Mavzu: Ekologiya fani va uning bo’limlari, uslublari va vazifalari Reja: Ekologiyaning asosiy bo’limlari: autoekologiya, demekologiya, eydekologiya, sinekologiya haqida tushuncha


Mavzu: Tuproqlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish



Yüklə 112,01 Kb.
səhifə29/32
tarix20.10.2023
ölçüsü112,01 Kb.
#157807
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Mavzu Ekologiya fani va uning bo’limlari, uslublari va vazifala-fayllar.org

Mavzu: Tuproqlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish

Reja:




  1. Tuproq havosi.



  2. Tuproq eritmasi

  3. Tuproqning mineral qismi.

  4. Tuproqning organik qismi.

Tuproqda o’zaro chambarchas bog’langan qattiq, suyuq va gazsimon fazalar farqlanadi.




Tuproq havosi. Tuproq mikroorganizmlari tomonidan kislorodning o’zlashtirilishi, organik moddalarning parchalanishi va ildiz tizimining nafas olishi natijasida karbonat angidrid (CO2) hosil bo’ladi. Shu sababdan atmosfera havosida karbonat angidrid miqdori 0,03% bo’lgani holda, tuproq havosida bir foiz atrofida, ba’zan 2-3% ga yetadi.
Tuproqdagi karbonat angidrid miqdori atmosfera va tuproqdagi havo almashinuvi (aeratsiya) jadalligiga monand o’zgaradi. Hosil bo’ladigan karbonat angidridning bir qismi esa tuproqdagi namlik ta’sirida erib, karbonat kislotaga aylanadi. Atmosferaga uchib chiqadigan CO2 o’simliklar tomonidan o’zlashtirilib, hosil miqdorini oshirishga xizmat qilsa, karbonat kislota tuproq eritmasining nordonligini oshiradi:
CO2+H2O=H2CO3 → H+ + HCO3
Tuproqda karbonat angidrid miqdorining ko’payishi ijobiy, ham salbiy oqibatlatga olib kelishi mumkin. Yaxshi tomoni shundaki, hosil bo;ladigan karnonat kislota tuproqdagi mineral birikmalar (fosfatlar, kalsiy karbonat va b.)ning eruvchanligini oshoradi va ularni o’simliklar oson o’zlashtiradigan shaklga o’tkazadi. Ikkinchi tomondan, tuproqda namlik ko’p, aeratsiya sust bo’lsa, karbonat angidrid miqdorining ortishi va kislorodning yetishmasligi oqibatida o’simlik va mikroorganizmlarning me’yorida rivojlanishi buziladi. Kislorod tanqisligida ildizning o’sishi va nafas olishi susayadi, o’simlik tomonidan oziq moddalarning o’zlashtirilishi sekinlashadi. Tuproqda anaerob-qaytarilish jarayoni kuchayadi.



Yüklə 112,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin