharoitda dorilar tayyorlash uchun maxsus xonalar bo'lmasligi natijasida, dorilami qisman aseptik sharoitda tayyorlash imkonini bemvchi stol bokslardan foydalaniladi. Aseptik blok havo tortish ventilyatsiyasi bilan jihozlanadi. Bunda mikroblar tarqalishini kamaytirish maqsadida harakatlanuvchi retsirkulyatsion havo tozalagichlar o‘matilishi tavsiya etiladi.
Aseptik blokda, tayyorlash, distilyatsiya, sterilizatsiya xonalarida
havoni zararsizlantirish maqsadida bakteritsid nurlatgichlar o‘rnatiladi.
Ular 1-2 soatga ish vaqtidan oldin yoqib ishlatiladi. Nurlatgichlarning
o‘chirgichlari xonaga kirishda joylashtiriladi. Nurlatgich o‘chirilgandan 15
minut keyin xonaga kirishga ruxsat etiladi.
Xodimlar ishlaydigan xonalarda bakteritsid nurlatgichlar yerdan 1,8-
2 m balandlikda o‘rnatiladi.
Aseptik blokga kiritiladigan jihozlar oldindan dezinfektsiya vositalari
bilan artiladi. Aseptik blokda ishlatilmaydigan jihozlarni saqlashi qat’iyan
man etiladi. Aseptik blok dorixonaning boshqa xonalaridan shlyuz bilan
ajratiladi. Aseptik sharoitda dori tayyorlaydigan xodimlar shlyuzga
kirishda steril xalat, 4 qavatli dokali niqob, qalpoqcha, baxillalar kiyadilar.
Doka niqoblarni har 4 soatda almashtirish shart. Aseptik blokdan
tashqarida nosteril sanitariya kiyimida yurish man etiladi.
Sanitariya kiyimlari bokslarda sterillanadi va berkitilgan bikslarda
saqlanadi (saqlash vaqti 3 sutkadan oshmasligi kerak).
Poyafzallar ish boshlashdan oldin va ish kuni tugagach tashqi
tomonidan dezinfektsiyalanadi va shkaflarda, yashiklarda saqlanadi.
Dorilarni tayyorlash uchun kerakli moddalar yopiq shkaflarda,
shtanglazlarda toza sharoitda saqlanadi. Shtanglazlar toidirishdan oldin
yuvib, sterillanadi.
Yordamchi materiallar (paxta, doka, pergament qog’oz, filtrlar va b.)
bikslarda yoki og‘zi berkitiladigan shisha idishlarda yopiq holda 3 sutka
saqlanadi. Ochilgan materiallar 24 soat mobaynida ishlatilishi zarur.
Biks har safar ochilgandan so'ng, yaxshi berkitiladi. Biks ichidan
buyumni sterillangan pintset bilan olish mumkin. Yordamchi materiallar
(pergament va filtr qog'ozi, kerakli oMchamlarda kesilgan dokadan
tayyorlangan tamponlar) sterillash uchun bikslarga tayyor holatda solinadi.
Idishlar yuvilgandan so‘ng sterillanadi, tiqinlanadi va jips
berkitiladigan shkaflarda saqlanadi. Shkaflar ichki tomonidan och rang
bo‘yoq bilan bo'yaladi yoki plastik bilan qoplanadi.
Aseptik sharoitda dori tayyorlash va qadoqlash uchun sterillangan
idishlar 24 soatdan ortiq saqlanmaydi.
Katta sig‘imli ballonlarni yuvilgandan so‘ng 30 daqiqa davomida
bug‘ bilan zararsizlantirilib, tiqin bilan tiqinlanib yoki steril pergament
bilan bogianib toza sharoitda 24 soat davomida saqlanadi.
Ko‘z tomchilarni va in’ektsion eritmalarni tiqinlash uchun tiqinlarni alyuminli qalpoqchalar tayyorlanadi va yuviladi. In’ektsion eritmalar va
ko‘z tomchilarini tayyorlashda kichik mexanizatsiya vositalarini qo‘llash
ularni zararsizlantirish yoki sterillash sharti bilan ruxsat beriladi.
Konsentrlangan eritmalar, yarim fabrikatlar, dorixona ichki mahsulotlarini aseptik sharoitda tayyorlab, ularni fizik-kimyoviy hossalariga va yaroqlilik muddatiga muvofiq saqlanadi. Aseptik blokda ishlamaydigan xodimlarga ushbu xonalarga kirish man etiladi.
Nosteril dori shakllarini tayyorlashda ishlatiladigan dori vositalari zieh berkitilgan shtanglazlarda (yoki boshqa idishlarda) saqlanishi kerak. Nosteril dori shakllarini tayyorlashda ishlatiladigan steril idishlarni saqlash muddati 3 kundan oshmasligi kerak.
Dorixonada tayyorlanadigan va qadoqlangan dorilarni berkitish
uchun tiqin vositalar sterillanib saqlanadi.
Dorilarni tayyorlashda va qadoqlashda ishlatiladigan kichik
mexanizatsiya vositalari ularni ishlatish qoMIanmasiga muvofiq yuviladi
va zararsizlantiriladi. Agar ishlatish qoMlanmasida ko‘rsatmaIar bo‘lmasa,
ish oxirida kichik mexanizatsiya vositalari ajratiladi, issiq suvda (50-60°S)
yuviladi, zararsizlantirilib, sterillanadi. Zararsizlantiruvchi moddalar
buyumlardan issiq suv bilan yuvilgach, distillangan suv bilan chayiladi va
toza holatda saqlanadi. Tayyorlangan matenallaming xossalariga binoan
buyumlardan zararsizlantiruvchi eritmalami issiq suvda yuvib, distillangan
suvda chayib toza holda saqlaydilar.
Har bir smenaning boshida tarozilar, shpatellar, qaychilar va boshqa
dorixona kichik jihozlarini 3% li vodorod peroksid eritmasi yoki spirt efirli aralashmasi bilan artiladi.
Byuretka moslamalari va tomizg‘ichlar har 10 kunda konsentratlardan bo‘shatilib, issiq suv (50-60°S) va xantal kukuni aralashmasi bilan yoki 3% li vodorod peroksid va 0,5% li yuvish vositasi eritmasi bilan yuvilib, distillangan suv bilan chayiladi. Yuvilgandan so‘ng u yerdagi suvlarda yuvish vositalarining qoldig'i aniqlanadi.
- Dori moddani har safar tortib yoki o‘lchab olgandan keyin shtanglazning og‘iz qismi va tiqini, shuningdek, qo‘l torozilari doka bilan artiladi. Dokali salfetkalar faqat bir marta ishlatiladi.
Ish jarayonida ishlatiladigan qog‘ozli va mumlangan kapsulalar, shpatellar, iplar, assistent (qadoqlash) xonasidagi qutilarda saqlanadi. Yordamchi materiallar yopiq jovonlarda toza holda saqlanadi.
In’eksiya uchun ishlatiladigan tozalangan suvni olish, tashish va saqlanishiga qo‘yiladigan sanitariya talablari:
- distillangan suvni olish va saqlash alohida shu maqsadga ajratilgan distiilyatsiya xonasida o‘tkaziladi. Ushbu xonada suv haydash bilan bog‘liq boMmagan boshqa ishlar o‘tkazilmaydi. In’eksiya uchun suv aseptik blokning distillash xonasida olinadi. Bu yerda suv haydash bilan bog‘liq bo‘lmagan har qanday ishlar qilish man etiladi.
- har kuni suv haydashdan oldin 10-15 daqiqa davomida akvadistillyatordan sovutgichni yoqmasdan bug‘ o‘tkazilishi kerak. Distillangan suvning birinchi tomchilari 15-20 daqiqa davomida to‘kilib, keyingisi yig‘iladi.
- toza sterillangan va bug‘ bilan ishlangan suv to‘plagichlarga olingan distillangan suv va in’eksiya uchun suv yig‘ilad¡. Ba’zan shisha ballonlarga yig‘ish mumkin. Suv to'plagichlar ustida “Distillangan suv”, “In’eksiya uchun suv” kabi yozuvlar bo‘lishi kerak. Agar bir nechta suv to‘plagichlar bir vaqtda ¡shlatilsa, ularga tartib raqami qo‘yiladi.
- Shisha suv to‘plagichlar ikkita teshikli tiqinlar bilan zich berkitilishi kerak, ular ballonlar uchun moslamalarga va tagliklarga o‘rnatiladi.
- Suv to'plagichlar shisha naychalar yordamida akvadistillyatorga biriktiriladi. Rezinali naychalar faqat shisha naychalarni biriktirish uchun ishlatiladi.
- Ish o‘rinlariga suv ballonlarda yoki suv o‘tkazuvchi naycha moslamalar orqali yuboriladi. Suv o‘tkazuvchi naychalar suvning sifatiga ta’sir etmaydigan materiallardan tayyorlanadi, shuningdek, yuvishga va zararsizlantirilishiga moslangan.
- naychalarni yuvilishi va zararsizlantirilishi yig‘ilishidan oldin kamida 14 kunda 1 marta o‘tkaziladi.
- shisha va metall naychalarni zararsizlantirish uchun avtoklavdan 30 daqiqa davomida kuchli bug‘ yuboriladi. Polimer materiallardan va shishadan tayyorlangan trubkalarni 6% li vodorod peroksid eritmasi bilan yuvib sterillanadi. Keyin distillangan suv bilan yuviladi. Trubkalarning tozalanganligi maxsus daftarda qayd etiladi.
- pirogen moddalardan shisha naychalarni va ¡dishlarni tozalash uchun ular 1% li kaliy permanganat eritmasi bilan 25-30 daqiqa davomida qayta ishlanadi. Eritmani tayyorlash uchun 10 qism 1% li kaliy permanganat eritmasiga 65 qism 1,5% li sulfat kislota eritmasi qo‘shiladi.
Naychalar qayta ishlangandan so‘ng in’eksion suv bilan yuviladi.
- distillangan suvni aseptik sharoitda 3 kundan ortiq saqlab bo‘lmaydi.
- in’eksion uchun suvni aseptik sharoitda 24 soat davomida saqlash mumkin.
Kasalxonalarning infektsion bodimlaridan kelgan idishlar dorixonada 1% li xloramin eritmasi bilan va yangi tayyorlangan vodorod peroksidning 3% li eritmasi va 0,5% li yuvish vositasi eritmasi bilan aralashmasi yordamida zararsizlantiriladi: Xloraminning aktivlangan eritmasini tayyorlash uchun xloramin oddiy suvda eritilib, teng ravishda aktivator qo‘shiladi. Bunda idishlar aktivlangan xloramin bilan 30 daqiqa davomida zararsizlantiriladi (2 kun davomida saqlangan xloramin eritmasi ishlatilganda idishlarni zararsizlantirish 2 soatgacha uzaytiriladi).
Vodorod peroksidi va “Dezmol” eritmasi aralashmasi oddiy suvda
tayyorlanadi. Ushbu eritmada idishlar 80 daqiqa davomida zararsizlantiriladi. 3%, li vodorod peroksid eritmasidan 1 litr tayyorlash uchun 120 mi pergidrol olib suv qo'shiladi. Shu eritmaga 5 g yuvish vositasi qo‘shiladi.



Yüklə 220,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin