Yevropa mutaffakirlari Platon, Boetsiy,R. Dekart, D. Yumning falsafaga oid qarashlarini qiyosiy tahlili



Yüklə 63,05 Kb.
tarix04.03.2023
ölçüsü63,05 Kb.
#86638
Falsa fanidan mustaqil ish mavzular


Yevropa mutaffakirlari Platon, Boetsiy,R.Dekart, D.Yumning falsafaga oid qarashlarini qiyosiy tahlili
FALSAFA, filosofiya — insonning dunyoda tutgan oʻrni va dunyoqarashining yaxlit tizimini ifodalovchi maʼnaviy faoliyatining bir shakli. Mil. 2—3-a. larda oʻtgan yunon faylasufi Diogen Laertskiyning shohidlik berishicha, yunon mutafakkiri Pifagor birinchi boʻlib oʻzini «filosof» deb atagan. Bu soʻz Geraklitning falsafiy taʼlimotida narsalarning tabiatini tadqiq etishga nisbatan qoʻllanilgan, tadqiqotchining oʻzi esa «filosof» deb atalgan. Keyinchalik «filosof» soʻzi har taraflama, keng, tushunarli va haqqoniy fikr yuritishga intiluvchi kishiga nisbatan qoʻllanilgan. Tarixiy maʼlumotlar yunoncha philosophia soʻzi arabchaga «falsafa» boʻlib oʻtganligi, arablar bu fanni «hikma» deb atashi, ruschaga «filosofiya» tarzida oʻtganligini tasdiqlaydi, demak falsafa bilan filosofiya soʻzlari bir xil maʼnoga ega.
Falsafaga haqiqatga eltuvchi taʼlimot sifatida yondashgan sokratchilar maktabi vakillari nuqtayi nazaridan karasak, «haqiqatga muhabbat», «haqiqatni sevish» degan maʼno kelib chiqadi. Falsafa haqida fan tarixida turlicha, hatto birbiriga qaramaqarshi qarashlar mavjud. Falsafaga hamma fanlarning boshlanishi, olamning asl mohiyatini va universal qonunlarini ochuvchi fan deb yondashishdan tortib uni oʻz tadqiqot obyekti va predmetiga ega boʻlmagan mavhum va oʻta umumlashgan, inson uchun foydasiz bilimlar majmui deb hisoblovchilar ham uchraydi. Insoniyat foydalanayotgan barcha bilimlar Falsafadan boshlanib, falsafiy xulosa bilan yakunlanadi. Falsafani fan darajasiga olib chiqqan Platon uni «mavjudlikni, mangulikni va doimiylikni bilish», Aristotel «narsalarning sabablari va asosiy tamoyillarini tadqiq etuvchi fan» deb bilgan, stoiklar uni nazariy va amaliy tafeilotlarga intilish deb, epikurchilar unga «aql vositasida baxtga erishish yoʻli» deb qaragan. Forobiy F. ni «hikmatni qadrlash» yoki fikrlash sanʼati deb bilgan. Oʻrta asrlar xristian Falsafasida u «tabiiy akl nuri vositasida erishiladigan dunyoviy donolik» (teologiya esa ilohiylik nuri vositasida erishiladigan ilohiy donolik) deb taʼriflangan.
Falsafa Bekon va R. Dekart F. ni «tushunchalar shakliga burkangan yaxlit, yagona fan» deb hisoblashgan. X. Volf F. ni «barcha mumkin narsalar va ularning qay maʼnoda va nega mumkinligi haqidagi fan» desa, Kant F. ga «dunyoni qanday tushunish haqidagi, butun bilishning inson aqlining tub maqsadlariga munosabati haqidagi fan» sifatida yondashishni taklif etadi. Fixte F. ga «qalb maʼrifati, maʼnaviy maʼrifat» deb baho bergan boʻlsa, Shelling voqelikning butun kulami va teranligini oʻz tajribasiga kura bilib olishni Falsafa deb hisoblangan. Gegel predmetlarni fikran qarab chiqishni Falsafa deb atab, unga «oʻzoʻziga ergashuvchi aql xaqidagi fan» sifatida taʼrif bergan. Shopengauer dunyoning butun mohiyatini abstrakt, yalpi umumiy va ravon shakldagi tushunchalarda ifodalash Falsafaning asosiy vazifasi deb bildi.
Falsafaning tarkibiy qismlariga bilish nazariyasi (gnoseologiya), metafizika (ontologiya, kosmologiya, falsafiy antropologiya, mavjudlik Falsafasi, teologiya), mantik, etika, estetika, huquq F. si, naturfalsafa, fan Falsafasi, tarix va madaniyat F. si, siyosat F. si, din F. si, psixologiya va b. kiradi. Bulardan tashqari, hoz. zamon F. sida tibbiyot, tilshunoslik, musika, kibernetika va b. anik, fanlarning umummetodologik jihatlarini oʻrganuvchi Falsafa yoʻnalishlari vujudga kelmokda. Falsafaning dunyoqarashlik, gnoseologik, metodologik, sotsiologik, aksiologik, antropologik, mantiqiy, psixologik va mafkuraviy funksiyasi bor.
Falsafa tarixi — inson tafakkuri tarakqiyoti tarixidir. Falsafa tarixiga oid adabiyotlarda insoniyat tarixida xitoy F. si, hind F. si, Yevropa F. si ajratib koʻrsatiladi. Yirik diniy taʼlimotlar sifatida hinduiylik F. si, xristianlik F. si, buddaviylik Falsafasi, islom F. sini koʻrsatish mumkin.
Ilk falsafiy taʼlimotlar qad. Hindiston, Xitoy, Markaziy Osiyo va Yunonistonda paydo boʻlgan, keyin Gʻarb mamlakatlariga yoyilgan. Qad. Hindistondagi falsafiy maktablar 2 turga bulinib, biri vedalaraxm kelib chiqqan va ularga suyanuvchi maktablar (vedanta, yoga, vaysheshika, nyaya, sankxya), ikkinchisi vedalarni rad etuvchi maktablar (jaynizm, buddizm, lokoyata) x,isoblanadi. Qad. Xitoydagi dastlabki falsafiy taʼlimotlar mil. av. 7-a. da vujudga kelgan. U Qad. Xitoy yozma manbalarida uchrab, bu manbalarga «Qoʻshiqlar kitobi», «Bahor va kuz» kabi qad. yodgorliklar va Konfutsiynnng «Aforizm»larini, daosizmni kiritish mumkin.
Markaziy Osiyodagi falsafiy qarashlar qad. turkiy yozuvlar, tangriga eʼtiqod qilish tamoyillarida va zardushtiylikning muqaddas kitobi Avestodya oʻz ifodasini topgan. Bundan tashqari, Sharq xalklarining tabiatning asosiy unsurlari yer, suv, havo va olovni eʼzozlash haqidagi naturfalsafiy qarashlari va gʻoyalari Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlariga keng yoyilib Qad. Misr, Bobil, Lidiya mamlakatlari xalklarining tafakkur tarziga singib ketgan. Yunonistonning ilk falsafiy maktabi — Milet maktabi ham oʻz gʻoyalarini Sharkdan olganligi tadqiqotchilarga maʼlum. Mil. av. 2—1-a. larda Marv, Balx, Termiz, Sigʻnoq, Samarkand, Buxoro zaminini oʻziga qamrab olgan hududda kushonlar saltanati qaror topib, unda budda dini xukm suradi, uning falsafasi bu joyda yashovchi xalqning tafakkur tarziga oʻz taʼsirini oʻtkazadi. Ammo Avesto gʻoyalari xalq ongidan butunlay chiqib ketmaydi. Mil. 3-a. ga kelib tenglik gʻoyalarini ilgari suruvchi moniylik taʼlimoti paydo boʻldi. Bu taʼlimot mazdakiylar harakatinnnt maʼnaviy tayanchi boʻlgan.
Yunonistondagi falsafiy maktablar, asosan, mil. av. 6—5-a. lardan vujudga kela boshladi va uning taraqqiyot bosqichlari klassik ellinizm va rimellinizm davrlariga boʻlinadi. Ellinistik Falsafa davri sokratgacha davr (Milet maktabi, Eleya maktabi) va klassik (attik) Falsafani (Sokrat, Platon, Aristotel) oʻz ichiga oladi. Sokratgacha davr Falsafasi kosmologik (gilozoistik) Falsafa va antropologik davrlarni oʻziga qamrab oladi. Dastlabki kosmologik falsafiy taʼlimot Falesga tegishli. U Anaksimandr, Anaksimen, Ferekid, Diogen bilan birgalikda Ioniya naturfalsafa maktabiga mansub. Ulardan soʻng borliq haqidagi taʼlimot bilan Ksenofan, Parmenid, Zenon (Eleyalik), Meliss shugʻullanganlar. Ular bilan birga Pifagor maktabi (Pifagor, Fillolay, Alkmeon, Arxit; mil. av. 6—4-a. lar) faoliyat koʻrsatgan. Bu davrda antropologik sofistika maktabi vakillari Protagor, Gorgiy, Gippiy, Prodik ijod qilishgan. Mil. av. 3—2-a. larda stoiklar (Zenon Kitionlik), epikurchilar (Epikur, Lukretsiy), neoplatonchilar (Plotin) yunon Falsafa siga oʻz hissalarini qoʻshishgan. Ayniqsa, Sokrat, Platon, Aristotel Falsafasi yunon Falsafa sining shuhratini oshiradi. Yunon Falsafa sidagi asosiy qarashlar Aleksandr Makedonskiy (Iskandar Makduniy)ning Sharqqa istilochilik yurishlari davrida Markaziy Osiyoga ham kirib keldi.
Islom dini yoyilgan mamlakatlardagi falsafiy taʼlimotlar quyidagicha oʻrganiladi: ilk islom Falsafasi (6—8-a. lar), sharqiy islom Falsafasi (Movarounnahr va Xurosondagi falsafiy taʼlimotlar), gʻarbiy islom Falsafasi (Shim. Afrika va Ispaniyadagi falsafiy taʼlimotlar).
Ilk islom Falsafasi davri yunon Falsafa sining arab va suryoniy tillariga tarjima etilishi, bu tarjimalarda yahudiylik va xristianlik aqidalarining ustuvorlik qilishi bilan ajralib turadi. Bu davrda islomdagi jabariylar bilan qadariylar, moʻtaziliylar bilan mutakallimlar oʻrtasida falsafiy qaramaqarshiliklar boʻlgan. Sharqiy islom Falsafasida dunyoviy va islomiy gʻoyalarning, turli xalq va sivilizatsiyalarning tafakkur tarzi sintezlashgan.
Shuningdek, tabiatshunoslik ilmlaridagi yirik kashfiyotlarni (mas, kimyo ilmining vujudga kelishi) falsafiy asoslash, hisoblash madaniyatining tubdan uzgarishi (Xorazmiy sistemasi) b-n bogʻliq belgilar kuzga tashlanadi. Sharqiy islom Falsafasi (Muso Xorazmiy, Fargʻoniy, Kindiy, Abu Bakr Roziy, Abu Mansur Moturidiy, Ashʼariy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Nosir Xisrav, Yusuf Xos Xojib, Umar Xayyom, Gʻazoliy, Zamaxshariy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Faxriddin Roziy, Bahouddin Nakshband, Ibn Xaldun va b.) va gʻarbiy islom Falsafasi (Ibn Tufayl, Ibn Boja, Ibn Rushd) faylasuflarining musulmon olimlari tomonidan qayta ishlangan, tarjima qilingan asarlarining Yevropaga qayta takdim etilishi bu yerda Uygʻonish davrining boshlanishiga taʼsir koʻrsatgan. Falsafaning keyingi ravnaq topishi Markaziy Osiyoda temuriylar davri bilan boshlanadi. Amir Temur falsafiy gʻoyalarning mamlakat istiqboliga xizmat qilishini bilgan holda ilmfan ravnaqiga rahnamolik qildi. Bu davrda Markaziy Osiyoda tasavvuf F. si, tabiatshunoslik Falsafasi, mantiq F. si va axloqiy taʼlimotlar rivojlandi (Rudakiy, Firdavsiy, Nizomiy, Saʼdiy, Jaloliddin Rumiy, Taftazoniy, Jurjoniy, Ulugʻbek, Xoja Ahror, Fuzuliy, Nasimiy, Jomiy, Navoiy, Muhammad Qozi, Maxdumi Aʼzam, Bobur, Mashrab, Bedil va b.). Shuni qayd etish lozimki, islom Falsafasi oʻzidan ilgari oʻtgan barcha dinlar bilan bogʻliq ilmiy anʼanalarni qabul qilgan. Islom Falsafasi rivojiga iudaizm, xristianlik, buddizm va b. diniy taʼlimotlar taʼsir koʻrsatgan.
Yevropa Falsafasi esa oʻzidan oldingi barcha falsafiy fikrni ilmiy bilimlarni jamiyat taraqqiyotiga xizmat qildirish b-n bogʻlagan. Toʻgʻri, Yevropadagi diniysxolastik falsafiy gʻoyalar jamiyat taraqqiyotiga salbiy taʼsir qildi. Lekin, arab olimlarining tarjimalari tufayli antik davr fani va Falsafasi, qadriyatlarini qoʻlga kiritgan yevropalik olimlar jamiyatni bamisoli qayta uygʻotishdi. Yevropa Falsafasi sxolastik davri, Uygʻonish davri, yangi davr va nemis klassik Falsafasi davrlariga boʻlinadi. Sxolastika davri sxolastika ravnaqi (Buyuk Albert, Foma Akvinskiy, R. Bekon) va sxolastika inqirozi (Dune Skot, tomizm, U. Okkam) davrlariga boʻlinadi. Uygʻonish davrida italyan gumanizmi, reformatsiya, tabiatshunoslik Falsafasi, ijtimoiy xayoliy nazariyalar ilgari surilgan. Yangi davrda F. Bekon, R. Dekart, T. Gobbs, J. Lokk, Spinoza, Leybnis, X. Volf, J. Berkli, D. Yum, GT. Beyl, Sh. Monteskye, Volter, Russo, D. Didro, DʻAlamber, J. Lametri, P. Golbax va b. faylasuflar ijod qilishgan. Nemis klassik Falsafasi Gerder, Kant, Fixte, Shelling, Gegel, Feyerbax nomlari bilan bogʻlangan.
Falsafa tarixidagi falsafiy maktab va oqimlar oʻzlari ilgari surayotgan falsafiy gʻoyaning mazmuniga qarab quyidagi yoʻnalishlarga boʻlinadi: empirizm va ratsionalizm, nominalizm va realizm, materializm va idealizm, skeptitsizm va antiskeptitsizm, agnostitsizm va antiagnostitsizm, dogmatizm va relyativizm kabilar.
19—20-a. lardagi falsafiy oqimlar: Shopengauer Falsafasi, O. Kont pozitivizmi, marksizm, empiriokrititsizm, neokantchilik, F. Nisshening hayot F. si, pragmatizm, neopozitivizm, postpozitivizm, neotomizm, freydizm, ekzistensializm, germenevtika, strukturalizm, relyativizm, konstruktiv empirizm, fenomenalizm va b. 21-a. ga kelib har bir mintaqa, davlat va millatning tafakkur tarzini oʻzida ifoda etuvchi falsafiy maktab va oqimlarning shakllanishidan tashqari jahondagi ijtimoiy jarayonlarning keskin va jadal oʻzgarib borishi, global miqyosga koʻtarilishi umumjahon miqyosidagi falsafiy muammolarni hal etish zaruriyatini tugʻdirmoqda. Bunday muammolar sirasiga ijtimoiy taraqqiyotning globallashuvi, tinchlik va urush muammosi, ekologik, energetik muammolar, xom ashyo, oziq-ovqat va chuchuk suv muammolari, demografiya, sogʻliqni saqlash, axborotlar muammosi, maʼrifat va maʼnaviyat tanqisligi muammosi va b. kiradi. Bu muammolarni yechish yoʻllarini koʻrsatish va tahlil etish 21-a. F. sining dolzarb vazifasidir. Oʻzbekiston F. si Sharq Falsafa sining tarkibiy qismi, oʻzbek xalqining oʻziga xos boʻlgan tafakkur tarzining namoyon boʻlishidir. Uning tarixiy ildizlariga qad. Turon va Turkistondagi xalq ogʻzaki ijodiga oid hikmatlar, dostonlar, maqol va rivoyatlar, mutafakkirlarning falsafiy asarlari, Avestodagi ezgulik gʻoyalari, tariximizda oʻtgan moniylik, mazdakiylik, buddaviylik, yahudiylik, xristianlik dinlaridan kirib kelgan hikmatlar, islom Falsafasi, islomning muqaddas kitoblari, tasavvuf Falsafasi, moturidiylik taʼlimoti, sunniylik oqimi, kubroviylik, yassaviylik, naqshbandiya tamoyillari, vatanparvarlik goyalari, maʼnaviyaxloqiy qadriyatlar kiradi. Bu F. jahon falsafiy merosi durdonalaridan oziq oladi. Oʻzbekiston Falsafasi oʻzbek xalqining tafakkur tarzi sifatida 20-a. da shakllandi. Unda Oʻzbekistonda yashovchi turli millat va elat vakillari ishtirok etishgan. Uning namoyandalari Behbudiy, Fitrat, Abdulla Avloniy, Munavvarqori, Choʻlpon, Abdulla Krdiriy, Isʼhoqxon Ibrat, Soʻfizoda va b. Sharq Falsafasi anʼanalarini, milliymaʼnaviy, axloqiymaʼrifiy qadriyatlarni shoʻrolar davrida ham saklab qolish va rivojlantirishga intilyshdi, lekin bu intilishlar ularning kommunistik tuzum qurboniga aylanishiga sabab boʻldi. Sovet tuzumini yoklagan ilm sohiblarigina qatagʻonlardan omon qolishdi. S. Ayniy va 3. V. Toʻgʻonlarning Falsafa tarixiga oid bir qancha maqolalari bosilib chiqdi. Sovet davrida Falsafa fani chuqur mafkuraviy inqirozga uchragan, kommunistik tuzumning xizmatkoriga aylantirilgan edi. Yozuvning arabcha grafikadan lotin grafikasiga, undan kirillcha grafikaga oʻtkazilishi milliy fan va Falsafa taraqqiyotiga salbiy taʼsir koʻrsatdi. Naim Sayd, K. Yerzin, Hakim Neʼmat, R. Xolmurodov (Mallin) singari olimlar Falsafa sohasida faoliyat koʻrsatdilar. 2-jahon urushi davrida Oʻzbekiston FA tashkil etilishi ijtimoiy fanlar, xususan, Falsafa fani taraqqiyotiga turtki berdi. Bu davrda S. Valiyev, J. M. Boboyev, H. Gʻ. Rasulov, AL. Ayupov, S. Azimov, I. Moʻminov, V. Zohidovlar Falsafa faniga sezilarli hissa qoʻshishdi. Oʻzbekistonda Falsafa tarixi (V. Zohidov, M. M. Xayrullayev, M. Baratov, h. F. Vohidov, A. Sharipov), tabiatshunoslik Falsafasi va bilish nazariyasi (O. Fayzullayev, B. Ismoilov, J. Tulenov, K. Ivanova, M. Abdullayeva), mantiq (M. Xayrullayev, K. Haqberdiyev, M. X. Nurmatov, L. Ye. Garber), madaniyat Falsafasi (K. Sodщov, S. Shermuhamedov, N. Gʻoyibov), din (S. Azimov, A. Ortitov, M. A. Usmonov, J. Bozorboyev), axloq (Y. Jumaboyev, XAliqulov, X. Shayxova), ijtimoiy Falsafa va siyosatshunoslik (E. Yusupov, R. Abdushukurov, K. Valiyev, h. Pulatov, S. Tursunmuhamedov, Q. Xonazarov) yoʻnalishlari boʻyicha tadqiqotlar olib borildi.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, Falsafa fani oldida uni kommunistik mafkura asoratlaridan tozalash, jamiyat taraqqiyotining qonuniyatlarini falsafiy tahlil etish, milliy istiklol gʻoyasining ilmiynazariy asoslarini ishlab chiqish, respublikada shakllanayotgan huquqiy, demokratik davlat va fuqarolik jamiyatining rivojlanish xususiyatlarini ochib berish kabi vazifalar paydo boʻldi. Oʻzbekiston Prezidenti I. A. Karimov 1998-y. da «Tafakkur» jur. bosh muharririning savollariga bergan javobda yangi jamiyatni bunyod qilishda milliy mafkura va u tayanadigan milliy Falsafaning roliga katta baho berar ekan, gʻoyaga qarshi faqat gʻoya, fikrga qarshi faqat fikr, jaholatga qarshi faqat maʼrifat bilan bahsga kirishish kerakligini taʼkidladi.
Oʻzbekistonda Falsafa boʻyicha i. t. lar oliy oʻquv yurtlari F. kafedralarida, Falsafa va hukuq institutida olib boriladi. OʻzMUda Falsafa fakulteta mavjud. Respublikada Oʻzbekiston faylasuflari milliy jamiyati faoliyat koʻrsatmokda. Falsafaga oid i. t. lar «Oʻzbekistonda ijtimoiy fanlar» (Oʻzbekiston FA nashri), «Falsafa va huquq» (Oʻzbekiston FA falsafa va huquq inti, Oʻzbekiston faylasuflari milliy jamiyatining nashri), «Tafakkur» jur. larida chop etiladi.
Ad.: Forobiy, Fozil odamlar shahri, T., 1993; Moʻminov I. M. Oʻzbekistondagi tabiiyilmiy va ijtimoiyfalsafiy tafakkurtarixidan lavhalar, T., 1998; Klassicheskaya nauka Sredney Azii i sovremennaya mirovaya sivilizatsii, T., 2000; Diogen Laerte kiy, O jizni, ucheniyax i izrecheniyax znamenitыx filosofov, M., 1979.
Dekart falsafiy fikrlashiga ko‘ra dualist bo‘lgan. Uning fikricha butun olamning asosini nomoddiy va moddiy (ong va Materiya) substansiya tashkil etadi. Xar ikalasini ham oliy substansiya , ya’ni xudo yaratgan. Lekin inson aqli uni bilishga ojizdir. Xar ikala substansiyalarning esa o‘ziga xos xususiyatlari mavjud va shu xususiyatlarga ko‘ra bir birlaridan farq qiladi deya takidlagan: Ong insonga bevosita berilgan va ajralmas xususiyatdir, ko‘lamsiz, bo‘linmas qismlarga va shaklga ega emas. Materiya esa hissiyot va tasavvur qilish orqali bilvosita ochiladi, atribut—( ko‘lam uch o‘lcham bo‘yicha uzunlik, balandlik va kenglik ) dean iborat. Qismlarga bo‘linuvchan, muayyan bir shaklga ega va o‘z ornida harakat qilgandagina mavjud.
Bilish masalasida esa dekart doim shubhani birinchi o‘ringa qo‘yadi. Avval shubha paydo bo‘ladi keyin esa qolgan jarayonlar. Shubha haqiqatga erishishdagi muhim va zaruriy bosqichdir deb hisoblagan.
U xudoning borligiga ishongan, haqiqatni imon orqali qabul qilish kerak, inson ruhi tana bilan birga yo‘q bo‘lib ketmaydi va xudo borligi uchun u mavjuddir, ammo kofirlarni hech qachon ishontrib bo‘lmaydi. Bu hayotda axloqiy fazilatdan ko‘ra illat uchun ko‘proq mukofotlar taqdim etiladi. Insonlar balki doim foyda bilan ish ko‘rishni afzal ko‘rishar, unday insonlar na xudodan qo‘rqish na boshqa insonlarni kutish bilan cheklanishadi;
“Birinchi falsafa” kitobida quyidagi fikrlarni ko‘rishimiz mumkin: Dekart ushbu hissiyotlarni hisobga olgan holda kengaytirilgan yoki bo‘shliqqa ega bo‘lgan materiyani, Ob’ektlarning o‘zlari tomonidan seziladigan fazilatlari, ya’ni ob’ektiv ravishda mavjud emasligini aniqladi. Bundan xulosalar shuni ma’lum qiladiki, dunyo materiyasi (= kosmik) cheksiz, bir hil bo‘linadi bo‘shliqlarga ega emas va cheksiz. Tabiatning barcha xilma-xilligini pasaytiradi. Hodisalar, materiya, o‘ziga xoslikda Bo‘shliq bilan va uning harakatlari natijasida materiya paydo bo‘ladi va bunga birinchi Xudo turtki beradi deydi.
Usul muammosi. Dekart barcha bilimlar uchun so‘zsiz ishonchli dastlabki tezisni va shu tezisga tayanib, ilm-fanning teng darajada ishonchli binosini qurish usulini izlaydi. Dastlabki nuqtai nazardan u umumiy qabul qilingan bilimlarga shubha bilan qaraydi (chunki u bunday tezisni sxolastikada sinab ko‘rmaydi). Bu shubha faqat kashshoflikdir Inson hamma narsadan shubhalanishi mumkin, ammo shubhaning o‘zi baribir mavjuddir. Shubha - bu fikrlash harakatlaridan biridir. Men o‘ylaganimdek shubhalanaman. Agar shubhangiz bo‘lsa. Aslida bu faqat men o‘ylayotganimdek, faqat o‘zim mutafakkir bo‘lganim uchun. (Men izlar haqida o‘ylayman. Men shundayman) Bu pozitsiya bilimlarning talab qilinadigan ishonchli asosidir. Va endi men ko‘zlarimni yumaman, quloqlarimni yopaman, o‘zimni barcha hislarimdan chalg‘itaman va butun tanadagi narsalarning tasvirlarini fikrlashimdan butunlay chetlashtiraman yoki bunga erishish qiyin bo‘lganligi sababli ularni bo‘sh va yolg‘on deb bilaman, hech qanday ma’noga ega emasman. Men faqat o‘zim bilan gaplashib, o‘zimga chuqurroq nazar tashlab, asta-sekin o‘zimni yanada tushunarli va yaqin qilishga harakat qilaman. Men o‘ylaydigan narsaman, ya’ni shubhalanadigan, tasdiqlaydigan, inkor qiladigan, oz narsani tushunadigan, ko‘p narsani bilmaydigan, xohlaydigan, istamaydigan, shuningdek, his qilish va g‘oyalarni shakllantirishga qodir narsaman. Ammo, ilgari sezish imkoniyatiga ega bo‘lganim kabi, garchi men sezgan va tasavvur qiladigan hamma narsa hech narsa bo‘lmasligi mumkin bo‘lsa-da, men hissiyot (sensus) va tasavvur (tasavvur) deb ataydigan fikrlash usullari (modalari) qilaman, chunki ular - yolg‘iz o‘ylash usullari va boshqa hech narsa, men o‘zimning ichki xususiyatlarimni ishonchli ko‘rib chiqa olaman. Shunday qilib, men aniq bilgan narsalarimni hech bo‘lmaganda qisqacha bayon qildim yoki hech bo‘lmaganda shu paytgacha menga ma’lum bo‘lgan narsalarni payqadim. Endi men yaqindan ko‘rib chiqaman - ehtimol menda hali e’tibor berishga ulgurmagan yana bir narsa bor. Men aniq o‘ylaymanki, men o‘ylayotgan narsaman. Ammo bu narsa borligiga ishonch hosil qilish uchun hamma narsani bilaman degani emasmi? Darhaqiqat, ushbu birinchi xabardorlikda men tasdiqlayotgan narsalar haqida aniq va aniq tasavvurlardan boshqa narsa yo‘q; va bu men o‘ylagan narsaning haqiqatligiga ishonch hosil qilish uchun etarli emas, agar men aniq va ravshan qabul qiladigan ba’zi narsalar aslida yolg‘on ekanligini tushunib yetsam: aytilganlarga asoslanib, Umumiy qoida sifatida o‘rnatilishi mumkin: hamma narsa haqiqatdir, men juda aniq va aniq qabul qilaman. Biroq, bundan oldin men shubhali deb rad etgan narsani aniq va ishonchli qabul qildim. Bular nima edi? Mening hislarim sezadigan Yer, osmon, yulduzlar va boshqa hamma narsalar. Xo‘sh, men bu erda nimani aniq angladim? Va mening fikrimcha, bunday narsalarning g‘oyalari yoki ular haqida fikrlar mavjud. Ammo hozir ham o‘zimdagi borliqni inkor qilmayman. bu farazlar, Biroq, yana bir narsa bor edi, men bahslashdim va ishonish odatidan kelib chiqib, uni aniq qabul qildim, garchi aslida men buni umuman sezmagan bo‘lsam ham: biroq, men tashqarida bo‘lgan narsalar, yuqorida aytib o‘tilgan g‘oyalar kelib chiqadigan narsalar mavjud edi. Ularga to‘liq o‘xshaydi shu jihatdan men xato qildim, yoki agar to‘g‘ri baholasam, bu mening idrok etish qobiliyatimdan kelib chiqmadi. Keyingisi nima? Men arifmetik yoki geometriya sohasidagi ba’zi oddiy takliflarni ko‘rib chiqayotganda - masalan, ikkita ortiqcha uchta beshtaga teng bo‘ladi va hokazo, bularning barchasi haqiqat ekanligini tasdiqlash uchun buni ko‘rganim, nisbatan bo‘lsa ham aniq emasmi? Axir, shundan keyin men faqatgina bu narsada shubha joizdir, degan fikr xayolimga kelgan: Xudo menga nima bo‘lishidan qat’i nazar, o‘zimni aldashimga tabiatni ato etsa ham, eng aniq bo‘lib tuyulgan narsalarda imkon beradi va har safar Xudoning eng yuqori qudrati to‘g‘risida dastlabki fikr yuragimga kelganida, u osongina tartibga solganini tan olishimdan o‘zimni tiyolmas edim, shunda ham men o‘ylaganimdek xatolarga yo‘l qo‘yishim mumkin edi. Men aqliy nigohim bilan aniq ko‘rinishda ko‘rmoqdaman. Aksincha, har doim aniq ravshanlik bilan idrok etaman deb o‘ylagan narsalarga murojaat qilsam, ularga shunchalik to‘liq ishonamanki, beixtiyor aytaman: kimdir meni aldayversin, u hech qachon mening konvertatsiyamga erisha olmaydi. hech narsaga, men o‘zimni bir narsa deb o‘ylay ekanman; U mening hech qachon bo‘lmaganligimni haqiqatga aylantira olmaydi, chunki mening mavjudligim allaqachon aniqlangan, shuningdek, menga ikkita ortiqcha uchtasi beshtadan ko‘p yoki kamroq qo‘shib qo‘yishini, shuningdek boshqa shunga o‘xshash narsalarni, unda men aniq bir qarama-qarshilikni ko‘rmoqdaman. Albatta, menda biron bir Xudo yolg‘onchi ekanligiga ishonish uchun hech qanday sabab yo‘q va men Xudo bor-yo‘qligini hali aniq bilmayman, shuning uchun shubha uchun asos faqat shu fikrga bog‘liq bo‘lib chiqadi zaif va, boshqacha aytganda, metafizik. Ammo uni ham yo‘q qilish uchun, imkoniyat paydo bo‘lgandan so‘ng, Xudo bor-yo‘qligini va agar u mavjud bo‘lsa, u yolg‘onchi bo‘lishi mumkinligini tekshirib ko‘rishim kerak: aslida, biz buni bilmasak, bu imkonsiz, menimcha shubhasiz boshqa hech narsa emas.


TOSHKENTDA FAN VA TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITET





MUSTAQIL ISH


Fan: Falsafa


Mavzu: YEVROPA MUTAFFAKIRLARI PLATON, BOETSIY, R.DEKART, D.YUMNING FALSAFAGA OID QARASHLARINI QIYOSIY TAHLILI
Bajuvchi: Maxkamova Hilola
Tekshirdi: _______________
TOSHKENT - 2023
Yüklə 63,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin