Masalan, neopozitivizm, neotomizm va boshqalar shular jumlasiga
kiradi. Fanning jamiyat hayotidagi o’rnini belgilash va unga
nisbatan munosabatga qarab, zamonaviy falsafiy ta’limotlarni asosan
ikki yo’nalishga ajratish mumkin. Ulardan biri — stsientizm (lot
scientia — fan) ya’ni fan mavjud barcha ijtimoiy muammolarni hal
etishi mumkinligini ilm-fan taraqqiyotining
doimiy ijobiyligini
asoslovchi
falsafiy
dunyoqarash.
Stsientizm
g’oyalari,
neopozitivizm, texnologik determinizm kabi ta’limotlarning
asosini tashkil etadi. Ikkinchisi — antistsientizm, ya’ni fan
taraqqiyoti jamiyat hayotiga salbiy ta’sir ko’rsatishini asoslovchi
falsafiy dunyoqarash. Bunday dunyoqarash ekzistentsializm,
frankfurt
ijtimoiy-falsafiy maktabi, Rim Klubining bir qator
tarmoqlarini, ba’zi diniy-falsafiy oqimlarning
fanga munosabatini
ifodalaydi.