Mavzu: Elektr o’tkazuvchanlikning temperaturaga bog’liqligini nazariy o’rganish



Yüklə 5,8 Mb.
səhifə1/6
tarix16.12.2023
ölçüsü5,8 Mb.
#182381
  1   2   3   4   5   6
Buxoro davlat universiteti


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI


BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI


Fizika-matematika fakul’teti


“Fizika” kafedrasi

5140200-“fizika” ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr darajasini olish uchun




Ismoilova Iroda Erkinanovnaning

Elektr o’kazuvchanlikning haroratga bog’liqligini nazariy o’rganish ”.




BITIRUV MALAKAVIY ISHI


Ish ko’rildi va himoyaga ilmiy rahbar: _______dotsent Q.S.Saidov
ruxsat berildi “_________” ________________2017 y.


kafedra mudiri
_______dots. B.E.Niyozxonova Taqrizchi: ___________________

____”_________2017 y “____” ____________2017 y.


Himoya qilishga ruxsat berildi”
Fakul’tet dekani __________prof. SH.M.Mirzayev
_____”_________________2017 y.


Buxoro-2017 y
MUNDARIJA
Kirish……………………………………………………………………………...3
I BOB. MODDALARNING ELEKTR O’TKAZUVCHANLIGI
1.1 Metallar va dielektriklarda elektr o’tkazuvchanlik……………………………7
1.2 Gazlar va suyuqliklarda elektr o’tkazuvchanlik…………………………....…27
Xulosa.....................................................................................................................35
II BOB. MODDALARNING ELEKTR O’TKAZUVCHANLIGINI HARORATGA BOG’LIQLIGI
2.1 O’ta otkazgichlar va plazmalarda elektr o’tkazuvchanlik……………………36
2.2 Yarim o’tkazgichlardagi elektr o’tkazuvchanlik………………………….....50
Xulosa............................................................................................................61
Xotima...........................................................................................................62
Foydalanilgan adabiyotlar.............................................................................63

Kirish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 8-oktabrdagi F-4724-son farmoyishi bilan tashkil qilingan Ishchi guruh tomonidan oliy ta’lim tizimidagi holatni o‘rganish natijalariga ko‘ra, bir qator oliy ta’lim muassasalarida hali ham ilmiy-pedagogik salohiyatning pastligi, ta’ lim jarayonlarini axborot-uslubiy va o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash zamonaviy talablarga javob bermasligi, ularning moddiy-texnika bazasini tizimli yangilashga ehtiyoj mavjudligi aniqlandi.


Oliy ta’lim tizimida o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha dunyoning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatish, o‘quv jarayoniga ilg‘or xorijiy tajribalarini joriy etish, ayniqsa, istiqbolli pedagog va ilmiy kadrlarni xorijning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalarida staj irovkadan o‘tkazish va malakasini oshirish borasidagi ishlar yetarli darajada olib borilmayapti.
Oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatni ij timoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda, kadrlar tayyorlash mazmunini tubdan qayta ko‘rish, xalqaro standartlar darajasiga mos oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratilishini ta’minlash maqsadida:
1.Oliy ta’lim tizimini kelgusida yanada takomillashtirish va kompleks rivojlantirish bo‘yicha eng muhim vazifalar etib quyidagilar belgilansin:
har bir oliy ta’lim muassasasi jahonning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatish, o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik texnologiyalar, o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy materiallarini keng joriy qilish, o‘quv-pedagogik faoliyatga, master-klasslar o‘tkazishga, malaka oshirish kurslariga xorijiy hamkor ta’lim muassasalaridan yuqori malakali o‘qituvchilar va olimlarni faol jalb qilish, ularning bazasida tizimli asosda respublikamiz oliy ta’lim muassasalari magistrant, yosh o‘qituvchi va ilmiy xodimlarining stajirovka o‘tashlarini, professor o‘qituvchilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish;
oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlashning maqsadli parametrlarini shakllantirish, oliy ta’lim muassasalarida o‘qitish yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini istiqbolda mintaqalar va iqtisodiyot tarmoqlarini kompleks rivojlantirish, amalga oshirilayotgan hududiy va tarmoq dasturlarining talablarini inobatga olgan holda optimallashtirish;
ta’lim jarayonini, oliy ta’limning o‘quv reja va dasturlarini yangi pedagogik texnologiyalar va o‘qitish usullarini keng joriy etish, magistratura ilmiy-ta’lim jarayonini sifat jihatidan yangilash va zamonaviy tashkiliy shakllarni joriy etish asosida yanada takomillashtirish;
yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish va ularni oliy ta’lim muassasalarining ta’lim jarayoniga keng tatbiq etish, oliy ta’ lim muassasalarini zamonaviy o‘quv, o‘quv-metodik va ilmiy adabiyotlar bilan ta’minlash, shu jumladan, eng yangi xorijiy adabiyotlar sotib olish va tarjima qilish, axborot-resurs markazlari fondlarini muntazam yangilab borish; pedagog kadrlarning kasb mahorati sifati va saviyasini uzluksiz yuksaltirish, xorijda pedagog va ilmiy xodimlarning malakasini oshirish va staj irovkasini o‘tkazish, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini PhD va magistratura dasturlari bo‘yicha o‘qitish, oliy ta’lim muassasalari va qayta tayyorlash va malaka oshirish markazlari o‘quv jarayonlariga yuqori malakali xorijiy olimlar, o‘qituvchi va mutaxassislarni keng jalb qilish; oliy ta’lim muassasalari ilmiy salohiyatini mustahkamlash, oliy ta’limda ilm-fanni yanada rivoj lantirish, uning akademik ilm-fan bilan integratsiyalashuvini kuchaytirish, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirish, iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishga keng jalb etish;
Mavzuning dolzarbligi. So‘nggi yillarda turli aralashmaviy o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan moddalar, strukturalar va nometall birikmalarning elektr xususiyatlari jumladan, elektr o‘tkazuvchanligini tadqiq etishga alohida e’tibor berilmoqda. Bunga sabab zamonaviy optoelektron qurilmalar va telekommunikatsiya tizimlarining ehtiyojidir. SHuningdek, ushbu tadqiqotlar muhim ilmiy ahamiyatga ham ega bo‘lib tartiblanmagan krisstallarni qayta tartiblanishi bilan bog‘liq yangi sifat xususiyatlarini ham o‘rganish imkoniyatini beradi.
Yuqorida keltirilgan dalillar jismlarning o‘tkazuvchanligini turli fizikaviy shart sharoitlar va tashqi maydon ta’siridagi xususiyatlarini o‘rganish muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.


Ishning maqsadi : jismlarning elektr o‘tkazuvchanligini aks ettiruvchi turli klassik hamda kvant modellarni yagona nuqtai nazar asosida ko‘rib chiqish, ularning muhim o‘xshashlik va farqli tomonlarini taqqoslash va shu asosda ularning turli elektr yoki magnit maydon ta’sirida yuzaga keladigan o‘ziga xos xususiyatlarini tadqiq etishdan iborat.
Bu maqsadga erishish uchun quyidagi masalalar qo‘yildi va hal etildi: yarim o‘tkazgichlardagi va nometallardagi elektr o‘tkazuvchanlik xususiyatlarini fizikaviy nuqtaiy nazardan sodda Bolsman taqsimotiga asoslangan holda turli tok tashuvchilarning yutilish koeffitsientlari hamda relaksatsiya vaqtlarini inobatga olgan holda tadqiq etish.


Ilmiy yangilik: Yarim o‘tkazgichning kompleks elektr o‘tkazuvchanligi o‘rganilib uning haqiqiy va mavhum qismlarining tashqi muhit temperaturasiga bog‘liqligi nazariy o‘rganildi. Moddalar elektr o’nkazuvchanligining haroratga bog’liqligi jadval asosida sxemalashtirildi.


Ishning tngaadqiqot ob’ekti va predmeti: Metallar, yarim o’tkazgichlar, plazma , suyuqliklar gazlar, o’ta o’tkazgichlarda elektr o’tkazuvchanlikning haroratga bog’liqligini nazariy o’rganish
Ishning tadqiqot uslubi va uslubiyoti: adabiyotlardan, ilmiy manbalardan va nazariy isoblashlar bilan o’rganish va xulosalar qilish.
Ishning olingan asosiy natijalari: Turli xil moddalarning zaryad tashuvchilari va ular miqdorining haroratga bog’liqligi to’g’risidagi malumotlar sistemalashtirib xulosa va takliflar berildi.
Ishning hajmi va tuzilishi: Bajarilgan malakaiy bitiruv ishi oltita paragrafni o’z ichiga olgan, ikkita bobdan va qilingan xulosalardan iborat. Ishda o’rganilishi e’tiborga olingan fizikaviy hodisalar, jarayonlar va hisoblangan natijalarning tushunarli ravishda ifodalash uchun oltita chizma va uchta jadval berildi. Ishga qo’yilgan maqsadga erishish uchun to’plangan adabiyotlar manbalarning nomlari va elektron manzillari keltirildi.
Qisqacha mazmun va ilmiy tavsiloti: Birinchi bobda metallarning elektr o‘tkazuvchanligini tavsiflovchi Drude, Lorens va Zommerfeld modellari yagona nuqtai nazardan ko‘rib chiqilgan va taqqoslangan.


Yüklə 5,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin