13
Oxirgi 25-30 yil ichida kislotali yomg'irlar ayrim davlatlarda haqiqiy ekologik falokatga
aylanib qoldi. Har qanday qazilma yoqilg'i yondirilganda chiqindi gazlar
tarkibida oltingugurt va
azot qo'sh oksidlari bo'ladi. Atmosferaga millionlab tonna chiqarilayotgan bu birikmalar yomg'irni
kislotaga aylantiradi. So'nggi yillarda AQSh, Kanada, Germaniya, Shvesiya, Norvegiya, Rossiya va
boshqa rivojlangan davlatlarda kislotali yomg'irlar ta'sirida katta maydondagi o'rmonlar quriy
boshladi. Bunday yomg'irlar tuproq hosildorligini pasaytiradi, binolar, tarixiy yodgorliklarni
emiradi, inson sog'ligiga zarar etkazadi.
Ayrim hududlarda havoning harakatsiz turib qolishi oqibatida kuzatiladigan zaharli tuman
“smog” insonlar sog'ligiga o'ta salbiy ta'sir ko'rsatadi. 1952 yili 5-9 dekabrda Londonda yuz bergan
smog oqibatida 4000 dan ortiq kishi nobud bo'lgan. Fotoximik smog deganda sanoat va transport
chiqindi gazlarning quyosh nurlari ta'sirida reaksiyaga kirishib xavfli
birikmalarni hosil qilishni
tushuniladi. Jumladan, ozon, formaldegid va boshqa birikmalarning hosil bo'lishi va miqdorining
ortishi uzatiladi. Yer yuzida atmosfera havosining ifloslanishini kamaytirish uchun tezlik bilan zarur
choralar ko'rilishi lozim.
Amerikalik meterolog Luis Battan aytganidek: “Yoki insonlar havodagi tutunni
kamaytiradilar, aks holda tutun er yuzida insonlarni kamaytiradi”.
Rivojlangan mamlakatlarda tashqi muhitning ifloslanishi avtomobil dvigatellari
chiqarayotgan zaharli moddalar tufayli yuz berayotir. Ba'zi
kapitalistik mamlakatlarda, masalan:
Yaponiyada avtomobillarning ko'pligi natijasida ko'cha harakatini boshqaruvchi polisiya xodimi har
2 soatda kislorod maskasini almashtirib turishga majbur bo'ladi. Shu sababli ham mutaxassislar
avtomobillarni “g'ildirakdagi ximiyaviy fabrika” deyishadi. Mashina motori chiqargan gaz tarkibida
uglerod oksidlari, karbonat angidrid, aldegidlar, azot oksidlari,
uglevodlar, qo'rg'oshin birikmalari
bo'lib, ular inson sog'ligiga salbiy ta'sir ko'rsatadi, uglerod oksidlari qondagi gemoglabin bilan
birikib, uning kislorod tashishi funksiyasini pasaytiradi. Qo'rg'oshin birikmasi nafas olish yo'llari
orqali o'tib kishilarning yurak-qon tomirlarini shikastlar ekan.
Atmosferaning kosmosdan ifloslanishi kosmik changlardan sodir bo'lmoqda.
Yer sirtiga
yiliga 10 mln.t. kosmik chang tushadi. Eng xavflisi olam fazosidan Yerga kelayotgan turli xil
chang, meteor zarralari, radiasiya oqimlari. Vulqonlarning otilishi va tog' jinslarining emirilishidan
atmosferaga chiqqan turli xil zarralar bir necha yilgacha havoga suzib yurishi mumkin. Masalan:
1883 yil Karakatauda (Indoneziya) kuchli vulqon otilib, atmosferaga shunday ko'p miqdorda chang
zarralari chiqqandiki, u 8-24
km balandligi, 16 km qalinligi qoplab olib 5 yil davomida havoda
uchib yurgan.
O'zbekiston Respublikasida ham atmosfera havosining ifloslanishi eng asosiy ekologik
muammolardan biri hisoblanadi. Aholi, sanoat va transport yuqori darajada to'plangan Toshkent va
Farg'ona iqtisodiy rayonlari, metallurgiya, kimyo va mashinasozlik markazlari bo'lgan Olmaliq,
Toshkent, Farg'ona, Bekobod, Andijon, Chirchiq, Navoiy shaharlarida havoning ifloslanish darajasi
ancha yuqori.
Viloyatimiz hududida atmosfera havosiga o'z ta'sirini ko'rsatadigan 46600 dan ortiq
transport vositalari va 6700 dan ortiq yirik qo'zg'almas manbalar mavjud bo'lib,
ulardan bir yilda
o'rtacha 320000 tonnadan ortiq zararli moddalar atmosferaga chiqarilmoqda. Shundan 212,4 ming t.
qo'zg'almas manbalarga, 108,2 ming t. qo'zg'aluvchan manbalarga to'g'ri keladi. Bundan atmosfera
havosini ifloslaydigan birinchi darajali ob'ektlarga quyidagilar kiradi:
1. Muborak gazni qayta ishlash zavodi 55 ming t.
2. Muborak gaz konlari unitar shu'ba korxonasi 5 ming t.
3. Sho'rtan neft-gaz unitar shu'ba korxonasi 70 ming t.
4. Sho'rtan gaz kimyo majmuasi 15 ming t.
5. Muborak issiqlik elektr markazi 10 ming t.
Bu ob'ektlardan atmosfera havosiga chiqadigan zaharli moddalar viloyat bo'yicha 65 % ni
tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: