Mavzu:EKONOMETRIK MODELLARNING AXBOROT TA’MINOTI VA ULARGA QO’YILADIGAN ASOSIY
TALABLAR
РЕЖА
1. Иктисодий маълумотлар ва уларни кайта
ишлаш
2. Эконометрикада кулланиладиган
узгарувчилар ва уларнинг турлари
3. Эконометрик моделлар тузишда унда
катнашадиган маъдумотларга куйиладиган
талаблар
Асосий таянч иборалар
1.Ekonometrika
2.Korrelyatsiya
3.Regressiya
4.Ekonomika
5.Metrika
6.Trend
7.Avtokorrelyatsiya
8.Identifikatsiya
9.Komponenta
10.Usullar
11.Qonuniyat
12.Statistika
Маълумот нима?
Ma’lumot biror narsa haqidagi xabar. Bu xabar
statistik kuzatuvlar natijasida olinadi. Agar biz
iqtisodiy jarayonni kuzatayotgan bo’lsak, u holda
olingan xabar yoki ma’lumot iqtisodiy ma’lumot
bo’ladi, ya’ni iqtisodiy jarayonning qaysidir
tomoni haqidagi ma’lumotni beradi. Kuzatuv
natijasida to’plangan iqtisodiy ma’lumotlar qayta
ishlanadi va olingan natijalar iqtisodiy jarayonni
tadqiq qilishda asos bo’lib xizmat qiladi
Профессор АЮПОВ РАВШАН ХАМДАМОВИЧ
Iqtisodiy ma’lumotlar
Iqtisodiy ma'lumotlar statistik tabiatga ega bo’lib iqtisodiy
jarayonlarni vaqt davomida o’zgarishini o’rganishda
muqim aqamiyatga ega. Chunki barcha iqtisodiy jarayonlar
va hodisalar vaqt davomida o’zgaruvchan bo’ladi.
Iqtisodiyotda barcha iqtisodiy jarayonlarni iqtisodiy-
statistik modellar orqali o’rganish natijasida u yoki bu
iqtisodiy ko’rsatkichning hozirgi holati va kelajakdagi
o’zgarishini ilmiy asosda tahlil qilish va bashoratlash
mumkin bo’ladi.
Iqtisodiy-statistic modellashtirish
Iqtisodiy-statistik modellashtirish iqtisodiy
ko’rsatkichlar va ishlab chiqarish omillari
o’rtasidagi aloqalar o’z mohiyatiga ko’ra stoxastik
bo’lgan asosga tayanadi. Iqtisodiy sub'ektlar
faoliyatini statistik modellashtirish zamon va
makonda ularning rivojlanish jarayonini
o’rganishda asosiy o’rin egallaydi. Bu modellar
ishlab chiqarish tendensiyalari va qonuniyatlarini
aniqlash uchun moslashgandir.
Iqtisodiy-statistik modelashtirishni noaniq
bo’lishligining sabablari quyidagi hollarda
sodir bo’lishi mumkin:
1. Axborotli ( axborotning xatoligi, uning
ko’rsatkichlari, omillar va ob'ektlar majmuining
noaniqligi.
2. Tarkibiy ( aniqlanmagan xilma-xilliklarning
mavjudligi.
3. Modelli ( ko’rsatkichlar va dalillar o’rtasida
bog’lanish shakllaridan noto’g’ri foydalanish.
Iqtisodiy ma’lumotlarni qayta ishlash.
Iqtisodiy ma’lumotlar bir necha turdagi statistik
kuzatuvlar natijasida olinadi. Statistik kuzatish deganda
o’rganilayotgan hodisa va jarayonlar to’g’risidagi
ma’lumotlarni ma’lum bir yagona ilmiy-tashkiliy dastur
bo’yicha qayd qilishga va to’plashga tushuniladi. Statistik
kuzatish qanchalik to’g’ri, bir necha bor ilmiy-tashkiliy
ekspertizalardan o’tgan dastur bilan o’tkazilsa, uning
ma’lumotlari aniq qo’yilgan maqsadga erishish uchun
kerakli bo’ladi. Eng asosiysi, kuzatish ma’lumotlarini
qayta ishlab to’g’ri xulosalar chiqarishdir.
Dostları ilə paylaş: |