И+тисодиётга оид атамалар


BIZNESMEN - (inglizcha business-ish, man-odam)- biznes bilan shug'ullanuvchi shaxs, korchalon. BIRJA



Yüklə 167,45 Kb.
səhifə5/30
tarix26.10.2023
ölçüsü167,45 Kb.
#161351
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Iqt ATAMALAR

BIZNESMEN - (inglizcha business-ish, man-odam)- biznes bilan shug'ullanuvchi shaxs, korchalon.


BIRJA - (goll.beurs, nem. Borse-hamyon)- 1) mahsulot, valyuta va qimmatbaho qog'ozlarni ayirboshlashda, hisob va ma'lumot xizmatlarini
amalga oshirishda faol qatnashuvchi tashkilot. Xizmat ko'rsatgani uchun vositachilik yig'imini oladi; 2) birja savdo-sotig'i bo'ladigan joy.


BIRJA KOTIROVKASI- birjalar orqali sotiladigan mahsulotlar bahosi. Har bir birja ularni ma'lum tizimga soladi va chop etadi.
Odatda, BK ertalabki va kechki savdo (birja sessiyasi) boshlanishiga va tugashiga mo'ljallab chop etiladi.


BIRJA SAVDOSI- birjalarning vositachiligida amalga oshiriladigan savdo.


BOZOR IQTISODIYOTI - erkin tovar pul munosabatlariga asoslangan, iqtisodiy monopolizmni inkor etuvchi, aholini ijtimoiy himoya qilishga yo'naltirilgan va boshqariladigan iqtisodiy tizimdir.


BOJ- (arab.-o'lpon, soliq) - bojxona nazorati ostida davlat tomonidan mamlakat chegarasidan olib o'tiladigan tovarlar, mol-mulk va qimmatbaho qog'ozlardan undiriladigan pul yig'imlari.


BOJXONA - chegara orqali o'tadigan jami yuklarni, shu jumladan bagaj va pochta jo'natmalarini nazorat qiladigan davlat muassasasi. U o'tkazilayotgan yuklarni tekshirish va ulardan yig'imlarni undirish bilan shug'ullanadi. Bojxonalar, odatda, dengiz va daryo portlarida, xalqaro aeroportlarda, temir yo'l stansiyalarida, chegara hududlarida va mamlakatning yirik markazlarida joylashadi.


BOZOR - sotuvchi va xaridor o'rtasida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlar majmui. Bozordagi talab va taklif iqtisodiy, demografik, ijtimoiy, siyosiy va ma'naviy omillar ta'sirida shakllanadi. Talab yo'q, o'tmay qolgan narsa, mol haqida «B. kasod», talab yuqori bo'lgan , tez o'tadigan narsa, mol haqida esa «B. chaqqon» deyiladi. «B. ko'tarmaydi-
»bu tovarni ushbu narxga bozorda hech kim olmaydi degan ma'noni anglatadi.



Yüklə 167,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin