IQTISODIYOTGA OID ATAMALAR VA TUSHUNCHALAR IZOHLI LUG'ATI
K I R I SH
Talabalar va iqtisodiyot ilmiga qiziquvchi kitobxonlar e'tiboriga havola qilinayotgan ushbu izohli lug'at mamlakatimizda shakllanayotgan bozor iqtisodiyotining ayrim atamalari va tushunchalariga bag'ishlangan. Zero, hayotimizning biror-bir sohasi iqtisodiyotchalik keng jamoatchilikning diqqat markazida turmaydi va qiziqish uyg'otmaydi. Bu albatta tabiiy hol. bozor iqtisodiyoti bu faqat iqtisodiy jarayon bo'lib qolmasdan, ayni vaqtda u hayotiy voqelikdir.
Bozor iqtisodiyotining hozirgacha o'z muqobiliga ega emasligini rivojlangan davlatlar tajribasi ko'rsatmoqda.
O'zbekiston Respublikasi ham ana shunday taraqqiyot yo'lini tanladi va undan dadil odimlamoqda. Ta'kidlash kerakki, bu iqtisodiyot pirovardida inson manfaatlariga xizmat qilish yotadi. Uning maqsadi iqtisodiyotning ijtimoiy jihatlarini kuchaytirish, ishlab chiqarishni iste'molchi talablariga bo'ysundirish, mo'l-ko'lchilik orqali aholi farovonligiga erishish, mamlakatda erkin tadbirkorlik muhitini yaratish orqali xalqimizga azaldan xos bo'lgan mehnatsevarlik, ishbilarmonlik, tejamkorlik, vaqtning qadr-qiymatiga yetish kabi xislatlarni yana qaytadan shakllantirishdan iborat.
Hozir xalq orasida bozor iqtisodiyotiga, ayniqsa tadbirkorlik va uning shakllariga qiziqish katta. Uning mazmun mohiyatini tushunishni osonlashtirish maqsadida ushbu izohli lug'at tuzildi. Uni tayyorlashda mavjud iqtisodiy adabiyotlardan, lug'at, ma'lumotnomalar va boshqa manbalardan keng foydalanildi.
qo'llanma pedagogika oliy o'quv yurtlari xususiyatini hisobga olib, imkon qadar soddaroq qilib tayyorlandi. Tabiiyki, undan ayrim atama va tushunchalar o'rin olmagan yoki yetarlicha talqin etilmagan bo'lishi mumkin. Shuning uchun ham ushbu qo'llanmaning mazmuni to'g'risida bildirilgan har qanday xolisona taklif, fikr va mulohozalarni muallif bajoni dil qabul qiladi.
A
AVANS - bunak. Biror ish evaziga keyinchalik hisob-kitob qilish sharti bilan oldindan beriladigan pul, mahsulot, oziq-ovqat va h.k.
AVTARKIYA - (grek.autarkeia- o'z-o'ziga yetarli)- bu o'zini o'zi mahsulotlar bilan ta'minlab, boshqalar bilan kamdan kam aloqaga kirishishdir. Asosan natural xo'jalikka xosdir.
AVIZO - hisob-kitob operasiyasi xususidagi rasmiy bildirish, mijozlarga bank tomonidan A. orqali amalga oshirilgan debet va kredit operasiyalari, yozuvlari, hisobdagi qoldiqlar, pul o'tkazishlar, chek yozuvlari, akkreditiv ochish va boshqa yozuvlar xususidagi ma'lumotlarning berilishi.
Dostları ilə paylaş: |