Mavzu Ekologiya fani va uning bo’limlari, uslublari va vazifala-fayllar.org
Tuproq eritmasi – tuproqning eng harakatchan va faol qismi bo’lib, unda o’simliklarning oziqlanishi uchun bevosita xizmat qiladigan turli-tuman jarayonlar sodir bo’ladi. Tuproq eritmasida HCO-, OH-, Cl-, NO-, H2Po- kabi anionlar, H+, Na+, K+, NH+4, Ca2+, Mg2+, Al3+, Fe3+ kabi kationlar va suvda eruvchan organik moddalar mavjud.
Unda kislorod karbonat angidrid, ammiak kabi gazlar ham erigan bo’ladi. Tuproq eritmasi konsentratsiyasining ortishi asosan minerallarning nurashi va parchalanishi, mikroorganizmlashishi, mahalliy va mineral o’g’itlarni qo’llash asosida sodir bo’ladi
O’simliklarning oziqlanishi uchun tuproq eritmasida K+, Ca2+, NH+4, NO2+, SO2+4, H2PO-4 kabi ionlarning bo’lishi va doimiy ravishda to’ldirib turilishi muhimdir. Tuproq eritmasidagi tuzlar miqdori % ning yuzdan bir ulushidan bir necha % gacha o’zgaradi. Odatda tuproq eritmasidagi tuzlar miqdori 0,05% atrofida bo’lib, konsentratsiyaning 2% dan oshib ketishi o’simliklarga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Tuproq eritmasining konsentratsiyasi o’g’it qo’llash, tuproq manligining kamayishi, organik moddalarning minerallashishi natijasida oshadigan bo’lsa, o’simliklarning oziqlanishi, oson eriydigan moddalarning tuproqni quyi qatlamlariga yuvilishi yoki erimaydigan shaklga o’tirishi natijasida kamayadi. Tuproqning qattiq fazasi. Tuproqning qattiq fazasi o’simliklar uchun asosiy zahira moddalarni tutadi. Tuproq qattiq fazasining 90-99% ini mineral moddalar, faqat bir necha % ini organik moddalar tashkil qiladi. A.P. Vinogradov ma]lumotiga ko’ra tuproq qattiq fazasining deyarli yarmini kislorod, uchdan bir iqsmini kremniy, 10% dan ko’prog’ini alyuminiy va temir tashkil qiladi. Mazkur elementlar tuproqning mineral qismida, turli mineral birikmalar tarkibida uchraydi. Uglerod, vodorod, fosfor, oltingugurt tuproqning ham mineral va organik qismi tarkibida uchrasa, azot faqat organik moddalar tarkibiga kiradi.