Мавзу: Экология фани ҳақида умумий тушунча



Yüklə 479,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/25
tarix02.08.2023
ölçüsü479,04 Kb.
#138429
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
2 Ekologiya fani, metodlari, tarixi, vazifalari va ahamiyati




 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Qarshi-2007 
 



Ekologiya fani, metodlari, tarixi, vazifalari va ahamiyati. 
 
REJA: 
 
1.
Umumiy ekologiya fani va uning bo’limlari.
2.
Ekologiyada foydalaniladigan uslublar.
3.
Modellashtirish. 
4.
Ekologiyani qisqacha tarixi. 
5.
O’rta Osiyo O’zbekistonda ekologiya fanining qisqacha rivojlanishi. 
6.
Ekologiya fanining vazifalari. 
1.Umumiy ekologiya fani va uning bo’limlari. 
 
Ekologiya nima? Bu savolga 30 yil oldin javob berish oson bo’lardi, chunki “ekologiya” 
terminidan faqat biologlargina foydalanar edi va muhit bilan organizmlarining o’zaro aloqasini 
o’rganadigan fan deb qaralar edi. 
Keyingi vaqtlarda «ekologiya» termini juda keng qo’llanila boshladi va inson bilan atrof-
muhit o’rtasida bo’ladigan xoh tabiiy, xoh o’zaro aloqalarni har qanday formasida ishlatilmoqda. 
Ekologiya so’zi o’zining ilmiy biologik termin ashamiyati o’rnini, muhim
sotsial,siyosiy termin bilan almashdi.Endi ekologiyani mohiyati tabiatni muhofaza qilish va 
undan ratsional foydalanish deb tushunila boshlandi.Akademik D.S.Lixachyov ta‘biri bilan 
aytganda «ekologik madaniyat» deb ham atash mumkin. 
Ekologiya { grekcha “oikos”, yashash joyi, uy, boshpana “logos”, fan} terminini nemis 
olimi E.Gekkel {1866} fanga kiritdi. Rus tilida ekologiya terminini birinchi marta I.I Mechnikov 
{1868} ishlatdi. 
Boshqa fanlar singari ekologiya fani ham o’zining uzoq tarixiga ega.
Ekologiya – demak bu tirik organizmlarni yashash muhiti bilan hamda o’zaro aloqalarini, 
munosabatlarini o’rganadi. 
Muhit, turlar, populyatsiyalar, biostenozlar va biosfera kabi tushunchalar ekologlyaning 
asosiy ob’ekti hisoblanadi. 
Shuning uchun ham umumiy ekologiya to’rt bo’limga bo’linadi. 
1.Autekologiya { yunoncha “aytos” – “o’zi” degan ma’noni b}. ayrim turlarni o’zlari yashab 
turgan muhit bilan o’zaro aloqasi, munosabati. 
2.Populyastiyalar ekologiyasi { fr. “populyas’on”- “aholi”.}populyastiyalar tuzilishi va 
dinamikasini o’rganadi.
3.Sinekologiya – { yunoncha “sin” – birgalikda } Biostenozlar tuzilishi va xossalari, tashqi 
muhit bilan o’zaro munosabatlarini o’rganadi. 
4.Biosfera {yunoncha “bio”-hayot, “sfera” – shar degan m.b}Er qobig’idagi tirik 
mavjudotlarni tarqalishini o’rganadi.

Yüklə 479,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin