15
2. Fizik (elektroliz) usulida, suv tarkibidagi og'ir metall ionlari
anionlar va kationlardan
tozalanadi.
3. Kimyoviy usul, suvni xlorlash va ozonlash yo'li bilan bo'ladi.
4. Biologik usulda, suv o'tlari (xlorella) yordamida tozalanadi. Yoki nishablikda 2ta hovuz
quriladi va biridan ikkinchisiga suv oqib tushayotgan paytda, 80 sm gacha bo'lgan qum, tuproq suv
tarkibidagi mayda mikrob va bakteriyalarni ushlab qoladi.
Suvni zaxiralarini muhofaza qilishning chora-tadbirlari.
Suvlardan oqilona foydalanish va muhofaza qilish, oqova suvlarni
tozalab qayta ishlashni
ta'minlashni respublika miqyosida yaxshi yo'lga qo'yish mutasaddi kishilarning birinchi galdagi
vazifasidir. Xilma-xil ifloslovchi manbalar tufayli, insonlar o'rtasida turli xil yuqumli va yuqumsiz
kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo'lmoqda. Bular: oshqozon-ichak, sariq kasalligi, ichburug',
qorin tifi, para tif kabi xavfli yuqumli kasalliklardir. Suv tarkibida 65 ga yaqin mikroelementlar
borligi aniqlangan. Shulardan 20 dan ortig'i organizm ehtiyoji uchun juda zarur bo'lgan yod, ftor,
molibden, mis, temir va boshqalardir. Shu elementlarning ko'payib yoki kamayib ketishidan har xil
yuqumli kasalliklar kelib chiqadi. Masalan: buqoq, kareis, felyuaroz.
Aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash muhim ahamiyatga egadir.
Ichimlik suvi maxsus
davlat standartlari talabiga javob berishi va doimiy sog'liqni saqlash muassasalarining diqqat
markazida bo'lishi shart. Asosan suvni har xil kasallik tarqatuvchi bakteriyalardan tozalashda
xlorlash yoki hozirgi vaqtda ko'pchilik mamlakatlardagi singari ozonlash
orqali tozalash usulidan
foydalanish zarur.
Biz hozirgi kunda oldingi avlodlar yo'l qo'ygan xatolarning jabrini tortmoqdamiz. Bugungi kunga
kelib esa, bu borada yo'l qo'yilgan xatolarni to'xtatmasak, kelajak avlodning ahvoli bundan ham
tang bo'lishi mumkin.
Respublikamizda suvdan foydalanish to'g'risida bir qancha qonun va qarorlar qabul qilingan.
Jumladan, 1992 yil 3 iyulda O'zbekiston Respublikasi davlat sanitar nazorat
qonuni;
1993 yil 6 mayda “Suv va suvdan foydalanish to'g'risida” O'zbekiston
Respublikasi qonuni;
1992 yil 7 aprelda O'z. R.V.M. ning “Suv manbalarining suvni muhofaza qilish zonalari haqida”
174-son qarori va boshqalar.
Kelgusida halqimizning sog'lig'i va farovonligining oshishi, suvlardan oqilona foydalanish, uni
ko'paytirish va suv havzalarini ifloslanishidan saqlashga juda bog'liq.
Kishilarning suvga nisbatan
munosabatlari o'zgarishi uchun ular o'rtasida ekologik tarbiya va bilim berishni kuchaytirish kerak.
Bu ishlarni amalga oshirishda nafaqat mas'ul shaxslar, ekologlar balki,
keng jamoatchilikning
ishtiroki ekologik ta'lim va tarbiyani rivojlantirishning ahamiyati kattadir.
Dostları ilə paylaş: