27
O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 55-moddasida “YEr, jumladan tuproq, boshqa
tabiiy boyliklar singari umummilliy boylik hisoblanadi, undan oqilona foydalanish zarur va u davlat
muhofazasida turadi” deb qayd etilgan. 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi
YEr kodeksining 16-moddasiga muvofiq u davlat mulkidir.
Oxirgi
yillarda
paxta
maydonlarining kamayishi, almashlab ekishning
kengroq joriy qilinishi, mineral o'g'itlarni
ishlatishning me'yorlashtirilishi va boshqa tadbirlar tuproqlar holatining yaxshilanishiga olib
kelmoqda.
Har bir o'zini
hurmat qiladigan yurt, mustaqil va suveren davlat har qanday ijtimoiy
munosabatlarni qonun orqali tartibga solishga harakat qiladi. Tuproq ham bundan istisno emas.
Chunki tuproq inson hayotida juda
katta ahamiyat kasb etar ekan, u doimo ijtimoiy munosabat,
ya'ni mulkiy,
iqtisodiy, siyosiy, ma'rifiy-madaniy, ekologik-sosiologik xarakterdagi kishilar
o'rtasida yuzaga keladigan murosa ob'ekti bo'lib qoladi.
Dostları ilə paylaş: