22
Kaliforniyada tuyaqush firmalari tashkil etilgan. O'tgan asrning oxirlaridayoq viloyatining
o'zidagina xonakilashtirilgan tuyaqushlarning soni 200000 ga etgan.
Bundan tashqari hayvonlarda har xil dori-darmonlar olinadi. Hayvonlarning ma'lum turlari
ekinlar, inson va ba'zi bir hayvonlar uchun zararli bo'lsa, boshqa bir turlari
insoniyat uchun koni
foydadir. Ammo hayvonlarning ayrim turlariga baho ularni tabiat uchun mutlaqo foydali yoki
mutlaqo zararli deb bo'lmaydi. Masalan : chug'urchiq yoz davrida juda ko'p hasharotlarni iste'mol
qilib foyda keltirsa, kuz oylarida mevali bog'larga ziyon etkazadi.
Avstraliyada kora (kakadu) to'tiqushni qarag'ay urug'ini ko'plab eyishda va to'kib
yuborishida ayblab yaqin vaqtlargacha kirib yuborilayotgan edi. Keyinchalik juda aniq tekshirishlar
va izlanishlar natijasida shu narsa aniqlandiki, to'tiqush o'zi uzib tushirgan urug'ning ma'lum
qisminigina eb, qolgani yana unib chiqar ekan. Shuningdek to'tiqush tushirgan qarag'ay bujurini
(tunsiz yong'oq) kam mehnat sarflab terib olish mumkin ekan. Shundan keyingina qora to'tiqushni
foydali qush sifatida himoya qilishga kirishildi.
Zaharli ilonlarni yaqin vaqtlargacha ko'plab ushlanar va o'ldirib yuborilar edi. Masalan:
Hindistonning Ragnogari rayonida qabul punktlariga yiliga o'rtacha 225000 dona, narxi
oshirilgandan keyin esa sakkiz kun ichida 115000 dona ilon o'ligi topshirilgan. Ilonlarni qirib
yuborilgan joylarda sichqon va boshqa kemiruvchi hayvonlar juda tez ko'payib ketdi, natijada g'alla
hosili kamaydi, kishilar o'rtasida o'lat, tuleremiya, sariq kasali kupaydi. Ilon zahrining medisinadan
keyin katta ahamiyatini va ilonlarning tabiatdagi ayrim zararli hayvonlarni qirishdagi rolini hisobga
olib, ilonlar endilikda davlat nazorati ostida muhofaza qilinmoqda. Hozirda
yirtqich hayvonlarni
butunlay yo'qolib ketishiga chek qo'yilmoqda, kamayib qolganlarini maxsus joylarda ko'paytirish
choralari ko'rilmoqda. Masalan: bo'rilar va qirg'iylarni qirib yuborishga chek qo'yildi. Baliq
xo'jaligida cho'rtan baliqlarini qirib yuborish ham noto'g'ri ekanligi aniqlandi.
Ko'pchilik sut emizuvchilar, ayniqsa hasharotxo'rlar va qo'lqanotlilar hamda ayrim yirtqich
hayvonlar o'rmondagi zararkunanda hasharotlarni ko'plab kiradi. Masalan: bo'rsiq bir so'tkada 500
tagacha may qo'ng'izining lichinkasini eydi.
Demak, har qanday hayvon turi inson uchun bevosita yoki bilvosita ahamiyatga ega
bo'lganligi uchun ularni qirib yuborishga chek qo'yish kerak.
Hozirgi davrda o'simlik va hayvonlarning kamayib ketish
sabablari.
Atrof muhitni, shu jumladan o'simlik va hayvonot olamini muhofaza qilish muammosi
hozirgi davrda ekologik muammolarning eng muhim masalalaridan biri bo'lib qoldi, chunki kishilar
tabiatdan keragidan ortiq foydalanib, uning tabiiy manzarasini o'zgartirib, asrlar davomida vujudga
kelgan hamjamoalarga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Natijada o'simlik va hayvon turlarining ko'plab
yo'qolib ketish xavfi tug'ilmoqda. O'simlik va hayvon turlarining bunday yo'qolib ketishi inson
uchun tiklab bo'lmaydigan salbiy oqibatlarga sabab bo'lishi mumkin.
Dunyo okeani dengiz hayvonlariga nihoyatda boy muhitdir. Akademik V.G.Bogorovning
ma'lumotlariga ko'ra dunyo okeani suvlaridagi baliqlarining umumiy massasi 1 mlrd. tonna,
okeandagi barcha biomassa (plankton, suv o'tlar va boshqalar) 36 mlrd tonnaga tengdir.
Dunyo
bo'yicha hayvonlardan olingan moylar 40% ni tashkil etadi. Kishilarning oziqlanishi rasionida
muhim element bo'lgan oqsilning asosiy manbai go'sht va baliqdir. Umuman olganda kishilar
hayvonlardan har yili oqsilga boy bo'lgan 180 mln. tonnadan ortiq oziq-ovqat xom ashyo
olmoqdadir, ya'ni sayyoramizdagi har bir kishi 1 yilda 50 kg hayvon mahsulotini iste'mol qilmoqda.
O'rmonlar maydonining o'zgarishi, suv inshootlari qurilishi, shaharlarning paydo bo'lishi,
atmosfera havosining o'zgarishi bilan er yuzasi landshaftlari o'zgarmoqda. Ayrim territoriyalarda
hayvonlarning ba'zi turlari kishilar tomonidan vujudga keltirilgan madaniy landshaftlarga juda
moslashib borayotir. Uy sichqoni, dala sichqoni va kulrang kalamush shular jumlasidandir. Ayrim
hayvon turlari madaniy landshaft sharoitiga moslasha olmay yo'qolib ketayotir, masalan: bir vaqtlar
keng tarqalgan dala sug'urlari dalalar o'zlashtirilishi bilan kamayib ketmoqda.
Hozirda qushlarning taxminan 150 turi va kenja turi yo'qolib ketgan hamda 100dan ortiq turi
yo'qolib ketish arafasida turibdi. Sut emizuvchilardan 106 turi yo'q bo'lib ketgan.
Hozirgi kunda
umuman hayvonlarning 600 ga yaqin turi yo'q bo'lish arafasida turibdi.
23
Ayniqsa, yirik hayvonlarning tabiiy kamayib ketishi geografik landshaft va iqlimiy
sharoitlarning o'zgarishi bilan bog'liq. Kishilar mamont, junli nasorog, g'or ayig'i kabi yirik
hayvonlarni ovlayverib qirib yuborgan. Qirib yuborilgan hayvonlarni turi va soni sivilizasiya kuchli
taraqqiy etgan YEvropa mamlakatlariga to'g'ri keladi. Hozirgi qora mollarni ajdodi yovvoyi
tarpanni odamlar qirib yuborganlar, o'rmonlar maydonining qisqarib
borishi bilan zubrlar soni
kamayib ketdi. 1892 yil zubrlar faqat Belaya Veja pushchasida 375 bosh qolgan. Ko'p ov qilishdan
tog' echkisi hamda serna (yovvoyi echki) ning ba'zi turlari yo'qolib ketgan, fil, arslon, ayiq va bo'ri
juda kam qolgan. Ayrim yirtqich qushlar (tasqara, boltayutar, burgut, shunqor) kamayib ketgan.
XIX asr oxirlarida AQShda sayyor kaptarlar ko'p bo'lgan. Keyinchalik kishilar ularni qirib
yuborishgan. Ularning oxirgi vakili urg'ochi kaptar 1914 yilda hayvonot bog'ida o'lgan. Hozirda oq
qanotli Amerika turnasi yo'q bo'lish arafasida turibdi. Laylaklar ham kamayib ketmoqda. 1844 yilda
dengiz qushlaridan qanotsiz gagarkaning oxirgi nusxasini topishgan. Yirik hayvon hisoblangan
bizon ham kamayib, Yellouston milliy parkida 635 ta qoldi xolos. AQSh sharqidagi vapiti bug'usi,
tundra bug'usi, panshaxa shoxli antilopa va boshkalar yo'q qilindi.
AQShning Alabana shtatida ilonning 3 turi, Luizana shtatida baqaning 4 turi zaharli kimyviy
moddalar ta'siridan nobud bo'ldi. Shimoliy Amerikaning janubi-g'arbida baliqning 7 turi yo'q
qilindi. Yana shinshila (kalamush turi) mo'ynasi qimmatbaho bo'lganligi uchun qirib yuborildi.
Endilikda shinshila kataklarda urchitilmoqda.
Galopogos orollaridagi endemik hayvon turlari kaltakesaklar, toshbaqalar, ispanlar olib
kelgan cho'chqalar bu hayvonlarni tuxumlarini kavlab eyishi natijasida kamayib ketdi.
Bundan
tashkari, Hindiston karkidoni qirilib ketdi, ikki shoxli sumatra va bir shoxli yava
karkidonlaridan sanoqli qoldi xolos. Karkidon, fil va jirafalar soni kamayib ketdi. Sut
emizuvchilardan va qushlardan quyidagilar umuman yo'q bo'lib ketdi. M: tarpan, dengiz sigiri,
antilopa, havorang ot, kvagra, evropa ibisi,
sayyor kaptar, karolin to'tiqushi, qanotsiz gagarka.
Dostları ilə paylaş: