И+тисодиётга оид атамалар



Yüklə 167,45 Kb.
səhifə2/30
tarix26.10.2023
ölçüsü167,45 Kb.
#161351
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Iqt ATAMALAR

AGENT - (r

AGENTLIK OPERASIYALARI - bir tomonning topshirig'i bilan kelishilgan hududda ikkinchi (agent) tomon amalga oshiradigan oldi- sotdi bilan bog'liq bo'lgan amaliy va huquqiy harakatlar.


AJIOTAJ TALAB - bozordagi shov-shuv va vahima ta'siri ostida sun'iy paydo bo'ladigan hamda shiddat bilan ortib boradigan talab. AT odatdagi normal holatga nisbatan ortiq talab hisoblanadi. Bunday talab bir tomondan, aholi orasida mish-mishlar tarqatish va reklama vositasida muayyan tovarlarga o'ta ortiqcha baho berish orqali iste'molchi psixologiyasiga ta'sir etish yo'li bilan, ikkinchi tomondan tovarlarga bo'lgan g'oyat katta qiziqish, qimmatchilik, qaxatchilik, har xil shov- shuvlar ta'sirida puldan tezroq qutulish va tovar zahirasini ko'paytirishga intilish oqibatida yuzaga keladi.


AKKREDITIV - (lat. accredo-ishonaman)- bank yoki omonot banklarining biror shaxs yoki tashkilotga ma'lum miqdordagi mablag'ni berish haqida boshqa bank yoki kassaga yuborgan buyruq qog'ozi, masalan, jamg'armalar bankiga qo'yilgan pulni istalgan omonat bankidan olish uchun berilgan hujjat.


AKSIZ - keng iste'mol mollari (qand, gugurt, tuz, tamaki va h.k.) ga solinadigan qo'shimcha ustama soliq. Mahsulotga yoki ko'rsatilayotgan xizmat (kommunal, transport va boshqa turdagi xizmatlar) narxi ustiga qo'yiladi.


AKSIONERLIK JAMIYATLARI - mas'uliyati cheklangan firmalarning eng keng tarqalgan shakli bo'lib, odatda ko'proq foyda olish maqsadida moddiy, mehnat va pul resurslarini birlashtirgan uyushma
hisoblanadi. Aksionerlik jamiyatlari ochiq va yopiq turda bo'ladi.Ochiq turdagi aksionerlik jamiyatida aksiyalarni erkin sotib olish va sotish mumkin. Yopiq turdagi aksionerlik jamiyatida esa aksiyalar bir necha kishilar (korxonalar) ga tegishli bo'lib, bozorda erkin sotib olinishi mumkin emas.


AKSIYA - aksionerlik (hissadorlik) jamiyati tomonidan shu jamiyat kapitaliga o'z hissasini qo'shgan paychilarga, ya'ni hissadorlarga beriladigan va ularga jamiyat ishida qatnashish huquqini beradigan hujjat, qimmatbaho qog'oz. A.turli ko'rinishda bo'ladi : «nomli» A.- umumiy yig'ilishda aksionerga ovoz berish huquqini tasdiqlaydi, dividend olish huquqini (kafolatsiz) beradi; «imtiyozli» A.- aksionerga faoliyat natijasidan qat'iy nazar muayyan miqdordagi divident olish kafolatini beruvchi, lekin aksionerlik jamiyati umumiy yig'ilishida ovoz berish huquqini bermaydigan aksiya.



Yüklə 167,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin