Мавзу: Экология фани ҳақида умумий тушунча


Nazorat va mulohaza uchun savollar



Yüklə 479,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/25
tarix02.08.2023
ölçüsü479,04 Kb.
#138429
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
2 Ekologiya fani, metodlari, tarixi, vazifalari va ahamiyati

Nazorat va mulohaza uchun savollar. 
1. Tuproq deb nimaga aytiladi? 
2. Tuproqning qanday qatlamlari mavjud? 
3. Insonning tuproqqa ijobiy va salbiy ta'siri. 
4. Tuproq eroziyasining qanday turlari mavjud? 
5. Cho'llashish jarayoni haqida tushuncha bering. 
6. Antropogen eroziya deganda nimani tushunasiz? 
7. Tuproqni muhofaza qilishning huquqiy jihatlari. 
 
 
 
 
Mavzu: Inson ekologiyasi.
 
Reja 
1. Inson ekologiyasi va uni o’rganish uslublari. 
2. Tashki muhit omillarining inson organizmiga ta’siri. 
3. Ekologik muvozanatning buzilish sabablari. 
4. Insonning moslashuvi va ekologiyasi. 
Fan - texnika taraqqiyoti jadallashgan sari insonning atrof -muhitga bo’lgan munosabati ham 
o’zgarib, u tabiiy boyliklarni bugun kechagidan, ertaga bugungidan ko’proq miqdorda olishga 
harakat qiladi. Bu jarayon kuchaygan sari ming-ming yillar davomida barqaror bo’lib kelgan 
ekologik muvozanat buzilib, inson bilan tabiat o’rtasidagi munosabat murakkablashdi va tabiat 
falokat yokasiga kelib qoldi. Albatta, tabiiy boyliklardan foydalanish kerak, lekin ulardan ehtiyojga 
yarasha, me’yorida foydalanishni hamma joyda amalga oshirish, tabiatni izchillik bilan boyitib 
ayniqsa, o’simliklar va hayvonot dunyosini uning komponentlari (tashkil etuvchilari) o’rtasidagi 
o’zaro tabiiy munosabatni barqaror saqlab turish zarur. 
Inson ekologiyasi deganimizda tashqi muhitdagi xilma-xil omillarning ta’siri tufayli kishi 
jismida yuz beradigan o’zgarishlarni anglaymiz. Inson ekologiyasi juda serqirrali fan bo’lib, tashqi 
muhitning barcha omillari, havo harorati, yorug’lik, namlik, radiatsiya, shovqin, vaznsizlik holati 
shuningdek, xar-xil tabiiy ofatlar, zilzila, dovul, qurg’oqchilik, suv toshqini, yong’inlar hamda tirik 
organizmlarning o’zaro bir-biriga ta’siri tushuniladi. Bu barcha omillarning ta’siri kishini hoxishga 
bog’liq emas. Bulardan tashqari kishilar o’zlari qurgan korxonalar, irrigatsiya inshootlari, transport 
vositalaridan chiqqan zaharli chiqindilar, qishloq xo’jaligida keng qo’llanilgan kimyoviy moddalar 


28 
ham havoni, suvni, yerni, oziq-ovqat mahsulotlarining sifatini buzib inson sog’ligiga katta zarar 
keltiradi. 
Inson ekologiyasi yoki antropoekologiya ijtimoiy jamiyatning markaziy bo’lagi, uning 
ijtimoii-tabiiy va tabiiy-ilmiy asosidir. Inson ekologiyasi o’zida demografiya, tibbiyot, morfologiya, 
antropologiya, genetikaning tegishli qarashlarini umumiylashtiradi. Bu fanlar tadqiqot ob’ekti bir 
ekanligi negizida bir bo’lakda uyg’unlashadi. O’sha ob’ekt inson bo’lib, u ikki dunyo tabiiy va 
ijtimoii dunyoga tegishli nodir jonzotdir. Bunda shu narsani ta’kidlash lozimki, «inson - tabiiy 
muhit» muammosi munosabati bilan insonni o’rganishda e’tibor beriladigan asosiy ob’ekt umuman 
inson va hatto uning ekologiyasi emas, balki inson ekologiyasining tabiat bilan aloqasi orkali 
namoyon bo’ladigan qismidir. 
Inson ekologiyasi - bu majmuiy fanlararo ilmiy yunalishdir. U odamlar populyatsiyalarining 
atrof-muhit bilan o’zaro ta’siri qonuniyatlarini, bu o’zaro aloqa ta’sirida aholining o’sishini, 
maqsadga yo’naltirilgan boshqaruv muammolarini, aholi salaomatligini saqlash va rivojlantirish 
muammolarini tadqiq etadi. 
Inson ekologiyasida, uning asosiy yunalishlarida ijtimoiy - maksadli negiz ustun turishi aniq, 
zero insonning tabiat bilan jamiyat orqali bevosita o’zaro ta’sirini o’rganish bu fan predmetining 
ob’ektiv mazmunini tashkil etadi. 
Shu nuqtai nazardan inson ekologiyasi-bu ijtimoiy ekologiyaning inson va odamlar 
populyatsiyasi bilan uni o’rab olgan tabiiy va ijtimoiy muhit o’zaro ta’sir qonuniyatlarini 
o’rganadigan bo’limii yoki antropodemoekotizim ichidagi ijtimoiy - biologik munosabatlar 
haqidagi ilmiy yo’nalishdir. 
Insonning morfofiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda noosferaviy o’zgarishlar 
jarayonida YEr regionlarini, biosfera rayonlarini ishlab chiqarish - xo’jalik, iqtisodiy maqsadli 
o’zlashtirish qonuniyatlarini ochib berish bunday o’zlashtirishning borishida odamlar salomatligini 
saqlash va rivojlantirishning tabiiy qonunlarini o’rganish inson ekologiyasining muhim vazifasidir. 
V.I.Vernadskiyning noosfera to’g’risidagi nazariyasiga ko’ra hozirgi zamon tabiatshunosligida 
inson ekologiyasi alohida o’rin tutadi. Vernadskiy tabiatning antropogen yuki tobora oshib 
borayotgani haqida, tabiatni o’zgartiruvchi omil sifatida insoniyat haqida, tabiatga ta’sir o’tkazishni 
uning imkoniyatlari bilan taqqoslash to’g’risida, ya’ni biz hozirda inson va biosferaning 
koevolyutsiyasi deb ataydiganimiz haqida gapiradi. Lekin bir vaqtda uning barcha mulohazalarida 
insonning biosfera istiqboli uchun mas’ul ekanligi, jamiyatni biosfera evolyutsiyasini oqilona 
yo’naltirishga imkon beradigan qilib tashkil etish haqidagi fikr qizil ip bo’lib o’tadi. 
Inson ekologiyasi odamlarni o’rab turgan tabiiy va ijtimoiy muhitni, odamlarning unga hamda 
bir-biriga munosabatlarini ifodasi sifatida ilmiy adabiyotga birinchi marta amerika sotsiologlari 
R.Park va U.Byurges tomonidan kiritilgan. Bir muncha keyinroq ingliz olimi U.Byus «Inson 
ekologiyasi» ning vazifasi ayni odamlar ijtimoiy munosabatlarini biologik populyatsiya 
jarayonlariga tutashtirishdan iboratdir deb izohlaydi va uni biologiya ekologiyasining an’anaviy 
tushunchalari asosida hal etishga urinadi. Sanoat va odamlarning katta shaharlarga to’planishi, 
sanoatlashtirish, havo va suvning bulg’anishi, dori-darmonlar qo’llanilishi bilan bog’lik bo’lgan 
patologiya (normal hollarda chiqish)ni o’rganish zaruratini ko’ndalang qilib qo’ydi. Ular tabiiy 
evolyutsiya, biogeotsenozlar jarayoniga jiddiy o’zgarishlar olib kirib, qapop topgan ekologiya 
tizimini o’zgartirib yubordi. 
Inson ekologiyasini o’rganishdan maqsad, inson hayoti uchun optimal (kulay) muhitni 
yaratishdir. Sodir bo’lgan ekologik falokatlar, sayyoramiz aholisini falokatlarni oldini olish 
choralarini 
izlashga 
turtki beryapti. Bunday holat sotsial iqtisodiy siyosiy, ahloqiy, ekologik, madaniy – tarixiy 
masalalarga yangi qarashni taqozo qilmoqda. Ya’ni kishilarni yangicha fikrlashga, insonni 
tabiatdagi o’rni va rolini anglatmoqda. 
Tabiatda ilgarilar ham tabiiy falokatlar sodir bo’lgan. Ammo hozirgi davrda sodir bo’lgan 
ko’p ekologik falokatlar tabiatning bir bo’lagi bo’lgan inson faoliyati tufayli, sodir qilindi. Hozirgi 
kunda sayyoramizda yashayotgan insonlar oldida avvalambor kishilik jamiyati bilan tashqi tabiat 
o’rtasidagi munosabat muammolarini yechish vazifasi turadi. 


29 
Sayyoramizda aholi sonining orta borishi bilan insonlarni ehtiyojlarini, ona tabiatga ta’sirini 
oshira boradi. Agar 1850 yil yerda 1mlrd kishi yashagan bo’lsa, 1930 yilda 2 mlrdga yetdi, hozirgi 
vaqtda besh mlrddan oshib ketdi. Insonning atrof-muhit bilan munosabatlaridan qat’iy nazar 
avlodlar almashishi, aholining ko’payishi jarayonini barqaror holatda saqlash masalalari doimo 
muhim ahamiyat kasb etadi. Hayotning beto’xtovligi ikki qarama - qarshi oqimning o’zaro tasiri 
bilan ta’minlanadi. Bu tug’ilish va o’lish oqimlaridir. Jamiyat, insoniyat mavjud bo’lishi uchun bu 
ikki oqim o’rtasida muayyan uyg’unlik bo’lishi kerak. Agar tug’ilish o’lishga nisbatan uzoq muddat 
kam bo’lsa, insoniyat zavolga yuz tutadi. Bu munosabat teskari bo’lsa, aholining tez ko’payishi 
jamiyatning ekologik va ijtimoiy - iqtisodiy imkoniyatlari uchun zo’riqishni yuzaga keltiradi. 
Shuning uchun ham bu ikki oqimni uyg’un holatda saqlash jamiyatning eng muhim vazifalaridan 
biri bo’lib, uni hal etishga juda katta ijtimoiy kuch-quvvat sarflanadi. 
Insoniyat o’tmishdan meros qolgan dastlabki ekologik muvozanat holatida hayotni boshlagan. 
Lekin jamiyat tiklanishi davrida kollektiv mehnat tufayli tabiiy ekologik tizimlar, biologik va 
ekologik omillarning kat’iy nazoratidan chiqishga muvaffaq bo’ldi. Jumladan, ko’payish jarayoni 
ham, qurollarni qo’llashga ham, odamlar yoki ularning yaqin ajdodlari tabiatdagi boshqa 
jonzotlarga qaraganda tabiatdan ko’proq narsa olishga o’rganishdi. O’sha palladayoq insoniy tabiiy 
muhitning ko’ngilsiz ta’siridan himoya qiluvchi «ijtimoiy kqlkon» yaratilgan edi. 
Inson 
o’z 
hayotini 
yaxshilash 
uchun 
yaratgan 
sanoat 
va 
transport vositalari sayyoramiz iklimiga, ozon qavatini siyraklashuviga, o’rmonlarni kamayishiga, 
suvlarni ifloslanishiga, yerni eroziyaga uchrab, ko’p joylarda cho’llanishni sodir bo’lishiga olib 
keldi. 
Bundan tashqari kishilar sun’iy hosil qilgan radiaktiv nurlanishlar, kimyoviy moddalardan 
ko’p foydalanish kasallik qo’zgatuvchi viruslar va mikroorganizmlarni ko’payishiga, yangi kasallik 
turlarini hosil bo’lishiga olib keldi. 
Dunyodagi deyarli hamma mamlakatatlarda barcha imtiyozlar avvalo o’z xalqiga beriladi. 
Masalan, turar joy, ish bilan ta’minlash, chetdan kelgan kishilarga nisbatan o’z xalqiga yuqori ish 
haqi belgilash yoki tovarlar bilan ta’minlash va boshqalar kiradi. Bizda esa uzoq yillar davomida 
buning teskarisi bo’lib keldi. Yuqorida keltirilgan barcha tabiiy omillar, ofatlar, sotsial nohaqliklar 
kishi organizmiga ekstremal omil sifatida ta’sir etib, uni stress holatga (qattiq ruxiy zarbaga) olib 
keladi. Stress holatiga tushgan odamlarni uyqusizlik, charchash, g’azablanish, bosh og’rig’i, qon 
bosimining oshishi azoblari qiynaydi. 
Antropoekosistema inson ekologiyasining tadqiqot ob’ektidir. O’zaro va o’zlarini o’rab 
olgan tabiiy va ijtimoiy muhit bilan dialektik aloqada bo’ladigan inson populyatsiyalari yoki 
etnoslarining birgalikda hayot kechiradigan turli guruhlari antropoekologiya tizimi yoki 
antropoekotizm deb ataladi. Mazkur fan odamlar va tabiatning inson va biosferaning o’zaro 
munosabatini hayotning aniq ijtimoiy - iqtisodiy va siyosiy sharoitlari bilan chambarchas 
bog’liqlikda o’rganadi. 
Bugungi kunda inson salomatligi jamiyatning murakkab tarixi va uning hozirgi taraqqiyoti 
oqibati ekanligi allaqachon ravshanlashgan. Shu boisdan tabiiy sanitariya - gigiyena tadbirlarining 
birontasi ham ular qanchalar ilmiy asoslangan va texnikaviy rivojlangan bo’lmasin o’z - o’zicha 
jamiyat a’zolari sog’ligini saqlash va rivojlantirish, muhofaza qilishni ta’minlay olmaydi. Butun 
jamiyatning ijtimoiy ishlab chiqarish iqtisodiyot tuzilmasini ilmiy tashkil kilish, mehnat dam olish 
sharoitlarini, ma’naviy va jismoniy tarbiya sharoitlarini vujudga keltirish, hayot tarzi madaniyatini 
rivojlantirish - bularning hammasi sog’likni muhofazalash va mustahkamlashning sharti va 
garovidir. Bu muammolar jamiyatning tabiiy sharoitlar bilan o’zaro ta’siri shu ta’sirni 
takomillashtirishga yunaltirilgandagina hal etilishi mumkin. Bunda barcha jug’rofiy mintaqalar, 
jonli va jonsiz tabiatdagi barcha jarayonlar, sayyoramizning barcha sohalari qamrab olinadi. Bu 
yerda gap tabiatni shunchaki muhofazalash tug’risida emas, balki inson tabiat va ular o’rtasidagi 
muvofiqlikni yanada takomillashtirish uchun qulay ijtimoiy, ekologik sharoitlar yaratish maqsadida 
tabiatni asrab - avaylash va rivojlantirish haqida bormoqda. Tabiatni muhofaza qilish eng oliy 
maksad - har tomonlama rivojlangan inson va insoniyat jamiyatiga erishishning eng muhim 
vositalaridan biridir. Inson ekologiyasi birgina biologik qonunlarga bo’ysunmaydi va bu qonunlarni 


30 
ijtimoiy qonunlar bilan o’zaro aloqasisiz uni tushunib bo’lmaydi. Bu ko’pgina sabablar bilan 
izohlanadi. Birinchi sababi shundan iboratki deb ta’kidlaydi T.N.Fedoseev, - hozirgi zamon fan - 
texnika inqilobi, jumladan shunga olib keladiki, insonning o’zi inson ekologiyasida turli va har 
doim ham oldindan bilib bo’lmaydigan o’zgarishlarni qiladi, o’z navbatida unga shu 
o’zgarishlardan ahamiyati kam bo’lmagan aks ta’sir ko’rsatadi. Natijada insonning bunday 
o’zgarishlarga moslashuvining o’tkir va ko’p jihatdan hal etilmagan muammolari paydo bo’ladi. 
Inson, jamiyat va tabiat o’rtasidagi o’zaro munosabatlar biologik shuningdek ekologik negizlar 
asosiga emas, balki ularni o’zgartiruvchi ijtimoiy mehnat faoliyati negizlariga quriladi. Insonning 
tabiatga munosabati va tabiatning insonga munosabati ijtimoiy ishlab chiqarish kuchlari, ishlab 
chiqarish munosabatlari va inson ishtirok etadigan aniq mehnat jarayonlari orqali ro’yobga chiqadi. 
Hozirgi inson ekologiyasi inson, jamiyat va tabiatning o’zaro ta’siri mahalliy, regional hamda 
global muammolarini ularning jonli tabiat va insonga o’zaro ta’siri nuqtai nazaridan qamray oladi 
va o’rganadi. 
Tabiatni muhofaza qilish eng oliy maqsad - har tomonlama rivojlangan inson va insoniyat 
jamiyatiga erishishning eng muhim vositalaridan biridir. 
Hayot har bir kishiga bir marta beriladigan oliy ne’matdir. Inson umri tarixda bir on lahzadir. 
Demak, u shu qisqa umrida rohat - farog’atda, go’zal yashashi kerak. Inson tabiatning ajralmas bir 
bo’lagidir. Insonning normal hayot kechirishi, uni o’rab turgan tabiatning ekologik jihatdan 
sog’lomligiga bog’liqdir. Shuning uchun ham biz inson hayotini yaxshilashimiz, tabiatni ekologik 
jixatdan sohlomlashtirishimiz lozim. Har bir kishining salomatligi, ma’naviy yetukligi nafakat 
uning o’zi uchun, jamiyatimizning kelgusidagi taraqqiyoti uchun ham juda zarurdir. 
XX asr oxirida insoniyatning biosferadagi jarayonlarga ta’siri o’zining yuqori bosqichiga 
yetdi. Hozirgi avlod ko’z o’ngida mahalliy, mintaqaviy va umuminsoniy ekologik inqiroz 
vaziyatlari kuzatilmoqda. Atrof - muhit holatini tug’ri baholash zarur tadbirlarning o’z vaqtida 
o’tkazilishini ta’minlash ekologik bilimlarning rivojlanganlik darajasi bilan bevosita bog’liqdir. 
O’sib kelayotgan yosh avlodga ekologik tarbiya berishni oiladan boshlash bog’chada, maktabda
kollej va universitetlarda davom ettirib borilishi kerak. Ekologiya serqirrali bo’lgan uchun uni 
barcha fanlar orqali yoshlarning ongiga singdirish lozim. Yoshlarga ekologik tarbiya berishda tabiat 
qo’yniga ekskursiya va yurishlar uyushtirish katta ahamiyatga egadir. Tabiatni muhofaza qilish, 
tabiatdan oqilona foydalanish va ekologik sharoitlarni yaxshilada ekologik ta’lim va tarbiya muhim 
rol o’ynaydi. Turli mamlakatlardagi ekologik vaziyat, tabiatdan foydalanish xususiyatlari ko’p 
jihatdan aholini ekologik savodxonlik darajasi, ekologik madaniyatiga bog’likdir. Ekologik ta’lim 
va tarbiya BMT, YuNESKO, YuNEP, va VOZ ning diqqat markazidagi masaladir. (YuNESKO - 
BMTning fan va madaniyat ishlari bo’yicha shug’ullanadigan mustaqil bir tuzilmasidir. Uning bosh 
qarorgohi Parij shahrida joylashgan. BMTning o’zi esa Nyu-York shahrida joylashgan, unga 
dunyodagi 190 ta davlat kiradi.) Ekologik ta’lim va tarbiyani rivojlantirish uchun jahon, alohida 
davlatlar mikyosida turli tadbirlar o’tkazmokda. Har bir soha mutaxassisi ekologik savodxon 
bo’lishi va o’z faoliyatida tabiatga zarar yetkazmasligi, ekologik ta’lim - tarbiyani rivojlantirishga 
hissasini qo’shishi lozimdir. 
S’Hunday kilib, bolalarni o’simlik va hayvonlarni parvarish qilishga o’rgatish, ularni tabiatga 
mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash shunchaki bir ermak emas bu davlat axamiyatiga ega bo’lgan
dolzarb masaladir. Biz sog’lom, ahlokli, mehnatsevar, pok, bilimdon yoshlarni tarbiyalab o’stira 
olganimizdagina kelajagimiz porloq bo’ladi. 
XXI - asr ekologiya asri bo’lishi shubhasizdir. Har bir inson ona sayyoramiz tabiatiga ziyon 
yetkazmasdan o’zgartirish, tabiiy boyliklaridan okilona foydalanish va yashash muhitini saqlashdek 
muqaddas ishga o’zining munosib hissasini qo’shishi lozimdir. 

Yüklə 479,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin