Mavzu: Sayyoramizda sodir bo'ladigan global ekologik muammolar.
Reja
1. Global ekologik muammolar va ularning kelib chiqish sabablari.
a. "Dunyo issiqxonasi".
b. "Ozon tuynuklari" ning hosil bo'lishi.
v. Cho'llashish va sho'rlanish jarayoni.
g. Ichimlik suvi muammosi.
d. O'rmonlar maydonining qisqarishi.
e. Dunyo okeanining ifloslanishi.
2. Ekologik muammolarning salbiy oqibatlari.
3. Turli ekologik kasalliklarning kelib chiqishi.
4. Muammolarning echimi va yo'llari.
Tayanch tushunchalar:
global muammolar, dunyo issiqxonasi, ozon tuynuklari, cho'llashish,
sho'rlanish muammolari, ichimlik suvi muammosi, ekologik kasalliklar.
Keyingi yillarda sayyoramizning ekologik holati qanday o'zgarishlarga uchramoqda? Bu masala
nafaqat soha mutaxassislarini, balki har bir kishini qiziqtiradi, chunki har bir insonning hayoti
tabiatdagi sodir bo'layotgan o'zgarishlarga juda bog'liqdir. Televizor ekranidan, radio, gazeta va
jurnallar orqali deyarlik har kuni sayyoramizning u yoki bu burchagida sodir bo'layotgan ekologik
falokatlar haqida noxush xabarlar kelib turibdi:
- Atmosfera havosi global darajada isimoqda,
- Antarktidadagi muzliklar emirilib, erib ketmoqda,
- Ba'zi mamlakatlarda suv toshqinlari sodir bo'lmoqda,
- Okean suvlarini isishidan to'fonlar paydo bo'lmoqda,
- Ozon tuynugi borgan sari kengaymoqda,
- Ichimlik suvi kamayib bormoqda,
- O'rmonlar maydoni qisqarib bormoqda...
Bunday ekologik o'zgarishlar inson hayotiga ham ta'sir ko'rsatmoqda, chunki inson va barcha
tirik organizmlar ma'lum sharoitda yashashga moslashganlar. Shuningdek, har bir mamlakat o'zini
sharoitiga ko'ra, ma'lum bir qishloq xo'jalik strukturasiga ega.
Hozirgi davrda tabiatda sodir bo'layotgan ekologik katoklizmalar (falokatli hodisalar) nafaqat
tabiiy omillar asosan antropogen omillar ta'sirida sodir bo'layapti. Hozirgi davrda yashab turgan
kishilar tabiatdagi global darajadagi ekologik o'zgarishlarni shohidi bo'lmoqdalar. Ularning bir
qismi tabiiy omillar (Quyosh) ta'sirida sodir bo'layotgan bo'lsa, ikkinchi tomondan antropogen
omillar ta'sirida ekologik falokatlar sodir bo'layapti.
Ma'lumki keyingi yillarda aholi sonini o'sishi, ularning iste'mol tovarlarga bo'lgan talabining
ko'payishi fan va texnikaning taraqqiyoti tufayli tabiiy boyliklarning ko'p miqdorda olinishi
sayyoramizda global darajadagi ekologik muammolarni kelib chiqishiga sabab bo'lmoqda.
Aholi soni inson paydo bo'lgandan 1830 yilgacha 1 mlrd.ga etgan bo'lsa, 1830 yildan 1930 yilga
qadar 2 mlrd.ga, 1930 yildan 1960 yilga qadar 3 mlrd.ga, 1960 yildan 2000 yilga qadar 6 mlrd.ga
etdi. Shu darajada ko'payish davom etaversa, XXI asr o'rtalarida sayyoramizda aholi soni 12-14
mlrd.ga etishi mumkin. Odam sonining ko'payib borishi sayyoramizda yangi ekologik
muammolarni kelib chiqishiga sabab bo'ladi.
Atmosfera havosining YEr yuzasi sathidan 15-25 km balandlik qismida mavjud bo'lgan ozon
qatlami Quyoshdan keladigan ultrabinafsha nurlarni yutib, YErdagi tirik organizmlarning hayotini
muhofaza qilib turibdi. XX asrning 70-80 yillarida sayyoramizning har xil mintaqalari ustida “ozon
tuynugi” sodir bo'layotganligi haqida olimlar ma'lumot berishdi. Rossiyalik olimlar Antarktida
ustida 25 mln. km2 kenglikda ozon qavatini siyraklashganligi haqida yaqinda (2004 yil) xabar
qilishdi.
7
Ozon qatlamini asosiy emiruvchilar freonlar bo'lib, masalan, bir molekula xlor atomi 100 ming
ozon molekulasini emira oladi. Bundan tashqari N, SN lar hamda qishloq xo'jaligida keng
qo'llaniladigan azot o'g'itlari ham ozonni emiruvchi manbalaridan ekanligi yaqinda aniqlandi.
Bularning xalq xo'jaligida qo'llanish miqdori borgan sari ko'paymoqda, ya'ni ozon qavatini
siyraklashuvi davom etaverishi mumkin. Ozon qavatini siyraklashuvi tufayli ultrabinafsha nurlari
ta'siridan Antarktida yaqin bo'lgan birgina Yangi Zellandiya aholisining 11 mingdan ortig'i teri raki
kasalligiga chalingan, 160 kishi halok bo'lgan. Ozon qavatini siyraklashuvini oldini olish borasida
ba'zi choralar ko'rilmoqda. Masalan: BMT 16 sentyabrni Halqaro ozon qatlamini himoya qilish kuni
deb e'lon qilgan. Uni oldini olish borasida boshqa ko'p tadbirlar belgilangan.
Yer atmosferasi tarkibidagi barcha gazlar ma'lum vazifani bajaradilar. Xususan is gaz (SO2)
YErdagi haroratni bir xilda ushlab turishi tufayli sayyoramizning “ko'rpasi” hisoblanadi. Is gazining
atmosfera havosi tarkibidagi ulushi foiz bo'yicha 0,3 ni tashkil etsada, mavsumlar davomida
o'zgarib turadi. Olingan ma'lumotlarga ko'ra, hozir inson tomonidan yiliga o'rtacha 22 mlrd.
tonnadan ortiq is gazi atmosferaga chiqarilmoqda. Uning miqdori yildan-yilga ko'paymoqda.
Is gazi asosan sanoat korxonalaridan, avtotransport va o'rmonlarni yonishidan chiqadi.
Mutaxassislarning fikricha atmosfera tarkibidagi ushbu gaz miqdori XX asr mobaynida 10-15%
ortgan. XXI asr o'rtalariga borib, 40% ga etishi bashorat qilinmoqda. Is gazi Quyoshdan kelayotgan
qisqa to'lqinli nurlarni ko'p qaytarib, ayni vaqtda YErdan qaytgan uzun to'lqinli nurlarni tutib
qolishi tufayli atmosfera havosini isishiga sabab bo'ladi. Bundan tashqari SN4, N2O gazlar ham
havo haroratini isishiga ta'sir etadi.
Keyingi 100 yil mobaynida YEr shari o'rtacha 10 isigan. Agar shu tarzda davom etaversa, XXI
asr o'rtasida YErning o'rtacha harorati 3-50 ga qadar isishi mumkin. YEr sharining harorati 10 ga
ko'tarilishi qutbiy kengliklardagi muzliklarni erishini tezlashtirdi, Arktikadagi, tog'lardagi
muzliklarni 40%i erigan, Afrikadagi Klimandjoro tog'idagi muzliklar erib tugagan, YEvropani ko'p
mamlakatlarida, Rossiyaning ko'p viloyatlarida har yili suv toshqinlarini vujudga kelishiga olib
kelmoqda. Atmosfera havosining isishi davom etaversa XXI asr mobaynida Dunyo okeani sathi 1-5
metrga ko'tariladi, quruqlikning salmoqli qismini suv bosishiga olib keladi. Chunonchi, Maldiv
orollari (Hind okeanida), Okeaniya, Filippin, Bangladesh, Indoneziya, g'arbiy YEvropaning dengiz
sohillari suv ostida qoladi. Sankt-Peterburg, Qohira, Shanxay, Bankok kabi ko'plab shaharlar suv
toshqinidan katta talofat ko'radi. Bunday holat sohil bo'yidagi ko'plab aholini, qishloq va sanoat,
qishloq xo'jalik ishlab chiqarishini materik ichkarisiga ko'chirib, portlarni qayta ta'mirlashni taqozo
etadi. Bundan tashqari qishloq xo'jalik ekinlarining hosildorligiga, odamlarni salomatligiga salbiy
ta'sir etadi.
Iqlimdagi o'zgarishlar asta-sekin butun biosferaning dinamik mutanosibligini buzilishiga sabab
bo'ladi. Tarixda iqlimda bunday o'zgarishlar ilgarilar ham bo'lgan, biroq ular tabiiy yo'l bilan
bo'lgan, biz yashab turgan asrdagi o'zgarishlar antropogen omillar ta'sirida sodir bo'lmoqda.
Shuningdek, bunday o'zgarishlar tez sodir bo'lmoqda.
Ushbu muammolarni bartaraf etishning yagona yo'li atmosferaga chiqarilayotgan chiqindilar
(asosan SO2) miqdorini kamaytirishdir. Hozirgi kunda dunyo bo'yicha atmosfera havosini
ifloslanishini 36,1% AQSh, 17,4% Rossiya, 30% YEvropa Ittifoqi mamlakatlari, 8,5% Yaponiya,
3,3% Kanada, 2,3% Avstraliya va Yangi Zellandiya hissasiga to'g'ri kelmoqda.
Atmosfera havosini isishini oldini olish uchun quyidagi tadbirlar ko'rilgan:
1992 yilda BMT iqlimni o'zgarishi bo'yicha konvensiya qabul qildi.
1993 yilda O'zbekiston Respublikasi BMT ni iqlimni o'zgarishi bo'yicha qabul qilgan
konqensiyasiga qo'shildi.
1997 yilda 160 mamlakat Kioto protokolini qabul qilib, atmosfera havosiga chiqariladigan
chiqindilarni kamaytirish borasida majburiyat qabul qilishdi. O'zbekiston ham 1998 yilda Kioto
protokoliga imzo chekdi.
1999 yil 20 avgustda O'zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Kioto protokolini ratifikasiya qildi.
Shu boisdan 1997 yili BMTning iqlim o'zgarishlariga bag'ishlangan Konvensiyasida atmosfera
ifloslanishi AQShda 3%, YEvropa Ittifoqi mamlakatlarida 8%, Yaponiyada 6 %ga kamaytirishga
qaror qilindi.
8
Atmosfera havosini isishini salbiy ta'sirlaridan qutulishni yagona yo'li havoga chiqariladigan is
gazi va boshqalarni miqdorini keskin kamaytirish, atrof-muhitga antropogen omillarni ta'sirini
kamaytirish, ekotizimni, ayniqsa, o'rmonlarni kesilishini to'xtatish kerak.
Ma'lumki sayyoramizning quruqlik yuzasining 40 mln.km2 maydoni qurg'oqchil-arid
hududlardan iborat. Dunyo aholisining 15% dan ortig'i (800 mln. kishi) aynan shu mintaqada
istiqomat qiladi. Sug'oriladigan erlardagi sho'rlanish, tuproq eroziyasi natijasida erlarning
unumdorligi yo'qolmoqda. Yaylovlarda tartibsiz mol boqilishi, dov-daraxtlarning o'tin va boshqa
maqsadlarda ayovsiz kesib yuborilishi yaroqsiz erlar maydonini uzluksiz kengayib borishiga sabab
bo'lmoqda. Cho'llanish jarayonini keltirib chiqaruvchi sabablarning salkam 90% i inson faoliyati
tufayli sodir qilinmoqda. Inson faoliyati tufayli yiliga 21 mln.ga er yaroqsiz holga kelmoqda, 6
mln.ga sug'oriladigan er cho'l tusini olmoqda, sug'oriladigan erlarning 90 mln.ga sho'rlanishga
uchragan.
XX asrning keyingi choragida faqat cho'llanish jarayoni natijasida qishloq xo'jalik
mahsulotlarining yo'qotilishidan ko'rilgan zarar miqdori 520 mlrd. AQSh dollariga etdi. Kelgusida
cho'llanish kengaymasligini oldini olish uchun ixota daraxtlari ekish va boshqa amaliy tadbirlar
ko'rilmoqda.
Yer sharidagi namtropik o'rmonlar “sayyoramizning o'pkasi” hisoblanib, atmosfera havosidagi
kislorod muvozanati aynan mana shu o'rmonlar yordamida saqlanib turadi. XX asrning o'rtalaridan
to 70-yillargacha dunyodagi o'rmonlar maydoni ikki barobariga (50 mln. km2 dan 25 mln. km2
gacha) qisqardi. Hozirgi kunda namtropik o'rmonlar xududi yilida 16-20 mln.ga dan ziyod yoki har
daqiqada 25-50 ga maydonga qisqarmoqda. Afrikadagi namtropik o'rmonlar maydoni XX asr
mobaynida 65% qisqardi. O'rmon yong'inlari, qishloq xo'jalik uchun yangi erlarni ochilishi,
daraxtlarni o'tin va qurilish maqsadida ishlatish uchun kesib yuborilishi o'rmonlarni qisqarishiga
sabab bo'lmoqda.
Hozirgi davrda Lotin Amerikasi mamlakatlarining 20%i, Afrikaning 60%i va Osiyo
mamlakatlarining 10%i energiya ehtiyoji o'tin yoqish hisobiga qondirilmoqda. Shuning oqibatida
faqat rivojlanayotgan mamlakatlarning o'zida yiliga 2 mlrd. m3 o'rmon o'tinga aylanmoqda.
Sayyoramizdagi o'rmonlarni ayovsiz kesilishi kelgusida atmosfera havosidagi SO2 va O2
muvozanatini buzilishiga, suv toshqinlari, shamol va chang to'zonli bo'ronlarni, tuproq eroziyasi
kabi ekologik falokatlarni ko'payishiga olib kelmoqda. O'rmonlarni muhofaza qilish, ularni
ko'paytirish borasida ham ma'lum ishlar amalga oshirilmoqda. Fan va texnikani taraqqiyoti tufayli
yaratilgan barcha transport vositalarini, kompyuter texnikasini, robotlar-u kosmik kemalarni bir
tomonga, o'simliklarni ikkinchi tomonga qo'yib, ularni ahamiyatini baholasa, barcha texnika
mo''jizalari o'simliklar bajargan ishni bajara olmaydi. Ya'ni ular erda hayotni ta'minlab turibdi.
Dunyo okeani quruqlik (litosfera) va atmosfera bilan uzviy aloqada bo'lgan, alohida hususiyatga
ega muhitdir. Dunyo okeanining ifloslanishi asosan quruqlik, atmosfera va suv havzalari
daryolarning ifloslanishi tufayli ro'yobga chiqadi.
Dunyo okeaniga tashlanayotgan neft mahsulotlari, sanoat-maishiy chiqindilar, oqova suvlar,
radioaktiv va turli zaharli kimyoviy moddalar salmog'i yil sayin ortmoqda. Yaqin chorak asr
mobaynida okean suvlarining ifloslanishi 1,5-3 martaga ko'payishi kutilmoqda. Dunyo okeani
suvlariga yiliga taxminan 10 mln. tonna neft mahsulotlari qo'shilmoqda. Uning 44% ga yaqini
daryolar orqali tushayotgan bo'lsa, qolgan qismi dengiz floti zimmasiga to'g'ri kelmoqda. Dengiz
ostidan neft qazib olish oqibatida yiliga 100-200 ming tonna neft quduqlaridan chiqib okean suvini
ifloslantirmoqda. Okean suvlarini zaharli pestisidlar bilan ifloslanishi unda yashovchi tirik
organizmlar uchun juda havflidir. Ular okeanlarga qishloq xo'jalik maydonlari va atmosfera orqali
tushmoqda. Bundan chorak asr muqaddam dunyo okeaniga 450 ming tonna DDT tashlanganligi
aniqlangan. Atmosfera orqali yilida 130 ming tonna har xil pestisidlar yog'ilayotganligi ma'lum.
Dunyo okean suvlarini og'ir metallar bilan ifloslanishi juda xavflidir. Dunyo bo'yicha simobning
(9-10 ming tonna) 30-35% i, qo'rg'oshinning 2 mln. tonnasi okeanga tushayapti. Yaqinda Xitoydagi
zavod avariyasidan Amur daryosiga oqqan nitrobenzol, kadmiy va boshqa moddalar daryo suvini
ancha ifloslantirdi.
9
Quruqlikdagi barcha daryolar yil davomida okeanlarga 2 mln. tonna qo'rg'oshin, 20 ming tonna
kadmiy, 10 ming tonna simob oqizar ekan. Bulardan tashqari kemalardan yiliga taxminan 7 mln.
dona turli metall buyumlar, 500 ming donadan ziyod shisha idishlar, 1 mln. dan ortiq qog'oz va
plastmassa qutichalar okeanlarga maishiy chiqindi sifatida tashlanmoqda.
Okean suvlariga neft to'kilganda suv yuzasini parda qoplab, okean va atmosfera o'rtasida issiqlik,
gaz almashinuvi jarayonini buzadi. Oqibatda tabiatda suvning aylanma harakati, okean yuzasining
radioaktiv hususiyatlari o'zgarib, suvdagi hayvon va o'simliklarning nafas olishi, hayotini
qiyinlashtiradi.
Shunday qilib, okean suvlarini ifloslanishini oldini olish uchun barcha mamlakatlar birgalikda
amaliy chora ko'rishlari kerak. Bu ish zudlik bilan amalga oshirilmasa mashhur fransuz okeanologi
Jak Kustoning umidsiz bashoraticha “sanoat va turizm rivojlangan yirik davlatlar zaharlashni
to'xtatmas ekanlar, asrimizning so'ngidayoq okeanlarga hayot yo'qoladi.”.
Suv o'zining erituvchanlik hususiyati bilan erda hayotni ta'minlab turibdi. Sayyoramizning
to'rtdan uch qismini suv tashkil etsa ham, uning 1-2% ichishga yaroqlidir. Hozirgi vaqtda
sayyoramizda ichimlik suvi katastrofik darajada kamayib ketmoqda. Uning kamayishini asosiy
sababi oldingi ichishga yaroqli bo'lgan suv havzalarini ifloslantirish, ba'zi kimyoviy zavodlarda
undan ko'p foydalanish orqali sodir bo'layapti.
Hozirgi davrda sayyoramizda ichimlik suvi etishmasligidan 2 mlrd. kishi qiynalayapti. AQSh
ning SRU (markaziy razvedka boshqarmasi) ning ma'lumotga ko'ra 2015 yilda sayyoramizdagi
aholini yarmiga ichimlik suvi etishmasligidan qiynalib qoladi. BMT ning bosh kotibi Kofi
Annananni fikricha 2025 yilda sayyoramiz aholisini uchdan ikki qismiga ichimlik suvi etmay
qoladi. Bu 7,5 mlrd. kishini tashkil etadi.
Yapon yozuvchisi Xirosi Noma: “Maboda kelgusida erda hayot tamom bo'lsa, u atom urushidan
emas, ichimlik suvi etishmasligidan bo'ladi” deb to'g'ri aytgan. Shuning uchun biz hayot manbai
bo'lgan suvni toza saqlash va ko'paytirish choralarini ko'ra olsak, kelgusida erdagi tiriklikni
saqlagan, odamlarni sog'lom va farovon turmush kechirishini ta'minlagan bo'lamiz.
Ma'lumki, hozirgi vaqtda inson hayoti uchun o'ta xavfli bo'lgan yuqumli kasalliklar borgan sari
ko'payib bormoqda: OITS, tovuq grippi va yaqinda Hind okeanidagi dahshatli sunamidan so'ng, 4
turdagi yangi (oldin uchramagan) yuqumli kasallik paydo bo'ldi. U bezgakka o'xshash kasallik
bo'lib, shungata deb ataladi. U Indoneziya, Xindixitoy mamlakatlarida 7,4 mln. kishini halok
bo'lishiga olib keldi va hokazolar. Bu kasalliklar-ning paydo bo'lishining asosiy sababi biosferaga
zaharli kimyoviy moddalar-ning ko'payib ketganligi va radiosion fonni oshganligidir. Hozirgi
vaqtda oldin uchramagan 70 ming xil kimyoviy moddalar biosferaga tarqalgan. Ular tirik
organizmlarni mutasiyaga uchratib, oldin beozor bo'lib yashab kelgan mikroorganizmlarni kasallik
tarqatuvchi miqroblarga aylantiradi. Bundan tashqari tabiatda har bir tur ko'payib ketsa, uning
kasalliklari ham ko'payib, mazkur turning populyasiyasini kamayishiga olib keladi.
Yuqorida keltirilganlarga binoan unchalik uzoq bo'lmagan kelajakda sayyoramizda global
darajadagi ekologik krizislar sodir bo'lishi mumkin. Oqibatda iqtisodda umumiy krizis bo'lib, aholi
soni keskin qisqaradi. Bu hodisani amerikalik olim Forrester va boshqalar o'zlarining “O'sish
chegarasi” (1972 yil) nomli asarlarida ilmiy asosladilar. Ular aholi sonini o'sishini tabiiy boyliklarni
iste'mol qilishini kuchayayotganligi bilan solishtirib (yilida YErdan 100 mlrd. tonna tabiiy
boyliklar-metall, neft, gaz, ko'mir va hokazolar olinayapti), aholining o'sishi, krizisga olib kelishini,
bu esa aholini keskin kamayishiga olib keladi, deb bashorat qiladilar.
“O'sish chegaralari” nomli asarda yuqorida keltirilganlardan tashqari qo'shimcha fikrlar ham
bildiriladi. Ammo bu fikr oldingi fikrni mazmunini o'zgartirmaydi, ya'ni agar zapas mineral
boyliklar ikki barobar ko'p deb faraz qilsak ham XXI asrning o'rtalarida sayyoramiz aholisi keskin
qisqaradi. Chunki, bu davrda atrof-muhitni ifloslanishi shunday darajaga etadiki, oqibatda aholini
bir qismi qirilib ketadi.
Shunday qilib, sodir bo'lishi mumkin bo'lgan ekologik falokatlarni oldini olish uchun aholini
sonini o'sishini ongli ravishda to'xtatish, tabiiy resurslardan foydalanishni keskin kamaytirish
(tejash), sanoat ishlab chiqarishini o'sishini to'xtatish, tashqi muhitni ifloslanishini oldini olish
bo'yicha keskin choralarni ko'rishi, oziq-ovqat mahsulotlarini ko'paytirish tadbirlarini ko'rish va
10
hokazolar. Hisob-kitoblar shuni ko'rsatadiki, XXI asrda iqtisodiy sharoit me'yorida bo'lishi uchun
yuqorida keltirilgan tadbirlar zudlik bilan amalga oshirilishi kerak, aks holda kech bo'lib,
muammolar chuqurlashadi. Yuqorida keltirgan falokatlar tez sodir bo'lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |