An`anaviy usullar
Noan`anaviy usullar
Kelajakdagi yangi energiya
Issiqlik elektr stansiyalari
Elektr tokining kimyoviy manbalari
Gidro-elektro stansiyalar
Quyosh batareyalari
Shamol generatorlari
Geotermal va vulqon energiyasi
Dengiz qalqishi va to`lqinlar energiyasi
Bioenergetik qurilmalar
Kimyoviy energiyani bevosita elektr energiyaga aylantirish
Muskul energiyasini modellashtirish
Termoyadro generatori
Magnitogidrodinamik generatorlar
Energiya olishning an’anaviy usullarini o’quvchilarga tushuntirishda eng ko’p ishlatilayotgani issiqlik elektr stansiyalaridir (I.E.S.). Issiqlik elektr stansiyalari o’z tarkibiga ko’ra gaz, ko’mir va neft mahsulotlari bilan ishlovchi elektr stansiyalarini hamda uran yadrosi bo’lishida ajraladigan issiqlik hisobiga ishlovchi atom elektr stansiyalari (AES)ni o’z ichiga oladi. Birinchi tur elektr stansiyalarining ishlashi yoqilg’i zahiralarining kamayishi va yonish mahsulotlarining ekologiyaga ta’siri bilan chegaralangan. Atom elektr stansiyalarining ishlashida xomashyo resursi deyarli chegaralanmagan. Lekin AESlari ishlatilishi bilan bog’liq quyidagi muammolar mavjud: 1. Radiatsiya ta’sirida reaktor materiallarining tez ishdan chiqishi va radioaktiv moddalarning tashqariga chiqib ketishi. 2. Radioaktiv chiqindilarni saqlash muammosi. 3. Yadro reaktorlarida mukammal xavfsizlik tizimini yaratish qiyinligi. 4. Hozirgi kunda ko’p ishlatilayotgan tez neytronlarda ishlovchi briderlarda ko’p miqdorda plutoniy yig’ilishi va atom bombasi uchun asosiy xomoshyo bo’lgan plutonning yomon niyatli kishilar qo’liga tushish ehtimoli mavjudligi.
Bugungi kunda AQSHning Texas universitetida Mayk Kotschenreyter boshchiligidagi tadqiqotchilar guruhi gibrid ko’rinishidagi sintez – parchalanish qurilmasini yaratdilar. Markazida neytron manbai mavjud bo’lgan va sintez reaksiyasiga asoslanib ishlovchi CFNC(Compakt Fusion Neutron Source) reaktori yengil suv bilan faoliyat yurituvchi odatiy AES lardan ajralib chiqadigan transuran chiqindilar yordamida ishlaydi. Elektr energiyasi olishning noan’anaviy usullarini o’quvchilarga tushuntirganda energiya resurslari uchun xomoshyoning chegaralanmaganligi, ekologik tozaligi va qayta tiklanishi bilan an’anaviy usullardan farq qiladi. Bu usullar ichida oxirgi yillarda eng yaxshi o’rganilganligi va keng qo’llanilayotgani Quyosh panellari va shamol generatorlari yordamida elektr energiyalarini olish yo’lga quyildi. Bu sohada O’zbekistonda ham ancha ishlar amalga oshirilgan. Masalan Quyosh fizikasi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida Quyosh batariyalarini ishlab chiqarish yo’lga qo’yilmoqda. O’zbekiston energitika vazirligi tashabbusi bilan Danyadan shamol generatorlari Farg’ona viloyatining Bekobod tumaniga keltirib o’rnatilmoqda.
Bizning Respublikamiz uchun istiqbolli noan’anaviy usullardan biri bioenergetikadir. Hozirgi kunda biogaz olish uchun mo’ljallangan qurilmalarning juda ko’p loyihalari ishlab chiqilgan. Bu qurilmalar birdaniga ikki vazifani, biogaz yoqilg’isini olish va sifatli chirindi o’g’it ishlab chiqarishni amalga oshiradi. Geotermal, vulqon energiyasidan foydalanishda turli xildagi gazlar ajralishi bilan bog’liq bo’lgan ayrim ekologik masalalarni ham hal etish lozim bo’ladi. Dengiz suvini ko’tarilishi va to’lqinlar energiyasidan foydalanishning effektiv qurilmalari ishlab chiqilgan va kichik quvvatli iste’molchilarni ta’minlash uchun muvaffaqiyatli ishlatilmoqda. Noan’anavuy energiya olish usullari qanchalik tabiiy va ekologik jihatdan maqsadga muvofiq bo’lmasin ular energiyaga bo’lgan ehtiyojni to’la qanoatlantirmasligi mumkin. Shuning uchun ham kelajakning asosiy energiyasi sifatida atom energiyasi qaralmoqda. Atom energiyasidan foydalanishning birinchi usuli uran yadrosi bo’linishi energiyasi va uning muammolari haqida yuqorida aytib o’tildi.a