Ma’lumki, hamma zamonlarda ham falsafa o’z davrining dolzarb
muammolarini hal etish yo’llarini topishga harakat qilgan. XX asrga kelib
insoniyat fan va texnika taraqqiyoti sohasida ulkan yutuqlarni qo’lga
kiritdi.
Lekin shu bilan birga, aynan ushbu asr ijtimoiy silsilalar,
ikkita
jahon urushi, ekologik inqiroz, og’ir yo’qotishlar davri ham bo’ldi. Bu
esa falsafiy fikrning taraqqiyotida o’z aksini topdi, uning turli yo’nalish
va oqimlari shug’ullangan muammolarning salmog’i,
maqsad-
muddaosini aniq belgiladi. Buning natijasi sifatida, hozirgi davr falsafasida
nihoyatda xilma — xil oqim va yo’nalishlar mavjud.
O’z navbatida bu ilm-fan va amaliyotning hamda XIX asrning ikkinchi
yarmi va hozirgacha bo’lgan falsafa ilmi rivojining asosiy xususiyatlarini
belgilaydi. Hozirgi zamon falsafasining
eng asosiy tamoyillari
umuminsoniylikning ustuvorligi, uning milliylik bilan uyg’unligi,
demokratik
erkinliklar,
inson
qadri,
biror
ta’limotni
mutlaqlashtirmaslikdir. Bag’rikenglik va tolerantlik
hozirgi falsafiy
ta’limotlar rang-barangligini ta’minlaydi
An’anaviy falsafada, turli g’oyaviy tizimlarga bo’linishiga qaramay, muhim
muammolarni hal etishda ma’lum bir umumiylik mavjud edi. Hozirgi
zamon falsafasida aksincha, falsafiy muammolarning ko’p xilligi va o’ziga
xosligi,
turli-tumanligi, ular asosida falsafiy oqimlarning mustaqil
yo’nalish sifatida shakllanganligi yaqqol ko’zga tashlanadi.